Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#594
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

İqtisodiyoti. Xorazm viloyati iqtisodiyoti agrar-industrial tipiga ega. Viloyat O’zbekiston 
yalpi ichki mahsulotining 3,2 foizni,  sanoat mahsulotini 1,4 va qishloq xo’jaligini 6,3foiz ni 
beradi (2009 y.). Respublika hududiy mehnat taqsimotida Xorazm viloyati engil va oziq-ovqat 
sanoatiga, qishloq xo’jaligida esa paxta va sholi etishtirib berishga ixtisoslashgan.  
 
Viloyatda bozor islohotlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Sanoatning 90,5 foiz va 
qishloq xo’jaligining deyarli hammasi mahsuloti nodavlat sektorida yaratiladi. Ayni vaqtda 
qishloq joylari ijtimoiy infrastrukturasi rivojlanib bormoqda. Xwjalikning turli tarmoqlari 20 dan 
ortiq qwshni korxonalar qurilgan.   
 
Sanoati. Xorazm viloyati respublika qurilish sanoati mahsulotining 3,5, engil sanoatning 
6.2, shu jumladan paxta tolasining 7,2, oziq-ovqat sanoati mahsulotining 6,8 foizni beradi.  
 
Mustaqillik yillarida bu erda sanoat ishlab chiqarilishi deyarli 3 barobarga wsdi. Bu borada 
u Andijon va buxoro viloyatlari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida 
ajralib turadi. Hatto iqtisodiy jihatdan biroz og’ir kelgan 2000 yilda ham bu erda sanoat 
mahsulotlarining hajmi 4,5 foizga wsdi.  
 
Sanoat tizimida 10 ga yaqin qo’shma korxonalar qurib bitirildi. Ular jumlasiga poyabzal 
ishlab chiqaruvchi «Doretal LTD», konserva ishlab chiqaruvchi «Meva», shuningdek «Koka-
Kola», «O’zximvent», «AloqaDEU» va boshqalar kiradi.  
 
Shu bilan birga, xorijiy davlatlar firmalari ishtirokida boshqa sanoat korxonalari ham 
rivojlanib bormoqda. Masalan, Xitoy texnologiyasi yordamida Urganchda «Xorazm ipagi» 
twqimachilik korxonasi, Buyuk Britaniya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Bog’otdagi tibbiy 
paxta (momiq) ishlab chiqaruvchi fabrika, Rossiyaning Kemishin fabrikasi bilan hamkorlikda, 
Xonqada ip kalava va ip gazlama ishlab chiqaruvchi korxona, Turkiyaning «Yazek» firmasi 
bilan «Gurlantekstil» xuddi shunday korxona Urganchda, kabi qurilishlar amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, Xiva gilam kombinatiga Germaniyadan asbob-uskunalar keltirilgan, Bog’otda 
shisha zavodi, Xazoraspda esa respublikamizda birinchi qand zavodi «Xorazmshakar» ishga 
tushirildi. Bularning barchasi wziga xos «Xorazm tezligini» taminlaydi. 
 
Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibida engil sanoat ustunlik qiladi (1999 yilda u 
jami sanoat mahsulotining 32,8foiz bergan). Shuningdek, bu erda un-krupa, omuxta em (23,8 
foiz), hamda oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan –22,6foiz. Keyingi o’rinlarni mashinasozlik 
va metalni qayta ishlash, qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish egallaydi (Chizmaga 
qarang). 

 
173
 
2009 yil yakunlariga ko’ra, viloyatda 74 asosiy sanoat korxonalri mavjud bo’lib, ularning 
barchasida 34 ming kishi xizmat qiladi. Ana shu yili 110 mln. kVt/s elektro energiyasi, 73,2 
ming tonna paxta tolasi, 900 ming m
2
 gilam va gilam mahsulotlarini 17,9 mln. tonna tozalangan  
wsimlik yog’i, 110 ming t. un, 1250 mln.m kv. ip gazlama ishlab chiqarilgan.  
 
Ko’rinib turibdiki, xorazm viloyatidan asosan engil va oziq-ovqat sanoati etakchilik qiladi. 
Ayni vaqtda og’ir sanoat, xususan metallurgiya, ximiya va neft ximiyasi, elektr energetika 
rivojlanmagan. Bu erda uncha katta quvvatga ega bwlmagan Tuyamuyun GES bor holos. Uning 
faoliyati ham Amudaryo suv rejimiga bog’liq 
 
Engil sanoat, jumladan twqimachilik sanoati Urganch, Gurlen va Xonqada, gilam ishlab 
chiqarish Xivada tashkil etilgan. Viloyat barcha tumanlarining markazlarida paxta tozalash 
zavodlari mavjud. Ular jami sanoat maxsulotining 1/5 qismini taminlaydi. 
 
Oziq-ovqat sanoati Xonqada (un, don maxsulotlari va omuxta em), wsimlik yog’i 
(«Urganchyog’» aktsionerlik jamiyati) va konserva ishlab chiqarish Urganchda, shakar zavodi 
Xazoraspda joylashgan. Mashinasozlik korxonalari asosan ekskovator va boshqa qishloq xo’jalik 
mashinalarini tamirlash (Urgenchda), konserva sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqarish 
Bog’otda mavjud. 
 
Qishloq xo’jaligi. Xorazm viloyati 2009 yilda O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi 
maxsulotining 6,1foiz ni, shu jumladan dehqonchilikning 9,2 foiz va chorvachilik maxsulotining 
8,0 foiz ni beradi. 2000 yilda obi-xavo sharoitlari xususan dehqonchilik uchun noqulay 
kelganligi sababli uning ulushi chorvachilikdan kamroq bwldi (55,7 foiz). Chorvachilik 
maxsuloti 2000 yilda1,5 marta wsdi, vaholanki dehqonchilikda bu yilda kamayish yuz berdi. 
Umuman, agar 1999 yilda qishloq xo’jalik maxsulotlari qiymat hisobida 108,9 foiz ga wsgan 
bo’lsa, 2000 yilda u 7,5 foiz ga qisqardi. 
 
Viloyat 2009 yilda respublikamizning 34,8 foiz sholisini, 8foiz paxta, 8,4 foiz poliz, 10,9 
foiz meva va deyarli shuncha sut hamda gwshtini, 10,5 foiz pillasini, 6,2 foiz sabzavotini 
etishtirgan. 
Jadval 
Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi foiz 

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 
7,8foiz 

qurilish mahsulotlari sanoati 
5,8foiz 

Engil sanoat  
32,8foiz 
4 Oziq-ovqat 
sanoati 
22,6foiz 

Un-krupa va omuxta em sanoati  
23,8foiz 
6 Boshqa 
tarmoqlar 
7,2foiz 
 
 
 
2000 yil malumotlari bwyicha Xorazm viloyati barcha ekin maydonlari 225 ming gektar 
atrofida bo’lgan.Shuning1/5 qismidan ziyodrog’i, g’alla, asosan sholi bilan band bo’lgan. 
(Chizmaga qarang). Bir yilda taxminan 200 ming tonna dan etishtiriladi, o’rtacha xosildorlik 
28,4 promilliga. Shu yili bu shartining noqulay kelganligi tufayli sholi, paxta, qand lavlagisi va 
boshqa dehqonchilik maxsulotlarini etishtirsh ham biroz kamaygan: sholi 40 ming tonna 
atrofida, (1999y-70 ming tonna) paxta 200 ming tonnaga yaqin (1999y-290 ming t) olingan. 
Biroq, shunga qaramasdan, Xorazm dehqonchiligiga iqtisodiy jihatdan ancha yuqori 
qwrsatgichlar xos. 
 
 
 
 
 
 
 
Chorvachilikda XX asrning swnggi yili birmuncha unumdor bo’lgan. Pilla etishtirish 
ko’paygan va 1900 tonnani tashkil etgan.yirik shohli mollar soni 450 ming bosh, shundan 
qoramollar 192 ming: qwy va echkilar 220 ming boshga yaqin. 

 
174
 
Xorazm viloyatida ijtimoiy soxalar ham rivojlanib bormoqda. Birgina 2000 yilda xalq 
istemol mollarini ishlab chiqarish 108,8 foiz ga ortdi. Aholi jon boshiga bu erda 29 ming xalq 
istemoli mollari, 48 ming swmlik chakana tovar oboroti, 8,7 ming swmldik pullik xizmat hzajmi 
bajarilgan 
 
Har 10 ming kishiga 50,5 bemor krovatlari va 145 ambulatoriya polikninika muassasalari 
to’g’ri keladi. Aholini tabiiy gaz bilan taminlanishdarajasi ham yaxshi-91,4foiz. Biroq toza 
ichimlik suvi bilan taminlash borasida ham hal hal etilmagan muammolar mavjud.  Bu xususda 
o’rtacha ko’rsatkich 64 foiz ni tashkil qilgan holda u Koshko’pir, Xonqa va Shovot tumanlarida 
35-45 foiz ni tashkil qiladi.  
 
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar 2009 yilda jami tashilgan yuklar xajmi 35,5 mln 
tonnanit tashkil qilgan, uning deyarli 98 foiz avtomobil transportiga to’g’ri keladi. Yuk oboroti 
866 mln. t km Shu bilan bir qatorda yo’lovchi tranportiga ham katta etibor berilmoqda. 
Jumladan, Urgench-Xiva ywnilishi bwyicha shaharlar aro trolleybus qatnovi joriy etilgan. 
 
2008 yilga nisbatan tashqi savdo oboroti ham biz biroz oshgan, u 2009 yilda 150,1 mln 
AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan eksport 109,9 va import 41,7 mln. dollarga teng bo’lgan. 
 
Eksportning asosiy qismi (81,5 foiz) paxta tolasiga to’g’ri keladi, importda esa oziq-ovqat 
mahsulotlarini keltirish ustunlik qiladi. Bazan, qo’shma korxonlarni qurish yillarida mashina va 
asbob-uskunalarni import qilish oldingi o’rinda bwladi.  
 
Xorazm viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalari yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotida xalqaro turizmning ham ahamiyati oshib 
bormoqda. Birgina 2009 yilda 24,6 ming sayyohlarga xizmat kwrsatialgan (uning asosiy qismi 
«uzoq» xorij mamlakatlaridan.  Jami «O’zbekturizm» milliy kompaniyasida kwrstailgan turizm 
xizmatidan olingan daromad 25 mlrd. swmni tashkil qilgan.  
 
 İchki tafovutlari. Xorazm viloyati hududining uncha katta emasligi, aholi va xo’jalik 
tarmoqlarining nisbatan tekis joylashganligi sababli, uning ichki farqlari juda sezilarli darajada 
emas (3-jadvalga qarang). Bu borada faqat Amudaryoning wng qirg’og’ida joylashgan 
viloyatning kichik bir qismi iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlanmagan holos.  
 
Qishloq xo’jaligida Gurlan va Xonqa tumanlari ajralib turadi. Ularning ikkisiga viloyat 
qishloq xo’jaligi mahsulotining 25foiz to’g’ri keladi. Jadvalda tumanlarning savdo oboroti va 
aholiga pullik xizmat kwrsatishi to’g’risida ham malumotlar keltirilgan. 
 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati doirasida Xorazm 
viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq 
kelajakda viloyat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ekologik vaziyatni yaxshilash, mehnat resurslaridan twlaroq foydalanish, xalqaro turizm va 
sanoatning og’ir tarmoqalirga ham ustuvor ahamiyat berish nazarda tutilgan.  
 
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni  O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy siyosatidagi 
wziga xos o’rni kelajakda ham saqlanib qoladi. Zero u «muammoli mintaqalar» dan hisoblanadi 
va bu erdagi mavjud muammolarni hal qilish uchun albattta markazning har jihatdan, shu 
jumladan moliyaviy qwlllab-quvvatlanishi talab etiladi. Buning uchun hozirgi ajratilayotgan 
investitsiya hajmi etarli emas (u 2009 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekistonga 
nisbatan 5,1 va Xorazm viloyatida 3,4 foizni tashkil etadi). Binobarin, mintaqa iqtisodiyotini 
barqaror rivojlantirish maqsadida bu erga belgilangan kapital mablag’lar va shu jumladan xorijiy 
davlatlar investitsiyasining hajmi yanada oshib borishi kerak. 
 
Shu bilan birga kelajakda Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi orasida 
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish va shu asosda yagona iqtisodiy makonni 
shakllantirish zarur. Buning uchun har ikki tomonda ham imtiyozli va hamkorlikda rivojlanish 
ehtiyojlari mavjud. Chunonchi, Qoraqalpog’istonning nisbatan boy qazilma resurslari va er 
boyliklari, Xorazmning esa mehnat resurslari va turizm imkoniyatlari bir-birlarining  iqtisodiy 
ehtiyojlarini twldirish mumkin. 
 
 
Savol va topshiriqlar 

 
175
1.  Nima sababdan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati bir iqtisodiy rayon 
tarkibiga kiritiladi? 
2.  Har ikkala hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, demografik vaziyatiga iqtisodiy 
jihatdan baho bering. 
3.  Qoraqalpog’iston Respublikasi mamlaktimizda qaysi sohalarga ixtisoslashgan va uning 
istiqboldagi rivojlanish omillari qaysilar? 
4.  Qoraqalpog’iston iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday? 
5.  Nima uchun Xorazm viloyatida og’ir sanoat yaxshi rivojlanmagan? 
6.  Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining asosiy muammolari va istiqbolda rivojlanishining 
ustuvor ywnalishlarini tariflab bering.  
 
 
 
Kurs ishini tashkil  etish bo’yicha ko’rsatmalar 
Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan 
nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish va bunda zamonaviy 
texnologiyalarni qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishdir. Kurs loyihasining mavzulari umumiy 
talabalar sonidan 20-30 % ko’proq va  oldindan tayyorlanadi. 
Kurs loyihasining taxminiy mavzulari: 
1. O’zbekiston tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baxolash. 
2.O’zbekiston axolisi va mexnat resurslari. 
3. Respublika, viloyat va qishloq tumanlarining tabiiy resurslaridan foydalanish. 
4.Aholiga xizmat ko’rsatish soxalari geografiyasi. 
5.Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 
6.Turizm va rekreatsiya geografiyasi. 
7.O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 
8. Er-suv resurslaridan foydalanish. 
9. O’zbekistonning geodemografik rivojlanishi. 
10. Aloxida sanoat tarmoqlarining joylanishi va rivojlanishi. 
 
 
  
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling