Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kum shahri
- Lokralik Zalevk ning Kampaniyalik Xaronda
- Bilasizmi Apennin yarim orolini Italiya tarjimasi yunonlar "buzoqlar mamlakati" deb atashgan.
- Qullar ahvoli.
- Apiy Gerdoniy
- Veyyami shahri
- IV - III asr
- V asr
- 150 - 130 yillar
- Pergamda Aristonik qo‘zg‘oloni.
- Efes, Smirna, Milet, Kizik
- Pontiya, Vifin, Paflagon, Kappadokiya
Polibuslar tarixi bu mil.av 264-146 yillardagi birinchi puni urishlaridan karfagen va krit davlatlarining vayron qilinishiga bo‘lgan rim imperiyasi ummumiy tarixini to‘liq qamrab olgan kitobdir. Polybius [mil avv 200-118) Megalopolis (Arkadiya)da tug‘ildan bir taniqli greatsiyadagi mashhur Achaean ligasi vakilining o‘g‘li bo‘lgan. Rimliklarning makedoniya ustidan g‘alabasidan keyin, u rimga garov sifatida yuboriladi va u yerda zodagonlar uyida talim oluvchi sifatida 17 yil umri shu tarzda o‘tadi. Gretsiyaga qaytib borishgan oldin u yosh scipioning do‘sti va vakili sifatida ushlab turishadi. Rim imperiyasining umumiy tarixi 320 Uning tarixiy ishlaridan faqat dastlabki 5 jiltli tarix asarining bir necha parcha qismlari saqlanib qolgan. Uni rim tarixgrafiyasining asoschisi sifatida qarashadi chunki u tarixning sabab va natijalarini izchillik bilan yorishga harakat qilgan. Nafaqat u urishlar ketmaketligi yoki voqealarni soda tarzda tahlil qilishni taminlashda muofaqiyatga erishdi, balkim tarix manzaralarini ham birlashtirishga muofaq bo‘ldi. Uning tarix asari geografiyaga bog‘liq ma’lumotlar, dunyo aholisini(oykumena)ni bilish va historygrafik metodologiyalarni qamrab olishi bilan ham mashhurdir. Shuningdek u polibuslar rim dunyosi kuchini greaklarga muqarrar rim qonun qoidalarini qabul qilshning muhimligini ishontirishiga harakat qilishi borasidagi takliflar ham mavjuddir Voqealarda har bil detallarning amalga oshishi uchun men yetarli darajada qiyin bo‘lgan mavzuni tanliyman va yoshu qari umuman hammani mening izchil tariximni diqatlik bilan o‘qishiga undayman. Shunchalik qadr- qimmatga ega bo‘lmagan yoki azo bo‘lmaganlar rimliklarning siyosiy tizimi qandayligini yoki uning manosini tushunmaganlar sifatida salkam 53 yil davomida shunday qaralganmi ? yoki deyarli butun dunyo aholisi(oykumena) va ularning yaka-yu yagona hukumati tarixda bir butun narsa edimi ? Men ma’lum qilishi maqsad qilgan davrning qanday aqli shoshirib qo‘yadigan va shoh spektakllarning namoyish qilinish bu tarixchilarning asosiy mavzusini yaratadigan o‘tgan davrning mashhur imperiyalarining mulklari bilan taqqoslasak va holis fikr yuritsakgina bu narsa yaqqol ko‘rinadi. Buning uchun ularning loyiq bo‘lishligi shuningdek holis fikrlilik va ularni taqqoslashdir Forslar muayan bir davr mobaynida bulkan imperiya asoschilari bo‘lgan lekin ma’lum vaqtdan so‘ng osiyo hisobiga o‘z chegarasini kenggartitishi nafaqat imperiya xavfsizligiga balki ularning o‘zlariga ham haf sola boshlagan. Lacedaemonianlar ancha yillardan keyin gretsiya boshqaruviga aralasha boshlashgan, kamida buni udasidan ham chiqan lekin uni o‘z qo‘lida ushlab turish 20 yil davom etgan. Makedonlar boshqaruvi yevropagacha kengayib bu mintaqada unchalik muhim kasb etmagan hududlar bo‘lgan Adriatikadan Danubegacha mavjud bo‘lgan 321 Keyinchali, forslar imperiyasining dunyo bo‘ylab kengayishi tufayli ular ham Osiyoda ahamiyatli bo‘la boshladi. Lekin hozirda ularning imperiyasi mavjud davlatlar geografik va siyosiy jihatdan eng yirigi sifatida qaralsada ular dunyo aholising katta qismidan ulardan tashqarida yashashgan. Ular Sitsiliya, Sadrina yoki Liviya kabi davlatlarga egalik qilish borasida hech qanday tortishuvga o‘rin bo‘lmasada G‘arbiy yevropaning urishishga moil bo‘lgan jangari xalqlari hususida, oddiy haqiqat bilan aytadigan bo‘lsak, hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan Lekin Rimliklar o‘zlarini boshqaruvini shunaqanggi yo‘lga qo‘yganki bu nafaqat kichik qismlar balki deyarli butun dunyo aholisi ustidan o‘rnatgan va shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan imperiyalardan ulkanroq lekin kelajakda esa raqobatda vahima tushush kerek bo‘lmagan imperiyaga asos solgan. Ishning bu kursning ko‘lami aniqroq ko‘rinadi(buning kuchi qaysi bosqichda ega bo‘lishi), va izchil tarix mmunosabatidan talaba qanday ajoyib va qancha ko‘p maslahatlar tegishi mumkinligi yoritilgan. Dastlabki bo‘lgan dunyoda, aytaylik, yaqona boshqaruvga ega bo‘lgan bir necha azolarning boshqarilishi tarqalishi, natijasi, joylashishi; shu sanadan boshlab tarixning birlikga birlashishi, va Italiya va Liviyadagi jarayonlarning Gretsiya va Osiyodagilar bilan chambarschas bog‘liq ekonligi kabilari oxirgi biri tugallangunicha asosiy ro‘l o‘ynagan. Bu esa sistemali tarixning sanalardan boshlanishini ifodalaydigan mening sabablarimdir Karfagenlarning rimliklar bilan bo‘lgan ganibal urishidagi mag‘lubiyati tufayli ular o‘zlarining ummumbaShariy hujmlarini beradigan loyihalarni amalga oshirishning muhim davri va bu yurishlarda o‘zlarini boshliq sifatida korishga imkon berib bu boshqalarni o‘z qo‘lida saqlashiga dalda bergan, yurishlarni davom etirish orqali o‘z armiyasini greatsiya va markaziy osiyoga qaratgan[……] Mening ishim qanday mahsus xususiyatlar, bugungi davr eng ajoyib husuisyatlarini beradi. Taqdir deyarli olamning holtini ma’lum yo‘nalishda boshqaradi, ularni bir va bir bir xil nihoya bilan yakunlashga majbur etadi. Shuningdek tarix ham uning ummumiy maqsadlarini bajarish orqali xitobxon uni qo‘liga olishgan oldin ish 322 faoliyatning sentetik manzarasini tasavur qilishi kerek. Qo‘shimchasiga u ayniqsa mening topshirig‘imni o‘z bo‘ynimga olishim takliflar va ruhlantirishlar beradi; ikkinchidan, haqiqatdam mening zamondoshimning hech biri ummumiy tarixni yozishni o‘z zimasiga olmagan,shu sababdan men uni o‘z qo‘limga olishim uchun bir oz tirishqoqroq bo‘lishim kerek. Buning sababi, men bir necha muayan holat va urishlar borasida katta tajribaga ega bo‘lgam mualifllarni kuzatish davomida, hech qaysisi voqealar jarayoni qachon va qayerda umumiy va har tomonlama vujudga kelganligini va qanday boshlanib qanday tugallanganligini menchalik habardor emas. Biz bir vaqtlar butun dunyo shalki g‘oyasi anglashdan ko‘ra muayan hodisalar harakatining tarixiy shaklini anglashdan ko‘proq umid qila olaymiz. Bu mayl va tartib mashhur shaharlar tashrif buyurish orqali ketmaketligda, yoki qo‘shimcha tarzda mazmuni o‘xshash bo‘lmagan natijalarning har bir alohida rejalarga nazar tashlash bilan amalga oshish mumkin. U qo‘shimchasiga tarixni alohida o‘rganadiganlar tomonidan tarixning ko‘rinishini bir butun sifatida adolatli tarzda ega bolishiga ishonishadi, menga tuyulganidek, bir vaqtlar tirik va betakror bo‘lgan hayvonlarning shohidan ma’lum maqsadda foydalanishning topilganidan keyin bu hodisa va g‘o‘zallikning o‘zi yaratilishiga guhoh bo‘lganining bir sababidandir. Bir qismdan butunigacha bo‘lgan bir necha g‘oyalar olishimiz mumkin lekin bilm va aniq firkni emas. Shu yo‘sinda mahsus tarix butun bilimlarga va uning rostligini boshqarishga bir bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shadi. O‘rganish orqali faqatgina biz ularning o‘ziga hos ummumiy ko‘rnishini yarata oladigan o‘xshashlik va farqlarini shu yo‘shinda tarixdan foyda va mamnunlikga sazovor bo‘lamiz. Men rimliklarning Italiyadan dengizga chiqishi (Italiya tashqisida davom etirish) birinchi sababi sifatida faydalanaman. Quyidagilar tezlik bilan timezuz tarixiga yaqinlashdi va 129-olimiyada (264-261) bo‘lib o‘tibdi. Dastlabki ma’lumotlar ummumiy tanishtiruv bo‘lishi mumkin va hodisalarning muqarar shakli garchi holatni bartaraf etishning qisqacha xulosalash va sanalar jihatlarining axamiyatini o‘z ichiga olgan. Agar tushunmaslik va biron bir ochilgan mavzuda totushuv bo‘lsa, ishonich yoki qabul qilish qayidagi holda imkonsizdir. Lekin 323 qachondir biz bizning kitobxonlarni umumiy hamfikrlik asosida keying hikoyada tinglashiga unday olganmiz. Miloddan avvalgi II ming yillikda Italiyada quldorlik tuzumining paydo bo‘lishi. Miloddan avvalgi II ming yillikda, Italiyada, bronza davrida patriarxal urug‘chilik tuzumi aholini asosiy jamoa tuzumi hisoblangan. Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlarida Italiya temir asriga o‘tdi. Temir mehnat qurollarining takomillashuvi (temir omoch), ekin maydonlarini kengaytirish imkonini berdi. Bu bilan chorvachilik ta'minoti uchun qulay Sharoit yaraldi. Temir asrida qishloqlar shahar tusini ola bordi. Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, Latsioda ularning soni (Rim bilan birga) o‘ttiztani tashkil etgan. Aholi bir-biridan mol-mulk hajmiga ko‘ra farqlangan. Chunonchi, boy va kambag‘allarga tegishli ashyolarning topilishi bunga dalil bo‘la oladi. Ijtimoiy hayot murakkablashdi. Urug‘chilik aloqalari uzila boshladi. Bolonya, Vey, Sere, Este, Tarent nikropollarida qullar dafn qilingan mozorlar mavjud bo‘lgan. Esteda askarlar va qo‘llari bog‘langan asirlar surati tushirilgan bronza idish topilgan. Bu Italiyada qullarning eng qadimgi tasviridir. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida Janubiy Italiya va Sitsiliya yunonlar tomonidan istilo qilindi. Ammo hosildor yerlarni egallash, ya'ni Buyuk Yunon mustamlakasi davri miloddan avvalgi VIII - VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Yunonlarning ilk koloniyasi Kum shahriga taxminan miloddan avvalgi 750 yilda Evbeya Xalkidasi aholisi tomonidan asos solingan. Sitsiliya orolidagi dastlabki yunon koloniyasi Naksos (miloddan avvalgi 734 yil) edi. Shu qatori axeylar tomonidan Sirakuza (miloddan avvalgi 733 yil) va spartaliklar tomonidan Tarent (miloddan avvalgi 706 yil) rodosliklar va kritliklar tomonidan esa, Gela shahriga (miloddan avvalgi 688 yil) asos solingan. Yunonlar tomonidan mustamlaka sifatida bosib olingan Janubiy Italiya va Sitsiliya - Buyuk Yunoniston nomi bilan yuritilgan. Yunonlar nafaqat iqtisodiy, madaniy taraqqiyotni, balki Italiya uchun yangi ijtimoiy tuzum, ya'ni quldorlik tuzumini olib keldilar. Iqtisodiy o‘sish aholining ijtimoiy tabaqalanishiga olib keldi va Buyuk Yunoniston polislarida ma'lum darajada sinfiy tuzum shakllandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, quldorlik munosabatlarning shakllanishi Bolqon Yunon polislari bilan aloqada ro‘y berdi. Bu 324 polislarda ayni vaqtda (miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) urug‘chilik tuzumi qoldiqlariga qarshi kurash borib, quldorlik tashkil topa boshladi. Jadal ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ko‘plab ishchi talab etilgan. Mehnatga mahalliy aholi jalb qilingan, so‘ng qullik asoratiga solingan. Aristokratiya (zodagonlar), katta yer egalari, kema egalari, savdogarlar, ustaxona egalari quldorlar sinfini tashkil qilib, ular erkin fuqaro hisoblangan. Erkin fuqarolarning yana bir qatlami - hunarmandchilik ustaxonalarida mehnat qilib, kichik savdogarlik bilan shug‘ullangan va aholining alohida sinfini tashkil etgan. Aristokratiya bilan demokratik ruhdagi o‘rtahollar va qul qilingan mahalliy aholi o‘rtasida doimiy tengsizlik mavjud bo‘lgan. Yunon mustamlakalarida zodagonlar va yangi aslzoda quldorlar manfaatini himoya qiladigan oligarxiya hokimiyati o‘rnatilgan. Hokimiyatni qo‘liga olgan oligarxiya o‘z manfaatlariga mos huquq me'yorlarini ishlab chiqdi. Qonun va huquq kodeksini tuzgan Lokralik Zalevkning Kampaniyalik Xaronda haqida qaydlari saqlanib qolgan. Ushbu hujjatlarda qayd etilgan ijtimoiy- siyosiy rivojlanish Buyuk Yunoniston sinfiy jamiyati va davlat apparati Yuqori darajada shakllanganligidan dalolatdir. Italiya janubi va Sitsiliyadagi yunon polislari Italiyaning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojida muhim rol o‘ynagan. Yangi quldorchilik munosabatlarining polis tuzumi shakllari mahalliy italiy qabilalarining tarixiy rivojlanishi jarayonini tezlashtirib, urug‘chilik munosabatlari buzilishi, davlatning vujudga kelishi hamda quldorchilik jamiyati shakllanishiga olib keldi. Bilasizmi? Apennin yarim orolini Italiya tarjimasi yunonlar "buzoqlar mamlakati" deb atashgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining quldorchilik bilan almashishi Italiyada bir necha yuz yil davom etdi. Italiya viloyatlarini urug‘chilik tuzumidan ilk sinfiy quldorlik tuzumiga o‘tishi, avvalo, etrusk shaharlari va yunon (grek) mustamlakalarida ro‘y berdi. Rim va lotin shaharlarida sinfiy tuzum miloddan avvalgi VI asrlarda shakllandi. Samnit, osklar va tog‘lik qabilalarda ibtidoiy tuzum uzoq vaqt davom etdi. Ularda davlat Miloddan avvalgi VI-IV asrlardagi ijtimoiy tuzum 325 apparatini shakllanishi miloddan avvalgi IV asrlarda boshlangan. Urug‘chilik tuzumidan quldorchilik tuzumiga o‘tishni Rim davlat muassasalarini va jamiyatning rivoji misolida ko‘rish mumkin. Erta Rim jamiyatining asosiy sinflari patritsiy, plebey va qullar bo‘lib, ular bir vaqtda tabaqalarga ajralib, o‘zaro ishlab chiqarish vositalari hamda huquqlariga ko‘ra ajralganlar: to‘la huquqlilar - patritsiylar, kam huquqlilar, plebeylar hamda umuman xech qanday huquqga ega bo‘lmagan qullar. Qullar ahvoli. Miloddan avvalgi VI - III asrlarda Rimda qullar mehnatidan dalalar, ustaxonalar va uy xo‘jaligida foydalanilgan. Harbiy asirlar, qarzini to‘lay olmaganlar qulga aylantirilgan. 326 yilda Rimda qarzini to‘lay olmagan qarzdorlarni qul qilishni bekor qilinishidan keyin, harbiy asirlar qullar sinfini to‘ldirib turuvchi asosiy manba bo‘lib qoldi. Asir olinganlar eng huquqsiz kishilar bo‘lgan. Chunki ularning yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, ya'ni hech kimi bo‘lmagan. Shu sababli sinfiy ziddiyatlar yashirin ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ular mustaqil chiqish qila olmay, yashirin kurash olib borganlar (qochib ketish, mehnat qurollarini buzish va sindirish) yoki yarim erkin va qashshoq aholining chiqishlarida ishtirok etganlar. Jumladan, qullar Apiy Gerdoniy hukmronligini tiklash va miloddan avvalgi 460 yilda Kapitoliy qal'asini egallash, IV asr boshida qarzdorlar g‘alayonlari, miloddan avvalgi 342 yildagi umumxalq harakatiga qo‘shilganlar. Patriarxal quldorchilikdan klassik quldorchilikka o‘tish. Milodiy I asrlarda Rim respublikasining quldorlik munosabatlari taraqqiyoti patriarxal shakldan klassik shaklga o‘ta boshlashi bilan farqlanadi. Miloddan avvalgi V - III asrlarda Rim davlati Italiyada olib borgan urushlari natijasida xorijlik qullar soni ko‘paygan. Etrusklarning Veyyami shahri bilan urushda rimliklar 8 ming asir olganlar va qul qilib sotib yuborganlar. Miloddan avvalgi 306 yilda, Tit Liviy guvohligicha, 7 ming samnit qul qilib sotilgan. Biroq Italiya o‘ziga bo‘ysundirgan qabila va elatlarni erkin qoldirgan, chunki qullar mehnati hali u qadar foyda keltirmagan. Miloddan avvalgi III asr boshiga kelib, egasi ixtiyoridagi buyum sifatida qaralgan qullarni butunlay huquqsiz qilgan yangi qoidalar tarkib topdi. Qul uy hayvonini o‘ldirgani yoki mayib qilgani uchun bozor narxida jarima solinib, egasi tomonidan to‘langan. Shunday 326 qilib, huquq normalari rivojida qullar huquqsizligini qonunlashtirish, ularni fuqarolar hayoti va siyosiy hayotdan chiqarib tashlashga intilish ko‘zga tashlanadi. Miloddan avvalgi IV - III asrlarda Rim jamiyatida murakkab sinfiy va ijtimoiy tuzum tarkib topgan. Jamiyat erkin kishilar va qullarga bo‘lingan. Erkin kishilar o‘z navbatida nobillar (Rim senatida senatorlik vazifasini ado etuvchilar), suvoriylar va aholining aksariyati qishloq va shahar plebsi: mayda dehqon va shahar hunarmandlariga ajralganlar. Erkin kishilar ichida kam huquqli guruhlar - ozodlikka chiqarilgan qullar, asoratga solingan shaxslar bo‘lgan. Ulardan ba'zilari erkin kishilar bilan qullar o‘rtasida oraliq o‘rin egallaganlar. Ozod qilingan qullarning aksariyati kabi huquqlarga ega bo‘lganlar. Rimliklar avvalroq ham qullar qo‘zg‘olonlarini bostirishlariga to‘g‘ri kelgan. Qullar bu yerda miloddan avvalgi V asr oxiridayoq birinchi bor qo‘zg‘olon ko‘tarishga harakat qilganlar. Ikkinchi Pun urushidan so‘ng Italiyaga minglab qullar olib kelingan. Miloddan avvalgi 198 yilda Latsiyada qullar g‘alayoni, 196 yili Etruriyada, 185 yili Italiya janubida, Apuliyada qullar qo‘zg‘olon ko‘tarishga uringanlar. Kichik qo‘zg‘olonlar osonlik bilan bostirilgan. Ammo markaziy va janubiy Italiya, ayniqsa, Sitsiliya orolida qullar ommasining ko‘payib borishi bilan miloddan avvalgi II asrning uchinchi choragida qullarning ozodlik harakati keskin kuchaygan. Miloddan avvalgi 150 - 130 yillarda rimliklar qullar qo‘shinini to‘ldirish maqsadida Pireney yarim orolida iber qabilalariga qarshi urush olib borganlar. Numansiya bilan bo‘lgan urushda (miloddan avvalgi 138-133 yillar) o‘zini qahramonona himoya qilgan Numansiya lashkarlari Rim qo‘shinlarini bir necha bor mag‘lub qilganlar. Bu urushlardan birida numansiyaliklar konsul Mansin boshchiligidagi Rim qo‘shinini tog‘ oralig‘ida qurshab olganlar. Rimliklarni bu tang ahvoldan Mansinning bosh xazinachisi Tiberiy Grakx Semproniy urushni to‘xtatishga va'da qilib, numansiyaliklarni rimliklarga yo‘l ochib berishga ko‘ndirgan. Lekin Rim senati bunday tahqiromuz Shartnomani tasdiqlamagan. Senat Ispaniyaga o‘sha davrda Rimning eng yaxshi sarkardasi Stsipion Emilianni yo‘llaydi. U Numansiyani qamal qilib, oziq-ovqatsiz qolgan shahar aholisining qahramonona qarshiligini yengadi (miloddan avvalgi 133 yil). Rim qo‘shinining asosiy kuchlari Pireney yarim 327 orolida band bo‘lgan bir vaqtda, Sitsiliyada qullar qo‘zg‘olon ko‘taradilar (miloddan avvalgi 138 - 132 yillar). Sitsiliyada qullar qo‘zg‘oloni. Sitsiliyada miloddan avvalgi V - IV asrlardayoq yirik quldorlik xo‘jaliklari bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrda Sitsiliyalik quldorlar, tarixchi Diodorning fikricha, ko‘plab qullarni sotib olganlar. Qullar orasida miloddan avvalgi 130 yillar boshidagi Suriya qo‘zg‘olonining ishtirokchilari ham bor edi. Miloddan avvalgi 138 yilda ulardan biri, Yevn ismli shaxs Enna shahri hukmdorlariga qarshi fitna uyushtiradi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qullar shaharni egallab, egalarining jabr - zulmi uchun ulardan ayovsiz o‘ch olganlar. Yevn qo‘zg‘olonchilar yo‘lboshchisi qilib saylangan. U o‘zini hukmdor Antiox deb e'lon qiladi. O‘z shohligini “Yangi Suriya”, qo‘zg‘olonchilarga esa o‘zlarini “suriyaliklar” deb atashni buyurgan. Yevn qullar ichidan shoh kengashini tanlab oladi. Kilikiyada tug‘ilgan Kleon Yevnga qarshi chiqadi. U o‘z tarafdorlarini yig‘ib, Yevn qo‘shinlariga zarba beradi. Qo‘zg‘olonchilar “Yangi Suriya shohligi” poytaxti Ennadan tashqari yana bir necha shaharlarni egallaganlar. Tavromeniy qo‘zg‘olonchilarning qo‘rg‘oni edi. Ular mayda erkin dehqonlarga tegmaganlar, hunarmandlarni o‘zlariga qurol yasashga majbur etadilar. Sitsiliyadagi qo‘zg‘olon ta'sirida boshqa joylarda ham qullar g‘alayon ko‘tardilar. Sitsiliyadagi voqyealarning kengayishidan tashvishga tushgan Rim senati qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta harbiy kuch yo‘llaydi. Ammo, dastavval, Rim qo‘shinlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Miloddan avvalgi 132 yildagina konsul Rutiliy qattiq janglardan keyin avval Tavromeniyni, so‘ng xoinlar yordamida Ennani bosib oladi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘shinini lashkarboshisi Kleon jangda halok bo‘ladi, shoh Yevn esa asir tushib, qiynab o‘ldiriladi. Rim qo‘shinlari butun Sitsiliya bo‘ylab qo‘zg‘olonchilarni qon qaqshatdilar. Sitsiliyadagi qo‘zg‘olon bostirilmay, Kichik Osiyoda, Pergam shohligida quldorlik tuzumiga qarshi yangi ommaviy harakat boshlangan. Pergamda Aristonik qo‘zg‘oloni. Rim respublikasi bilan yaqin ittifoq bo‘lgan Pergam shohlari miloddan avvalgi II asr davomida rimliklarga tobora ko‘proq qaram bo‘la bordilar. Makedoniya, Yunoniston va Egey arxipelagida Rim bosqini avj olgan sari ko‘plab Rim-Italiya savdogar va sudxo‘rlari Egey havzasi mamlakatlariga 328 qatnay boshladilar. Ular soliqlar to‘plash va boj olishni garovga olib, mahalliy hukmdorlarni mablag‘ bilan ta'minlaganlar, hukmdorlar qarzni qaytarmagan taqdirda ularga qarashli yerlik aholini qul qilib haydab ketganlar. Kichik Osiyo aholisi yunonlar zulmidan norozi bo‘lib, qo‘zg‘olon ko‘targan. Pergam shohligidagi ellinlashgan zodagonlar voqyealarning shu tariqa rivojini oldindan bilib, shoh Attal III o‘limidan so‘ng (miloddan avvalgi 133 yil) marhum o‘z vasiyatnomasida shohligini “senat va Rim xalqiga” topshirgan deb e'lon qilganlar. Rim senati Pergam shohining merosini qabul etgan va shohlikni Rimning Osiyodagi viloyati deb e'lon qilgan. Lekin Pergam aholisi mamlakatda Rim hukmronligini istamas edi. Pergam shohining so‘nggi avlodi - Aristonik xalq noroziligidan foydalangan. U erkin kambag‘allar va qullar harakatiga tayanib, Pergamda hukmronlikni qo‘lga olishga urinadi. U rimliklar va ularning tarafdorlariga qarshi qo‘zg‘olonga chaqirgan. Aristonik qullikka asoslanmagan davlat tuzib, unga “Geliopolis” (Quyosh shahri) deb nom berishni, o‘z tarafdorlari Pergam aholisini “geliopolisliklar” deb atashni va'da qilgan. Ammo Pergamning o‘zidagi, shuningdek, Efes, Smirna, Milet, Kizik kabi yunon shaharlarining boy zodagonlari rimliklarni qo‘llab, qo‘zg‘olonga qo‘shilmadi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun konsul Publiy Krass boshchiligida qo‘shin yuborilgan. Qo‘zg‘olonchilar bu qo‘shinni tor - mor keltirib, Krassni o‘ldiradilar. Ko‘p vaqt o‘tmay, yangi Rim qo‘shini tuziladi. Unga ellinlashgan shohliklar - Pontiya, Vifin, Paflagon, Kappadokiya o‘z qo‘shinlari bilan, shuningdek, yunon shaharlarining bo‘linmalari ham qo‘shilib, katta kuch to‘planadi. Aristonik qo‘shini bo‘lib o‘tgan jangda yengilib, uning o‘zi Strantonikeyga qochadi, ammo u yerda asir tushib, Rim qamoqxonasida vafot etadi. Geliopolisliklar qo‘zg‘oloni bostirilib, Osiyoda quldorlik tuzumi va Rim hukmronligi o‘rnatilgan. Rim respublikasi ellin quldorlarining ishonchini oqlab, butun O‘rta yer dengizida quldorlik tuzumi tayanchi bo‘lib qoldi. Miloddan avvalgi 130 yillarda agrar islohot tufayli yuz bergan ijtimoiy kurash (Tiberiy Grakxning siyosiy faoliyati). Miloddan avvalgi II asrda Italiyada ijtimoiy tabaqalanish (ayniqsa mayda erkin dehqonlar sonining kamayishi va ko‘plab qullarning paydo bo‘lishi) Rim nobillarining kelajakni oldindan ko‘ra olgan ba'zi vakillarini tashvishga solib, ular Rim respublikasining harbiy qudrati zaiflanishi 329 va eski urf - odatlar inqirozidan xavfsiraganlar. Qullar va shahar kambag‘al ommasining o‘sib borishi bilan birga oddiy fuqarolar sonini kamayishi rimlik zodagonlarda xavf tug‘dirgan. Ular o‘z puliga harbiy qurol - yarog‘ olishga qurbi yetgan va harbiy xizmat o‘tashga majbur erkin qishloq fuqarolarining soni kamayib borayotganligi tufayli, legionlarni jangchilar bilan to‘ldirish murakkablashadi deb xavotirga tushganlar. Miloddan avvalgi 140 yilda Karfagen g‘olibi Stsipion Emilian atrofida nobillar va Rimda yashagan yunon zodagonlari vakillaridan iborat to‘garak tarkib topgan. Stsipion xotinining ukasi Tiberiy Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling