Talim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bosqich Yakuniy qism (10 min )
- 2-ilova 4-ilova
- Mamlakatimiz transport tarmog’i: o Temir yo’l transporti. o Avtomobil transporti o Havo transporti
- Muhokama uchun savollar
- 6-ilova
- 8-ilova Adabiyotlar
- O’zbekiston Respublikasining MDH doirasidagi hamkorligi
- O’zbekiston eksporti va importining MDH respublikalari bo’yicha taqsimlanishi
8-sonli maruza MAVZUSİ: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI Guruh 3b-kurs geografiya O’qitish vaqti: 2 soat Talabalar soni: 14 O’qitish darsining strukturasi Maruza, savol-javob, diskussiya Maruzaning rejasi: 1. Transportning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati. Temir yo’l transporti. 2. Avtomobil transporti. 3. Havo transporti. 4. O'zbekiston transportining boshqa turlariga ta’rif. 5. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy-geografik xususiyatlari. 6. O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi. 7. O'zbekiston qo’shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm. O’quv darsining maqsadi: Mamlakatimiz transport tizimini iqtisodiyotimizda tutgan o’rni, transport tarmog’ining shakillanishi iqtisodiy geografik xususiyatlarini talabalar ongida shakllantirish va chuqurlashtirish. Pedagogik masalalari: Mavzu bo’yicha bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish va mustahkamlashga undash. Amaliy vaziyat tahlili sxemasi bilan tanishtiradi. İndividual va guruhiy muammolar tahlili qarorlar qabul qilishni bilimlarini ko’rsatib berish. Mustaqil ishlash, bilimlarni tizimlash, taqqoslash, umumlashtirish bilimlarini ishlab chiqishi; Gurularda ishlash va muloqotga kirishish bilimlarini shakllantirish. Mavzu bo’yicha bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash. O’qitish xarakatining natijasi: transportning respublika iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyatini izohlaydilar; -transport tarmogining shakllanish, rivojlanish va joylashishidagi iqtisodiy-geografik xususiyatlarini tushintiradilar. -avtomobil va temir yul transportining iqtisodiyotimizdagi ahamiyatini aytadilar; - xavo, quvur va elektron transportining ahamiyatini yoritadilar; -infrastruktura, turizm markkazlarini istiqbolda rivojlanishini tushintiradilar; 64 O’qitish uslublari Maruza, vizual, tushintirish, suxbatlashish, diskussiya, slaydlar O’qitish ishini tashkillashtirish shakllari Frontal, guruxlarga ajratish O’qitish qurollari Tarqatma materiallar, plakat, qalam O’qitish sharoitlari Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar Monitoring va baxolash Tezda sorash, testlar O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talaba I bosqich. O’qitish jarayoniga kirish (10 min) 1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga qarab o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat tartibini aytib o’tadi. 1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi Tinglaydi, yozadi Aniqlashtiradi, savollar beradi. II bosqich Asosiy bo’lim (60 min) 2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va xususiyatlari bilan tanishtiradi. 2.2. Ekranga transport va uning tarmoqlarini hududiy joylashuvini o’zida aks ettirgan iqtisodiy kartadan ko’rgazmali ravishda vizual materiallardan foydalanib maruza o’tadi. 2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. Javob beradi, Yozadi Guruxlarda ishlashadi III bosqich Yakuniy qism (10 min ) 3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning diqqatini Asosiy masalalarga jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib beradi. 3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan tanishtiradi. o’zini-o’zi, o’zaro baholaydi, savollar beradi, topshiriqlarini yozadi 1-ilova Reja: 1. Transportning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati. Temir yo’l transporti. 2. Avtomobil transporti. 3. Havo transporti. 4. O'zbekiston transportining boshqa turlariga ta’rif. 5. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy-geografik xususiyatlari. 6. O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi. 7. O'zbekiston qo’shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm. 65 2-ilova 4-ilova 5-ilova Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko’tarishda transportning o'rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta`sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz transport tarmog’i: o Temir yo’l transporti. o Avtomobil transporti o Havo transporti o Shahar yo’lovchilar tashish transporti. o Suv transporti. o Quvur transporti Mamlakatimiz yagona temir yo’l transporti tizimini shakllantirish katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Uchquduq-Miskin-Nukus temir yo’lining qurib ishga tushurilishi mamlakatimiz transport mustaqilligini taminlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek 2007-yili ishga tushurilgan 294 km uzunlikdagi Toshg’uzor-Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’llarining ahamiyati beqiyos. Muhokama uchun savollar 1. O’zbekistonda qaysi davlatlarning elchixonalari bor? 2. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’ldi? 3. O’zbekiston qaysi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar olib bormoqda? 4. O’zbekiston qaysi davlatlar bilan ilmiy va madaniy aloqalar o’rnatgan ? 5. O’zbekistonning eksport va import mahsulotlari tarkibini tushuntirib bering. 66 6-ilova 7-ilova Mustaqil mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda xalqaro turizm katta o'rin tutmog’i lozim. Bu faoliyat to'g'ri va samarali tashkil etilsa, juda katta iqtisodiy samara berishi hamda mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini olib kelishi mumkin. O'zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zarur bo’ladigan ulkan imkoniyatlarga ega. Turizm haqida gap borganda tarix durdonalari bo’lmish va jahon ahlini o'ziga qaratgan ajoyib obidalar saqlanayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Marg’ilon kabi shaharlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini aytib o'tish lozim. Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulda “O'zbekturizm” Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda mazkur sohani yanada rivoj topishida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm to'g'risida"gi qonun alohida o'ringa ega. 67 8-ilova Adabiyotlar 1. Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartini va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 2. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 3. Ahmedov E.-O’zbekiston Respublikasi (o’zbek, ingliz tillarida), T., “O’zbekiston”, 1998. 4. Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent 2003. 5. A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) Buxoro 2008 Savollar: 1. O'zbekistonda qanday transport turlari yaxshi rivojlangan? 2. Mamlakat transportida qaysi transport turi muhim o'rin tutadi? 3. Temir yo’l transporti qachon vujudga keldi? 4. Avtomobil transportining o'ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 5. O'zbekistonning qaysi shaharlarida xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan aeroportlar faoliyat ko’rsatmoqda? 6. Respublika daryo transporti haqida gapiring. 7. Mamlakat quvur transportida qanday mahsulotlar tashiladi? 8. TRASEKA dasturi to'g‘risida gapirib bering. 9. O'zbekiston qanday xalqaro tashkilotlarga a`zo? 10. O'zbekiston qaysi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar olib bormoqda? 11. Tashqi savdo aylanmasi deganda nimani tushunasiz? 12. O'zbekistonning eksport va import mahsulotlari tarkibini tushuntirib bering. 13. Mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o'rin tutadigan qo’shma korxonalar haqida gapirib bering. 14. Siz yashaydigan hudud ( shahar, tuman)da ham qo’shma korxonalar bormi? Ularning faoliyati to'g'risida nimalarni bilasiz. 15. “Turizm to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilindi? 16. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishning qanday imkoniyatlari mavjud? O’zbekiston Respublikasining transporti.Tashqi iqtisodiy aloqalari va turizmning rivojlanishi O’zbekistonning transporti. Transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi mahsulot almashinishi, uning tashqi savdosini 68 ta’minlaydi . Yangi hududlarni o’zlashtirishdan oldin ularga transport yo’llari o’tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi . Transportning mudofaa ahamiyati ham juda kattadir. Bizning davrimizga kelib transportning quruqlik (temir yo’l, avtomobil transporti), suv (dengiz va daryo), havo, quvur va electron (elektr uzatish liniyalari) transporti turlari vujudga keldi. Mamlakatimizda hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari bor. O’zbekistonda barcha turdagi transportda har yili tashiladigan yuklarning asosiy qismini paxta tolasi, mineral o’g’itlar, har xil mashinalar, boyitilgan ruda, qora va rangli metallar, neft mahsulotlari, binokorlik materiallari va keng iste’mol mollari tashqil etadi. Respublikaning transporti respublika ichida, MDH mamlakatlari, xalqaro miqyosda qatnab turibdi. Transport mustaqil respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga muhim tasir ko’rsatadi. Respublikada hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari - temir yo’l, avtomobil, havo, daryo, quvur va elektron transporti mavjuddir. Respublikada moddiy boylik ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning 12% dan ortig’i transport sistemasida ishlamoqda. Sovet hokimiyati yillarida transport tarmoqlari, ayniqsa uning yangi turlari tez rivojlanib bordi. Masalan, temir yo’lda yuk tashish 1980 yilga kelib, 1940 yildagiga nisbatan qariyib 18 marta ortgan bo’lsa, shu davrda avtomobil transportida 122 marta ko’paydi, havo transporti, ayniqsa quvur transportining yuk oboroti bundan ham ortik bo’ldi. O’zbekiston transportining moddiy-texnika bazasi mustaxkamlanib va takomillashib bormoqda. Respublikaning transport turlari ichida yuk tashish bo’yicha temir yo’l transporti etakchi rol o’ynaydi. Temir yo’l transporti. Sovet xokimiat yillarida temir yo’llarning uzunligi 3 marta, yuk tashish oboroti 20 marta ortdi, passajir tashish 1940 yilga nisbatan 2 marta ko’paydi. Temir yo’l transporti, Ayniksa rayonlararo iqtisodiy aloqalarda muxim rol o’ynamouda. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1888 yildan boshlangan edi. Krasnovodsk-Chorjo’y temir yo’li davom ettirilib Forb bekatidan Samarqandgacha olib borildi. 1890 yildan esa Toshkentdan Andijonga etkazildi. 1905 yilda Orenburg va Toshkent oraligida temir yo’l ishga tushirildi. Fuqoralar urushi yillarida temir yo’llarga ancha shikast etkazildi. Respublika xukimati iqtisodiy kiyinchiliklarga uaramay shikastlangan temir yo’llarini tiklash va yangi yo’llar uurishga katta ahamiyat berildi. 1934 yilda Turkiston magistralining ishga tushirilishi respublika iqtisodiy va maualliy tarakkiyotida kata ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug Vatan Urushi yillarida Angren temir yo’li kurib ishga tushirildi. 1952-56 yillarda Chorjo’y-Kungirod temir yo’li qurilishi bilan uuyi Amudaryo sobik itfokta O’zbekistonning boshqa rayonlari bilan boglandi. 1962 yilda Navoiy- Uchkuduk temir yo’li kurib ishga tushirildi. Sirdaryo-Jizzax, Samarqand-Karshi bilan kiska masofada boglandi. 1972 yilda Qungirod-Ustyurt orqali Beynov temir yo’li o’tkazildi. Endilikda O’rta Osiyo Evropaga ikki yo’nalishdagi temir yo’l orkali chiqadi. Respublika Arıs-Orenburg temir yo’li orkali Ural, Volgabo’yi, Markaziy va Janubiy iqtisodiy rayonlari bilan, Arıs-Novosibirsk temir yo’li orkali Kozokiston garbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Uzok Sharq bilan boglangan. Toshkent-Krasnovodsk temir yo’li orkali Turkmaniston, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayonlari bilan boglangan. Termiz- Dushanbe va Termiz- Qo’rg’ontepa yo’llari orkali Tojikiston bilan, Kirgiziston bilan esa Arıs-Lugovaya-Bishkek va Andijon-Falolobod-O’sh orkali aloqa qiladi. O’zbekistonda temir yo’llarning uzunligi 3,4 ming km. 1990 yilgacha Nukus-Chimboy temir yo’li kurib bitkazildi. Tuyamo’yin- To’rtko’l temir yo’li kurildi. Tajan temir yo’li O’rta Osiyo respublikalarini Eron bilan bog’laydi. Avtomobil transporti. O’zbekistonda avtomobil transporti tez rivojlanmoqda. U respublikalararo va rayonlararo yuk tashishda muxim rol o’ynaydi. Toshkent-Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston trakti, Fargonaxalqa yo’li, Zarafshon va Qoraqolpog’iston traktlari va boshqa yo’llar shularga misol bo’la oladi. Katta O’zbekiston trakti Toshkent-Sirdaryo, Jizzax- Samarqand-Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarni kesib o’tadi. Bu trassa xozir Dushanbe shaxrigacha olib borilgan. Zarafshon trakti Samarqand-Buxoro viloyatlarini bir-biri bilan boglaydi. Qorakalpogiston trakti Turtkul shaxridan boshlanib Nukus shaxri orkali Taxtakupirga boradi. Buxoro-Gazli-Samarqand temir yuli Qizilqumni kesib utadi. Toshkent-Quqon temir yo’li Qamchiq dovoni orkali ikki 69 dovonni bir-biriga bog’laydi. Toshkent-Orol avtomagistrali poytaxtni Qizilqum orkali, Quyi Amudaryo orkali bog’laydi. 1982 yilda Termiz-Afgonistonga avtomobil yuli o’tkazildi. Respublikada 70 ga yakin avtobus va taksamator tizimlari barpo etildi. Xavo transporti: Respublikamiz endilikda 100 dan ortik shaxar va aholi manzilgoxlari bilan boglangan. Respublikamizda samolyotlarda pasajirlar tashish 1940 yilga nisbatan 110 marotaba, yuk tashishi 230 marotabadan ko’paydi. Suv transporti. Quvur transporti. Chimyon neft konini Oltiarik qayta ishlash zavodi bilan bog’laydi. Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor-Kumkurgon ishga tushirilishi bilan Amudaryo konidan Amuzangacha). Qashqadaryo viloyatidagi garbiy toshloqdan Qashqadaryo bekatigacha, Shimoliy O’rta buloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992 yilda Mingbuloq-Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. 1958 yilda gaz quvurlarini yotuizish boshlandi. 1960 yilgacha Asaka-Andijon, Xo’jaobod-Faruona, Shimoliy So’x- Quqon, Shimoliy So’x- Farg’ona-Kuvasoy, Gazli-Kogon gaz quvurlari bitkazildi. Jarkent-Buxoro -Samarqand-Toshkent gaz quvuri juda mustaxkam. Respublikada elektr stantsiyalarining O’rta Osiyo elektr stantsiyalarga ulanishi bilan tarnsportning yangi turi elektron transport vujudga keldi. 1933 yilda uadriya GESi bilan sharqiy Toshkent podstantsiyasi orasida kurilgan edi. 1958 yilda Kayrakkum GESi bilan orasida elektr o’tkazgich liniyasi kurildi. So’ngra Sirdaryo GRESi-Toshkent, Andijon-To’xtagul, Toshkent GRESi- Chimkent, Tursunzoda-Guzor-Sirdaryo oraligida elektr uzatgich liniyalari barpo etildi. Shunday qilib O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston energetika tizimi barpo etildi. Xozir O’zbekistonda 15 ming kmdan ortik kuchlanishli elektr o’tkazgich ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasining MDH doirasidagi hamkorligi MDH mamlakatlari bilan ikki va ko’p tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz dastlabki-yillardanoq Hamdo"stlik tashkil etish g’oyasini qoMlab-quvvatladi, uning muassislaridan biri sifatida qatnashdi. MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, xo’jalik aloqalarini saqlash va kengaytirish, siyosiy ishlarga aralashmaslik, bir-biriga sun'iy ta'sir qilmaslik tarafdori bo’lgan davlatlar qatoridan o 'rin oldi. MDH mamlakatlari bilan bo’lgan munosabatda O’zbekistonning o’rni quyidagilardan iborat edi: - MDHning barcha ishtirokchi davlatlari o’zaro manfaatlari va teng huquqli shartlarni e'tiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning ustuvorlikda bo’lishligi sharti; - O’zbekiston Respublikasi o"zaro manfaatli hamkorlik qilishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish tarafdori ekanligi va boshqalar. MDH sammitlarida, davlat rahbarlari kengashning tor doiradagi uchrashuvlarida hamda kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda yalpi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda, terrorchilik, i l i n i y ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasiga, noqonuniy muhojirlikka qarshi ko’rashda amaliy hamkorlikni har tomonlama kuchaytirish masalalari ko’rib chiqdilgan. Shu jumladan, terrorizmga qar-shi o ; zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratadi. MDH doirasida noqonuniy muhojirlikka qarshi kurashdagi hamkorlik konsepsiyasi. jinoyatchilikka qarshi kurashning 2005-2007-yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlarning davlatlararo dasturi, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi ko’rashda 2005-2007-yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturlarining imzolangani buning dalilidir. MDH a'zolari energetika, suv zaxiralari, transport va boshqa sohalarda mamlakatlarining hamkorligini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratadilar. Oliy darajadagi uchrashuvda ko’riladigan asosiy masalalardan yana biri MDHga a'zo mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdir. Jahon iqtisodiyotida tovar va xizmatlarning erkin harakati o’zaro ishonch va hamkorlik ruhini mustahkamlaydi, axborot almashuvini kuchaytiradi. Ayni paytda qonunga zid bo’lgan savdo- 70 sotiqqa chek qo’yiladi. Bu esa nafaqat kontrabanda va noqonuniy muhojirlik kabi iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ham sezilarli ravishda rivoj topib bormoqda. Jumladan, 2003-yilda Ukraina bilan bo’lgan savdo aylanmasi 1.5-2 barobarga, Rossiya bilan 20-25 % ga, Markaziy Osiy davlatlari bilan 1.5-2 barobarga o’sgan edi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va Gruziya kabi mustaqil davlatlar bilan ham kengayib bormoqda. MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmaning rivojlanishi teng xuquqli va o ; zaro foydali prinsip-larga asoslangan. 2000-2007-yillar davomida O’zbekiston bilan yirik savdo-iqtisodiy aloqalarni olib boruvchi davlatlar - Rossiya, Qozog’iston, Ukraina va Belarus hisoblanadi. So’nggi yillarda tashqi savdoning geografik tarkibida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Agar 1994-yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2005-yilga kelib bu ko’rsatkich 35,8 foizga teng bo’ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog’i esa 1994-2004-yillarda muvofiq ravishda 42 foizdan 64,2 foizgacha o’sdi. O’zbekiston tashqi savdo aloqalarida MDH mamlakatlari ulushining pasayib, uzoq xorij mamlakatlari ulushining oshishiga, bizning fikrimizcha, quyidagi omillar ta'sir ko’rsatdi: -MDHmamlakatlaridaiqtisodiyinqirozvaushbumamlakatlarda to’lov qobiliyatining pasayib ketishi; - tovarlarni o’zaro yetkazib berish bo’yicha hukmatlararo savdo bitimlari salmog’ining pasayishi; - yangi texnika va ilg’or texnologiyalarni uzoq xorij mam-lakatlari, eng avvalo, rivojlangan mamlakatlardan sotib olish imkoniyatining yuqoriligi; - eksport tushumlarini erkin almashinadigan valyutada olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishga ustuvorlik berilishi va h.k. Albatta, tashqi savdo aylanmasida uzoq xorij mamlakatlari ulushining o’sib borishi 0 L zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari faollashib borayotganligidan, uning jahon xo’jalik aloqalariga kirib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday lendensiyalarning salbiy jihatlari ham mavjud. O’zbekiston geografik joylashuvi nuqtai nazaridan anklav davlat bo’lib, bevosita dengiz yo’llariga chiqish imkoniga ega emas. Bu esa tashqi iqtisodiy faoliyatda transport xarajatlarining yuqori bo’lishiga olib keladi. Shu sababli, qo’shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish mahsulot tannarxiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi va raqobatbardoshlik darajasining oshishiga olib keladi. O’zbekiston MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoda ijobiy saldoga ega bo’lib, 2004-yilda bu ko’rsatkich 94,8 mln dollarni tashkil etdi. Ta'kidlashjoizki, O’zbekistonda bu ijobiy saldo o’sish tendensiyasiga ega bo’lmoqda. 1-jadval O’zbekiston eksporti va importining MDH respublikalari bo’yicha taqsimlanishi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling