Ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti «Bank ishi»
Download 324 Kb.
|
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2023 Mavzu: Kredit turlari Kirish
- Xulosa Foydalangan adabiyotlar. KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUSTA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «Bank ishi» fakulteti MAVZU: Kredit turlari Bajardi: BIA 92-1 guruh talabasi Artikov Elyorbek Ilmiy rahbar: PhD. N. N. O’ktamova Toshkent – 2023 Mavzu: Kredit turlari Kirish 1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kreditning roli va ahamiyati. 2. Kreditning shakllari va turlari 3. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit turlarining amaliy holati Xulosa Foydalangan adabiyotlar. KIRISH Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi, shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu jumladan asosiy banklarning an’anaviy xizmat turi bo’lmish kredit operatsiyalarining na’munali darajada bo’lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida katta va muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini yanada mustahkamlash, likvidligini oshirish, moliyaviy barqarorligini yaxshilash, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, bank xizmatlarini rivojlantirish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.1 Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv obyektlari hisoblanadi, chunki tijorat banklari o'z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. Shu o’rinda, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan zamon talablariga javob beradigan kredit operatsiyalarini ta'minlash maqsadida yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Kreditlash tizimi sohasidagi bosh maqsad, bankning kredit riskini samarali boshqarish orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatish, bank tizimi moliyaiy barqarorligini ta’minlash, tijorat banklarining faoliyatdan asosiy maqsadi bo’lmish daromadliligini oshirish vaalbatta iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli kredit risklarini samarali boshqarish hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator qaror vaasarlarida banklardagi kredit operatsiyalarni takomillashtirishga to’xtalib o’tgan. Prezidentimizning 2020 yil 15-maydagi PF 5992-sonli “2020 — 2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi Qarorida, respublika bank sektorini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish1. Download 324 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling