Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- V asr obidalarida ham bir qancha yozuvlar saqlanib qolgan. Keyinroq yunon-fors urushlari haqida sitsiliyalik Diodor
- VI asr
- Doro I
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- 17-mavzu. Qadimgi Yunoniston tarixi manbalari va tarixnavisligi. Yunonistonda madaniyat. Reja
- III-II ming yillikda
- V.P.Buzeskul
- N.A.Kun ning “Qadim Yunonistonning afsona asotirlari”
- Ksenofont, Platon (Aflotun) va Aristotel (Arastu)
- A.Berger
- Grek-fors urushlari tarixiga doir asosiy manbalar
- “Afinskaya politiya”
- Demosfen, Sokrat va Esxill
- A.B.Ranovich
- Polibiy ning “Umumiy tarix” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarix kutubxonasi” asari, Strabon
- Epikur
- A. B. Ranovich
- . Fales
- Fales, Anaksimen va Anaksimandr
Yunon - Fors urushlari. Yunon-fors urushlariga oid asosiy manba Gerodotning “Tarix” asari bo‘lib, bu asar bayoni miloddan avvalgi 478 yil voqyealaridan so‘ng to‘xtagan. Qator qadim grek tarixchilari bu urushlarga oid ayrim voqyealar va xususiyatlar xususida hikoya qiladilar. Esxill “Forslar” tragediyasida shohid hamda bevosita ishtirokchi sifatida Salamin oroli yonida greklarning forslar bilan dengiz jangini yorqin tasvirlagan. Miloddan avvalgi V asr obidalarida ham bir qancha yozuvlar saqlanib qolgan. Keyinroq yunon-fors urushlari haqida sitsiliyalik Diodor yozgan. Plutarx o‘sha zamonda Afinaning atoqli siyosiy va harbiy arboblari - Femistokl, Aristid va Kimonning tarjimai hollarini bayon etadi. Afinada va jang bo‘lgan boshqa joylarda topilgan arxeologik qazuv materiallari ham muhim ahamiyatga ega. Yunon-fors urushlari davrida forslar va greklar. Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan va miloddan avvalgi VI asrning II yarmida barcha Yaqin Sharq davlatlarini zabt etgan qudratli Eron shohi Doro I miloddan avvalgi VI asrning oxirlarida o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi. Bu hukmdor davrida ulkan davlatni idora qilish tizimi tashkil etilib, qo‘shinlar harakatlanadigan strategik va savdo yo‘llari takomillashtirilgan, qaram qilingan qabila va xalqlardan olingan xirojlar Eron poytaxtiga keltirilgan. Forslar hukmronligi ostidagi viloyatlardan doimiy suratda katta xiroj undirilishi natijasida mazkur viloyatlar asta-sekin inqirozga yuz tutgan. Shu sababli, Eron davlati yangi hududlarni egallashga kirishgan. Yangi yerlarni istilo qilish va Eron davlatini kengaytirish siyosati butun davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy natijasi bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI asrdayoq forslar Kichik Osiyoning Egey dengizi bo‘yidagi boy yunon polislarini zabt etib, so‘ng Kichik Osiyoning ayrim orollari va Egey dengizining shimolidagi yunon koloniyalarini bo‘ysundirganlar. Bu istilolar jarayonida forslar Marmar va Qora dengizlarning Yevropa qirg‘oqlarida yashovchi frakiyaliklar va skiflarning jangari qabilalariga qarshi kurashganlar. Doro I Eron davlatiga xos istilochilik siyosatini davom ettirib, Kichik Osiyo yunonlarining boy shaharlari ustidan hukmronligini mustahkamlash maqsadida miloddan avvalgi 513 yilda Frakiya orqali Shimoliy Qora dengizning shimoliy qismiga - skiflarga qarshi yurish boshlagan. Turli qabilalardan iborat Doro I qo‘shini tarkibida Kichik 300 Osiyo yunonlarining harbiy bo‘linmalari hamda Gellespont va Qora dengizning Yevropa qirg‘og‘idagi forslarga qaram bo‘lgan yunon shaharlari aholisidan tuzilgan otryadlar ham bo‘lgan. Eron hukmron doiralari o‘z kuchlariga ishongan holda aholisi ko‘p va boy Yunonistonni osonlik bilan bo‘ysundirish va undan qo‘shimcha daromadlar olishga umid bog‘laganlar. Istilochilik harakatlarini boshlashga faqat bahona yo‘q edi, xolos. Uni yunonlarning o‘zlari topib berganlar. Yunon-fors urushlarining boshlanishi. Kichik Osiyoning grek shaharlari aholisi, ayniqsa, Eron soliq tizimidan ko‘p jabrlangan. Forslar tayinlagan hokimlarning zulmi aholi ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Asta-sekin vaziyat murakkablashib, arzimas bahona bilan qo‘zg‘olon ko‘tarilib ketishi mumkin bo‘lib qoldi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qaysi omillar qadimgi Afinada zodagonlar bilan demos o‘rtasidagi kurashga sabab bo‘ldi? 2. Solon islohotlari demos uchun qanday qulayliklar yaratdi? 3. Yunon-fors urushlarining boshlanish sabablar nimada edi? 4. Spartaning harbiy davlat tuzumidan qolgan yunon demokratik polislarga o‘xshash va o‘xshamaslik belgilarini ko‘rsatib bering. 5. Nima uchun Spartada madaniyat yuksak rivoj topmadi? 6. Qaysi omillar qadimgi yunon davlatlarining o‘zaro urushlarini to‘xtatishga xizmat qildi? 7. Yunonlarning forslar ustidan g‘alaba qozonishi sabablarini ayting. 301 17-mavzu. Qadimgi Yunoniston tarixi manbalari va tarixnavisligi. Yunonistonda madaniyat. Reja: 1. Qadimgi quldorlik davlatlari. 2. Ellin madaniyatini 3. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda yunon madaniyati. 4. Olimpiya o‘yinlari. 5. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlar. Tayanch iboralar: Meteklar, dikasteriyalar,Samos, Pisandr, Epidamn koloniyasi Messeniya, Perikl. Geliyespont, satrap, Tir, Finikiya, Gurgon, Maroqanda Antropomorfizm, Geya, Tartar, Gestiya, sirenalar, orakullar, panafeniyalar, apeyron, efir, tragos, difiramblar, skena, Ezop, kolonnalar, Meduza, arxaik, rupor, klassik davr, Troya, bulevteriyalar, kannelyurlar, kapiteli, kariatidalar, Afina Pramaxos, atlet, ginekeya, Arxilox, gekzametr, kuros, arxaik, doriycha uslub, korifey, koturna, rupor, tiraniya, volyutlar, freska, monumental, totemizm, nimfa, kentavr, atom, sofistlar, Propileya, induksiya, oligarxiya, oxlokratiya. ellinizm, koyne, demotik tili, kosmopolitizm, gelpola, gelepola, peristal, Museyon, stoiklar, epikurchilar, peripatetiklar, geliotsentrik, idiliya, sinkretizm. Qadimgi Gretsiya va Rimda quldorlik davlatlari yuksak taraqqiy etdi. Buni quldorlik jamiyati, shuningdek, antik jamiyat deb ham atash mumkin. Qadimgi Gretsiya tarixi miloddan avvalgi III ming yillikdan to milodiy davrgacha o‘rganiladi. Eng qadimgi Gretsiya qadimgi Sharqning g‘arbiy chekkasida joylashgan, Misr hamda Old va Kichik Osiyo xalqlari bilan bevosita aloqada bo‘lgan keng o‘lka edi. Miloddan avvalgi III-II ming yillikda urug‘ tuzumi yemirilib, ilk quldorlik jamiyatining shakllanishi va ilk quldorlik davlatlari taraqqiy etishi boshlandi. XIX asrning 70-yillarigacha qadimgi Gretsiya tarixi odatda Gomer davri (miloddan avvalgi XI-IX asrlar) nomini olgan davrdan o‘rgana boshlanardi. XIX asrga oid tadqiqotlar miloddan avvalgi II ming yillikda Egey dengizi havzasida sivilizatsiya o‘sha davr Misr, Qadimgi quldorlik davlatlari. 302 Bobil va Xett kabi davlatlardagidek yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ushbu hududdagi arxeologik kashfiyotlarning batafsil bayoni va aniq ta'rifi V.P.Buzeskulning “Otkritiya XIX-nachala XX vv. v oblasti istorii drevnego mira” (Drevnegrecheskiy mir. II-qism, 1924) asarida berilgan. Shuningdek, qadimgi Gretsiya tarixiga doir asosiy qo‘llanmada grek dini va afsonalariga ham alohida o‘rin berilganligi sababli N.A.Kunning “Qadim Yunonistonning afsona asotirlari” - (M, 1954) kitobi bilan tanishib chiqishni ham tavsiya etamiz Qadimgi Gretsiya tarixida, ayniqsa, uchinchi arxeologik davr (miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) muhim bo‘lib, bu vaqtda antik quldorlik munosabatlari tarkib topmoqda edi. Arxaik davrdagi grek xo‘jaligi va jamiyati haqidagi ma'lumotlar Gesiodning “Trudi i dni” (miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) dostonida berilgan. “Qadimgi Sparta” mavzusida - greklar siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan qadimgi Gretsiyaning quldorlik davlati bilan tanishib chiqiladi. Talabalar miloddan avvalgi IX asrda Sparta davlatining tashkil topishida o‘ziga xos jihatlari hamda harbiy tusga ega ekanligini ko‘rsatib berishlari kerak. Sparta davlatining tashkil topishi tarixiga doir manbalar juda kam. Bizga qadar yetib kelgan Ksenofont, Platon (Aflotun) va Aristotel (Arastu) asarlarida Sparta tuzumi qisman ideallashtiriladi. Qadimgi Sparta haqida qadimgi Gretsiyaning eng yirik tarixchilari Gerodot va Fukidid asarlarida ob'yektiv ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, Pavsaniyaning “Opisaniye Elladi” (miloddan avvalgi II asr) asaridan ham birmuncha aniq ma'lumotlar olish mumkin. Mavzuni o‘rganish vaqtida Yuqorida ko‘rsatilgan manbalar bilan tanishib chiqish, Sparta iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari va Sparta (Lakedemon) davlat tuzumining xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, spartaliklar turmushi va tarbiyasining o‘ziga xosligiga e'tibor berish kerak. Sparta jamiyati uch tabaqa: spartaliklar, perieklar va ilotlarga bo‘lingan. Ilotlar boshqa grek davlatlaridagi qullardan farq qilar va ular davlatga qaram bo‘lib, spartaliklarga yerlari, mehnat qurollari bilan birga berilar edi. Sparta davlatida tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvini (ilotlar qo‘zg‘oloni) anglab yetish 303 muhim va uning ijtimoiy hayotga ta'siri A.Bergerning “Sotsialniye dvijeniya v drevney Sparte” (M, 1936) kitobida berilgan. Spartaga qarama-qarshi davlat - Attika (miloddan avvalgi VII - V asr) tarixida quldorlikning tashkil topishi va uning eng yuksak shakli - demokratik quldorlik respublikasining paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Grek-fors urushlari tarixiga doir asosiy manbalar: Gerodotning “Tarix” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarix kutubxonasi” asari, Plutarx qalamiga mansub Femistokl, Aristid, Kimon va Periklning tarjimai hollari, Esxilning “Forslar” nomli tragediyasi va hokazolar. Afina demokratiyasining ahamiyatiga baho berilganda, bu mavzuga doir qo‘shimcha adabiyot sifatida quyidagilarni tavsiya etish mumkin: - V.P.Buzeskul. Afinskaya demokratiya. Obщiy ocherk. Xarkov. 1920.; V.Andreyev. Afinskaya rabovladelcheskaya demokratiya. “Vestnik drevney istorii”, 1960. №4. Peloponnes urushi tarixiga oid asosiy manba o‘sha zamon tarixchisi va shu urush qatnashchisi Fukididning “Tarix” asari hisoblanadi. Urushning so‘nggi davriga oid manbalar esa Ksenofontning “Gretsiya tarixi” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarixiy kutubxonasi”dan lavhalardir. Afina ijtimoiy-siyosiy tuzumini analiz qilish uchun Aristofan komediyalari, Aristotelning “Afinskaya politiya” komediyasi, Afina notiqlarining ba'zi bir nutqlari, arxeologik manbalardagi o‘sha davr yozuvlari katta ahamiyatga ega. Qadimgi greklarning falsafa va boshqa fanlar rivojlanishidagi rolini aniqlashda Gretsiya tarixchilari Gerodot, Fukidid va Ksenofont ijodini, shuningdek, mashhur grek notiqlari Lisiy, Demosfen, Sokrat va Esxill ijodi bilan tanish bo‘lishi kerak. Darslikka qo‘shimcha material sifatida I.M.Tronskiyning “Antik adabiyot tarixi” (3-nashr, L, 1957) asaridan va A.G.Chegodeyevning umumiy tahriri ostida chiqqan “Qadimgi dunyo san'ati” (M, 1956) kitobidan foydalanish mumkin. “Iskandar Zulqarnayn davlati” mavzusini o‘rganishda darslikdan tashqari professor A.B.Ranovichning “Ellinizm va uning tarixiy roli” (M-L., 1950) monografiyasining II bobini o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. 304 Ellin davlatlari tarixiga oid asosiy manbalar: Polibiyning “Umumiy tarix” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarix kutubxonasi” asari, Strabonning “Geografiya” asari, Fokion, Evlen, Demetriy, Poliokretlarning Plutarx tomonidan bitilgan tarjimai holi, Akkianning “Suriya ishi” ham boy arxeologik materiallardir. Ellin madaniyatini o‘rganishda talabalar uning eng muhim markazlari (Misr Iskandriyasi, Antioxiya, Pergam) haqida, shuningdek, shu davr texnika, tibbiyot, matematika fanlari, badiiy adabiyoti va tasviriy san'ati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Falsafiy tizimlar orasida Epikur falsafasi katta ahamiyatga ega. Ellin davrining eng mashhur fan (Arximed, Geran, Feafrast, Aristarx, Evklid, Eratosfen, Gerofil, Gipparx), adabiyot arboblari (Lisipp, Apelles, Aleksandr) va falsafa namoyandalari (Epikur, Zenon)ning nomlarini va ular erishgan yutuqlarni yodda tutish tavsiya etiladi. Bu bo‘lim bo‘yicha qo‘shimcha adabiyot sifatida A. B. Ranovichning “Ellinizm va uning tarixdagi roli” ( VII bob, Ellin madaniyati) kitobini tavsiya etish mumkin. Arxaik davr yunon madaniyati krit - miken davri va undan keyingi miloddan avvalgi XI - IX asrlar doriylarning ko‘chish va istilolari davriga borib taqaladi. Bu madaniyat shu davrga xos qo‘l mehnati qurollari bazasida rivojlangan. Bevosita ishlab chiqaruvchilar - dehqon va hunarmandlar davlatmand va boy yunonlar qo‘l ostida qul kabi ishlaganlar. Quldorlik munosabatlari asta-sekin rivojlangan bo‘lsa ham, lekin jismoniy mehnat erkin shaxsni xo‘rlaydi, deb hisoblangan. Bu davrga oid muomala va munosabatlar Gesiodning “Mehnatlar va kunlar” poemasida yorqin aks ettirilgan. Din. Yunon dini krit - miken zamonida va urug‘doshlik tuzumi buzilayotgan davridayoq (miloddan avvalgi XI - IX asrlarda) tarkib topa boshladi. Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda bu din to‘liq rivoj topib ulgurdi. Bu din antropomorfizm, ya'ni insonni ilohiylashtirish, xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yoshligicha qoladigan kuchli, go‘zal kishilar degan tasavvurdan iborat bo‘lgan. Greklarning tasavvuriga ko‘ra, olam avval Xaosdan iborat bo‘lib, Yer - Geya va yer osti olami - Tartar ham mavjud bo‘lgan. Geyadan uning o‘g‘li Uran - osmon xudosi tug‘uladi. Uran bilan Geyadan titan Kronos tug‘ilgan va o‘z otasiga qarshi chiqqan. Bular Miloddan avvalgi VII - VI Asrlarda yunon madaniyati 305 titan - katta xudolar edi. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Yunonlar tasavvurida tabiat ilohiy mavjudotlar bilan to‘lib toshgan. Ular nazarida, chakalakzorda driad, nimfa va echkioyoq satirlar yashagan, dengizda nayada va sirenalar - ayol boshli qushlar yashagan. Yunonistonda yarim xudo - qahramonlar e'zozlangan. Yunonlarning fikricha, bu yarim xudo - qahramonlar xudolar bilan odamlarning nikohidan tug‘ilgan. 12 jasorati evaziga Gerakl alohida hurmatga sazovor bo‘lgan. U sher terisida va qo‘lida tayoq bilan tasvirlangan. Gerakl yovuzlikka qarshi kurashib, uni yengib kelgan shaxs obrazi edi. Bayramlar. Qadimgi Yunoniston madaniy an'ana va odatlari turli shaharlarni bir-biriga bog‘lagan va yunon xalqini birlashtirgan. Bolqon yarim oroli shaharlari o‘z bayramlari, o‘yinlari bilan yunonlarni birlashtirgan. Yunonistonda xudolarga atalgan maxsus bayramlar o‘tkazilib, ular faqat diniy tusda bo‘lmay, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo‘shiq va shu kabilar bayramlarning muhim jihatlari hisoblangan. Olimpiya o‘yinlari. Bayramlardan tashqari umummilliy sport musobaqalari ham yunonlarni birlashtirgan. Peloponnesda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari mamlakatda dong taratgan. Bu o‘yinlar xudolar otasi, chaqmoqsochar Zevs Sharafiga o‘tkazilgan. Olimpiada Zevs ibodatxonasida bo‘lib, unda Zevsning ulkan haykali o‘rnatilgan. Olimp o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilib, binobarin, qadimgi yunonlar keyinroq vaqt hisobini olimpiadalar asosida yurgiza boshlaganlar. Rivoyatga ko‘ra, ilk olimpiada miloddan avvalgi 776 yilda o‘tkazilgan. Olimpiadalarda barcha yunonlar qatnasha olishi uchun bu vaqtda urushlar to‘xtatilgan. Shunday qilib, Olimpiya o‘yinlari tinchlik darakchisi bo‘lgan. Orakul (bashoratchi)lar. Orakullar ham yunonlar hayotida muhim o‘rin tutganlar. Ular tufayli yunon kohinlari juda katta foyda ko‘rganlar, chunki o‘z savoliga javob olishni istagan kishilar ularga pul yo qimmatli buyumlar keltirganlar. Orakullar deganda ayrim shaxslarni emas, balki bashorat qilish, ya'ni kelajakdan xabar berish bilan shug‘ullanuvchi butun ibodatxonalarni anglamoq kerak. 306 Ayniqsa, Fokididdagi Delfa orakuli (bashoratchisi) keng dong taratgan. Bu yerda tog‘lar orasida dara bo‘lib, undan zaharli bug‘ chiqib turgan. Shu dara oldidagi sepoyada bashoratchi kohin ayol Tifiya o‘tirgan. Zaharli bug‘dan bu ayol hushidan ketib, hushsiz holda so‘zlagan. Uning so‘zlarini kohinlar izohlab, bashoratchiga berilgan savollarga javob qaytarganlar. Delfalik orakul nafaqat yunon, balki boshqa davlatlarda ham shuhrat qozongan. Orakullar katta siyosiy rol o‘ynaganlar. Ularning javoblarini turlicha talqin qilish mumkin edi, chunki haqiqatda orakul (bashoratchi) hech nimani oldindan aytolmagan. Lekin o‘z obro‘larini yo‘qotmaslik uchun kohinlar buni tan olmaganlar. Falsafa. Kichik Osiyo yunon shaharlarining hunarmandchilik va savdo - sotig‘ining taraqqiy etishi, shahar aholisining roli oshib borishi natijasida mafkura ko‘rinishi ham o‘zgardi. Yunonlar endi olamning diniy izohi bilan qanoatlanmay, savollarga moddiy olamdan javob izlaydilar. Mafkuraviy (diniy) va materialistik qarashlar o‘rtasida kurash boradi va uning jarayonida miloddan avvalgi VII - VI asrlarda materialistik falsafa paydo bo‘ladi. Bu ilk falsafa stixiyali yoki ibtidoiy materializm deb ham ataladi. Miletlik Fales dastlabki ana shunday faylasuf bo‘lish bilan birga fizik va matematik ham bo‘lgan. U butun olamning asosi - suv deb izohlagan. Uning ta'limotiga ko‘ra, butun olam suvdan paydo bo‘lgan va shuning uchun butun mavjudotning negizi suvdir. Falesning shogirdlaridan biri - Anaksimen, birlamchi materiya, ya'ni “apeyron” butun mavjudot ibtidosidir deb hisoblagan. Anaksimandr olamning asosi - havo, “efir”, u butun mavjudotga singib, olam undan kelib chiqqan deb ta'lim beradi. Faylasuf Geraklit olam olovdan paydo bo‘lgan deb hisoblagan: “Olam - abadiy alangalanib va abadiy so‘nib turadigan olovdir”. Geraklit Efes shahrida yashagan va o‘z falsafasini shu yerda yaratgan. Bugungi kunda uni birinchi dialektik deb hisoblashadi. Darhaqiqat, Geraklit ta'limoti yerda buyumlar yo‘q, balki yuz berib turadigan jarayonlar bor deb uqtiradi. Geraklitning bosh qoidasi: “Hamma narsa oqib turadi, har narsa o‘zgaradi”. “Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, chunki birinchi tushganingizda suvning bir xil zarralari oqsa, ikkinchi marotaba suvning boshqa zarralari oqadi”. 307 Fales, Anaksimen va Anaksimandr Milet maktabi faylasuflari edilar. Qadimgi Yunonistonda, shuningdek, mafkuraviy falsafa ham mavjud bo‘lib, u olamning ibtidosini tabiat va uning hodisalarida emas, balki g‘oyalarda deb bilgan. Miloddan avvalgi VI asrda Sitsiliyada yashagan Pifagor ana shunday idealist faylasuf edi. Pifagor yunon matematikasining asoschilaridan biridir. Pifagor sonlarni o‘rgangan, shuning uchun uning nazarida olma muayyan sonlar va ularning o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan. U Sitsiliyada, asosan, aristokrat oilalardan kelib chiqqan muxlislari, izdoshlari jamoasini tuzgan. Yunon yozuvi. Yunon alifbo yozuvi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda finikiyaliklar alifbosi asosida yuzaga kelgan. Finikiyaliklarga savdo ishlarida, hisob-kitob yurgizishda alifbo zarur bo‘lgan, ammo belgilari ko‘p qadimgi Sharq yozuvini o‘rganishga na vaqt, na imkoniyatlari bo‘lgan. Hisob-kitobni aks ettiradigan hamda tezda o‘rganish mumkin bo‘lgan qisqa va aniq alifbo kerak edi. Finikiyaliklar 22 harfdan iborat yangi alifbo tuzganlar, lekin bu harflar faqat undosh tovushlarni anglatgan. Yunonlar finikiya yozuvidan foydalanganlar, lekin qisman o‘zgartirib, unga unli tovushlarni ham bildiruvchi harflarni qo‘shganlar. Shunday qilib, ular 24 harfdan iborat yangi yunon alifbosini yaratganlar. Biz uchun yunon alifbosining ahamiyati shundaki, ushbu alifbo keyinchalik slavyan (kirill) alifbosiga asos bo‘ldi. Adabiyot. Yangi alifbo va yozuvning yaratilishi yunon adabiyoti rivojida juda muhim qadam bo‘ldi. Miloddan avvalgi VIII asrning ikkinchi yarmida Beotiyada yashagan shoir Gesiod ikki yirik adabiy asar yaratdi: birinchisi - “Teogoniya” bo‘lib, unda yunonlarning xudolar va olamning kelib chiqishiga oid qarashlari bayon qilingan; ikkinchisi - “Mehnatlar va kunlar” asari edi. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda yunon lirikasi yuzaga kelib, yuksak darajada rivojlangan. Bu - yunon polislarida aristokratiya bilan demokratiya o‘rtasidagi kuchli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurash davri bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar davri doimiy kurash ruhi bilan shoirlarning she'rlarida aks etdi. Bu she'rlar qisqacha bo‘lib, zamona kishilarining kayfiyati va o‘y-fikrlarini ifodalagan. Shoirlar ozgina so‘z bilan kuchli his-tuyg‘ular, qayg‘u va shodlikni tasvirlashga intilganlar. 308 Lirika so‘zi o‘sha davr musiqa asbobi - lira nomidan olingan. Odatda she'riy asarlar lira musiqasi jo‘rligida qiroat bilan o‘qilgan. Yunon lirikasiga asos solgan dastlabki shoirlardan biri - Arxilox Paros orolida tug‘ilgan. U aristokratiya bilan demokratiya kurashida faol ishtirok etgan. O‘z she'rlaridan birida Arxilox hayot yo‘lida omad goh kelib, goh ketishi haqida so‘zlaydi. Agar “seni yengsalar, - der edi u, - g‘am yema, uyga berkinib yig‘lama. Omad kelganda me'yorida shodlan, kulfat tushganda me'yorida qayg‘ur. Inson hayoti pinhona ohangini angla”. Miloddan avvalgi VI asrda satirik poema yuzaga keladi. V.A.Jukovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan “Sichqonlar va qurbaqalar urushi” poemasi buning yorqin namunasi. Satirik poemalar gekzametr vaznida, ya'ni Gomer dostonlari yozilgan she'r vaznida bitilgan. San'at. Ana shu davrda yunon tasviriy san'ati vujudga kela boshladi. Dastlab, bu san'at arxitektura va haykaltaroshlikda qadimgi Sharq san'atidan ancha orqada qoladi. Lekin miloddan avvalgi VI asr oxirlarida yunon san'ati gurkirab rivojlandi. Dastlabki paytlarda yunon me'morchiligi (arxitekturasi) nomukammal bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII - VII asrlardagi yunon ibodatxonasi uch tomoni devorli va to‘rtinchi tarafi ochiq yog‘och imoratdan iborat bo‘lgan. To‘rtinchi tomondan tomni ushlab turish uchun oldida ustun tirkab qo‘yilgan. Tosh me'morchiligi paydo bo‘lgach, ustunlar toshdan yasaladigan bo‘ldi. Shu tariqa qator ustun (kolonna)lar paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII asrda ibodatxonalar xom g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik tosh ishlatish rivoj topdi. Miloddan avvalgi VII asr oxirlarida ibodatxonalarning atrofiga ustunlar o‘rnatib, yangicha shaklda qurish rasm bo‘ldi. Xuddi shu vaqtdan boshlab doriycha uslub paydo bo‘ldi. Bu uslub uchun qator ustunlar xos. Kolonna tagkursi, poydevor va tepaqoshga bo‘lingan. Doriycha ustunlar qoshi oddiy, bezaksiz bo‘lgan. Yunonistonda haykaltaroshlik ham eng ibtidoiy shakllardan asta- sekin mukammal ko‘rinish ola bordi. Miloddan avvalgi VIII asrda ibodatxonalar uchun xudolarning yog‘och suratlari yasalgan. Miloddan avvalgi VII asrda tosh haykallari paydo bo‘lgan. Dastlab bu haykallar ibtidoiy shaklda edi. Masalan, Samoslik Geraning haykali ana shunday, u yog‘ochdan yasalib, kiyintirilgan haykalga o‘xWardi. Uning qomati deyarli bilinmaydi. Haykal dum-dumaloq qilib 309 ishlangan. Miloddan avvalgi VII asr oxiri haykallari odamga o‘xshatib ishlana boshlandi. Masalan, Demoslik Artemidaning haykali ana shunday. Unda garchi uning ko‘rinishi birmuncha ibtidoiy bo‘lsa ham, qaddi-qomati aniq sezilib turadi. Bosh, gavda, qo‘l va oyoqlar bor, lekin bularning hammasi yassi va sxematik ishlangan. Miloddan avvalgi VI asrda qora figurali vazalar yasalgan, ya'ni tabiiy qizg‘ish vazalar ustiga qora lak bilan rasmlar tushirilgan. Ba'zan rasmlar boshdan oyoq “qirilgan” va so‘ng qizil, oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Faqat arxaik davr rasmlari shunday usul bilan ishlanardi. Korinf sarg‘ish gilvata vazalari bilan shuhrat qozongan. Miloddan avvalgi VI asrda Attikada ishlab chiqarilgan lak davrimizga qadar o‘chmay saqlanib qolgan. Klassik davr yunon madaniyati. Hozirgi madaniyat ko‘p ko‘rinishlari bilan qadimgi Yunonistonning ko‘p qirrali madaniyatiga borib taqaladi. Fan va texnika hamda falsafa, adabiyot, arxitektura, shuningdek, tasviriy san'atning turli shakllari - jahon madaniyatida muvaffaqiyatli suratda rivojlanib kelgan. Yunon teatri. Qadimgi yunon madaniyatining eng ajoyib hodisalaridan biri - teatr. Teatr dehqonchilik homiysi - Dionis xudosi bayramida ijro etiladigan xalq qo‘shiqlari va o‘yinlari asosida paydo bo‘lgan. Dionis tabiat kuchlarini hosil qiluvchi ma'bud bo‘lib, unga sig‘inish qishloq xo‘jaligini yuritish mashaqqatlari va quvonchlarini aks ettirgan. Qadimgi Yunoniston tabiiy Sharoitiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida, asosan, uzum yetishtirilgan. Toklar barg chiqargan bahorda Dionisiya bayrami o‘tkazilgan. Ayniqsa, bu bayram quvnoq kechgan, ya'ni yangi vino ichilib, davra qurilib, lapar, qo‘shiq aytib, raqsga tushilgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling