Talim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-ilova
- №3- MARUZA. O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ. Xo’jaligining umumiy tarifi
Reja: 1. Sobiq Ittifoq davrigacha O'zbekiston hududining (O'rta Osiyo xonliklarining) xo’jaligi. 2. Sho’rolar tuzumi davrida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. 3. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi. 2-ilova O’quv materiallar Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda sanoatni modernizatsiyalash imkoniyatlari. Mamlakatimiz O’rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy geografik sharoitining qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum erlarimizning borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida esa mamlakatimiz ham global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida tobora kuchayib boryotgan iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini his qilib turibmiz. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitni hisobga olib, 2008 yilning ikkinchi yarmida İnqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi. Xozirgi kunda İqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturi tasdiqlanib, tarmoqlar va hududlar bo’yicha aniq ijrochilariga etkazildi. Qabul qilingan dastur ijrosi bo’yicha Buxoro viloyatida ham dastur ijrosini qaiy nazorat qilishni taminlash maqsadida viloyat xokimiyat komissiyasi va joylarda hududiy guruhlar tashkil etildi. Quyida viloyatda inqirozga qarshi choralar dasturining aniq chora tadbirlariga to’xtalib o’tmoqchimiz. Ular quydagi vazifalarni hal etishga qaratilgan. Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Chunonchi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va mahalliy ishlab chiqarish 30 quvvatlariga tegishli. Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik texnologik qayta jihozlash . halqaro sifat ko’rsatkichlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini (ISO 9000) amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. Bu viloyatni tashqi hamda ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini taminlaydi. İkkinchidan Eksportbop mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab quvatlash bo’yicha konkret chora tadbirlarni amalga oshirishva eksportni rag’batlantirish bo’yicha ilova omillar yaratish. Uchinchidan Qatiy tejamkorlik tizimini yaratish, ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. To’rtinchidan Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya istemolini kamaytirish. Biz bilamizki viloyatda elektro – energiya majmusi yaxshi rivojlanmagan, shu bois elektr energiyasini tejashning samarali tizimini joriy etish. Beshinchidan Jahon bozorida talabni pasayib borayotgan sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash.Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishnimahalliylashtirish dasturi muhim o’rin tutadi. Buxoro viloyatida iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, yuqoridagi strategik vazifalarni amalda bajarish uchun jiddiy tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi. Mamlakatimiz O’rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy geografik sharoitining qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum erlarimizning borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida esa mamlakatimiz ham global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida tobora kuchayib boryotgan iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini his qilib turibmiz. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitni hisobga olib, 2008 yilning ikkinchi yarmida İnqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi. Xozirgi kunda İqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturi tasdiqlanib, tarmoqlar va hududlar bo’yicha aniq ijrochilariga etkazildi. Qabul qilingan dastur ijrosi bo’yicha Buxoro viloyatida ham dastur ijrosini qaiy nazorat qilishni taminlash maqsadida viloyat xokimiyat komissiyasi va joylarda hududiy guruhlar tashkil etildi. Quyida viloyatda inqirozga qarshi choralar dasturining aniq chora tadbirlariga to’xtalib o’tmoqchimiz. Ular quydagi vazifalarni hal etishga qaratilgan. Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Chunonchi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va mahalliy ishlab chiqarish quvvatlariga tegishli. Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik texnologik qayta jihozlash . halqaro sifat ko’rsatkichlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini (ISO 9000) amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. Bu viloyatni tashqi hamda ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini taminlaydi. İkkinchidan Eksportbop mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab quvatlash bo’yicha konkret chora tadbirlarni amalga oshirishva eksportni rag’batlantirish bo’yicha ilova omillar yaratish. Uchinchidan Qatiy tejamkorlik tizimini yaratish, ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. To’rtinchidan Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya istemolini kamaytirish. Biz bilamizki viloyatda elektro – energiya majmusi yaxshi rivojlanmagan, shu bois elektr energiyasini tejashning samarali tizimini joriy etish. Beshinchidan Jahon bozorida talabni pasayib borayotgan sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash.Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishnimahalliylashtirish dasturi muhim o’rin tutadi. 31 Mamlakatimizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, yuqoridagi strategik vazifalarni amalda bajarish uchun jiddiy tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasining prezidenti İ.A.Karimov o’zining asarlarida va amaliy faoliyatida iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, mamlakat sanoatini rivojlantirish, uning tarmoqlar va hududiy tarkibini mavjud mineral xom ashyo hamda mehnat zahiralari, xalqimizning ananaviy ishlab chiqarish ko’nikma va tajribalarini hisobga olgan holda takomillashtirishni qayd etgan. Malumki, O’zbekistonda sobiq eski tuzimdan manaviy eskirgan va atrof muhitni kuchli ifloslantiruvchi sanoat ishlab chiqaruvchi jihozlari va texnologiyalari meros bo’lib qolgan. Bunday sharoitda nafaqat sanoat, balki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi hamda maishiy turmushni ham mumkin qadar “ekologiyalashtirish” va atrof muhitni muxofaza qilish sohasida samarali tadbirlarni amalga oshirishni taqqazo etadi.Mustaqillik tufayli O’zbekiston o’z milliy boyligining egasiga aylandi, iqtisodiy taraqqiyotida o’z yo’lini tanlab oldi, milliy manfatlarga mos ishlab chiqarishni milliy tuzilmasini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yaratish imkoniyatlariga ega bo’ldi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylandi. 3-ilova Endilikda mamlakat iqtisodiy salohiyatida turli xil mulkchilik formalari shakllanmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tarzida faoliyat ko’rsatayotgan ushbu korxonalarning soni yil sayin ortib bormoqda. Davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalarning ko’pchiligi qurilish (35,7 %), sog`liqni saqlash (14,9 %), sanoat (10,4 %) hamda qishloq xo’jaligi (8,9 %), savdo (8,4 %) sohalariga to’g`ri keladi. O'zbekiston iqtisodiyoti tubdan isloh qilinishi bilan uning yetakchi tarmoqlarida, bir tomondan, yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmida keskin o'zgarishlar kuzatilmoqda, ikkinchi tomondan esa, yil sayin davlat sektorining hissasi nodavlat 4-ilova Adabiyotlar 1. Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartini va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 2. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 3. Ahmedov E.-O’zbekiston Respublikasi (o’zbek, ingliz tillarida), T., “O’zbekiston”, 1998. 4. Ahmedov E.-O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida.-T., “Abu Ali İbn Sino”, 2002. 5. Soliev A.S., Mallaboev T.-İqtisodiy va sotsial geografiya kursida ayrim qonuniyatlarni o’rganish metodikasi.-T., 1995. 6. Soliev A.S., Mahamadaliev R.Y.-İqtisodiy geografiya asoslari. T., 1995. Savollar 32 1. O'rta Osiyo xonliklarining xo’jaligi haqida gapirib bering. 2. XX asr boshlarida O'zbekistonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan edi? 3. Sho’rolar tuzumi yillarida O'zbekistonning tabiiy boyliklari va ulardan foydalanish to’g’risida gapirib bering. 4. Paxta yakkahokimligi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi? 5. Sobiq Ittifoq davrida O'zbekistonda transport turlari qanday rivojlandi? 6. Mustaqillik yillarida Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida tub islohotlar amalga oshirildi. Bular haqida so’zlab bering. №3- MARUZA. O’ZBEKİSON RESPUBLİKASİNİNG XALQ XO’JALİGİ UMUMİY TARİFİ. Xo’jaligining umumiy tarifi O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy sohalarda o'ziga xos yo'lni tanladi va bu yo'ldan dadil bormoqda . Milliy iqtisodiyotning o'sishi bilan birga, uning tarmoq tarkibi xilma-xilligi yaxshilandi. Respublikaning tabiyi va agroiqlimiy sharoitlari ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligining rivojlanishiga, boy mineral xomashyo resurslari zamonaviy industriyani rivojlantirish uchun juda qulay. XIX asr oxirgi 10 yilliklaridan boshlab o’lkada sanoat karxonalarini qurish tezlashib bordi. Bu korxonalarning negizini asosan paxta tozalash pilla chuvish, jun yuvish, paxta yog’i i/ch korxonalari tashqil qilar edi. Shungdek o’lkadagi dastlabki elektr stantsiyalari va g’isht zavodlari ham xuddi shu davrda qurilgan edi. 1913 yilda hozirgi O’zbekiston xududida 425 ta sanoat karxonasi bulib, ularning 208 tasi paxta tozalash 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 tasi kunchilik, 29 tasi xumdon yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. İjtimoiy maxsulotning 32% ishlab bergan sanoat tarmoqlarining tarkibi ham uziga xos edi. Yozning yalpi sanoat maxsulotining 86% qishloq xo’jalik maxsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta tozalash va o’simlik yog’i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda 12% oziq-ovqat (yog’ ishlab chiqarishdan boshqa), kupchilik korxonalarida, faqat 2% og’ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilardi. Og’ir sanoat tarkibida metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalardan tashqari u qadar katta bulmagan Chimyon-neft va Shursuv-oltingugurt konlari hamda Oltiariqda joylashgan Vannovskiy neftni qayta ishlash zavodlari bor edi. Barcha sanoat karxonalarining 70% Farg’ona vodiysi shaharlarida tuplangan edi. O’zbekistoning Sovet xokimiyati yillaridagi sanoat taraqiyot jarayoni bir qator bosqichlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich-tiklanish davri. Bu davrda eski sanoat va xunarmandchilik korxonalari qayta tiklandi va bir qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan, Toshkent va Farg’onada ipakchilik fabrikalari, Buzsuv GESi, sanoat qand va quvasoyda dezil elektir stantsiyalari ishga tushurildi. Sanoat tarahqiyotining ikkinchi bosqichi urushgacha bulgan davirlar besh yilliklar uz ichiga oladi. Bu bosqich respublikada yirik sanoat uchoqlarini borpo etish davri buldi. Birinchi (1928-1932 yil) va ikkinchi (1933-1937 yy) besh yilliklar davridayoq O’zbekistonda 831 ta yangi zovod va fabrikalar ishga tushurildi.bular orasida Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zovodi, Chirchiq elektro kimyo, Toshkent tuqimachilik kombinat kabilar bor edi. İkkinchi besh yillikning oxiridayoq O’zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Bu xulosani jumxuriyat xalq xo’jaligining yalpi maxsuloti tarkibi ham tastiqlaydi. Unda sanoatning xissasi 1913 yildagi 32% dan 1940 yilda 70% gacha kutarildi. Uchunchi bosqich Ulug’ Vatan urushi yillarrini uz ichiga oldi. Bu davrda respublikaga harbiy rayonlardan 90 ta og’ir sanoat korxonalari joylashtirilib ishga tushurildi. Shular jumlasiga Toshkent samalyotsozlik i/ch birlashmasi, O’zbekistonqishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi transformotor zavodlari kiradi. Urush yillarida respublikada neft, mis, qurg’oshin, volfrom va molibdenning yangi konlari uzlashtrildi. Angrenda yangi kumir shaxtalari ishlay boshladi, 6 ta yangi elektr stantsiyasi ishga tushurildi, Bekobod metallurgiya 33 zavodi qurilishi boshlab yuborildi.shu yillarda jami 280ta yangi sanoat korxonasi ishga tushuriladi. Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlab yuborildi. O’zbekiston sanoatining tarkibi keskin uzgardi, og’ir sanoat solmog’i 1940-43 yillar orasida 14,35 dan 49% gacha usdi. Sanoat tarahqiyotining turtinchi bosqichi urushdan keyingi sanoat yuksalishi yillarini uz ichiga oladi. Bu davrda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi davr talabi asosida qisqa muddat ichida qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat tarmoqlarini qayta qurish va kengaytirish, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalash,ekin maydonlarini kengaytirish keng kulamda olib borildi. Respublika xalq xo’jaligining yanada tez suratlar bilan rivojlantirilishiga zamin tayyorlangan edi. Respublika sanoat tarahqiyotining beshinchi bosqichi 60 yillar boshlaridan 80 yillar urtalarigacha davom etdi. Bu bosqichning muhim xususiyatlari sifatida O’zbekistonsanoati, tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan yanada kengroq foydalanilganligi, uning sobiq İttifoqdagi asosiy urni paxta, pilla, qorakul kabi xom ashyo va yarim xom ashyo etkazib berishdagi roli ortib borganligini kursatish mumkin. Bu davir uchun Uzbekistonq xo’jaligida fan- texnika tarahqiyoti rivojlanishining ayrim intensiv omillaridan shu maxsad yulida foydalanish, ijtimoiy ishlab chikarishning samaradorligini oshirish va sifat kursatkichlarni yaxshilashdek bir qator xususiyatlar xarakterladir. Xuddi shu davrda O’zbekistonyoqilg’i energitika majmuaning asosini tashqil etadigan qator yirik gaz konlari uzlashtirildi, nodir metallar sanoati yaratildi, kup tarmoqli mashinasozlik barpo etildi, har xil istemol mollari etarli darajada i/ch yunalishida dastlabki qadamlar quyildi. 1991yil 31 avgustda uz mustaqiligini elon qilgan, Uzbekistoning xalq xo’jaligi uzining chinakkam yangi tarahqiyot bosqichini boshladi. Bu taraqqiyot bosqichining asosiy vazifasi O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligini taminlashda tayanch bula oladigan xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojalntirish asosida sanoat tubdan takomillashtirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi bilan taminlash va aholi turmish darajasini keskin yaxshilashdan iboratdir. Bu maqsadlarga erishishda xalq xo’jaligining moliyaviy-investitsiya tizimi ishlarida yuqori samaradorlikka erishish, baxolar tizimi faoliyatini tubdan sog’lamlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida tula mustaqillikni taminlash, respublika xududida chet el kapitalining harkati uchun etarli sharoit yaratib berish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Hozirning uzidayoq har bir ishlab chiqarish subektining ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatida hamkorlik qilishga muljalangan turli moliyaviy-bank muassasalari, tijorat birjalari va chet el kapitali ishtrokida qurilgan uyushma korxonalar ish boshlaganligi Uzbekistonning bu borada quyilayotgan dastlabki qadamlaridir. O’zbekistonning kishloq xo’jaligi ham o’ziga xos murakkab taraqqiyot yulini bosib utdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida O’zbekistonnda paxta etishtirish obektiv sabablarga kura 825,2 ming tonnagacha (1945 yil) kamaygan bulsada, urushdan keyingi yillarda yana tez rivojlandi. Paxtaning yalpi hosili 1960 yilda 2,8 mln. tonnani, 1970 yilda 4,5 mln. tonnani, 1980 yilda 6,2 mln. tonnani tashqil qildi. Shu tariqa O’zbekistonda paxtachilik qisqa vaqt ichida misli kurilmagan usish suratlariga erishdi. 1980 yilga kelib, paxtaning yalpi xosili hozirgacha 1930 yildagiga nisbatan 12 barovardan kuproq usdi. O’zbekistonda hozirgi zamon transportining (temir yul, avtomabil, havo, suv, quvur, elektron) ning tarmoqli tizimi barpo etildi. Moddiy tarmoqlar qatoridan urin olgan bu transport O’zbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda, yangi mustaqil davlatlararo hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni tashqil etishda asosiy urin tutadi. İnqilobdan oldin O’zbekistonda ishlab chiqaruvchi kuchlarining xududiy joylashuvini nixoyatda notekis bulib, Farg’ona vodiysigina iqtisodiy jiqatdan bir muncha rivojlangan edi. İshlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga kura Toshkent rayoni O’zbekistonda ikkinchi urinda turar, respublikaning boshqa sanoat, hatto qishloq xo’jaligi ancha sust rivojlangan edi. Sovet hokimiyati yillarida respublikaning sug’oriladigan rayonlarida paxtachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-meloratsiya ishlarini utkazish, mashinasozlik qishloq xo’jalik mausxlotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini barpo etish, er osti qazilma boyliklarini qidirib topish va ishga solish, temir yul hamda avtomabil yullarini qurish buyicha katta tadbirlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar O’zbekistonning rayon va viloyatlari İqtisodiyotini inqilobdan oldingi davrga nisbatan ancha kutarish imkonini berdi. Toshkent shahri va viloyati O’zbekiston mintaqalari orasida eng yuqori 34 tarahqiyot darajasiga erishdi. Bu esa avvalo ularning qulay iqtisodiy geografik va transport urni bilan izohlanadi. Sanoatni rivojlantirish va uni xududiy tashqil qilishda xilma xil sharoitlar, omillar qatnashadi. Ularni ikki asosiy guruhga bulish mumkin. iqtisodiy geografik omillar va tabiiy- geografik omillar. İqtisodiy-geografik omillarga mehnat resurslari bilan taminlanganlik xolati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashqil qilish shakllari, energetika transport sharoitlari, infratuzilma xolati, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan texnika taraqqiyot darajasi, tabiiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iqlim kabilar) bilan taminlanganlik darajasi kiradi. Sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish bazasi moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmuyi bulib, texnika-ishlab chiqarish qurollaridan tashqil topadi. 1990 yil malumotiga kura, sanoatning asosiy ishlab chiqarish jamg’armalariining 36,35% ni, qurilish va transport bilan birga xisoblanganda esa 60% dan ortig’ini tashqil qiladi. Mehnat resurslari sanoatni rivojlantirish va ayniqsa uni xududiy tashqil qilishda muhim omillardan xisoblanadi. Malumki, O’zbekiston mehnat resurslari bilan eng yangi yaxshi taminlangan respublikalardan biridir. Undagi aholi tabiiy usishning Sobiq İttifoqdagi urtacha kursatkichidan ancha yuqoriligi, mehnat resurslarining ortiqcha tuplanishiga olib keldi. Bu narsa O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini sira kechiktirmay, yanada tezroq rivojlantirishni undaydi. Usib borayotgan mehnat resurslaridan tula va samarali foydalanish maqsadida sanoatning ayniqsa sermehnat tarmoqlarini (elektrotexnika, radiotexnika, asbobsozlik, elektrotexnika, engil sanoat kabilar) jadal taraqqiy etishi zarur. Bunday korxonalarni aholisi nisbatan tez usayotgan kichik va urta shaharlarda qurish maqsadga mofiqdir. Sanoatni xududiy joyashtirishda alohida hisobga oliinish lozim bulgan masalalardan biri har bir iqtisodiy rayonda sanoat tugunlarida va hatto alohida ishlab chiqarish korxonalarida sanoat korxonalarini tashqil qilishda mehnat resurslarining jinsiy tarkibini etibordan qochirmaslik kerak. Shundagina erkak va ayollarning mehnat qilish imkoniyatlaridan ancha samarali foydalanish mumkin buladi. Sanoatni rivojlantirishda mehnat resurslarining xududiy joylashuvi etiborga olinishi kerak. O’zbekistonda aholi va mehnat resurslari Farg’ona vodiysi, Toshkent va Xorazm vohalarida ayniksa zich joylashgan. Bu joylarda, shuningdek, Zarafshon va Surxon-Sherobod vodiylarining sug’oriladagan noxiyalarida ish kuchi zaxiralari bor. Kelajakda aholining yuqori tabiiy usishi va mehnat unumdorligining oshib borishi tufayli bunday zaxiralar yanada ortib borishi tabiiy. Shuning uchun ham bu mintaqalarda sanoatning ish kuchin uziga kup jalb qiladigan sermehnat tarmoqlarni yanada rivojlantirish lozim. Mehnat resurslarining bir qismi O’zbekistonning tabiiy resurslariga boy, lekin iqtisodiy jixatdan kam uzlashtirilgan joylarga utib urnashishini rag’batlantirish ham zarur. Fan-texnika taraqqiyotining sanoatini xududiy joylashtirishdagi roli katta. İlgari foydalanishning iloji yuqdek kuringan Mirzacho’l, Qarshi dashtlari dexonchilik o’lkalariga aylantirilishi, paxta hosildorligining keskin usishi Fan-texnika yutuqlarining ishlab chiqarishga tadbiq etilishi natijasidir. Bu omil foydalanish maqsadga muvofiq bulmagan yoki sanoatda umuman ishlatilmagan turli tabiiy resurslarni ishga solish ham katta urin tutadi. Fan-texnika inqilobi omili O’zbekiston sanoatining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishiga tasir kursatadi. Tog’-kon, elektr enetgitika, mashinasozlik, kimyo, qishloq xo’jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotia bu omilning roli ayniqsa kattadir. Sanoatni xududiy tashqil etish va joylashtirishda transport ham muhim ahamiyatga ega. Chunki sanoatning xomashyo va boshqa vositalar bilan taminlashda, korxonalar urtasida ishlab chiqarish aloqalarini yulga quyishda, mehnat resurslarining erkin harakatida va nihoyat, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni istemolchilarga etkazishda transport vositalaridan keng foydalaniladi. Janubiy O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining nisbatan sust rivojlanganligini kup hollarda transport imkoniyatlarining uzoq yillar davomida cheklanganligi bilan ham izoxlash mumkin. Sanoatni rivojlantirish va joylashishiga sezilarli tasir etuvchi omillar qatoriga murakkab yunalishga infratuzilma mazmuni ham kiradi. Asosiy ishlab chiqarish in’fratuzilmasi (transport- aloxa vositalari, elektr uzatish liniyalar, suv bilan taminlash tizimlari, kanallari imkoniyatlariva 35 boshqalar) va ijtimoiy infratuzilma ( uy-joy, maorif, tibbiyot, sport, savdo kabi muassasalar) ga bulinadigan bu majmusiz joylarda ishlib chiqaruvchi kuchlarini, jumladan, sanoatni rivojlantirib bulmaydi. O’zbekistonning viloyatlarida infratuzilmaning rivojlanish darajasi bir xil emas. Uning tarmoqlari Toshkent, Samarqand " Farg’ona vodiysi viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Bu hol qator boshqa omillar bilan birgalikda Respublika sanoatining rivojlaish darajasida hozirgi mavjud hududiy farqlarning kelib chiqishiga sabab buldi. Sanoatning rivojlantirish va xududiy joylashtirishga tasir etuvchi tabiiy omillar orasida joylarning tabiiy resurslar (avvalo foydali qazilma boyliklari) bilan taminlanganlik darajasi alohida urin tutadi. Chunki, yoqilg’i-energitika, mineral xomashyolar, suv va qator boshqa resurslarsiz sanoatni, ayniqsa uning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bulmaydi. İshlob beruvchi sanoatning kupchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu undiruvchi sanoat etkazib beradi. Umuman O’zbekiston ishlab chiqaruvchi sanaot tarmoqlaring kupgina muhim tarmoqlarini rivojlantirish uchun etarli resurslarga egadir. Ularga yoqilg’i-energitika, rangdor metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanaotlari va hakazolar kiradi. O’zbekiston sharoitida suv resurslari ham sanoatni xududiy joylashtirish va taraqqiy ettirishda ancha faol qatnashadi. Malumki, har qanday sanaot tarmog’i ham ozmi-kupmi suv istemol qiladi. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo respublikalari qatori suvga chanqoq, qurg’oqchil mintaqada joylashganligi, uning suv resurslari umuman cheklangan. Sanaotni rivojlantirishda suv resurslarini uisobga olish orol fojiasi sharoitida juda ham dolzarbdir. Joylarning tabiiy sharoiti ham sanaotni rivojlantirish va joylashtirishda malum rol uynaydi. İqlim iliq noxiyalarda sanaot obektlarini qurish sovuq iqlimli joylarga nisbatan ancha arzon va qulay buladi. Bu omil O’zbekistonda garchi u qadar katta urin tutmasada, sanoat rivojlanishida har qalay ijobiy ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling