Talim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sonli maruza MAVZUSİ
- O’quv darsining maqsadi
- II bosqich Asosiy bo’lim
- III bosqich Yakuniy qism (5 min )
- 1-ilova 2-ilova 3-ilova
- O’zbekiston aholisi soni va uning ko’payishi Jami Shah’ar aholisi Qishloq aholisi Yillar
- 8-ilova 9-ilova Adabiyotlar
3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati va zaxiralari 13 «O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi-bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziëd turli foydali qazilma konlari va madan namoën bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashë turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashë potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanaëtganini ham aytib o’tish kerak. G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimë xom ashësi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan». O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan ëqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika ëqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida ëqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi. O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’nYoir ko’mir) qazib chiqarildi. O’zbekiston hududida ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi - G’arbiy Hisor, Surxondarë, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziëd baholanmoqda”. Yuqoridagilardan Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan. O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, ularning ichida Amudarë, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-G’arbiy Hisor platformalari va orogen hududlari alohida o’rin egallaydi. O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik ëo’ilg’i hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren shahri ënida joylashgan bo’lib, ëqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq karer usulida qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin. Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondarë viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiëjlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan etiborning etarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994 yillarda «Ko’mir» aktsionerlik birlashmasi tuzildi. Mamlakatimiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, kumush, qo’rg’oshin, ruh, mis hamda er bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta ekanligini aytib o’tish zarur. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan. Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamëb va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi. Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunëda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunëda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi. O’zbekiston dunëda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-madan koni qidirib topildi. Evrosië qitasida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi. 14 Samarqand viloyatida oltin madanli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilaëtgan tenderda dunëda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa Qizilqumda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o’rganilmoqda. O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida Vısokovoltnoe, O’qjetpes va Kosmonachi konlari ishlatishga tayërlab qo’yilgan. Namangan viloyatida Oqtepa koni o’rganilmoqda. O’zbekistonda uranning mineral xom ashë bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan muxofazalangan er ostida ishqorini yuvish usuli ërdamida qazib olish mumkin. Respublikamiz Uchquloch va Xondiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab zahiralariga ega. Xondizada qo’rg’oshin va ruh bilan birga mis, kumush, kadimiy, selen, oltin ham mavjud. Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimë va boshqa io’tisodiët tarmoqlari uchun qimmatli xom ashë, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini beradi. 15 2-sonli maruza MAVZUSİ: O’ZBEKISTONNING AHOLISI, SONI, O’SISH DINAMIKASI, JOYLASHISHI, MILLIY TARKIBI.AHOLINING BANDLIK DARAJASI VA MEHNAT RESURSLARI Guruh 3b kurs geografiya O’qitish vaqti: 2 soat Talabalar soni: 14 O’qitish darsining strukturasi Maruza Maruzaning rejasi 1. O’zbekiston aholisi, soni va uni hududiy joylashuvi. 2. Aholining tabiiy va mexanik harakati 3. Respublika aholisining milliy, jinsiy tarkibi. 4. Urbanizatsiya darajasi. 5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. O’quv darsining maqsadi: Aholi asosiy moddiy in`omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e`tibor beriladi. Uzoq va yaqin o'tmishda O’zbekiston murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdiki, bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta`sir ko’rsatdi. Shuning uchun aholisini to’liq o’rganish bugungi kunning asosiy masalasi xisoblanadi. Pedagogik masalalari: 1. O’zbekiston aholisi, soni va uni hududiy joylashuvi tushuntirib berish. 2. Respublika aholisining milliy, jinsiy tarkibini statistik malumotlar asosida aniqlash va tahlil qilish. 3. Aholining tabiiy va mexanik harakatini o’rganish 4. Urbanizatsiya darajasini aniqlash, viloyatlar buycha o’rganib, taqqoslash 5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish darajasini o’rganish va tahlil qilish. O’qitish xarakatining natijasi: 1.1. Aholining o’sishi tarixiy-an`anaviy va ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlarga ega ekanligini aniqlaydi. 1.2. Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o’zgarishlar uning milliy, jinsiy va yosh tarkibiga ham ta`sir ko’rsatishini bilib oladi. 1.3. O’zbekiston aholisi asosan tabiiy ko’payish natijasida oshib borishini aniqlaydi 1.4. Aholini statistik malumotlar asosida tahlil qilishadi 1.5 Xozirgi kundagi O’zbekistondagi demografik vaziyatni baholashni o’rganishadi O’qitish uslublari Maruza, slayd, tushuntirib berish O’qitish ishini tashkillashtirish shakllari Frontal ishlash O’qitish qurollari Maruzalar matni, viziual materiallar O’qitish sharoitlari Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar Monitoring va baxolash Tezda sorash, testlar O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talaba I bosqich. O’qitish jarayoniga kirish (5 min) 1.1. Maruza. Darsning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat tartibini aytib o’tadi. 1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi (ilova) 1. Tinglaydi, yozadi 2.Aniqlashtiradi, savollar beradi. II bosqich Asosiy bo’lim 2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va 1. Javob beradi, yozadi 16 (70 min) xususiyatlari bilan tanishtiradi. 2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali bilmlarini faollashtiradi (ilova) 2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (ilova). 3.Guruxlarda ishlashadi III bosqich Yakuniy qism (5 min ) 3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning diqqatini asosiy masalalarga jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib beradi. 3.2. Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 3.3. Yangi darsga topshiriqlar beradi. o’zini-o’zi, o’zaro baholaydi, savollar beradi, topshiriqlarini yozadi 1-ilova 2-ilova 3-ilova 1. O’zbekiston aholisi, soni va uni hududiy joylashuvi. 2. Aholining tabiiy va mexanik harakati 3. Respublika aholisining milliy, jinsiy tarkibi. 4. Urbanizatsiya darajasi. 5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Aholi asosiy moddiy in`omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e`tibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq xo’jaligini hududiy tashkil qilish va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o’sish, migratsiya va urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va aholining bandligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi aholi soniga ko’ra dunyodagi o’rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2011 yil ma`lumoti bo’yicha 28,3 mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko’pligi jihatidan MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o’rinda turadi. Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining 49 foizi yashaydi. Aholining o’sishi tarixiy-an`anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega. Uzoq va yaqin o'tmishda O’zbekiston murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdiki, bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta`sir ko’rsatdi. 17 4-ilova 80,0 2,2 5,0 3,8 3,6 0,9 0,9 0,6 0,6 2,4 O'zbeklar Qoraqalpoqlar Tojiklar Ruslar Qozoqlar Tatarlar Qirgizlar Koreyslar Turkmanlar Boshqa millatlar Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta`sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1kv.km maydonga 58,6 kishidan iborat bo’lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod). Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati (2907,5 ming k.) birinchi, Farg’ona (2878,9 ming k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2468,0 ming k.) uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy (812,7 ming.k.) va Sirdaryo viloyatlariga (676,9 ming k.) to’g’ri keladi. 18 5-ilova 7-ilova O’ZBEKISTONDA TABIIY USISH YUQORILIGI KUYIDAGI OMILLAR BILAN BOG’LIKDIR. MUSULMONLAR VA BOSHQA MAHALLIY MILLATLAR VAKILLARI ORASIDAGI AN'ANAVIY KO’P BOLALIKNING BARQAROR HOLDALIGI; RIVOJLANGAN MAMLAKATLARGA XOS HOZIRGI ZAMON ILMIY VA INDUSTRIAL ISHLAB CHIQARISH MADANIYATINING NISBATAN PASTLIGI; URBANIZASIYA DARAJASINING NISBATAN PASTLIGI TUFAYLI AHOLI ASOSIY QISMINING QISHLOQ XO’JALIGI VA U BILAN BOG’LIQ ISHLAB CHIQARISH SOHALARIDA BANDLIGI; OILADA BOLALAR SONINI OLDINDAN BELGILASH VA TUG’ILISHNI CHEKLASH CHORALARINI QO’LLASHNING KENG TARQALMAGANLIGI; MAHALLIY MILLAT AYOLLARI ORASIDA IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISHDA ISHTIROK ETMAYDIGANLAR SALMOG’INING ANCHAGINA EKANLIGI VA BOSHQALAR. O’zbekiston aholisi soni va uning ko’payishi Jami Shah’ar aholisi Qishloq aholisi Yillar Ming kishi Foiz Ming kishi Foiz Ming kishi Foiz 1991 20607,7 2,42 8305,2 1,74 12302,5 2,88 1992 21106,3 2,35 8450,0 0,90 12656,3 3,32 1993 21602,2 2,27 8526,0 1,04 13076,2 3,07 1994 22091,9 1,67 8614,8 0,65 13477,1 2,33 1995 22461,6 1,98 8670,9 1,12 13790,7 2,52 1996 22906,5 1,93 8768,1 1,26 14138,4 2,35 1997 23348,6 1,81 8878,4 1,29 14470,2 2,13 1998 23772,3 1,53 8993,2 1,04 14779,1 1,83 1999 24135,6 1,46 9086,5 0,87 15049,1 1,81 2000 24487,7 1,33 9165,5 0,65 15322,2 1,73 2001 24813,1 1,22 9225,3 0,67 15587,8 1,55 2002 25115,8 1,24 9286,9 0,58 15828,9 1,63 2003 25427,8 1,08 9340,7 0,43 16087,2 1,49 2004 25701,4 1,25 9381,3 0,65 16326,1 1,55 2005 26021,4 1,12 9441,9 0,56 16579,4 1,44 2006 26312,7 1,33 9495,1 0,94 16817,6 1,56 2007 26663,8 1,53 9584,6 1,19 17079,2 1,72 2008 27072,2 1,70 9698,2 46,8 17374,0 -23,5 2009 27533,4 - 14236,0 - 13297,4 - Jadval O’zR Davlat statistika qo’mitasi malumotlari asosida tuzildi. 19 8-ilova 9-ilova Adabiyotlar 1. İ.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sog’asida. 2. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 3. Soliev A.S., Usmonov M.R. O’zbekiston geografiyasi. SamDU, 2005 4. Asanov M. Aholi geografiyasi. T., 1978. 5. Asanov M. Dunyo axolisi. Fan. T., 1968. 6. Narodo-naseleniya stran mira. M., 1984. 7. Burieva M.-O’zbekistonda oila demografiyasi. T., “Universitet”, 1989. 8. K.Abirqulov, Qurboniyozov R., İqtisodiy geografiyadan amaliy mashgulotlar. Urganch, 1999. Savollar 1. Aholining yosh va jins tarkibini urganishning ahamiyati 2. Aholining jins tarkibi va undagi farqlar 3. Aholining yosh tarkibi va unga tasir kursatuvchi omillar 4. O’zbekistonda yashayotgan erkaklar bilan xotinlar nisbati kanday? 5. Yoshlar buyicha tarkibi: mehnat resurslariiga tasiri. 6. Aholining kupayishi nima? 7. Urbanizatsiya tushunchasiga tarif bering. 8. Shaxarlarda aholi sonining ortib borishi va urbanizatsiya. 9. Aholi va atrof-muxit. 10. Shahar aholisi - shaharlar mavqeining o’sishi degan iboraga qanday qaraysiz? Axolisining uz jismoniy va maxnaviy imkoniyatlariga kura mexnat kila olish kobiliyatiga ega bulgan kismi jamiyatning mexnat resurslari xisoblanadi. Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi nihoyatda muhim masala ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 13 yanvarda "Aholini ish bilan ta`minlash to’g`risida" qonun qabul qildi. Mazkur qonunda fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta`minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari belgilab berilgan, bozor munosabatlariga o’tish davrida uni amalga oshirishning tegishli kafolatlari nazarda tutilgan. 2009 yilda iqtisodiyotda band bo’lgan aholining-12,9 foizi sanoatda, 8,2 foizi qurilishda, 4,1 foizi transport va aloqada band. Bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlardagidan katta farq qiladi, ya`ni moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnat resurslarining salmog`i ancha baland. 20 11. Qishloq aholisi hakida fikr yuriting. 12. Aholi bandlik muammolarini yechish uchun qanday chora tadbirlar ko’rilmoqda? 2-Mavzu O’ZBEKİSTONNİNG AXOLİSİ. AXOLİ SONİ, DİNAMİKASİ, JOYLAShİShİ. MEXNAT RESURSLARİ. 1. O’zbekiston aholisi. İqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida aholini urganishning muqim ahamiyati shundan kelib chiqadigan aholi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Mamlakat, uning iqtisodiy rayonlari xalq xo’jaligini xududiy tashqil qilish va rivojlanishida aholini soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejasi, ishlab chiqarish malakalari, kabi kursatkichlar katta ahamiyatga ega. Aholi kupgina xususiyatlariga kura mamlakatning turli mintaqalarida bir-biridan farq qiladi. Aholi dinamikasi. O’zbekiston respublikasining aholisi 2007 yilning 1 yanvar xisobiga kura 26,6 mln kishidan iborat, aholisining soniga kura O’zbekiston Xamdustlik davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan keyin 3-urinda turadi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kv.km da 59,4 kishiga teng. Aholining son jixatidan usishi (dinamikasi) uning takror barpo qilinish jarayoni (tug’ilish, ulim va tabiiy usish), hamda mexanik harakati (migratsiya) bilan chambarchas bog’liqdir. Shuningdek shakllangan murakkab tarixiy - ananaviy va ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlar ham katta tasir kursatadi. O’zbekiston juda murakkab tarixiy rivojlanish yulini bosib utdi. Madaniy yuksalish va siyosiy qarashlar davrinig demografik va migratsion holatiga kuchli tasir etdi. O’zbekiston aholisiga Oktyabr inqilobidan avvalgi rasmiy malumotdar juda kam. Shu bilan birga, xali turmush darajasining va unga tibbiy xizmat kursatishning pastligi, aholi sonini usishi ancha sust borgan. 1865 yilda hozirgi O’zbekiston xududida, 3 mln 320 ming aholi yashagan. 1897 yilga kelib esa uning aholisining soni 3 mln 948 ming kishiga etgan, yani 32 yil moboynida 19% kupaygan, bu davrda aholining usish darajasi atiga 0,55% ni tashqil etgan. Sovet xokimiyati davrida O’zbekiston aholisining soni ancha tez usa bordi. 1913-1940 yillarda O’zbekiston aholisi yiliga 1,5% dan usib bordi.Bu davrda aholi dinamikasidagi eng yuqori suratlar, ting qurilishlar payti - dastlabki besh yilliklar davriga tug’ri keladi. Aholining soni jihatdan o’sish bosqichlarida Vatan urushi yillari alohida ajralib turadi. Urush tufayli, erkaklarning uzoq muddatga oilasidan tashqarida qolishi, joylarda xalok bulishi, amalga oshirilishi lozim bulgan kuplab nikohlarning kechiktirilishi, aholining jinsiy tarkibining buzilishi hollari faqatgina urush yillaridagina emas, balki undan keyin ham kup yillar davomida aholining demografik tarkibiga tasir kursatib turadi. Urush yillarida aholli dinamikasida chuqur uzilishlar kuzatilgan bulsada, undan keyingi yillarda, demografik statestikada rasman tan olinganidan, aholini tuldirish davri demografik faolligi tufayli O’zbekistonda aholi soni nisbatan tez usdi. 1940-1959 yillarda aholining yillik usish suratlari 1,1%ni tashqil qildi. 1959 va 1970 yillarda utkazilgan aholi ruyxatlari oraliu davrida O’zbekiston aholisining yillik usish suratlari 3,35% ni tashqil etdi, aholining umumiy soni esa 3,7mln kishi (45%)kupaydi. Shu davrda O’zbekiston aholisining usish suratlari sobiq sovet davri aholisi usish suratlariga nisbatan 2,9 martaba yuqori buldi. 1970 va 1979 yillarda utkazilgan aholi ruyxatilari oraliu davrida O’zbekiston aholisining urtachi yillik usish surati 3% ni sobiq sovet davri da 0,9% tashqil etdi. Garchi 60 yillardagi tug’ilish pasaygan davr avlodi tiklanish (reproduktiv) yoshga kirgan bulsada, aholi sonining yuqori suratlarda usishi 80-yillarda ham davom etdi, 1979 va 1989 yillarda utkazilgan aholi ruyxati mamumotlariga kura, keyingi 10-yilda O’zbekiston aholisi 4,5 mln kishiga kupayib, uning urtacha yillik usish surati 2,6% ni tashqil etdi. Bu kursatgich, O’zbekistonda, sobiq sovet davrining boshqa respublikalarida va jaxonning deyarli barcha davlatlarida aholining kupayishi suratlarida kuzatilayotgan tabiiy sustlashish jarayoni sodir bulayotganidan dalolat beradi. Aholi dinamikasi malumotlari shuni kursatadiki, sovet hokimiyati yillarida O’zbekiston aholisi tez kupayib bordi. 1926-1990 yillar orasida O’zbekiston aholisi 436,1% kupaydi. Bu kursatgich Tojikistondan keyin barcha hamdustlak davlatlari orasida eng yuqori kursatgich xisoblanadi, yani sobiq itfoq davrining ushbu davrdagi aholi kupayish 21 suratlariga nisbatan 2,2 marta ortiqdir. Aholi sonining oshib borishi va ancha yuqori suratlar bilan usib borishi natijasida O’zbekiston ning sobiq itfoq davridagi bu salmog’i tobora ortib bordi. O’zbekiston aholisining bunday yuqori suratlar bilan usishi asosan aholining tabiiy kupayishi xisobiga ruy bermoqda. Keyingi yillarda respublika aholisining soni har yilli 420-440 ming kishi (bundan 10 yil oldin 360-380ming kishi edi) kupayayotgan bulsa, bu usishning asosiy qismi tabiiy o’sish hisobiga sodir bulmoqda. Tabiiy usish kursatgichlarining kattaligiga ko’ra O’zbekiston sobiq Respublikalar ichida faqat Tojikistondan keyingi urinda turadi. 1989 yilda ularda tabiiy usish kursatgichlari tegishli tarizda 27,00 va 32,2 %0 ni tashqil etdi. Bu kursatgichlar sobiq İttifoq urtacha kursatgichidan 3,6, Rossiya Federatsiyasidagidan 6,9, Gruziyadagidan 3,3, Latviyadagidan 11,3, Ukrainadagidan 15,9 marta yuqoridir. O’zbekistonda tabiiy usish kursatkichlari 1989 yilda 1979 yildagiga nisbatan atiga 0,4 promilliga kamaygan holda bu kamayish jarayoni shu davr ichida sobiq itfoqda 0,6, Rossiya Federatsiyasida 1,1, Gruziyada 1,4, Ukrainada 2,0 promelleni tashqil etdi. O’zbekitonda aholi tabiiy ko’payishi ko’rsatkichlarining keyingi vaqtlarda ham bu qadar yuqori holda saqlanishi bir qator ijtimoiy - iqtisodiy sabablar bilan bog’lig’dir. Ularning asosiylari ko’ydagilar. O’zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari orasida ananaviy ko’p bolalikning barqaror holdaligi; Rivojlangan mamlakatlarga xos hozirgi zamon ilmiy va industrial ishlab chig’arish madaniyatining nisbatan pastligi; Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq ishlab chiqarish soxalarida bandligi; Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug’ilishni cheklash choralari qo’llashning keng tarqalmaganligi; Mahalliy millat ayollari orasida ijtimoiy - ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar salmog’ining ancha ekanligi va boshqalar; O’zbekistonda tug’ilishninig yuqori bo’lishida nikox bo’lganlarning ko’pligi va oilalarning ajralishi kamligi ham malum rol o’ynaydi. 1989 yilda har 1000 kishiga nisbatan sobiq itfoqda 9,4 ta nikox qayd etilgan bo’lsa, O’zbekistonda u 10,0 ni tashqil etdi. 1989 yilda har 1000 kishiga nisbatan sobiq itfoqda 3,4 ta ajralish qayd qilingan bo’lsa, O’zbekistonda esa 1,5 ajralish, yani 1,5 barobar kam ajralish qayd etilgan. Tabiyki, nikoqda turganlar va nikoq qurayotganlar soning ko’p bo’lishi, ajralishning kam bo’lishi tug’ilish ko’rsatkichlarining sezilarli darajada yuqori bo’lishiga olib keladi. Hozirgi paytda O’zbekistonda bolalar o’rtasida o’lim anchagina bo’lsada, lekin dastlabki davrlardagiga nisbatan jiddiy tarzda kamaydi. İlmiy xulosalar, O’zbekistonda aholi tabiiy o’sishining yaqin kelajakda ham nisbatan yuqori suratlarda davom etishini ko’rsatadi. Shu bilan birga, tabiiy o’sishning mutloq ko’rsatkichlari asta-sekin pasayib borayotganligini ko’rsatadi. Masalan, 1960 yilda O’zbekistonda har 2000 kishiga 33,9 tug’ilish tug’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich.1979 yilda 27,4, 1989 yilda 27,0 ni tashqil qildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling