Ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti «Bank ishi»


Download 324 Kb.
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi324 Kb.
#1472965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4

Eksportni kreditlash quyidagi shakllarda olib boriladi:

  • Xaridorlar bo’naklari evaziga yuzaga keluvchi kredit shakli. Bunda xaridorlar bo’naklari biror bir mamlakatga yoki eksportyorga beriladi va ular xorijiy buyurtmachining buyurtmasini taminlash manbai sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda bo’nak summasi eksportyor kapitalining salmogini oshiradi.

  • Bank krediti evaziga yuzaga keluvchi kredit shakli. Bunda eksportyor mamlakat garovi ostida kredit beriladi, shuningdek, importyor mamlakatda tovar hujjatlari yoki tovarlarini garovga olgan holda ham kredit beriladi.

Bank bilan anchadan beri birga ishlab kelayotgan ishonchli yirik eksportyor firmalar bankdan tovarlarni garovga qo’ymasdan bank kreditini olishlari mumkin.

Importni kreditlash


Importni kreditlash ham tijorat va bank krediti shaklida bo’ladi. Bu kreditlar ikkiga bo’linadi:

  • Ochiq hisob bo’yicha kredit (eksportyor yuklangan tovarlarni importyor qarzi sifatida uning hisobiga yozib qo’yadi, importyor esa kreditni malum bir muddatda to’lash javobgarligini oladi). Bunda qarzdorlik vaqti-vaqti bilan tugatilib boriladi. Tovar ham o’z navbatida muntazam jo’natilib boriladi. Bu holatda banklar savdo kontragentlari hisob-kitoblarida vositachi funksiyasini bajaradi.

  • Veksel kredit, bunda eksportyor tovarni kreditga sotish bitimini imzolab tratta (o’tkazma veksel) ni importyorga taqdim etadi. Oxirida tovar hujjatlarini olgan shaxs trattani akseptlaydi, yani veksel summasini ko’rsatilgan muddatda to’lash javobgarligini oladi.

Import bo’yicha bank kreditlari quyidagi shakllarda ham bo’lishi mumkin:

  • Akseptli kredit aksept yoki importyor bankning eksportyor trattasini to’lash roziligi bilan beriladi. Bunda importyor to’lov vaqti kelganda bankka qarz summasini malum qiladi, bank uning eksportyor oldidagi javobgarligini yopadi.

  • Akseptli rambusli kredit importyorga xizmat qiluvchi xorijiy bank tomonidan kafolatlash sharti bilan bank tomonidan vekselni akseptlash orqali amalga oshiriladi. Bu holda importyor tratta tugashi vaqtida o’z vositasini trattani akseptlaydigan xorijiy bankka o’tkazish rambuslash uchun o’z bankiga olib kelishi kerak. Shundan so’ng oxirgi shaxs eksportyorga trattani o’rnatilgan muddatda to’laydi.




Download 324 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling