Ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “amaliy matematika” kafedrasi
Download 0.76 Mb.
|
Amaliy matematika (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot №4 Mavzu: Virus va antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash. Ishning maqsadi
- Topshiriqlar
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b. Amaliy mashg‘ulot №4 Mavzu: Virus va antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash. Ishning maqsadi: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanishni o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar: Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u boshqa dasturlarga qo‘shilishi (ya’ni uni zararlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida virus bo‘lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg‘unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo‘lar-bo‘lmas «axlat» bilan to‘ldiradi va h.k.). Virus o‘zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi.Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, u boshqaruvni o‘sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi. Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin: Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo’lgan axborotni ekranga chiqarib beradi.Ba’zi detektor dasturlar viruslarning yangi turlariga moslasha oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo’lgan baytlar kombinatsiyasini belgilab berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan fayllar, odatda, ishlatib bo’lmaydigan holga tushadi yoki yo’q qilib yuboriladi. vaksina dasturlar yoki иммунизaтoр lar disk yoki dasturlarni shunday o’zgartiradiki, bu narsa dasturlarning ishida namoyon bo’lmaydi, lekin vaksinatsiya ishlatilgan virus dastur va disklarni zararlagan deb hisoblanmaydi. Topshiriqlar: Detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan dasturlar (Aids, doktor Web, Virus Scan, NU VS). Virus asosan necha fazaga ega? Kompyuter virusi qanday namoyon bo’ladi? Fayllar virus bilan qanday hollarda zararlanishi mumkin? Diskdagi faylli tizimini o‘zgartiradigan viruslar qanday? Ko‘rinmas va o’zi differensiallanuvchi viruslar qanday? BOOT -viruslar qanday bo‘ladi? Viruslardan himoyalanishning qanday vositalari mavjud? Doctor Web antivirus dasturi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling