Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

 
O‘yin metodi jismoniy tarbiyadagi o‘yinlarning ko‘pchilik belgilarini 
mujassamlangan. Darslikning 
“Jismoniy mashqlarning pedagogik
klassifikatsiyasi» bo‘limida o‘yin jismoniy mashq harak teridagi tizim tarzida,
ya’ni jismoniy tarbiya vositasi ko‘rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada 
o‘yinlar ta’lim va tarbiyaning samarali metodi sifatida ham mavjud bo‘lishi
mumkin. Shu sababli o‘yin metodining tabiatini o‘yin moxiyatini ochish
orkaligina tushunish mumkin holos.
O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi 
metodlashtirish nazariyasi xisoblanadi. Shunga muvofik, o‘yinlar inson ning
oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining yurish-turishi,
xulki chegarasidan chikmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I.
Ponamaryov, 1970). O‘yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o‘z
ifodasini topishi mumkin (masalan, takldi qilish o‘yinlarida), inson haraat 
faolitining ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi harakatlar
bo‘lib, ularda asosan odamlar orasidagi o‘zaro munosabat modelining
mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib, 
odamlarning harbiy va mehnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson hayotining 
moddiy va ijtimoiy sharoit lari bilan belgilanadi. O‘yin hayotiy reallikni aks ettiradi
va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonunlariga buysunadi. U bizni o‘rab 
olgan borlikni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mehnatga 
tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muxim man bai roilni o‘ynaydi. 
Shunga bog‘liq holda o‘yin quyidagi xizmatlarni ba jaradi: tayyorlov (insonni
jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki
tarbiyalaydi) va ko‘ngil ochish munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan


muxit orasidagi munosabatlarni shakillantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar 
o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmunini inson ni jismoy 
kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyat lari tashkil etadi. 
O‘yinlar hamda gimnastika sport turizmdagi farkni ko‘p holda shartli deb tan
olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivoj lanish me’yoriga kura yanada yakkol 
ko‘rinadi. O‘yinga konkret harakat faoliyatlari tizimi deb karash zarur, ular 
belgilangan koidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq 
xarakteriga karamay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin.
O‘yinlar metod tarzida faqat umumiy qabul kilinganlaridek amal ga 
oshirilmaydi. O‘yin metodi vositalari va ularning shakliga kura rasmiy o‘yinlarga 
nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin metodi asosida darsning
hamma qismlarini o‘yinlarsiz utkazish mumkin (tokka sayoxat o‘yini). Muvozanat 
saklash mashqini bajarayotib tusiklardan oshishi yoki chukurliklar ustidan utish 
tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin.
Quyidagilarni o‘yin metodining xarakterli belgilari deb karash mumkin:
1. O‘yin holatida raqiblik va emotsionallik elementlarini aniq ifodalash.
O‘yin metodi insonlar orasidagi eng qiyin muno sabatlarni yuzaga chiqarishi 
imkonini beradi. Xatto yugurish musobakasi sharoitida katnashuvchilar orasida 
shunchalar ko‘p kirrali holatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi urtasidagi 
paydo bo‘lgan holat lardan ancha oz bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq holda o‘yin
metodini o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni kat’iyan reglamentlashtirishni talab 
qiladi.
2. Harakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o‘zgaruvchanligi.
Buning natijasida uynovchilar paydo bo‘ladigan vazifa larni hal qilishning turli-
tuman usullariga ega bo‘lishi kerak, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan 
sharoitda moslanuvchanligi va egiluv chanligi bilan ajralib turishi lozim.


3. Harakat faoliyatidagi ijodiy tashabbus (initsiativa) larga yuqori talablar
quyish.
O‘yin holatining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning natija 
beradiganlarini tanlashni va mustakillikni faolrok namoyon qilish talabini qo‘yadi.
4. Harakat faoliyati va yuklama xarakterida kat’iy reglamentlashtirishning
yo‘qligi.
O‘quvchilar maxsus yoki shartli (soddalash tirilgan, murakkablashtirilgan) 
koidalar chegarasida paydo bo‘lgan hara kat faoliyati vazifalarini hal qilish
uchun uzlari samarali xisob langan harakat faoliyatlaridan foydalanishlari 
mumkin. Bunda o‘quv chiga tushayotgan yuklama to‘laligicha uning o‘yinda 
bajarayotgan funksiya si faolrok bajarilishi va oldindan belgilangan sharoiti (yindan
foyda lanish metodi davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqa
larga bog‘liq. Yangi harakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin metodidan
foydalanilsa, shuday hollarda reglamentlashtirish darajasi oshadi. Masalan, o‘yin
metodi bilan kanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror - bir elementini
urganayotgan bo‘lsak, osilib turganda oyoklarnii tizzadan buib oldinga 
yigish(ko‘tarish)ni - o‘rgatishni o‘yin tarzida chukurlik ustidan osilib turgan kanatga 
uchib utish o‘yinini qo‘llash bilan olib borish mumkin.
5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofik harakat faoliyatlari va sifatlarining 
kompleks namoyon kilinishi. Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus
harakatlar faoliyat ga ega emas. Koidadagi kabi ularda o‘z shaklinig tabiiyligi bilan 
ajra lib turadigan harakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli 
ko‘pchilik o‘yinlarda o‘yinchilar galabaga erishish uchun bir necha harakat
faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyat lardan foydalanadilar. 
Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga komp leksli ta’sirni ta’minlaydi.
6. Ko‘pincha o‘yinchilarning o‘zaro munosabati qandaydir bir predmet
(masalan, tup, bayroklar va boshqalar) orkali amalga oshiriladi.


Mazmuni va xarakteristikasining boyligiga kura o‘yin metodi hara kat
malakalari va sifatlarini kompleksli rivojlantirish uchun, hara kat
koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan 
vazifalarni yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tem piga kira olish
imkoniyatlarini vujudga keltira oladi. Bu metod orkali ta’limning 
samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish
uchun vosita sifatida foydalanish ham mumkin. O‘yindan to‘g‘ri foydalanish
asosida kollektivizm ruxi, faollik, tashab buskorlik, kurkmaslik(botirlik), 
kat’iyyatlilik va ongli intizomni tar biyalash puxtalik bilan amalga oshiriladi va
uning atijasi ta’lim jarayonida yakkol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. 
O‘yin metodi ning bo‘sh tomoni ham yo‘q emas. Ta’lim jarayonida undan yangi,
ayniksa, qiyin harakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat malakasini shakllanti
rishda foydalanishning samarasi kamrokdir.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling