Nazorat uchun savollar:
Virus nima?
Antivirus nima?
Antivirus dasturlar haqida nima bilasiz?
DrWeb antivirus dasturida ishlashni tushuntiring?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O’zbekiston”, 2001 y.
E.G‘aniyev, D.Jomurodov, A.Mo‘minov “Zamonaviy kompyuterlarni boshqarish”. Toshkent - “Fan va texnologiya”- 2004 y.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal
Amaliy mashg‘ulot №5
Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlash. (2 soat)
Ishning maqsadi: Matnli hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Word tahrirlagichi ishga tushgach unda hujjat darchasi “Документ 1” nomi bilan beriladi. Siz u yerda matn kirita boshlashingiz mumkin.
Agar matn kiritayotganingizda so‘zda biror harf qolib ketsa, uni kiritish uchun kursorni o‘sha yerga olib borib harfni bosish kifoya.Natijada harf o‘sha yerga o‘rnatiladi va qolgan harflar bittadan o‘ngga siljiydi.
Shriftni qalin, qiya yoki tagiga chizilgan qilib yozmoqchi bo'lsangiz mos ravishda uskunalar
panelining — uskunalaridan foydalanish kerak. Agar har bir abzatsni tartibli raqamlab yozmoqchi
uskunasidan foydalanasiz. Agar har bir abzatsni ro'yxat qilib, ya'ni har bir abzats oldidan
bo‘lsangiz
nuqtacha qo'yilgan qilib yozmoqchi bo'lsangiz ' uskunasidan foydalanasiz. Agar hujjatlarni ikkita yoki
undan ko'proq kolonka (ustun) lar shaklida yasamoqchi bo'lsangiz == uskunasidan foydalanasiz.
Matn kiritayotganda [Enter] tugmasi bosilishi yangi abzats ochadi.
Matnni chap tomonga, markazga, o'ng tomonga taqab yoki ikki tomonini ham tekislab yozish uchun
mos ravishda — uskunalardan foydalanasiz. Odatda matn ikki tomondan tekislab yoziladi.
Matnda abzats qo‘ymoqchi yoki qatorlar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz menyuda “ФОРМАТ” bo‘limining “АБЗАЦ...” buyrug‘ini ishlatasiz. Ekranda quyidagi darcha hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |