Ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti «Bank ishi»


Download 324 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2023
Hajmi324 Kb.
#1472965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4

Istemol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Istemol kreditining eng xatarli deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin, bu o’z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun istemol kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari lozim.
Hozirgi paytda istemol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin.
Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar sotib olish uchun, yani uylar bilan taminlangan kreditlar yoki boshqa maqsadlar uchun, yani avtomobil, yirik elektr xo’jalik mollari sotib olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar.
Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: malum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo’la qaytariladigan kreditlar. Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo’yish hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko’p oilalarga mo’ljallangan uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va bu kreditlar ushbu uy bilan taminlangan bo’ladi. Bunday kreditlarga mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda, o’zgaruvchan foiz stavkasi o’rnatiladi.
Mutlaq foiz stavkasi o’zgarishi orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o’zgaradi. Majburiyatni qoplash uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haki (komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo’d bilan qarzdorga kerakli vaqtda. kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho’ba korxonalardan ham olish mumkin. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrning eng dolzarb muammosi bo’ldi va uning tasiri butun jahon iqtisodiyotini larzaga soldi.
Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik etirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka kreditlarining o’z vaqtida qaytmaganligi, yani ipoteka kreditlarining muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.
Ipoteka kreditlari bilan bog’liq muammolarning kelib chiqishiga esa AQSh FZT tomonidan qo’llangan ekspansion pul-kredit siyosati va ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo’ldi.
AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006 yildagi 5-6 foizdan 2008 yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech kanday muammosiz uyning garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o’z navbatida, banklarning to’lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab bo’ldi.
Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar malum bir muddat ichida to’lanishi yoki bir yo’la to’lanishi mumkin.
Malum bir muddat ichida to’lanadigan kreditlar qisqa va o’rta muddatli kreditlar bo’lib, bunda kredit mikdori ikki yoki uch qismga bo’linib to’lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektrxo’jalik mollari sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz stavkasi o’rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz stavkasini o’rnatish amaliyotda ko’p qo’llanilmokda.
Bir yo’la qaytariladigan kreditlar qisqa muddatli kreditlar bo’lib, jismoniy shaxslarning naqd pul mablag’iga bo’lgan joriy ehtiyojini qondirish uchun beriladi va kredit muddati tugashi bilanoq uning to’la hajmi qaytariladi. Bunday kreditlarning hajmi kichkina bo’lib, muddati 30 kun yoki undan ham kam bo’lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo’la qaytarish sharti bilan beriladigan kreditlar bank uchun serdaromad bo’lib, bazida, mijozning xususiyatiga qarab yirik mikdorda ham bo’lishi mumkin. Masalan, mehnat tatili va davolanish, yirik elektr xo’jalik mollarini sotib olish yoki tamirlash, soliq to’lashga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun olinadi.
Kredit kartochkasiga asoslanib beriladigan kreditlar ham malum muddat ichida yoki bir yo’la to’lanishi mumkin. Kredit kartochkasi egalari uning yordamida sotib olgan tovarlariga foizsiz haq to’lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar haqini bo’lib-bo’lib, oyiga 12-18% yillik foiz mikdorida to’lab borishlari mumkin. Kredit kartochkasi asosida malum muddat ichida kredit haqining to’lanishi bir yo’la to’lanadigan kreditlarga qaraganda banklar uchun foydalidir, chunki banklar bunday kreditlardan foiz daromadlari oladilar.
Kredit kartochkasi juda qulay bo’lib, mijoz undan ko’pincha revolver kredit tizimida keng foydalanadi. Kredit kartochkalaridan foydalanish texnologiyalarning takomillashi natijasida mijozlar kredit kartochkalari orqali bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu jumladan, jamg’arma va hisob-kitob xizmatlaridan ham bemalol foydalanishlari mumkin.
Bu kartochkalar bilan xizmat ko’rsatishning rivojlanishi tufayli mijozlar bank xizmatiga haq to’lashdan ko’pincha ozod bo’ladilar.

Download 324 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling