Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Navkratis shahri ham muhim o‘rin tutgan. Greklar Egey dengizining shimoliy sohilini o‘zlashtirib olgach, koloniyalarini Gellespont
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frakiya Bospori
- II ming yillikda
- Korinf, Megara, Xalkida, Eretriya, Egina, Milet, Smirna, Efes
- 621 yili
- Solon
- Lakoniya, Arkadiya va Axeya
- Likurg
- Peloponnes ittifoqi.
Navkratis shahri ham muhim o‘rin tutgan. Greklar Egey dengizining shimoliy sohilini o‘zlashtirib olgach, koloniyalarini Gellespont qirg‘og‘i (Dardanella bo‘g‘ozi) tomon surib, so‘ng Propontidaning (Marmar dengizi) janubiy qirg‘og‘ini ishg‘ol qilganlar, va nihoyat, Frakiya Bospori (Bosfor) sohillariga kelib joylashganlar. 290 Ioniya greklari Taman yarim oroli Kuban daryosi havzasida bir qancha koloniyalar barpo etib, ular orasida Fanagoriya ajralib turgan. Lekin grek metropoliyasi, hamda koloniyalarning turli hududlari bir tekis rivojlangan. Bolqonning Gretsiya dengiz gavanlaridan yiroq joylarida ibtidoiy turmush qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Bu polislarda qadimgi zodagonlar hukmronlik qilgan bo‘lib, tiraniyalar yuzaga kelmagan. Qulga aylantirilgan qishloq aholisi mahalliy zodagonlar uchun mehnat qilishi lozim bo‘lgan. Lakoniya, Argolida, Fessaliya, Krit va boshqa joylarda ahvol shunday edi. Qadimgi Afina. Attika O‘rta Gretsiyaning janubiy-Sharqidagi yarim orolda joylashgan edi. Attikaning g‘arbiy qismi tog‘lik-dengiz oralig‘i keng tekislik bo‘lib, o‘rtasi qoyalikdir. Miloddan avvalgi II ming yillikda bu yerda Afina shahri barpo bo‘ldi. Tepalik o‘rtasida Akropol qad ko‘targan bo‘lib, uning atrofida turar joylar qurilgan. Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda Qadimgi Gretsiyada shahar - davlatlar (polislar) vujudga keldi. Ulardan eng yiriklari: Afina, Korinf, Megara, Xalkida, Eretriya, Egina, Milet, Smirna, Efes kabilar dengiz bo‘yi yoki dengizga yaqin yerda, ayrimlari qazilma boyliklarga boy hududda joylashgani sababli, savdo va hunarmandchilik ancha rivojlandi. Bu vaqtda Attika tepaliklarida uzum, vodiylarda esa zaytun yetishtirilib, vinochilik va yog‘ tayyorlash rivoj topdi. Hunarmandlar loydan amfora (xum), quvur va boshqa kulolchilik buyumlari yasaganlar. Shuningdek, Attikada temirdan mehnat qurollari va qurol- yarog‘ yasash, mato to‘qish, teridan charm mahsulotlari tayyorlash kabi hunarmandchilik sohalari taraqqiy etdi. Afina janubidagi konlardan kumush qazib olingan va miloddan avvalgi VII asrda Afinada kumush tangalar zarb qilina boshladi. Attikada xo‘jalik rivojlanishi qullar soni ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Attika bilan savdo qiladigan davlatlarning savdogarlari Afina bozorlariga oziq-ovqat va hunarmandchilik mahsulotlari bilan bir qatorda ko‘p miqdorda qullar ham keltirganlar. Miloddan avvalgi VIII asrda afinalik zodagonlar Attika aholisini o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Afina va Attikaning qolgan hududlarini zodagonlardan iborat oqsoqollar kengashi idora qilib, ular o‘z hukmronliklarini aristokratiya (“eng yaxshi kishilar hokimiyati”) deb ataganlar. Attikaning qolgan ozod aholisi demos nomini olgan. 291 Demosning asosiy qismini dehqonlar, dengizchilar, hunarmand va mardikorlar tashkil etardi. Attikada hunarmandchilik, savdo-sotiq va dengizchilikning rivojlanishi qullarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Qullar sonining ko‘payishi yerlik dehqonlar ahvolini o‘zgarishiga olib keldi. Kambag‘al dehqon - geomoralar tokzor va zaytun bog‘larini kengaytirishga mablag‘lari yetishmas, buning ustiga Attikada tez-tez ro‘y beradigan qurg‘oqchilik sababli yaxshi hosil ololmasdilar. Oqibatda geomoralar zodagon - yevpatridlardan foiz evaziga qarz olishga majbur bo‘lardilar. Agarda geomora qarzini foizi bilan vaqtida qaytara olmasa, o‘z yeridan ajralar, hatto o‘zi va oila a'zolari bilan birga qul qilinar edi. Geomora qarz olganida, yevpatrid uning yeriga qarz toshini o‘rnatgan. Toshga geomora kimdan qancha qarzdorligi va qarzini qachon uzish muddati yozib qo‘yilgan. Miloddan avvalgi VII asrda ko‘plab geomoralar xonavayron bo‘lib, qullik asoratiga tushib qolgan. Ayrim shunday qullar yevpatridlar tomonidan chetga qul sifatida sotib yuborilardi. Miloddan avvalgi VII asr o‘rtalarida demosning zodagonlarga qarshi kurashi keskin tus olib ketdi. Butun Attikada ular o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Demos vakillari to‘planib, zodagonlarga qarshi birgalikda kurashish uchun til biriktirdilar. Butun Attikada vaziyat keskinlashganligi tufayli, zodagonlar demosga bir oz yon bosib, ko‘pdan va'da qilingan qonunlarni ishlab chiqishga rozi bo‘ldilar. Miloddan avvalgi 621 yili qonunlarni ishlab chiqib qog‘ozga tushirish vazifasi hukmdorlardan biri - Drakonga topshirildi. Endi Attikada barcha sud ishlari “Drakon qonunlari”ga binoan amalga oshirila boshlandi. Ular zodagonlarning hayoti va mol- mulkini muhofaza qilar, qonunlarga ko‘ra odamlar arzimagan aybi uchun ham jiddiy jazoga tortilgan. “Drakon qonunlari”da, ayniqsa, o‘g‘rilarga qattiq jazo berilib, hatto birovning bog‘idan meva yoki bir bosh uzum o‘g‘irlaganlarga o‘lim jazosi belgilangan. Shu sababli odamlar “Drakon qonunlari”ni “siyoh emas, qon bilan yozilgan” deb ataganlar. “Drakon qonunlari” oddiy xalqning mavjud iqtisodiy ahvolini yaxshilamay, unga hech qanday siyosiy huquq bermagani uchun, demos bilan zodagonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qota olmadi. 292 Solon hokim bo‘lgach, uning dastlabki ishi - Salamin orolini qo‘lga kiritish maqsadida u yerga qo‘shin yo‘lladi. Megara polisiga tegishli Salamin oroli afinaliklar uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular Salamin orolini egallab olishga erishdilar. Arastu guvohlik berishicha, Solon yer islohoti ham o‘tkazgan. Unga ko‘ra dehqonchilik maqsadidagi yer miqdori cheklab qo‘yildi. Natijada, Attikada ko‘p odamlarning yer maydoni kichik va cheklangan bo‘lib qoldi. Solon Attikadan bug‘doy olib chiqib ketishni ta'qiqladi. Chunki mamlakatda bug‘doy yetishtirish uchun Sharoit yo‘qligi tufayli chetdan keltirilardi. Lekin bu yerda zaytun bog‘lari ko‘pligi sababli zaytun yog‘ini chetga sotish imkoniyatlarini yaratib berdi. Bog‘, tokzorlar va boshqa ekin maydonlari yaratishni rag‘batlantirish haqida qonun ham qabul qildi. Solon savdo-sotiq, hunarmandchilikni rivojlantirishga oid qonunlar qabul qilib, bu sohalarni amalga oshirishda yengilliklar yaratish uchun pul islohoti o‘tkazdi. Attikada yagona pul birligi joriy etildi va muomaladagi og‘ir egin talant puli kichik hajmdagi evbey talant puli bilan almashtirildi. Iqtisodiy islohotlar bilan birga bir vaqtda siyosiy o‘zgarishlar ham amalga oshirildi. Solon mavjud bo‘lgan zodagon urug‘ hokimiyati - genokratiyani (“genos” - urug‘) bekor qilib, uning o‘rniga timokratiya (“time” - narx) hokimiyati, ya'ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyat o‘rnatdi. Birinchi guruhga yerdan kamida 500 medimn donli yoki suyuqlik mahsuloti miqdorida daromad oladiganlar kiritildi. (medimn - hajm o‘lchov birligi; turli vaqtlarda medimn 41 dan 52,5 litrga qadar bo‘lgan). Ularni pentakosiomedimn, ya'ni besh yuz o‘lchovli deb atashgan. Ikkinchi toifaga o‘z yeridan kamida 300 medimn daromad oladigan aholi kiritildi. Ular otlari bilan otliq qo‘shinda xizmat qilishlari ham kerak bo‘lgan. Bu ikkala guruh eng katta daromad olib, barcha siyosiy huquqlarga ega edi va davlat tepasidagi yirik lavozimlarni egallaganlar. Pentakosiomedimnlar harbiy qo‘shinda xizmat qilmasalar ham, o‘z hisobidan davlatga turli to‘lovlar to‘lar yoki kemalar qurib berardilar. Uchinchi toifadan o‘z yeridan kamida 200 medimn daromad oladiganlar joy oldi. Ular zevgit, ya'ni arava yoki 293 chana deb atalib, ho‘kiz qo‘shilgan aravalari bo‘lgan. Ular piyoda qo‘shinda xizmat qilishga majbur edilar va og‘ir qurollari bo‘lishi kerak edi. To‘rtinchi guruh yeridan 200 medimndan kam daromad oladigan aholi kiritilib, ular fet deb nomlangan. Harbiy xizmatda ular yordamchi vazifasini bajarib, yengil qurollangan piyoda qo‘shinni tashkil etganlar. Solon islohotlari natijasida Attika hayotida xalq yig‘ini yanada faol o‘rin tutdi. Bu yig‘inda siyosiy va iqtisodiy masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, islohotlar tufayli ko‘plab yerlar dehqonlarga qaytarilib, Attikada o‘rta va mayda mulkdorlar ko‘payishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida quldorlik xo‘jaligini rivojlantirib yubordi va Attikaga chetdan qul olib kelish yanada ko‘paydi. Savdo-sotiq va hunarmandchilikni taraqqiy ettirish maqsadida qabul qilingan qonunlar o‘rtahol shahar demosi ahvolining yaxshilanishiga olib keldi. Lekin Solon hokimiyat tepasidan ketgach, Attikada sinfiy va siyosiy kurash avj oldi. O‘zaro kurash davomida uch xil ijtimoiy- siyosiy va hududiy guruh shakllandi: 1) pediey (hosildor vodiy aholisi), yer egalari manfaatini himoya qiluvchi guruh. Pedieylarning ko‘pchiligini yevpatridlar tashkil etib, ular Solon islohotlariga qarshi edilar; 2) paraliy (sohilbo‘yi aholisi) guruhi. Shahar va qishloqlarning o‘rtahol aholisi, savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Ular Solon islohotlarini qo‘llab-quvvatlab, uni mustahkamlashga intilganlar; 3) diakriy (tog‘li joy aholisi) guruhi. Kambag‘al dehqonlar, ular o‘zlariga tegishli ekin maydonlarini va siyosiy huquqlarini kengaytirish tarafdori edilar. Ularga fetlar guruhiga mansub shahar kambag‘allari ham qo‘shilgan. Bu guruhlarning o‘zaro kurashi natijasida miloddan avvalgi 560 yili diakriylar yo‘lboshchisi Pisistrat hokimiyatni egallab oldi. Miloddan avvalgi 560 - 527 Pisistrat va miloddan avvalgi 527 - 510 yillarda uning o‘g‘illari Gippiy va Gipparx Attikada hokimiyatni boshqargan davrda o‘zaro urushlar davom etdi. Yevpatridlar ushbu hukmdorlar hokimiyatiga qarshi kurashib, Gipparxni o‘ldirdilar. Bu vaqtda Attikada ichki vaziyat keskin bo‘lganidek, forslarning Kichik Osiyoni egallashi tashqi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Forslar bosqini Afinaning dengiz orqali savdosiga katta zarar yetkazdi. 294 Attikada demos mavqyeining oshib borayotganidan xavotirga tushgan Sparta zodagonlari miloddan avvalgi 510 yili Gippiyga qarshi yurish qildilar va uni hokimiyatdan mahrum qildilar. Sparta va Afina zodagonlari tomonidan Afinada yana o‘z hokimiyatini tiklashga urinish afinaliklar qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi. Bu kurashda demos Afina va Sparta zodagonlari ustidan to‘liq g‘alabaga erishdilar. Sparta davlatining paydo bo‘lishi. Sparta arxaik Gretsiyaning eng qadim davlati bo‘lib, miloddan avvalgi IX asrda doriy qabilalari ko‘chgan so‘nggi davrda yuzaga kelgan. Xuddi shu davrda Lakoniya, Arkadiya va Axeyadan boshqa viloyatlar bu yerga avvalroq ko‘chib kelgan doriylar tomonidan ishg‘ol qilingan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan so‘nggi doriy qabilalari uzoq kurash oqibatida Lakoniyani zabt etganlar. Lakoniya bosib olingach, doriylar mahalliy aholini o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Shu tariqa Sparta davlati yuzaga keldi. Peloponnes hududiga bostirib kirganlarning mahalliy aholiga nisbatan ancha kamligi va ular hali urug‘doshlik tuzumida ekanligi sababli ularning hukmronligi o‘ziga xos ko‘rinish kasb etgan. Mahalliy aholi o‘z manzilida qolgan-u, ammo kelgindilar uchun ishlashi lozim bo‘lgan. Ammo yerlik aholi hayoti qullarning hayoticha qadrlanmas, chunki qullarga egalik qilgan quldorlar ular mehnatidan manfaatdor edi. Biroq kelgindilar uchun mahalliy aholi sonining ko‘paymasligi foydali bo‘lgan. Serhosil vodiylarda yashagan mahalliy aholi huquqsiz shaxs- ilotlarga aylantirilgan. ”Ilot” so‘zining ma'nosi hozirga qadar mavhum. Bu nom bir vaqtlar doriylar zabt etgan Gelos shahri nomidan olingan degan faraz mavjud. Istilochi - doriylar o‘zlarini bosh shahar - Sparta nomi bilan spartaliklar deb atay boshlaganlar. Peloponnesning tog‘li hududlarida yashovchi qabilalar hamda doriylarga ixtiyoriy bosh eggan axeyyaliklar perieklar nomini olganlar. Bu xalq teng huquqli bo‘lmasa ham asoratga solinmagan. Sparta aholisining asosiy sinf - tabaqalari - spartaliklar, perieklar va ilotlar shu tariqa vujudga kelgan. Dehqonchilik. Lakoniyaning iqtisodi o‘ta sust rivojlanib, ibtidoiy darajada bo‘lgan. Qadimgi Spartada yer xususiy bo‘lmay, balki jamoa mulki hisoblangan. Jamoa o‘z a'zolariga vaqtincha foydalanish uchun alohida yer bo‘laklari berib turgan. Ular yerni na sota olar, na ijaraga bera olar edilar. Yer ibtidoiy qurollar, ya'ni omoch, motiga bilan 295 ishlangan. Suli, arpa, bug‘doy, palba ekilgan. Sabzavot ham o‘stirilardi. Spartalik va uning oilasi o‘z yerida ishlolmas, balki biriktirilgan ilotlar ishlab, dehqonchilik qilgan. Spartaliklar ilotlardan hayiqar, shuning uchun tunda shahar hududida bironta ilot qolmasligi Shart bo‘lgan. Ilotlar hosil miqdoridan qat'iy nazar natural obrok to‘lar, ya'ni spartalikka o‘zlari yetishtirgan hosilning ma'lum qismini don, qora mol, o‘simlik moyi va boshqa mahsulotlar topshirishlari kerak edi. Bu obrok hajmi katta bo‘lib, shuning uchun ham ilotlar qashshoqlikda kun kechirardilar. Hunarmandchilik. Spartada yaxshi rivoj topmagan hunarmandchilik bilan perieklar shug‘ullanar, ular eng zarur narsalarnigina tayyorlar edilar. Uylar ikki asbob: bolta va arra yordamida qurilgan. Savdo-sotiq. Davlatda har qanday tashqi savdo ta'qiq ostida bo‘lgan. Birorta ajnabiy savdogar Spartaga kelolmas, boshqa mamlakatlardan tovar kiritilmas edi. Faqat mamlakat ichida mahalliy bozorlarda savdo-sotiq qilingan. Sparta pullarining noqulayligi ham savdo ayirboshlashni qiyinlashtirib qo‘ygan edi. Pullar temirdan yasalganligi tufayli juda og‘ir bo‘lgan. Spartaliklar turmush tarzi va tarbiyasi. Spartada imtiyozli tabaqa hisoblangan spartaliklar ”tenglar jamoasi” jamiyatiga o‘tish davri uchun o‘ziga xos harbiy demokratiya qoldig‘i edi. Lekin ”tenglar jamoasi” Sparta quldorlik davlati Sharoitida ilotlar va perieklarni itoatda tutish uchun hukmron sinf (spartaliklar tabaqasi)ning harbiylashtirilgan birlashmasidan iborat edi. Sparta aholisi faqat harbiy ish bilan shug‘ullangan. Spartada kuchli va irodali jangchilarni tarbiyalab yetishtirish uchun maxsus tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Yangi tug‘ilgan har bir chaqaloqni Sparta oliy mahkamasi - gerusiyaga, ya'ni oqsoqollar kengashiga olib borib, unda chaqaloqni tirik qoldirish yoki o‘ldirish masalasi ko‘rilgan. Chaqaloq zaif bo‘lsa, uni qoyadan uloqtirganlar. Sog‘lom va kuchli chaqoloq tirik qoldirilgan, lekin u yetti yoshgacha onasi qo‘lida tarbiyalangan. So‘ngra bola balog‘at, ya'ni 18 yoshgacha jamoat maktabida yashab o‘qigan. Maktabda juda qattiq tartib-qoida o‘rnatilgan. O‘g‘il bolalar yostiqsiz, qattiq bo‘yra ustida yotib, yengil ko‘rpa yopib uxlaganlar. 296 Ular qishin - yozin oyoq yalang va bosh yalang bo‘lganlar, ham sovuq, ham issiqqa birday chidamli bo‘lishlari lozim edi. Maktabda o‘g‘il bolalar jismoniy mashq va harbiy ish bilan shug‘ullanganlar. Tarbiyadan maqsad - kuchli, chiniqqan jangchi o‘stirish bo‘lgan. Ular o‘qish, yozish, hisoblash, qo‘shiq aytish va raqsga tushishni o‘rganganlar, vatanparvarlik mavzuidagi she'rlar yodlaganlar. Falsafa va suxandonlik bilan shug‘ullanishga ruxsat etilmagan (ruscha ”govorit lakonichno” iborasi Lakonika mamlakati nomidan olingan). Onaning o‘g‘lini urushga kuzatayotganda aytadigan so‘zlari bunday lo‘nda va ma'nodor fikrga misol bo‘la oladi. Ona o‘g‘liga qalqonni bera turib: “Qalqon bilan yoki qalqonda qayt”. Yagona yunon mamlakati - Spartada xotin-qizlarni tarbiyalashga ham katta e'tibor berilgan. Unda ayollar ko‘pchilikning hurmatini qozongan. Spartaliklar sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi deb hisoblaganlar. Shu sababli qizlar uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanmagan. Bu ishlarni ilot ayollari bajargan. Sparta ayollari esa bolalik chog‘laridan gimnastika va sport bilan shug‘ullangan, o‘g‘il bolalar kabi o‘qish, yozish va hisoblashni bilganlar. Mamlakatda gimnastika va yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib turilgan. Avval yigitlar, so‘ngra qizlar musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Yugurishda g‘olib chiqqan spartalik qizning haykali bizga qadar saqlanib qolgan. Fiditiya a'zolari “tenglar jamoasi” ni tashkil etganlar va barcha siyosiy huquqlarga ega bo‘lganlar. Fiditiyaga a'zo bo‘lmoq uchun umumiy tushki ovqatga muayyan miqdorda natura bilan haq to‘lashi kerak edi. Agar spartalik kambag‘allashib, tushki ovqat haqini to‘lay olmasa, fiditiyadan chiqarilgan va shu qatorda “tenglar jamoasi” ni ham tark etgan. U siyosiy huquqlaridan ham mahrum bo‘lgan. Spartaliklarning butun hayoti mamlakat harbiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan. Spartalik birinchi navbatda jangchi bo‘lishi lozim edi. Bu tashqi dushman yaqinligidan emas, balki ezilgan, noxayrixoh kayfiyatdagi ilotlar bilan birga yashashdan kelib chiqqan zarurat bo‘lgan. Sparta davlati faoliyati ilotlarni itoatda tutishga qaratilgan bo‘lib, ular butunlay huquqsiz edilar. Spartalik ilotni o‘ldirish huquqiga ega bo‘lgan. Har yili bir marta xunrezlik kuni - “kriptiya” kuni tashkil etilgan (“kriptiya” - grekcha “o‘ldirish” demakdir). Spartalik yigitlar kechalari yig‘ilib, niqob va uzun plash kiyib, ilotlar manziliga yo‘l 297 oliWar, yo‘lda uchragan ilotlarga hujum qilishgan. Spartaliklar bunda yosh va kuchli ilotlarni o‘ldirishga harakat qilganlar. Boshqa aholidan ajralib turish uchun ilotlar ustlariga maxsus kiyim, boshlariga it terisidan telpak kiyishgan. Qo‘shinda ilotlar yordamchi vazifalarni bajarardilar. Ilotlar hayoti qadrlanmagan, aksincha, kriptiyalar davrida ular hatto beayov qirilgan. Boshqa yunon davlatlaridagi qullar bilan ilotlar o‘rtasidagi farq shunda ediki, ilotlar biron shaxsga emas, balki butun Sparta jamoasiga qaram bo‘lganlar. Chunki Lakoniya ilotlarini qullikka solish davrida spartaliklarda ijtimoiy jamoa munosabatlari hali yo‘qolmagan edi. Ilotizm doriy qabilalari Peloponnesni zabt etishi oqibatida yuzaga kelgan. Doriylar tomonidan egallangan Fessaliya va Kritda mahalliy aholi ham ilotlar kabi qullikka solingan edi. Sparta davlati. Ilotlar soni spartaliklarga nisbatan bir necha bor ko‘p bo‘lganligi uchun, ularni itoatda saqlash qiyin edi. Tabiiyki, Sparta davlatini faqat harbiy kuch yordamida saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Yuqorida ko‘rganimizdek, spartaliklarning butun hayoti va tarbiyasi shu maqsadga bo‘ysundirilgandi. Sparta davlatining qonunchilik ishlari Likurgga nisbatdan beriladi. Uning afsonaviy shaxsi yoki Plutarx, Fukidid va boshqa antik mualliflar guvohligicha, haqiqatdan ham mavjud bo‘lganmi, yoki bo‘lmaganligi hamon noma'lum. Ammo spartaliklarning urf-odat va qonunlari Likurgning xohishiga binoan emas, balki barcha kuchni, davlat harbiy tuzumini mustahkamlashga qaratish kabi hayotiy zarurat tufayli yuzaga kelgan. Hukmdorlar basiley va arxaget nomi bilan atalgan. Ular kohin martabasiga ega bo‘lib, avliyo hisoblangan. Urush vaqtida hukmdorlar qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, Sparta davlatining oliy zodagonlik organi - gerusiya tarkibiga kirganlar. Hukmdorlar real hokimiyatga ega bo‘lmaganlar. Hatto eforlar, ya'ni barcha muassasalar ustidan nazorat qiluvchi oliy mansabdor shaxslar hukmdorni huzurlariga chaqirish huquqiga ega bo‘lgan. Efor huzuriga kelmagan hukmdorni zo‘rlab olib kelganlar. Eforlar beshta bo‘lib, ularni xalq yig‘inida bir yil muddatga saylaganlar. Davlatni boshqarish huquqiga ega organ - gerusiya edi. Gerusiya (“geront” - yunonchadan “keksa”) Spartaning zodagon va e'tiborli urug‘lari vakillaridan iborat oqsoqollar majlisi hisoblanadi. Gerusiya 298 tarkibiga 60 yaWar 28 odam va 30 yoshga yetgan ikki hukmdor kirgan. Agar podsholar yosh bo‘lsa, podsho qarindoshlaridan bo‘lgan vasiylar gerusiyaga umrbod a'zo bo‘lmaganlar. Gerontlardan birortasi vafot etsa, bo‘shagan o‘ringa yangi vakil saylangan. Geront yoshi oltmishdan kam bo‘lmagan, o‘z nomzodini xalq yig‘inida (apellada) taklif etgan spartaliklardan saylangan. Apelladan ajratilgan maxsus komissiyani yopiq binoga joylashtirganlar. Shundan keyin gerontga o‘z nomzodlarini qo‘ygan kishilar shu bino yonidan o‘tganlar. Komissiya o‘tayotganlarni ko‘rmagan va gerontlar eng baland ovozda qichqirgan nomzodni tanlaganlar. Eforlar ham, Arastu aytganidek, xuddi shunday “bolalarcha usuli” yordamida saylangan. Gerusiyaning bir a'zosi bitta ovozga ega bo‘lgani sababli, hukmdorlar jiddiy e'tiborga ega bo‘lmagan. Sparta aristokratlar davlati bo‘lib, unda gerusiya va eforlar bosh o‘rin tutgan. Peloponnes ittifoqi. Peloponnesning eng kuchli davlati bo‘lgan Sparta miloddan avvalgi VI asrdayoq ikki qirg‘inbarot urushdan so‘ng qo‘shni mamlakat - Messeniyani zabt etib, uning aholisini ilotlarga aylantiradi. Sparta Janubiy Yunoniston hududidagi qolgan davlatlarni zabt etolmagan bo‘lsa-da, lekin ular ham vaqti kelib unga bo‘ysunishga majbur bo‘lib, o‘zaro Peloponnes ittifoqini tashkil etganlar. Bu ittifoqqa mustaqilligicha qolgan Argos bilan Axayya kirmagan, xolos. Ammo o‘rta Yunonistonda joylashgan Megara ham Peloponnes ittifoqiga kirgan. Sparta Peloponnes ittifoqida asosiy o‘rin tutgan. Sparta va Peloponnes ittifoqi harbiy jihatdan butun Yunonistonda ustuvor mavqyega ega bo‘lgan. O‘z zamonasi uchun Sparta qo‘shini yaxshi tashkil etilgan. Qo‘shin oldiga solib haydab borilgan ilotlar ketidan yosh spartaliklar, so‘ng katta yoshdagilar jangga kirganlar. Ular bolalikdan nayza, qalqon kabi qurollarni ishlata bilganlar. Bu qo‘shin miloddan avvalgi VI-V asrlardagi Yunonistonda eng kuchli qo‘shin hisoblangan. Sparta tuzumi qadimgi grek davlatlari orasida eng reaksion tuzum edi: Peloponnes ittifoqida gegemon bo‘lib qolgan Sparta mazkur ittifoq bilan birga Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan antidemokratik oqimlar va harakatlarning hammasini qo‘llab-quvatlab kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling