Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

3. 
 
Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati va 
zaxiralari 

 
13
  «O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi-bu erda mashhur 
Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziëd 
turli foydali qazilma konlari va madan namoën bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga 
yaqin mineral - hom ashë turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga 
jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 
milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashë potentsial 3,3 
trillion AQSh dollaridan ortiq baholanaëtganini ham aytib o’tish kerak.  
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta 
istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar 
bo’yicha 40, konchilik - kimë xom ashësi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan».  
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega 
bo’lgan ëqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika ëqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 
10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil 
etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida ëqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 
yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi.  
O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy 
gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’nYoir ko’mir) qazib chiqarildi. O’zbekiston hududida 
ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar 
ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: 
Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi - G’arbiy Hisor, Surxondarë, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz 
resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziëd baholanmoqda”.  Yuqoridagilardan 
Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor 
mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan. 
O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, 
ularning ichida Amudarë, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-G’arbiy Hisor platformalari va 
orogen hududlari alohida o’rin egallaydi. 
O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik ëo’ilg’i 
hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren 
shahri ënida joylashgan bo’lib, ëqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq karer usulida 
qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin.  
Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondarë viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. 
Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib 
chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. 
Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiëjlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. 
Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan etiborning etarli emasligidan dalolat bermoqda. 
Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994 yillarda «Ko’mir» 
aktsionerlik birlashmasi tuzildi.  
Mamlakatimiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, 
kumush, qo’rg’oshin, ruh, mis hamda er bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta 
ekanligini aytib o’tish zarur.  Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan.  
Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar 
sifatida kamëb va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning 
qiymatini ancha oshiradi.  
Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa 
eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari 
bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunëda etakchi o’rinlardan birini 
egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunëda 4-o’rinda, uni 
qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi. O’zbekiston dunëda ulkan oltin resurslariga ega 
bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-madan koni 
qidirib topildi. Evrosië qitasida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar 
qatoriga kiradi.  

 
14
Samarqand viloyatida oltin madanli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu 
konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilaëtgan tenderda dunëda katta nufuzga ega 
bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida 
infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, 
ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni 
o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib 
chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa  Qizilqumda Ajibugut, 
Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va 
o’rganilmoqda.  
O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida Vısokovoltnoe, O’qjetpes 
va Kosmonachi konlari ishlatishga tayërlab qo’yilgan. Namangan viloyatida Oqtepa koni 
o’rganilmoqda. 
O’zbekistonda uranning mineral xom ashë bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy 
kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib 
chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan 
muxofazalangan er ostida ishqorini yuvish usuli ërdamida qazib olish mumkin. 
Respublikamiz Uchquloch va Xondiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab 
zahiralariga ega. Xondizada qo’rg’oshin va ruh bilan birga mis, kumush, kadimiy, selen, oltin 
ham mavjud.  
Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimë va boshqa io’tisodiët 
tarmoqlari uchun qimmatli xom ashë, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini 
beradi.    
 

 
15
2-sonli maruza  
MAVZUSİ: O’ZBEKISTONNING AHOLISI, SONI, O’SISH DINAMIKASI, JOYLASHISHI, 
MILLIY TARKIBI.AHOLINING BANDLIK DARAJASI  VA MEHNAT RESURSLARI 
Guruh  3b kurs geografiya 
O’qitish vaqti: 2 soat                           Talabalar soni:  14 
O’qitish darsining strukturasi  
Maruza 
Maruzaning rejasi 
1. O’zbekiston aholisi, soni va uni hududiy joylashuvi. 
2. Aholining tabiiy va  mexanik  harakati  
3. Respublika aholisining milliy, jinsiy tarkibi. 
4. Urbanizatsiya  darajasi. 
5. Mehnat resurslari va  ulardan  foydalanish. 
O’quv darsining maqsadi: Aholi asosiy moddiy in`omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga 
ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e`tibor 
beriladi. Uzoq va yaqin o'tmishda O’zbekiston murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdiki, bu narsa 
mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta`sir 
ko’rsatdi. Shuning uchun aholisini to’liq o’rganish  bugungi kunning asosiy masalasi 
xisoblanadi.  
Pedagogik masalalari
1. O’zbekiston aholisi, soni va uni 
hududiy joylashuvi tushuntirib 
berish. 
2. Respublika aholisining milliy, 
jinsiy tarkibini statistik malumotlar 
asosida aniqlash va tahlil qilish. 
3. Aholining tabiiy va  mexanik  
harakatini o’rganish 
4. Urbanizatsiya  darajasini aniqlash, 
viloyatlar buycha o’rganib, 
taqqoslash 
5. Mehnat resurslari va  ulardan  
foydalanish darajasini o’rganish va 
tahlil qilish. 
O’qitish xarakatining natijasi
 1.1. Aholining o’sishi tarixiy-an`anaviy va ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarga ega ekanligini aniqlaydi. 
1.2. Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi 
o’zgarishlar uning milliy, jinsiy va yosh tarkibiga ham 
ta`sir ko’rsatishini bilib oladi. 
1.3. O’zbekiston aholisi asosan tabiiy ko’payish 
natijasida oshib borishini aniqlaydi 
1.4. Aholini statistik malumotlar asosida tahlil qilishadi 
1.5 Xozirgi kundagi O’zbekistondagi demografik 
vaziyatni baholashni o’rganishadi 
O’qitish uslublari 
Maruza, slayd, tushuntirib berish 
O’qitish ishini tashkillashtirish 
shakllari 
 Frontal ishlash 
O’qitish qurollari 
Maruzalar matni, viziual materiallar 
O’qitish sharoitlari 
Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar 
Monitoring va baxolash 
Tezda sorash, testlar  
 
O’quv darsining texnologik xaritasi         
              
İshning mazmuni 
Bosqichlar, 
Ajiratilgan vaqt 
O’qituvchi Talaba 
I bosqich. 
O’qitish jarayoniga 
kirish 
(5 min) 
1.1. Maruza. Darsning rejasi va tuzilishiga 
muvofiq o’quv jarayonini tashkillashtirish 
buyicha xarakat tartibini aytib o’tadi. 
1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, 
mustaqil ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi 
(ilova) 
1. Tinglaydi, yozadi 
 
 
2.Aniqlashtiradi, 
 savollar beradi. 
 
II bosqich 
Asosiy bo’lim 
2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan 
natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va 
1. Javob beradi, 
yozadi 

 
16
(70 min) 
 
xususiyatlari bilan tanishtiradi.  
2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali 
bilmlarini faollashtiradi (ilova)  
2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash 
kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi 
(ilova). 
 
 
3.Guruxlarda 
ishlashadi 
III bosqich 
Yakuniy qism 
(5 min ) 
3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, 
Talabalarning diqqatini asosiy masalalarga 
jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan 
ishlarning axamiatini ochib beradi.  
3.2. Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv 
maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 
3.3. Yangi darsga topshiriqlar beradi. 
o’zini-o’zi, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
 
savollar beradi, 
 
topshiriqlarini 
yozadi 
 
1-ilova 
 
 
 
2-ilova 
 
3-ilova 
 
1. O’zbekiston aholisi, soni va uni hududiy joylashuvi. 
2. Aholining tabiiy va  mexanik  harakati  
3. Respublika aholisining milliy, jinsiy tarkibi. 
4. Urbanizatsiya  darajasi. 
5. Mehnat resurslari va  ulardan  foydalanish. 
Aholi  asosiy moddiy  in`omlar ishlab  chiqaruvchi va shu bilan birga 
ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Shuning uchun jamiyatning asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya kurslarida doimo katta e`tibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, 
uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq xo’jaligini hududiy tashkil qilish 
va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o’sish, migratsiya va 
urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va 
aholining bandligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi aholi soniga ko’ra dunyodagi o’rta darajadagi 
mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2011 yil ma`lumoti bo’yicha  28,3 
mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko’pligi jihatidan MDHda Rossiya va 
Ukrainadan keyin 3-o’rinda turadi. 
Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining 49 
foizi yashaydi. 
Aholining o’sishi tarixiy-an`anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga 
ega. Uzoq va yaqin o'tmishda O’zbekiston murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdiki, 
bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion 
holatlariga bevosita ta`sir ko’rsatdi.

 
17
4-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
80,0 
2,2
5,0 
3,8 
3,6 
0,9
0,9
0,6 0,6
2,4 
O'zbeklar 
Qoraqalpoqlar 
Tojiklar 
Ruslar 
Qozoqlar 
Tatarlar 
Qirgizlar 
Koreyslar 
Turkmanlar 
Boshqa millatlar
Respublika hududining tabiiy sharoiti, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining 
turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta`sir qiladi. 
Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha 
zichligi 1kv.km maydonga 58,6 kishidan iborat 
bo’lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan 
Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi 
(bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod).  
Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati 
(2907,5 ming k.) birinchi, Farg’ona (2878,9 ming 
k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2468,0 ming k.) 
uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning 
eng past miqdori Navoiy (812,7 ming.k.) va 
Sirdaryo viloyatlariga (676,9 ming k.) to’g’ri 
keladi. 

 
18
5-ilova 
 
7-ilova 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTONDA  TABIIY USISH YUQORILIGI KUYIDAGI OMILLAR 
BILAN BOG’LIKDIR. 
  MUSULMONLAR VA BOSHQA MAHALLIY MILLATLAR VAKILLARI 
ORASIDAGI AN'ANAVIY KO’P BOLALIKNING BARQAROR HOLDALIGI; 
  RIVOJLANGAN MAMLAKATLARGA XOS HOZIRGI ZAMON ILMIY VA 
INDUSTRIAL ISHLAB CHIQARISH MADANIYATINING NISBATAN PASTLIGI; 
  URBANIZASIYA DARAJASINING NISBATAN PASTLIGI TUFAYLI AHOLI 
ASOSIY QISMINING QISHLOQ XO’JALIGI VA U BILAN BOG’LIQ ISHLAB 
CHIQARISH SOHALARIDA BANDLIGI; 
  OILADA BOLALAR SONINI OLDINDAN BELGILASH VA TUG’ILISHNI 
CHEKLASH CHORALARINI QO’LLASHNING KENG TARQALMAGANLIGI; 
  MAHALLIY MILLAT AYOLLARI ORASIDA IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISHDA 
ISHTIROK ETMAYDIGANLAR SALMOG’INING ANCHAGINA EKANLIGI VA 
BOSHQALAR. 
O’zbekiston aholisi soni va uning ko’payishi 
Jami 
Shah’ar aholisi 
Qishloq aholisi 
Yillar 
Ming kishi 
Foiz  
Ming kishi 
Foiz  
Ming kishi 
Foiz  
1991 20607,7 2,42  8305,2  1,74 12302,5 2,88 
1992 21106,3 2,35  8450,0  0,90 12656,3 3,32 
1993 21602,2 2,27  8526,0  1,04 13076,2 3,07 
1994 22091,9 1,67  8614,8  0,65 13477,1 2,33 
1995 22461,6 1,98  8670,9  1,12 13790,7 2,52 
1996 22906,5 1,93  8768,1  1,26 14138,4 2,35 
1997 23348,6 1,81  8878,4  1,29 14470,2 2,13 
1998 23772,3 1,53  8993,2  1,04 14779,1 1,83 
1999 24135,6 1,46  9086,5  0,87 15049,1 1,81 
2000 24487,7 1,33  9165,5  0,65 15322,2 1,73 
2001 24813,1 1,22  9225,3  0,67 15587,8 1,55 
2002 25115,8 1,24  9286,9  0,58 15828,9 1,63 
2003 25427,8 1,08  9340,7  0,43 16087,2 1,49 
2004 25701,4 1,25  9381,3  0,65 16326,1 1,55 
2005 26021,4 1,12  9441,9  0,56 16579,4 1,44 
2006 26312,7 1,33  9495,1  0,94 16817,6 1,56 
2007 26663,8 1,53  9584,6  1,19 17079,2 1,72 
2008 27072,2 1,70 9698,2 46,8 17374,0 -23,5 
2009 
27533,4 - 14236,0 - 13297,4 - 
Jadval O’zR Davlat statistika qo’mitasi malumotlari asosida tuzildi. 

 
19
8-ilova 
 
 
9-ilova 
 
Adabiyotlar 
1. İ.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sog’asida. 
      2.  Asanov  G.R.,  Nabixonov  M.,  Safarov  İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy   
jug’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 
3. Soliev A.S., Usmonov M.R. O’zbekiston geografiyasi. SamDU, 2005 
      4. Asanov M. Aholi geografiyasi. T., 1978. 
      5. Asanov M. Dunyo axolisi. Fan. T., 1968.  
      6. Narodo-naseleniya stran mira. M., 1984. 
      7. Burieva M.-O’zbekistonda oila demografiyasi. T., “Universitet”, 1989. 
      8. K.Abirqulov, Qurboniyozov R., İqtisodiy geografiyadan amaliy mashgulotlar.  
Urganch, 1999. 
Savollar 
1. Aholining yosh va jins tarkibini urganishning ahamiyati  
2. Aholining jins tarkibi va undagi farqlar 
3. Aholining yosh tarkibi va unga tasir  kursatuvchi omillar  
4. O’zbekistonda yashayotgan erkaklar bilan xotinlar nisbati kanday? 
5. Yoshlar buyicha tarkibi: mehnat resurslariiga tasiri. 
6. Aholining kupayishi nima? 
7. Urbanizatsiya tushunchasiga tarif bering. 
8. Shaxarlarda aholi sonining ortib borishi va urbanizatsiya. 
9. Aholi va atrof-muxit. 
10. Shahar aholisi - shaharlar mavqeining o’sishi degan iboraga qanday qaraysiz? 
Axolisining uz jismoniy va maxnaviy imkoniyatlariga kura mexnat kila 
olish kobiliyatiga ega bulgan kismi jamiyatning 
mexnat resurslari
 xisoblanadi. 
Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi nihoyatda muhim 
masala ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 13 yanvarda 
"Aholini ish bilan ta`minlash to’g`risida" qonun qabul qildi. Mazkur qonunda 
fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta`minlashning huquqiy, iqtisodiy va 
tashkiliy shart-sharoitlari belgilab berilgan, bozor munosabatlariga o’tish davrida 
uni amalga oshirishning tegishli kafolatlari nazarda tutilgan. 
2009 yilda iqtisodiyotda band bo’lgan aholining-12,9 foizi sanoatda, 8,2 
foizi qurilishda, 4,1 foizi transport va aloqada band. Bu ko’rsatkich rivojlangan 
mamlakatlardagidan katta farq qiladi, ya`ni moddiy ishlab chiqarishda band 
bo’lgan mehnat resurslarining salmog`i ancha baland.

 
20
11. Qishloq aholisi hakida fikr yuriting. 
12. Aholi bandlik muammolarini yechish uchun qanday chora tadbirlar ko’rilmoqda? 
 
2-Mavzu O’ZBEKİSTONNİNG AXOLİSİ. AXOLİ SONİ, DİNAMİKASİ, 
JOYLAShİShİ. MEXNAT RESURSLARİ. 
 
1. O’zbekiston aholisi. İqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida aholini urganishning 
muqim ahamiyati shundan kelib chiqadigan aholi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. 
       Mamlakat,  uning  iqtisodiy  rayonlari xalq xo’jaligini xududiy tashqil qilish va 
rivojlanishida aholini soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejasi, ishlab chiqarish malakalari, kabi 
kursatkichlar katta ahamiyatga ega. Aholi kupgina xususiyatlariga kura mamlakatning turli 
mintaqalarida bir-biridan farq qiladi. Aholi dinamikasi. O’zbekiston respublikasining aholisi 
2007 yilning 1 yanvar xisobiga kura 26,6 mln kishidan iborat, aholisining soniga kura 
O’zbekiston Xamdustlik davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan keyin 3-urinda 
turadi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kv.km da 59,4 kishiga teng. Aholining son jixatidan usishi 
(dinamikasi) uning takror barpo qilinish jarayoni (tug’ilish, ulim va tabiiy usish), hamda 
mexanik harakati (migratsiya) bilan chambarchas bog’liqdir. Shuningdek shakllangan murakkab 
tarixiy - ananaviy va ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlar ham katta tasir kursatadi. O’zbekiston 
juda murakkab tarixiy rivojlanish yulini bosib utdi. Madaniy yuksalish va siyosiy qarashlar 
davrinig demografik va migratsion holatiga kuchli tasir etdi. O’zbekiston aholisiga Oktyabr 
inqilobidan avvalgi rasmiy malumotdar juda kam. Shu bilan birga, xali turmush darajasining va 
unga tibbiy xizmat kursatishning pastligi, aholi sonini usishi ancha sust borgan. 1865 yilda 
hozirgi O’zbekiston xududida, 3 mln 320 ming aholi yashagan. 1897 yilga kelib esa uning 
aholisining soni 3 mln 948 ming kishiga etgan, yani 32 yil moboynida 19% kupaygan, bu davrda 
aholining usish darajasi atiga 0,55% ni tashqil etgan. Sovet xokimiyati davrida O’zbekiston 
aholisining soni ancha tez usa bordi. 1913-1940 yillarda O’zbekiston aholisi yiliga 1,5% dan usib 
bordi.Bu davrda aholi dinamikasidagi eng yuqori suratlar, ting qurilishlar payti - dastlabki besh 
yilliklar davriga tug’ri keladi. 
Aholining soni jihatdan o’sish bosqichlarida Vatan urushi yillari alohida ajralib turadi. 
Urush tufayli, erkaklarning uzoq muddatga oilasidan tashqarida qolishi, joylarda xalok bulishi, 
amalga oshirilishi lozim bulgan kuplab nikohlarning kechiktirilishi, aholining jinsiy tarkibining 
buzilishi hollari faqatgina urush yillaridagina emas, balki undan keyin ham kup yillar davomida 
aholining demografik tarkibiga tasir kursatib turadi. Urush yillarida aholli dinamikasida chuqur 
uzilishlar kuzatilgan bulsada, undan keyingi yillarda, demografik statestikada rasman tan 
olinganidan, aholini  tuldirish davri demografik faolligi tufayli O’zbekistonda aholi soni nisbatan 
tez usdi. 1940-1959 yillarda aholining yillik usish suratlari 1,1%ni tashqil qildi. 1959 va 1970 
yillarda utkazilgan aholi ruyxatlari oraliu davrida O’zbekiston  aholisining yillik usish suratlari 
3,35% ni tashqil etdi, aholining umumiy soni esa 3,7mln kishi (45%)kupaydi. Shu davrda 
O’zbekiston  aholisining usish suratlari sobiq sovet davri aholisi usish suratlariga nisbatan 2,9 
martaba yuqori buldi. 1970 va 1979 yillarda utkazilgan aholi ruyxatilari oraliu davrida 
O’zbekiston  aholisining urtachi yillik usish surati 3% ni sobiq sovet davri  da 0,9% tashqil etdi. 
Garchi 60 yillardagi tug’ilish pasaygan davr avlodi tiklanish (reproduktiv) yoshga kirgan 
bulsada, aholi sonining yuqori suratlarda usishi 80-yillarda ham davom etdi, 1979 va 1989 
yillarda utkazilgan aholi ruyxati mamumotlariga kura, keyingi 10-yilda O’zbekiston aholisi 4,5 
mln kishiga kupayib, uning urtacha yillik usish surati 2,6% ni tashqil etdi. Bu kursatgich, 
O’zbekistonda, sobiq sovet davrining boshqa respublikalarida va jaxonning deyarli barcha 
davlatlarida aholining kupayishi suratlarida kuzatilayotgan tabiiy sustlashish jarayoni sodir 
bulayotganidan dalolat beradi. Aholi dinamikasi malumotlari shuni kursatadiki, sovet hokimiyati 
yillarida O’zbekiston  aholisi tez kupayib bordi. 1926-1990 yillar orasida O’zbekiston aholisi 
436,1% kupaydi. Bu kursatgich Tojikistondan keyin barcha hamdustlak davlatlari orasida eng 
yuqori kursatgich xisoblanadi, yani sobiq itfoq davrining ushbu davrdagi aholi kupayish 

 
21
suratlariga nisbatan 2,2 marta ortiqdir. Aholi sonining oshib borishi va ancha yuqori suratlar 
bilan usib borishi natijasida O’zbekiston ning sobiq itfoq  davridagi bu salmog’i tobora ortib 
bordi.  
O’zbekiston aholisining bunday yuqori suratlar bilan usishi asosan aholining tabiiy 
kupayishi xisobiga ruy bermoqda. Keyingi yillarda respublika aholisining soni har yilli 420-440 
ming kishi (bundan 10 yil oldin 360-380ming kishi edi) kupayayotgan bulsa, bu usishning asosiy 
qismi tabiiy o’sish hisobiga sodir bulmoqda. Tabiiy usish kursatgichlarining kattaligiga ko’ra 
O’zbekiston sobiq Respublikalar ichida faqat Tojikistondan keyingi urinda turadi. 1989 yilda 
ularda tabiiy usish kursatgichlari tegishli tarizda 27,00 va 32,2 %0 ni tashqil etdi. Bu 
kursatgichlar sobiq İttifoq urtacha kursatgichidan 3,6, Rossiya Federatsiyasidagidan 6,9, 
Gruziyadagidan 3,3, Latviyadagidan 11,3, Ukrainadagidan 15,9 marta yuqoridir. O’zbekistonda 
tabiiy usish kursatkichlari 1989 yilda 1979 yildagiga nisbatan atiga 0,4 promilliga kamaygan 
holda bu kamayish jarayoni shu davr ichida sobiq itfoqda 0,6, Rossiya Federatsiyasida 1,1, 
Gruziyada 1,4, Ukrainada 2,0 promelleni  tashqil etdi. O’zbekitonda aholi tabiiy ko’payishi 
ko’rsatkichlarining keyingi vaqtlarda ham bu qadar yuqori holda saqlanishi bir qator ijtimoiy - 
iqtisodiy sabablar bilan bog’lig’dir. Ularning asosiylari ko’ydagilar. O’zbeklar va boshqa 
mahalliy millat vakillari orasida ananaviy ko’p bolalikning barqaror holdaligi; Rivojlangan 
mamlakatlarga xos hozirgi zamon ilmiy va industrial ishlab chig’arish madaniyatining nisbatan 
pastligi; Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq xo’jaligi va u 
bilan bog’liq ishlab chiqarish soxalarida bandligi; Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va 
tug’ilishni cheklash choralari qo’llashning keng tarqalmaganligi; Mahalliy millat ayollari orasida 
ijtimoiy - ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar salmog’ining ancha ekanligi va boshqalar; 
O’zbekistonda tug’ilishninig yuqori bo’lishida nikox bo’lganlarning ko’pligi va oilalarning 
ajralishi kamligi ham malum rol o’ynaydi. 1989 yilda har 1000 kishiga nisbatan sobiq itfoqda 9,4 
ta nikox qayd etilgan bo’lsa, O’zbekistonda u 10,0 ni tashqil etdi. 1989 yilda har 1000 kishiga 
nisbatan sobiq itfoqda 3,4 ta ajralish qayd qilingan bo’lsa, O’zbekistonda esa 1,5 ajralish, yani 
1,5 barobar kam ajralish qayd etilgan. Tabiyki, nikoqda turganlar va nikoq qurayotganlar soning 
ko’p bo’lishi, ajralishning kam bo’lishi tug’ilish ko’rsatkichlarining sezilarli darajada yuqori 
bo’lishiga olib keladi.  
Hozirgi paytda O’zbekistonda bolalar o’rtasida o’lim anchagina bo’lsada, lekin dastlabki 
davrlardagiga nisbatan jiddiy tarzda kamaydi. İlmiy xulosalar, O’zbekistonda aholi tabiiy 
o’sishining yaqin kelajakda ham nisbatan yuqori suratlarda davom etishini ko’rsatadi. Shu bilan 
birga, tabiiy o’sishning mutloq ko’rsatkichlari asta-sekin pasayib borayotganligini ko’rsatadi. 
Masalan, 1960 yilda O’zbekistonda har 2000 kishiga 33,9 tug’ilish tug’ri kelgan bo’lsa, bu 
ko’rsatkich.1979 yilda 27,4, 1989 yilda 27,0 ni tashqil qildi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling