Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

 
1
O’ZBEKISTON  RESPUBLİKASI  OLIY VA  O’RTA  MAXSUS 
TALIM VAZIRLIGI 
 
 
QORAQALPOQ  DAVLAT  UNİVERSİTETİ 
 
 
Geografiya kafedrası 
 
 
 
 
 
 
«O’ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI»  
6-semestr uchun  
 
 
 
MARUZA MATNİ 
 
 
 
 
 
Tuzgan:   ass.K.Utarbaeva 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’quv yili 2010-2011 
 
 

 
2
«O’ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI»  
fanidan 
maruza matni rejasi 
 
1-mavzu:    Kirish. Kursning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obekti 
O’zbekistonning iqtisodiy-geografik joylashgan  o’rniga tarif. Mineral 
resurslarini xalq xo’jaligida foydalanish 
 
2. mavzu:      O’zbekistonning axolisi. axoli soni, dinamikasi, joylashishi. Aholi 
bandligi va mexnat resurslari. 
 
 
O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligining                   umumiy 
tarifi. 
 
3-mavzu: 
Sanoati. Yoqilg’i-energetik sanoati 
 
 Metallurgiya 
sanoati 
 
4-mavzu:      Engil va oziq-ovqat sanoati. 
 
5-mavzu: 
Aholiga xizmat ko’rsatish tarmoqlari 
 
6-mavzu: 
O’zbekiston Respublikasining qishloq xo’jaligi. Dexqonchilik 
tarmoqlari 
 
7-mavzu: 
Chorvachilik tarmoqlari 
 
 
O’zbekiston Respublikasining transporti va tashqi iqtisodiy aloqalar. 
 
8-mavzu: 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rayonlari. 
 
Toshkent iqtisodiy rayoni. 
 
9-mavzu: 
Farg’ona iqtisodiy rayoni. 
 
10-mavzu:  Mirzacho’l  iqtisodiy rayoni 
 
11-mavzu:  Zarafshon iqtisodiy rayoni 
 
12-mavzu:  Janubiy iqtisodiy rayoni. 
 
13-mavzu:  Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni 
 
 
Foydalangan adabiyotlar tizimi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
3
1-sonli maruza 
MAVZUSİ: O’ZBEKISTONNING IQTISODIY-GEOGRAFIK O’RNI. TABIIY SHAROITI, 
MINERAL  RESURSLARI VA XO’JALIK RIVOJLANISHIDAGI AHAMIATI 
 
Guruh 3b-kurs geografiya 
O’qitish vaqti: 2 soat                                                             Talabalar soni:  14 
O’qitish darsining strukturasi  
Maruza 
Maruzaning rejasi 
1. O’zbekiston respublikasining iqtisodiy-geografik o’rnini 
urganish 
2. O’zbekiston Respublikasi tabiiy sharoitining o’ziga xos 
xususiyatlari  
3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ahamiyati va 
zahiralarini urganish 
O’quv darsining maqsadi: O’zbekiston Respublikasining dunyo siyosiy xaritasida tutgan o’rni, 
va tabiiy sharoitining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va iqtisodiy-geografik baho 
berish.Mavjud mineral resurslardan oqilana foydalanish yo’llarnini nazariy asoslash  
Pedagogik masalalari
1. O’zbekiston respublikasining 
iqtisodiy-geografik o’rni xaqida 
aytib berish 
2. Tabiiy sharoit xaqida aytib 
berish va O’zbekistonning tabiiy 
sharoitiga baha berish 
3. Mamlakatda mavjud mineral 
resurslarni aniqlash va 
zahiralarini urganish 
O’qitish xarakatining natijasi
 1.1. O’zbekiston respublikasining iqtisodiy-geografik o’rnini 
to’liq tariflab, geografik koordinatalarini aniqlashtiradi 
1.2. O’zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi tutgan 
o’rnining ahmiati 
1.3. Respublikadagi mavjud tabiiy resurs va mineral 
resurslarni aniq materiallar asosida aytib berish .  
O’qitish uslublari 
Maruza, vizual, tushintirish, slayd 
O’qitish uchun tashkillashtirish 
shakllari 
 Frontal va individual ishlash 
O’qitish qurollari 
Maruza matni, viziual materiallar 
O’qitish sharoitlari 
Maxsus texnik asboblar bilan taminlangan auditoriyalar 
Monitoring va baxolash 
Tezda sorash, test   
 
O’quv darsining texnologik xaritasi                      
İshning mazmuni 
Bosqichlar, 
ajiratilgan vaqt 
O’qituvchi Talaba 
 
I bosqich. 
O’qitish jarayoniga 
kirish 
(10 min) 
1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga 
qarab o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha 
xarakat tartibini aytib o’tadi. 
1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, 
mustaqil ishlash uchun adabiyotlar tizimini 
beradi (ilova) 
Tinglaydi, yozadi 
 
 
 
Aniqlashtiradi, 
savollar beradi. 
 
II bosqich 
Asosiy bo’lim 
(65 min) 
 
2.1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutiladigan 
natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va 
xususiyatlari bilan tanishtiradi. (ilova)  
2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum 
orqali bilmlarini faollashtiradi (qoshımsha)  
2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni 
baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan 
Javob beradi, 
Yozadi 
 
 
Guruxlarda 
ishlashadi 

 
4
tanishtiradi (ilova). 
III bosqich 
Yakuniy qism 
(15 min ) 
3.1. Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, 
Talabalarning diqqatini asosiy masalalarga 
jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan 
ishlarning axamiatini ochib beradi.  
3.2. Guruxlarning ishini baholaydi, o’quv 
maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi.  
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va 
uning baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari 
bilan tanishtiradi. (ilova) 
o’zini-o’zi, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
 
 
savollar beradi, 
 
topshiriqlarini yozadi 
 
1-ilova  
Reja
 
2-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-ilova 
1. O’zbekiston respublikasining iqtisodiy-geografik o’rnini o’rganish 
2. O’zbekiston Respublikasi tabiiy sharoitining o’ziga xos xususiyatlari  
3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ahamiyati va zahiralarini 

 
5
 
4-ilova 
 
 
 
5-ilova 
 
Adabiyotlar 
1.  Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. Toshkent, O’qituvchi, 1996. 
2.  Soliev A.S., Usmonov M.R. O’zbekiston geografiyasi. Samarqand, SamDU, 2005 
3.  Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent 2003. 
«Tabiiy sharoit»
 va 
«tabiiy resurs»
 
tushunchalarining mazmuni va 
moh’iyati. 
«Tabiiy sharoit»
 va 
«tabiiy resurslar»
 
tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir 
«Tabiiy sharoit»
 biron bir obektga 
aloqador bulgan tabiatning barcha 
jih’atlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, 
juda keng manoga ega tushuncha. 
O’zbekiston Respublikasi qulay iqtisodiy-geografik o’ringa ega.U O’rta 
Osiyoning markaziy qismida, Amudariyo va Sirdariyo kabi yirik dariyolar 
oralig’ida joylashgan. Respublikamizda mavjud tekislik va tog’ relefi o’ziga xos 
ravishda birlashib ketgan. Tekisliklar respublikaning Janubiy-G’arbiy, Shimoliy-
G’arbiy qismlarida joylashgan. Respublika xududining uchdan bir qismini tashkil 
etuvchi tog’ va tog’ oldi zonalari mamlakatning sharqiy va janubiy-sharqida 
joylashgan. 

 
6
4.  Karimov  İ.A. O’zbekiston XXI asr bO’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik  
shartini va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 
5.  Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy 
jO’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 
6.  Tuxliev N., Abdullaeva T. Ekologicheskiy turizm: sushnost, tendentsiya i strategiya 
razvitiya. T., O’zbekstan milliy entsiklopediyasi. 2006 
7.  Djumaev T. Gorı Uzbekistana. Priroda, xozyaystvo, otdıx. Tashkent, Fan, 1989. 
8.  Z.Hasanov İ.A., G’ulomov P.N. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi.Toshkent. O’zMU. 2002. 
h.ttp /// www. torizm.com/ 
Savollar 
1. 
Iqtisodiy geografik o'rin deganda nimani tushunasiz? 
2. 
O’zbekistonni mikrogeografik o’rnini qanday baholaysiz. 
3. 
O’zbekistonni xalqaro miqyosdagi (makrogeografik) geografik o’rniga baho bering.  
4. 
Qoraqalpog`iston nechachi yilda O’zbekiston tarkibiga o’tgan? 
5. 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi qanday ma`muriy-hududiy bo’laklarga bo’lingan? 
6. O’zbekiston tabiiy sharoitining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.  
7. Nima uchun mamlakatimizni “serquyosh O’zbekiston” deb ataydilar?  
8. O’zbekistonning asosiy suv manbalari haqida gapirib bering. 
9. O’zbekistonni asosiy oltin konlari haqida nimalarni bilasiz? 
10. Yoqilg’i resurslarini qaysi turi respublikamizda ko’plab qazib olinadi?  
 
KİRİSh 
1. Kursning maqsadi va vazifalari, tadqiqod metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi oliy o’quv yurtlarining geografiya 
mutaxassisliklarida respublikamiz mustaqillikka erishganligi munosabati bilan asosiy o’quv 
fanlaridan biriga aylandi. Ushbu fanda Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin o’lkamiz 
xalq xo’jaligi tuzilmasining tarkib topishiga tasir qiluvchi tabiiy va iqtisodiy omillar, 
mamlakatimiz xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ularning joylashish xususiyatlari, 
hamda respublikamizning turli qismlarida tarkib topgan iqtisodiy rayonlarining o’ziga xos 
xususiyatlarini yoritish asosiy maqsad qilib quyilgan. Shundan qelib chiqib aytishimiz 
mumkinki, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining urganish predmeti, 
respublikamiz xalq xo’jaligining tarkibi, joylanishi va ularga tasir qiluvchi omillarni tahlil qilish 
va shu asosda o’lkamiz  xalq xo’jaligining kelajakdagi taraqqiyotini kursatib berishdan iborat. 
Shunday ekan, respublikamiz taraqqiyotini oldindan aytish uchun boshqa fanlar xulosalariga 
ham tayanish zarur. Shu sababli O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani, O’zbekiston 
tabiiy geografiyasi, O’zbekistonning geologiyasi, O’zbekiston iqtisodiyoti fanlari bilan 
chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani uz oldiga quygan 
maqsadni echish uchun statistik, kartografik, dala qidiruv hamda adabiyotlardagi materiallarni 
kurib chiqish va ularni taxlil qilish metodlariga tayanadi. Ushbu fanni urganishda eng avvalo 
respublikamiz xalq xo’jaligining tarkib topishi va rivojlanishiga tasir qiluvchi tabiiy va iqtisodiy 
omillar, mamlakatimiz xalq xo’jaligining tarkibi va uning regional xususiyatlarini analiz qilish  
asosida amalga oshiriladi. 
 
1. O’ZBEKİSTON  RESPUBLİKASİNİNG İQTİSODİY-GEOGRAFİK O’RNİGA 
TARİF.  
O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi, chegaralari, kattaligi. 

 
7
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o’rta qismini ishqol qiladi. Uning 
maydoni 448,9 ming km
2
. Hududiy kattaligiga ko’ra u Markaziy Osiyo davlatlari orasida 
Qozog’iston va Turkmaniston respublikalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Xududi uning 
chekka o’lkalari o’rtasidagi masofa g’arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km ni 
tashqil qiladi, chegaralarining umumiy uzunligi esa 6121 km dan ortiq. O’zbekiston Respublikasi 
shimoliy sharq tomonda Qirg’iziston, shimol va shimoli g’arbda katta masofada Qozog’iston 
Respublikasi, janubiy g’arbda  Turkmaniston, janubiy sharqda-Tojikiston Respublikalari bilan, 
chegaradosh. Uni janubiy tomondan Amudaryo orqali Afg’oniston davlati o’rab turadi. 
Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jixatdan ancha qulayliklarga ega. Respublika 
janubdan Afg’oniston bilan chegaradoshligi tufayli, ushbu davlat bilan va u orqali unga yaqin 
bo’lgan Xind okeani havzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston va Hindiston bilan har 
taraflama keng o’zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda. O’zbekistonning 
ishlab chiqarish ixtisosi o’xshash bo’lgan Markaziy Osiyo respublikalari bilan tutashganligi 
ayniqsa muxim ahamiyatga ega. Keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo’lga qo’yish, xilma xil 
va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, respublikalar bilan tutashgan qo’shni xududlarida) birgalikda 
foydalanish orqali respublikalararo xududiy ishlab chiqarish majmualarini tashqil qilish va 
boshqalar bunday chegaradoshlikning ijobiy yakunlaridandir. O’zbekiston Respublikasi 
chegaralarining muxim xususiyatlaridan biri ularning aksariyat tekisliklar orqali o’tishidir. Hatto 
uning bilan o’lkan tog’li o’lkalari - Qirg’iziston va Tojikiston respublikalari o’rtasidagi 
chegaralar ham asosan qulay tog’ oraliq vodiylari yoki u qadar baland bo’lmagan tog’ tizmalari 
orqali o’tgan. Ularni bog’lab turadigan transport yo’llari shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan 
yaxshi o’zlashtirilgan xududlar orqali tashqil etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki bu qo’shni 
respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashqil qilishda yanada qo’shimcha qulayliklar 
tug’diradi. 
Umuman iqtisodiy-geografik o’ringa baho berishda O’zbekistonning xalqaro mehnat 
taqsimotida ishtirok etish taqlil qilish muximdir. Respublikamiz iqtisodiy-geografik 
o’rniningmakro-geografik mavqeini belgilovchi bu holat aynan jahon ko’lamida, yani qaror 
topayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining markaziy rayonlari hamda turli qita va 
mintaqalarda joylashgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish imkoniyatlari 
doirasida qarab chiqilmog’i kerak. O’zbekiston Respublikasining etuk darajada iqtisodiy 
rivojlanish imkoniyatlarini beradigan ishlab chiqarish texnologiyalariga bo’lgan ehtiyoji 
dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan o’zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni yo’lga 
qo’yish orqali gina qondirilishi mumkin. Malumki, har qanday xududning, jumladan 

 
8
O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini tashqil qilishda yirik metallurgiya bazalarining, yoqilg’i-
energetika, o’rmon resurslarining uzoq-yaqinligi, transport vositalari, ayniqsa qulay dengiz 
portlariga chiqish holatlari ham katta rol o’ynaydi. Bu jixatdan O’zbekistonning Hamdo’stlik 
davlatlari bilan bo’lgan ishlab chiqarish aloqalarini, albatta yangi asoslarda yanada kuchaytirish 
maqsadga muvofiqdir. Bu muammolar echimi ko’p jixatdan aloqa o’rnatilajak davlat yoki 
ijtimoiy markazlar o’rtasidagi masofaga, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatlariga, 
qolaversa amaldagi davlatlararo siyosiy vaziyatga va boshqa bir qancha omillarga borib taqaladi. 
Agar O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlariga muhim iqtisodiy bazalardan va jahonning 
iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqda joylashganligi, buning ustiga 
rivojlangan mamlakatlar bilan bog’lanish imkoniyatlarining cheklanganligi xisobga olinsa, 
respublikamiz iqtisodiy geografik o’rniningmakrogeografik mavqeyi birmuncha noqulay 
ekanligi malum bo’ladi. O’zbekistonning eksport imkoniyatlari ancha keng. Respublika 
iktisodining yaqin kelajakdagi bosh vazifalaridan biri ana shu o’z ichki imkoniyatlaridan to’la 
foydalanib, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni har taraflama kengaytirishdir. 
Tabiiyki, yaqin davrlar orasida O’zbekistonning asosiy eksport mausulotlari paxta, shuningdek 
meva, sabzavot, poliz, ulardan tayyorlangan konserva mausulotlari, xalq xunarmandchilik 
mollari bo’lib qoladi. Ayni vaqtda respublikamiz importining asosini ishlab chiqarishning yuqori 
unumdorligini taminlay oladigan zamonaviy texnologik vositalar egallashi lozim. O’zbekiston 
sanoati ishlab chiqarish fondini shu yo’l bilangina qisqa muddat ichida yuqori samaradorli 
texnikaviy jixozlar bilan taminlash va xalq xo’jaligining tarmoqlar tarkibini davr talabi asosida 
qayta tashqil qilish mumkin.  
Bu muxim vazifalarni amalga oshirishda bundan keyin ham sobiq xukimat doirasida tarkib 
topgan transport vositalari, ayniqsa temir yo’l transportidan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunga 
1992 yil fevralida Hamdo’stlik davlatlari boshliqlarining temir yo’l transportidan birgalikda 
foydalanish to’g’risidagi Minskdagi kelishuvi ham yordam beradi. Transport vositalaridan va 
muxim dengiz portlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishda Hamdo’stlik davlatlarining o’zaro 
manfaatdorlik asosida tuzayotgan iqtisodiy bitimlari davlatlararo iqtisodiy aloqalarni olib 
borishda keng imkoniyatlar yaratadi. 
Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda O’zbekiston oldida yanada 
istiqbolliroq imkoniyatlar ochilmoqda. Seraxs (Turkmaniston)-Mashhad (Eron) temir yo’lining 
tugallanishi qadimiy Turkistonning  eng qulay, qisqa masofada bir tomondan, O’rta va Yaqin 
Sharq, Markaziy va G’arbiy Evropa mamlakatlari, ikkinchi tomondan, Xitoy orqali Uzoq Sharq 
mamlakatlari bilan bog’lanishga imkon beradi. 
Osiyo qitasini kenglik bo’ylab g’arbdan sharqqa kesib o’tadigan bu o’lkan Transosiyo 
magistralining ishga tushirilishidan shu temir yo’l bo’yida joylashgan barcha davlatlar 
manfaatdordir. Shu sababli bu temir yo’lning qisqa vaqt ichida ishga tushirilishi O’zbekiston 
Respublikasi makrogeografik o’rniningancha yaxshilanishiga olib keladi. 
Shunday qilib, respublikamizning iqtisodiy-geografik o’rni O’zbekistonning o’z 
mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining yanada 
tez rivojlanishiga, xalqimizning mustakillik nashidalaridan tezroq, baxramand bo’lishiga olib 
keladi. Hozirning o’zidayoq O’zbekistonning Turkiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi 
mamlakatlar bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy bitimlari, AQSh, Xitoy, İtaliya, Turkiya, 
Avstriya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Olmoniya kabi davlatlarning ishlab chiqarish 
kompaniyalari va firmalari ishtirokida tashqil etilgan o’nlab qo’shma korxonalari qisqa vaqt 
orasida respublika ishlab chiqarish tarmoqlari ishida keskin ijobiy o’zgarishlar bo’lishini 
taminlaydi.  
O’zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va resurslari. 
Tabiiy sharoiti. O'zbekiston asosan Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida joylashgan. Uning 
maydonini tabiiy sharoiti va boyliklariga ko'ra, shuningdek xo'jalikdagi ahamiyatiga ko'ra cho'l 
(tekislik), adir (tog' oldi), tog' va yaylov (baland tog')ga bo'lish mumkin . Ular iqlim, tuproq, 
o'simlik va hayvonot olami hamda foydali qazilmalar turi va ko'lami jihatdan bir-biriga 
o'xshamaydi . 

 
9
  
O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari er yuzasi sharqqa - tog’ oldi va 
tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa cho’ldan iborat. Joy 
balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va 
sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun juda muxim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va 
Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nixoyat tog’lar o’rtasidagi 
Farg’ona vodiysi bor. Bu vodiylar va Amdaryoning quyi oqimi respublikaning aholi zich 
joylashgan voxalaridir. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik - cho’ldan iborat. Respublikaning 
chekka shimoliy-g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi erida Orol dengiziga taqalib kelgan 
cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan. Orol dengizidan janubda keng Amudaryo 
deltasi, undan bir oz yuqoriroqda Xorazm viloyati joylashgan. bu erlar daryo oqizib kelgan 
hosildor jinslarning cho’kishidan vujudga kelgan pasttekisliklardan iborat bo’lib, ko’pchilik erlar 
Amudaryo suvi bilan sug’orish uchun qulaydir. Cho’llar bilan o’ralgan bu erda respublikaning 
yirik obikor dehqonchilik rayonlaridan biri joylashgan. Undan sharqta keng Qizilqum cho’li 
yoyilib yotadi. Qizilqum cho’li Navoiy viloyatining asosiy qismini egallaydi va Qozog’iston 
xududiga ham kirib keladi. Bu ham tekislik bo’lsada, biroq suvsiz erlar  qum tepalari va 
barxanlar bilan qoplangan. Qum tepalari orasidagi pastlik erlar sho’rxoklar va taqirlardan iborat.          
Cho’lning o’rta joylarida qoyali qoldiq tog’lar (500-900 m) uchraydi. Bu tog’ar tagida 
ko’pgina buloqar chiqayabti, buloqlar  dan vaqtincha turadigan chorvadorlar foydalanadi. 
O’zbekistonning iqlimi umuman keskin kolntinental bo’lib, tekisliklarda yozda jazirama issiq va 
quruq bo’ladi. İyulning o’rtacha qarorati +26 gr (Nukus), +30,2 (Buxoro), +32 (Termiz) boradi. 
Qish ancha bulutli va bazan nisbatan qattiq sovuqlar ham bo’ladi. Yanvarning o’rtacha qarorati -
5,30 (Nukus) va -1,30 dan (Toshkent), +30 gacha (Termiz) boradi. Eng past harorat shimolda -30 
gr va undan ham past bo’ladi. Bahor qisqa, seryong’in va ob-havo beqaror bo’lib, birdan isib, 
birdan sovib turadi. Kuzda xavo ochik keladi, qishga tomon harorat asta-sekin pasaya boradi. 
Yillik yog’in miqdori tekisliklarda 120-200 mm, Amudaryo deltasida atigi 45 mm. Tog’oldi 
zonasida yog’in miqdori 300-400 mm gacha etadi, g’arb tomonga qaraganda tog’ yon bag’rlariga 
yog’in yana ham ko’proq yog’adi. Yog’inni bu erga asosan g’arbiy shamollar olib keladi. 
respublikamizning janubida va janubi-g’arbdan vaqti-vaqti bilan quruq afg’on shamol iesib 
turadi. O’zbekistonning tekislik erlarida vegetatsiya davri juda uzoq vaqt - shimolda 190 kundan, 
janubda 220 kungacha va bundan ko’proq davom etadi. İssiqlik miqdori paxtaning turli 
navlarini, janubiy rayonlarda (qashqadaryo havzasida) esa ingichka tolali navlarini ham 
etishtirish uchun bemalol etarlidir. Nam kam bo’lganligidan ko’pchilik qishloq xo’jalik 
ekinlarining normal rivojlanishi uchun erni sug’orishga to’g’ri keladi. Faqat tog’ yon bag’irlarida 
bahorikor dehqonchilik uchun yaroqli anchagi erlar bo’lib, bu erlar yomg’irdan etarli darajada 
nam oladi. Bunday erlardan don ekinlari, asosan bug’doy etishtirish uchun foydalaniladi. 
Baxorikor erlar Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ko’proq. 
Sug’oriladigan erlarda esa paxta, g’alla va sholi etishtiriladi. O’zbekistonda yirik daryolardan 
tortib kichik daryolargacha barchasi sug’orish uchun foydalaniladi. Tog’ oldi zonasida daryolar 
hammadan ko’p. Amudaryo (Qoraqalpog’iston voxasi va Xorazm viloyatini sug’oradi), 
Zarafshon, Chirchiq va Ohangaron irmoqlari bilan Sirdaryo, Farg’ona vodiysi daryolari (So’x, 
İsfara, Oqbo’ra, Qoradaryo va boshqalar) hamda Janubiy O’zbekiston daryolari Qashqadaryo va 
Surxondaryo yirik irrigatsiya ahamiyatiga egadir. Mana shu barcha va boshqa daryolardan katta 
va kichik sug’oruv ariq hamda kanallar chiqarilgan. O’zbekiston sug’orish sistemalari yirik 
injenerlik to’g’onlar, suv omborlari, ko’pdan-ko’p betonlangan suv taqsimlovchi inshootlar va 
kanallarga ega. O’zbekistonda yirik kanallardan Katta, Shimoliy va Janubiy Farg’ona, 
shuningdek Mirzacho’lda Sarkisov nomidagi, Janubiy Mirzacho’l kanallari bor. Kelgusida ham 
sug’orish tarmoqlarini kengaytirish va takomillashtirish O’zbekiston xo’jaligining muxim 
masalalaridan biri bo’lib qola beradi. Ko’p daryolarga katta va kichik gidroelektr stantsiyalari 
qurilgan. Gidroelektr stantsiyalarining kaskadlar Toshkent voxasida (Chirchiq-Bo’zsuv) va 
Farg’ona vodiysida (Shaximardon va Namangan) qurilgan. Sirdaryoda uning Farg’ona 
vodiysidan chiqaaverishda Farxod GESi bor. O’zbekistonning odam qo’li bilan bunyod etilgan 
dehqonchilik qilinadigan voxalarida (Zarafshon, Farg’ona, Chirchiq-Ohangoron, Mirzacho’l va 

 
10
boshqa voxalarda) madaniy o’simliklar ko’pchiligin tashqil  etadi. Bunday erlar yaylov sifatida 
qimmatli bo’lib, foydalaniladi. Cho’llarda mollar, asosan qo’y bilan tuyalar qush tepalardagi o’t-
o’simliklar, tog’ yon bag’irlarida esa tog’-dashlari va o’tloq o’tlar bilan boqiladi. 
Tabiiy resurslari. Madan (mineral) resurslari.  
Cho'llarda xilma-xil foydali qazilmalar topilgan . Jumladan, 50 dan ziyod neft koni gaz, 
ozakerit, oltingugurt, oltin, ularnning sanoatbop zaxiralari aniqlangan . Gazning aniqlangan 
zaxirasi 2 trillion m/kub. dan ziyod . Zarafshon etagidagi Dengizko'l va To'ybekatonda kaliy 
tuzlarining yirik zaxiralari mavjud . Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Sulton Uvays tog'larida 
Surxandaryo vodiysida va Qizilqumda fosforit konlari bor Oltingugurt, natriyli va magniyli tuz 
konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir . Shag'al, qum singari binokorlik materiali 
cho'lda juda ko'p uchraydi . 
         Adirlardan oltin, neft, gaz, ko'mir singari foydali qazilmalar topilgan . Namangan, Andijon, 
Farg'ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi neft konlari aksariyati adirlarda 
joylashgan . 
         Tog'lardan ko'plab foydali qazilmalar topilgan . Ohangaron vodiysi atrofidagi tog'larda 
o'tga chidamli ioy, toshkomir, mis rudasi, oltin konlari aniqlangan . Nurota tog'larida marmar 
(G'ozg'on marmari), volfram konlari bor . 
Prezdentimiz  İ.A.Karimov takidlaganidek, O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli 
suratda faxirlanadi- bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari 
topilgan . Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foyidali qazilma nomlari va madan namoyon 
bo’lgan istiqbolli joylari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - xom ashyo turlarini o’z ichiga 
oladi. Shunda 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan,  900 dan ortiq nom qidirib topilgan 
bo’lib, ularning  tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashqil etadi. O’zbekiston 
mis, oltin, qo’rg’oshin, rux, molibden, volforam, tabiiy gaz, qimmat baho toshlar va boshqa 
qazilma boyliklar jihatdan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi.  
Yoqilg’i - energetika resurslari. O’zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. 
Ularning asosiylari uchta.  Mintaqada joylashgan: Farg’ona mintaqasida Shimoliy So’x, Janubiy 
Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Shursuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo’lib, bu 
xududda asosan neft va yo’ldosh gaz uazib olinmoqda. Surxondaryo mintaqasida-Amudaryo,  
Koshtar, Kokaydi va boshqa konlardan iborat. Bu konlardan ham, asosan neft qazib olinadi. 
Qashqadaryo - Buxoro mintaqasida - o’zining yirik gaz konlari bilan mashxur. Sho’rtan, 
Zevarda. Muborak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni 
bermoqda. Keyingi yillarda aniqlangan Ko’kdumoloq gazi nomi katta istiqbolga ega. 
O’zbekiston tabiiy gaz zaxirasi jixatdan Rossiya Federatsiyasi va Turkmanistondan keyin 
Hamdo’stlikda uchinchi o’rinda. O’zbekiston ko’mir konlari mahalliy ahamiyatga ega, ularning 
eng muximlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysun 
konlaridir. Ko’mir qatlamlari orasida xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan turli jinslar - gil, kaolin, 
qum, bintolit, slanets va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren nomi daryo vodiysida, kaolin 
qatlamlari ustida yotadi ko’mir qatlamlari ancha qalin (40-60m), ko’mir qatlamlari ko’proq er 
yuzasiga yaqin joylashgani  uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Rudali resurslar. O’zbekiston 
xududida aniqlangan temir rudasining zaxirasi uncha katta emas. Ulug’ Vatan urushidan keyin 
magmatik temir rudasining bir qancha konlari topildi. Ularning ancha ahamiyatlisi 
Qoraqalpog’istondagi Tebin buloq (Sulton Uvayis tog’) nomidir. Bundai temir rudasi tarkibida 
nikel, kobalt, xrom, plastina va boshqalar yuldosh bo’lib uchraydi. Surenota (Nurota), Susengen 
(Chotqol), Mingbuloq va boshqa konlar ham magmatik temir ruda konlaridir. O’zbekistonda 
marganetsning bir necha konlari malum. Ular asosan Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, 
Rovtosh, Qizilbuloq, Taxtaqarcha, Tersaksoy, Cho’ponota nomlari bo’lib, ularning rudasida 8-
28%gacha marganets bor. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog’ va Sulton Uvayis tog’ida 
topilgan. O’zbekiston rangdor metal rudalariga ancha boy. Mis rudasining zaxirasi jixatdan 
Respublikamiz Hamdo’stlikda Qozog’iston va Rossiya Federatsiyasidan keyin uchinchi o’rinda 
turadi. Misning bir qancha konlari topilgan, Shulardan uchtasi Olmaliq atrofidigi Qalmoqqir, 
Dalniy va Sarichekov konlaridir. O’zbekistonda pollemetal (qurg’oshin, rux) ning bir necha yirik 

 
11
konlari topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondaza, Qurama tog’idagi Qurg’oshinkon va 
Koshmansoy konlari shular jumlamsidandir. Bu konlarda galenit, sfalerit, xalno pirit, shelit, 
molibden minerallari uchraydi. Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sarikon, 
Kunyaylov, Ko’lchuloq va boshqa konlar malum. Bular ichida Shimoliiy Nurota tizmasidagi 
Uchqulochnomi alohida ahamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit, sfalerit va 
piritdir Lashkarak (Kurama tizmasi) polemetall rudasi tarkibida vismut va kumush uchraydi. 
O’zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi ko’p. Nurota. Zirabuloq, Qoratepa, 
Chaqilkalon tog’larida volfram rudasi paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. 
Volframning yirik konlari quytosh, Yngichka, Qoratepa va Yaxton konlaridir. Hozirga İngichka 
va Quytosh konlaridan volfram rudasi qazib olinmoqda. Molibdenning bir qancha, chunonchi 
g’arbiy Xisorning Obizarang, Chotqolning Chavatisoy, Olmaliq konlari malum. Hozircha 
molibden faqat Olmaliqda mis-pordir rudalaridan yo’ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. 
O’zbeksitonda qalayning bir qancha kichik konlari malum, ulardan hozircha qalay qazib 
olinayotgani yo’q. O’zbekiston qimmatbaho asl matallardagi biri bo’lgan olt inga boydir. 
Rspublikamiz oltinning sifati va zaxirasi dunyo ahamiyatga ega. Uning muxim konlari 
Qizilqumdagi Muruntov va Ko’kpatos, Chotqol-qurama tog’ tizmasidagi Saricheku, Ko’chbuloq 
va Chadak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmitan va boshqalardir. Sarichekuv konida oltin, 
mis va polimetallarga yo’ldosh bulib uchraydi. Hozircha Muruntov, Marjonbuloq, Ko’chbuloq 
va Chodak konlarida oltin qazib olinmoqda. Alyuminiy xom ashyosi - alunit konlari Kurama 
tog’idagi Go’shsoy konining rudasi birmuncha sifatli. Respublikamizda tog’ kimyosi xom 
ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi "  fosforitning katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy 
konlari Xo’jakon,  Oqtosh, Boybichakon kabilari bo’lib, ulardagi qisman foydalanilmoqda. Kaliy 
tuzining tubechendagi yirik nomi hali ishga solingani yo’q. Fosforitning katta zaxirasi 
Qizilqumda topildi, uni ishga solish rejalashtirilmoqda. Oltingugurt Farg’ona vodiysidagi 
Sho’rsuv konidan qazib olinadi. O’zbekistondagi ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning katta 
qismi Muborak gazini qayta ishlash natijasida ajratib olinmoqda. Oltingugurtdan foyidalanish 
imkoniyati kengdir. Flyuorit (plavin shpat)dagi qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash 
vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foyidalaniladi. Flyuorit Chotqol-Qurama tog’ 
tizmasidagi Oqota, Navgarzon konlaridan olinmoqda. Xilma-xil qurilish va pardozlash xom 
ashyolari O’zbekiston xududida keng tarqalgan. Abraziv (qayroq) toshlar qattiuq minerallardan 
tayyorlanadi. Korund shunday minerallar jumlasiga kiradi, uning asosiy konlari Morguzar, va 
Sulton Uvayis tog’arida joylashggan. Oxaktosh, bo’r, gil, va slanets, tsement, oxak, gips, albastir 
kabi qimmatli maqsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo qisoblanadi. Bularning yaxshi 
sifatli konlari Bekobod, Quvasoy, Oxangaron, Jizzax, Qoravulbozor va joylarda uchraydi. Kvarts 
(oqqum) oyna va kulolchilikka sanoatining xom ashyosi xisoblanadi. Oqqum konlari 
O’zbekistonning Toshkent viloyatida (Mayskiy va Ozodbosh qishloqlari yonida), Buxoro 
viloyatida (Navoiy viloyatida) Farg’ona vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. O’zbekiston 
marmarining shuurati kengt tarualgan uozuon, Omonqo’ton, Jom, Sharaqsoy, Orkutsoy, Aqcha, 
Oqtog va boshqa joylarda marmar konlari bor.xushrang granit toshlar Qorajontov va Qurama 
tog’ida keng tarqalgan.Chorkesar koni ham mashxur. 
Shag’al-qum muxim qurilish materiallari bo’lib, respublikamiz xududida juda ko’p 
uchraydi. O’zbekiston bir necha joyidagi shifobaxsh madan suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv 
Chimyon, Polvontosh, Xo’jaobod, Sho’rsuv, Uchqizil, Ko’kaydi, Jayronxona va boshqa joylarda 
topilgan. Yodli suv Choay soida, radonli suv Arshanbuloqda, kam madanlashgan ishqorli termik 
suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Mohi Xosa, qorako’l, Gazli 
va boshqa joylarda topilgan. Eng muhim tabiat resurslardan biri O’zbekistionning er fondi 
bo’lib, uning kattaligi 40 mln gektarni tashqil qiladi. Buning 1/10 qismidan ortiqrog’i 
foydalanilmoqda. Mutaxassislar xisobiga ko’ra, o’zlashtirish mumkin bo’lgan hali anchagina 
maydonlar bor, ularni o’zlashtirish suv resurslariga bog’liqdir. Hozir 4 mln, gektar erda obikor 
dehqonchilik qilinmouda. Respublikaning mavjud suv resurslaridan to’liq va oqilona 
foydalanilsa, 5 mln gektar erni sug’orish mumkin. O’zbekiston xududida anchagina er osti 
suvlari bor, ularning o’rtacha aniqlangan hajmi 6-7 km
2
 ga teng, bu suvlar xo’jalikda keng 

 
12
foydalanilmoqda. Respublika xududining 30% ini tashqil qilgan tog’ va adirlar kattagina xo’jalik 
ahamiyatiga molikdir. Respublikaning boy agroiqlim resurslari qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishda muxim omildir. O’zbekiston janubiy kengliklarda joylashganligidan quyosh 
Termizda 760, Toshkentda 720 gacha ko’tariladi va bulutsiz kunlarning ko’p bo’lishi quyosh 
radiatsiyasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Musbat haroratlar yig’indisi respublika shimolida 
3000 dan oshiq, janubda 5000 gacha etadi. Sovuqsiz kunlar Quyi Amudaryoda 100-210 kun, 
Farg’ona vodiysi va Toshkent viloyatida 200-220 kun, O’zbekiston janubida 220-270 kungacha 
etadi. Respublikaning agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, 
zig’ir), don ekinlari (shol, makkajuxori) uzum, sershira mevalar (jumladan, subtropikmevalar) va 
poliz ekinlari kuplab etishtirish imkonini beradi. Boy quyosh radiyatsiyasi respublikaning muxim 
quuvvat resurslaridan biriga aylanmoqda. O’zbekistonda quyosh quvvatidan foydalanish istemoli 
ancha keng. Respublikada dastlabki quyosh yili ishlab chiqarish birlashmasi xalq xo’jaligiga 
xizmat qila boshladi. Tuproq resurslari. Sug’oriladigan erlaring yarmidan kuprog’i chul 
mintaqasidadir. Obikor maydoning 60% i avtomorf tuproqli erlardan iborat.  Sug’oriladigan 
maydoning yarmiga yaqini shurlanishga moyil, 500 ming gektar erning shurlanish darajasi ancha 
yuqori, bu erlar muntazam shur yuvishni talab etadi. Shurligi ortiq tuproqlar Mirzacho’l, Qarshi 
va Jizzax chullarida, Quyi Amudaryo mintaqasida keng tarqalgan. Adir mintaqasida buz 
tuproqlar keng tarqalgan. Qizilqumda va boshqa chul yaylovlarda 26 mln. gektarga yaqin bulib, 
shuning yarmisi qum va qumloq tuproqlardir. Togg’arda jigarrang,qung’ir va utloq tuproqlar 
hosil bulgan, bunday tuproqlar maydoni 2,6 mln gektarga teng. Baland tog’da och qung’ir va 
utloq tuproqlar bulib, bularning maydoni 1 mln gektarga yaqin.  
O’simlik resurslari.  O’zbekistonning o’simlik resurslari chul, adir va tog’ mintaqalarida 
gidrotermik va tuproq sharoitiga bog’liq holda taqsimlangan. Mavjud  o’simlik turlarining 90%i 
chorva mollari uchun ozuqadir. Qumli va chul yaylovlarida har gektar maydondan yiliga urtacha 
3-5 tsenter, Ustyurtdagi yaylovlarda har gektardan 2-4 tsentner xashak yig’ib olish mumkin. 
Chul yaylovlarda deyarli yil buyi quy boqiladi. Adir yaylovlarda har gektar maydondan urtacha 
8-10 tsentner xashak yig’iladi. Bu mintaqaga qor birmuncha qalin tushadi, asosan chorva mollari 
uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tog’ mintaqasining xashak zaxirasi umuman adir 
mintaqasidan kuproq bulib, tuproq nam va qalin urmon bulishiga bog’liq holda uzgaradi. Baland 
tog’ (yaylov) mintaqasida xashakni urtacha zaxirasi gektarga 15 tsentnerga teng. Asosan yozgi 
yaylov sifatida foydalaniladi. O’zbekistontog’lari yovvoyi mevalarga (tog olchasi, tog olmasi, 
tog yonuoui, pista, bodom, dulana va boshqalarga) boydir. Ulardan oziq-ovqat maxsuloti sifatida 
foydalaniladi. Tog’da dormon dorilarga boy shifobaxsh o’simliklar (zira, zirk, etmash, namatak, 
ermon, omonqora, kiyik ut va boshqalar) usadi.Tog’lardagi urmonlarning xususan, agrozorlari 
iqtisodiy ekologik ahamiyati katta, nam tuproqqa singishiga, qor uzoq saqlanishiga yordam 
beradi. G’arbiy Tyanshan, Turkiston, Xisor tizmalarining katta qismlarida archazorlar kup. 
Ularni asrash va kupaytirish ayni mudaodir. Xayvonat resurslari. o’lkamiz favunasi turlariga 
boyligi bilan xarakterlidir. Sutemizuvchilarning 97 turi  uchraydi. Tuyoqli sutemizuvchilardan 
jayron, sayg’oq, burama shoxli tog’ takasi, Buxoro bug’usi (xongul) va boshqalar "qizil kitob" 
ga kiritilgan. Chulda yovvoyi mushuklar ovlanadi. Asrimizning 50-yillaridan etiboran Ondatra 
terisi tayyorlanmoqda, Nutriya terisi undan kamroq tayyorlanmoqda. Bu hayvonlar asosan daryo 
buylarida, suvli havzalarda urchitilmoqda. Quyon terisi tayyorlash ham kupayib bormoqda. İlgari 
respublikamizda keng tarqalgan ayiq, qoplon, bars, qunduz va boshqalar endilikda O’zbekiston 
"qizil kitob"ga kiritilgan. O’zbekistonda 60 xil ovlanadigan qushlar bor, bulardan muximlari- 
qirg’ovul, bedanaurdak, g’oz va boshqalardir. Qig’uovulni ovlash vauti belgilangan. Qushlardan 
tuvaloq, va boshqalarni ovlash man qilinadi, ular "qizil kitob" ga kiritilgan. Yiliga 3000 dan ortiq 
zaharli ilon tutilib, ularning zahari farmatsevtika maqsadlari uchun ishlatiladi, buning 1/3 
qismiga yaqini Kulvarilon, kuk ilon (gyurza) va kuzoynakli ilon (kobra) dir. İlonlarni uldirish 
man etilgan, foydali ilonlar Toshkent va Jizzaxdagi maxsus ila (senpintariya) larda 
kupaytirilmoqda . 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling