Talim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi iqtisodiy aloqalari.
- İqtisodiyotning hududiy tarkibi.
- İqtisodiy geografik o’rni va tabiiy boyliklari.
- Aholisi va mehnat resurslari.
- Xwjaligining umumiy tarifi.
- Tashqi iqtisodiy aloqalar va transport.
- 13-sonli maruza MAVZUSİ: ZARAFSHON IQTISODIY RAYONI Guruh
Transporti. Jizzax viloyatida transportning bazi turlari yani –temir yo’l, avtomobil, havo transporti rivojlangan. Ammo asosiy transport turi avtomobil bo’lib, u barcha rayonlarini bir-biri bilan bog’laydi. Viloyatda jami avtomobil yo’llari 36822 km ni tashkil etadi. 1427 km yo’l davlat, 248 km yo’l viloyat, 1330 km yo’l xo’jalik va korxonalar tasarrufida. Avtomobil yo’llarining qattiq qoplama zichligi 1 km 2 ga 0,180 km ni tashkil etadi. Qolaversa respublikaning boshqa viloyatlari bilan aloqa qilishda muhim o’rin egallaydi. Bunga misol qilib Katta O’zbek traktini keltirish joiz. Viloyat hududlaridan respublikamizning yirik Toshkent-Samarqand shaharlarini bog’laydigan temir yo’llar (217 km) wtgan. Ushbu transport turi mazkur viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga katta xizmat qiladi. Bundan tashqari mamlakat ahamiyatiga ega gaz quvurlari, elektr uzatish liniyalari (Sirdaryo-GRESdan)ning wtganligi hudud iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Havo transportida Jizzax shahridan respublikaning boshqa viloyat markazlariga aloqa yo’li wrnatilgan. Umumiy maydoni 18 km 2 bo’lgan Uchtepa aeroporti mavjud. Shahar yo’lovchi tashish transportida aholiga yo’lovchilarni belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoat transporti-avtobus, trolleybus, engil avtomobil transporti hisoblanadi. Avtomobil transporti Jizzax shahrini viloyatning kichik shaharlari va rayon markazlari bilan bog’lashda hamda shahar ichida alohida o’rin tutadi. 1997 yilda Viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida, infrastruktura aloqalarini yaxshilashda transportning barcha turlarini imkoniyat darajasida yo’lga qwyish maqsadga muvofiqdir. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Jizzax viloyatining iqtisodiy faoliyatini keng majmuada rivojlantirish uchun har tomonlama qulay, tabiiy imkoniyatlar mavjud. Shu boisdan ham Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Tojikiston kabi davlatlar bilan aloqalar wrnatilgan. Tashqi savdo aylanmasi 104 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan eksport hajmi 60.3foizga teng bo’lsa, qolgani import mahsulotlariga to’g’ri keladi. Mustaqillikka erishgandan buyon viloyatda 30 dan ortiq qo’shma korxonalarga asos solindi. Tashqariga chiqariladigan mahsulot turlariga asosan paxta tolasi, kunjara, wsimlik yog’i, qurilish materiallari kiradi. Tashqi savdo aylanmasida «Jibri» (O’zbekiston –Buyuk Britaniya), «Kumush tola» (O’zbekiston-Tojikiston), «Bazalt» (O’zbekiston-Ukraina) kabi qo’shma korxonalarning o’rnini alohida takidlash lozim. İqtisodiyotning hududiy tarkibi. Jizzax viloyatida sanoat ishlab chiqarishi mashinasozlik, elektromexanika, rudalar qazib olish, engil sanoat tarmoqlar tarkibini hududiy notekis rivojlanganligini ko’rish mumkin. Ayniqsa viloyat markazi Jizzax shahrida jami sanoat korxonalarining 25foizga yaqini twplangan. Asosiy qo’shma korxonalar mujassamlashgan, transport infrastruktura tarmoqlari yaxshi rivojlangan joy ham shu erga to’g’ri keladi. Dashtobod, /allaorol, Do’stlik tuman markazlari tog’ sanoat uzeliga kiruvchi tarmoqlar, yani Marjonbuloq oltin qazib olish, Qo’ytosh volfram qazib olish sanoati, qurilish materiallari kombinati, paxta zavodlari, un kombinatlari faoliyat yurgizayotgan Paxtakor, Do’stlik, Mirzacho’l asosiy sanoat rivojlangan tumanlar hisoblanadi. 133 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda Baxmal, Mirzacho’l, Do’stlik tumanlari ajralib tursa, Jizzax, /allaorol, Zafarobod tumanlarida ushbu tarmoq mahsulotlarini qayta ishlab beruvchi korxonalar faoliyatini yuqori deb baholash mumkin. Sirdaryo viloyati Mamlakatimiz mintaqalari ichida mazkur viloyat 1963 yilda tashkil topgan bo’lib, uning hududiy tarkibi 9 ta tuman 5 ta shahar va 6 ta shaharchalar mavjud. U bu jihatdan eng oxirgi Navoiy viloyatidan oldinda turadi. Sirdaryo viloyatining umumiy maydoni 5,1 km 2 bo’lib, Mirzacho’l iqtisodiy rayoni hududining 19.9foizni tashkil etadi. Aholisi 2001 yil malumotlariga binoan 649.6 ming kishi yoki respublika jami aholisining 2,6foizga teng, holos. Mamuriy markazi Guliston shahri. Viloyat respublikada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulortining 1.2foizni, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 3,7 foizni beradi. Xwjaligi, transport va infrastruktura tarmoqlarining rivojlanishida qwshni Toshkent iqtisodiy rayonining ahamiyati yuqoridir. İqtisodiy geografik o’rni va tabiiy boyliklari. Sirdaryo viloyati Mirzacho’l iqtisodiy rayonining shimoli-sharqiy hududini egallagan holda qulay iqtisodiy geografik mavqega ega. Yani, qulaylikni Toshkent viloyati, Zarafshon va Farg’ona vodiylariga qwshniligi, magistral transport yo’llarining wtganligida kwrish mumkin. Shuningdek, shimoldan Janubiy Qozog’iston janubdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradoshligi uning alohida geosiyosiy ahamiyatga egaligini ham bildiradi. Sirdaryo viloyati er usti tuzilishi uncha murakkab bwlmagan holda foydali qazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilish materiallarida ishlatiladigan g’isht ishlab chiqarish uchun xom ashyoni hisobga olmaganda deyarli boshqa boyliklari yo’q Mirzacho’l iqtisodiy rayonida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida noqulayliklar tug’diradigan jihati ham shundadir. Hududining aksariyat qismi tekisliklardan iborat bo’lib, Jizzax viloyatidan farq qilgan holda hamma qismi wzlashtirilgan va barcha tumanlardagi erlar sug’orilib dehqonchilik qilishga moslashgan. Ammo umumiy er fondi nafaqat iqtisodiy rayonda balki respublikada ham nisbatan kichik hisoblanadi. Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo’lib, 210-228 kunga etadi. İqlimining issiqligi, vegetatsiyaning uzoqligi issiqsevar ekinlar etishtirish uchun qulayliklar yaratgan. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo suvi kiradi, asosan hudud erlarini sug’orishga xizmat qiladi. Respublikamizdagi gaz bilan ishlaydigan eng yirik, quvvat 3000 mVt bo’lgan Sirdaryo GRESi viloyatning Shirin shahriga qurilgan. Chunonchi, Sirdaryo viloyatidagi wziga xos tabiiy-iqtisodiy geografik omillarning mavjudligi xo’jalikning sug’orma dehqonchilik va shu asosda bazi tarmoqlarning rivojlanishiga olib kelgan. Aholisi va mehnat resurslari. Viloyat Mirzacho’l iqtisodiy rayoni aholisining 39,6foizni wzida mujassamlashtirgan. Aholining soniga ko’ra mintaqalar ichida Navoiy viloyatidan keyin oxirgi o’rinda turadi. Zichligi har 1 km 2 ga 127,3 kishidan to’g’ri keladi. Mazkur ko’rsatkich tumanlar doirasida quyidagicha taqsimlangan. Sirdaryo aholisining hududiy salohiyati Jizzax viloyatinikiga qaraganda 2.6 martaga yuqori. Buni maydonining kichikligi va barcha qismi yaxshi wzlashtirilganligi bilan belgilash mumkin. Xovos, Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida aholining soni har birida 50 ming kishiga ham etmaydi. Qolgan oltita tumanining aholisi viloyat umumiy aholisining 60.9foiziga teng. Guliston, Yangier va Shirin kabi yirik shaharlarining aholisi esa 22.2foizni tashkil qiladi. Viloyat markazi Guliston shahrining aholisi (73,7 ming) shaharlari ichidan eng ko’pi hisoblanadi. Mamlakat mintaqalari ichida Sirdaryo viloyatining aholisi kam sonli bo’lsada, ammo o’sish suratlarida tabiiy ko’payishning alohida o’rni bor. Jumladan, 2008 yil yakunlariga ko’ra aholining tabiiy ko’payish ko’rsatkichi har ming kishiga 16.6 tadan, tug’ilish koeffitsienti esa 134 22.1 va wlim 5.5 promillega teng bo’lgan. Mazkur jarayonlarning hududiy farqi deyarli bir- biriga yaqin. Masalan, tug’ilish jarayoni Sh.Rashidov (25,2 0 / 00 ), Sayxunobod (25,4 0 / 00 ), Mirzaobod (24.3 0 / 00 ), Boyovut (24,6 0 / 00 ) va Guliston (23.3 0 / 00 ) tumanlarida viloyat o’rtacha ko’rsatkichadan yuqori bo’lsa, boshqa tumanlarda esa aksincha. O’lim darajasi shahar joylarda juda baland, 6-8 promilleni tashkil etadi. Tumanlardan birgina Sirdaryo tumanini (7.0 0 / 00 ) hisobga olmaganda qolgan barchasidagi wlim darajasi viloyatning o’rtacha wlim ko’rsatkichidan past hisoblanadi. Aholining mexanik harakati bu viloyatga malum yillarda wzining ijobiy tasirini kwrsatgan bo’lsada, hozirda ham ko’proq mavsumiy migratsiyaning o’rnini alohida deyish mumkin. Milliy tarkibida deyarli o’zbeklar, bundan tashqari qozoqlar, tojiklar, ruslar, koreys va boshqa millat vakillari ko’plab yashaydi. Viloyat aholisining 32,2 foizi shahar joylarda yashaydi. Majud 5 ta shaharidan eng yiriklari Guliston, Yangier va Shirin shaharlari hisoblanadi. Mirzacho’l iqtisodiy rayonini wzlashtirishda Sirdaryoga ham qwshni viloyatlar wzining ishchi kuchi va malakali kadrlari bilan katta yordam ko’rsatishgan. Hozirda viloyat wz mehnat resurslari bilan yaxshi taminlangan. Mehnatga layoqatli aholisining soni 2008 yil 1 yanvar malumotlariga ko’ra 306.6 ming kishi yoki jami viloyat aholisining 47.2 foizga teng. Xalq xo’jaligi tarmoqlarida barcha mehnatga layoqatli aholining 280.1 mingi, yani 80.2foizi band. Statistika malumotlariga binoan, rasman ishsiz deb tan olingan shaxslar soni 0.6 tani tashkil etdi.(2006 yil). Ammo yashirin ishsizlarni ham hisobga olinadigan bo’lsa, yuqoridagi ko’rsatkichlarning oshishi tabiiy. Mehnat resurslaridan foydalanishdagi muammolarni inobatga olib, qishloq joylarda 2005 yilda 4.6 ming qo’shimcha ish o’rinlari yaratilgan. Mehnat resurslari sonining yildan-yilga oshib borishi natijasida viloyatda yangi ish o’rinlarini ko’paytirish asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xwjaligining umumiy tarifi. Sirdaryo viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida (sobiq İttifoq davrida) bazi yillari paxta yakka hokimligiga asoslangan mintaqalardan biri bo’lgan. Xwjalik tuzilmasida sanoat ishlab chiqarishi uchun zarur mineral xom ashyo va yoqilg’i resurslari aytarlicha yo’q (bu jihati bilan respublikamizda Xorazm viloyatiga wxshaydi). Ammo shunga qaramasdan, viloyatda turli xil mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xo’jaligida paxtachilik majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning rivojlanganligini alohida takidlash joiz. Bundan tashqari poliz ekinlari etishtirish, g’alla va chorvachilik mahsulotlari etishtirish bilan mintaqalar ichida alohida ajralib turadi. 2006 yilda qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish 100.2 foizga wsgan. Yalpi ichki mahsulot hajmida qishloq xo’jaligining tutgan o’rni 75.6foiz ni tashkil etadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 131.3foizga (2000 yil), xalq istemoli mollari ishlab chiqarish 107,8foizga, chakana savdo aylanmasi 105.2foiz, pullik xizmat kwrsatish 108,3 foizga oshganligini kwrish mumkin. Viloyatda elektroenergetika, engil, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari rivojlanmoqda. Bu esa qishloq xo’jaligi bilan bir vaqtda sanoat ham taraqqiy etishiga imkon tug’diradi. Sanoati. Sirdaryo viloyatida asosiy sanoat korxonalarining soni 43 taga etgan bo’lib, ular hududda butunlay yangidan barpo etilgandir. Sanoat ishlab chiqarish asosan 40-50 yil davomida shakllangan. Yani 50-yillarda Mirzacho’lni majmuali wzlashtirish maqsadida uning qurilish bazasi yaratildi va paxta tozalash sanoati, oziq-ovqat hamda elektr energetika rivojlanib bordi. Mintaqa sanoati majmuasida elektr energetika, engil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Sanoat rivojlanishida yoqilg’i resurslari boshqa iqtisodiy rayondan yani Sho’rtan gaz konidan keltiriladi. Respublikamizdagi eng yirik Sirdaryo GRESining qurilishi munosabati bilan viloyatda yirik Shirin shahri barpo etildi. GRESning qurilishi qishloq xo’jaligi bilan bir vaqtda sanoatning rivojlanishiga ham ijobiy tasir etmoqda. Asosiy sanoat mahsulot hajmida elektr energetika tarmog’ining ulushi 66.6foizga tengdir. 135 İkkinchi o’rinda engil sanoat turadi, uning umumiy sanoat tarmoqlaridagi hissasi 11.8foizni tashkil etadi, oziq-ovqat sanoati esa 7.4foiz bo’lgan holda uchinchi o’rinni egallaydi. Sirdaryo viloyati sanoati aynan mana shu tarmoqlarga ixtisoslashgandir. Sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibini tahlil qilganda viloyat markazi Guliston shahrini alohida ko’rsatib wtish joiz. Bu shahar zimmasiga Sirdaryo viloyati sanoat mahsulotining 23.2foiz (2008 yil) to’g’ri keladi. Gulistonda engil va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Tumanlaridan Sirdaryo, Sayxunobod, Sh.Rashidov va Oqoltin tumanlarining hissasi ancha yuqori hisoblanadi. Jumladan, viloyat sanoat mahsulotining 17.2foiz Sirdaryo, 16.2 foiz Sayxunobod tumanlari beradi. Biroq, Mehnatobod, Guliston, Mirzaobod tumanlarida sanoat rivojlanishi past darajada. Sanoat tarmoqlaridan engil sanoat asosan viloyat paxta xom ashyosiga tayangan holda rivojlanib kelmoqda. Dehqonobod, Boyovut, Mirzaobod, Farg’ona va Guliston paxta tozalash zavodlari shular jumlasiga kiradi. Mazkur zavodlar viloyatdagi etishtirilgan paxtani twla qayta ishlash quvvatiga egadir. Oziq-ovqat sanoatining korxonalari deyarli barcha shahar va tumanlarda mavjud bo’lib, bunga Sirdaryo, Guliston sut zavodlari, yog’-pishloq zavodi, yog’-ekstraktsiya, qandolat fabrikasi va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqoridagi tarmoqlardan tashqari mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmog’i yaqindan barpo etilgan. Asosan Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodining Sirdaryo filiali, guliston tamirlash-texnika zavodlari, refrijerator-vagonlarni tamirlash zavodlari shular jumlasidandir. Mazkur tarmoqning viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hajmi 2.2foizga teng. Qurilish materiallari sanoatiga jami sanoat mahsulotining yaqin 1.2foizi to’g’ri keladi. Uning asosiy markazlari Yangier shahri va Sirdaryo tumanlari hisoblanadi. Yangier qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinati tarkibida temir-beton mahsulotlari, temir-beton quvurlari zavodlari va tsexlari mavjud. Sirdaryoda ham temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi, uysozlik kombinati barpo etilgan. Sirdaryo viloyatida qazilma boyliklar, etarlicha ishchi kuchi bwlmaganligi bois og’ir sanoat tarmoqlari sust rivojlangan, ammo kelajakda twqimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika va qurilish sanoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar borligini kwrish mumkin. Qishloq xo’jaligi. Sirdaryo viloyati mamlakatimiz qishloq xo’jaligi mahsulotining 3.8 foizini, Mirzacho’l iqtisodiy rayonining 40.8foizni beradi. Yangi erlarni majmua tarzda wzlashtirish orqali rivojlangan bu tarmoqda dehqonchilik etakchi hisoblanadi. Hozirgi paytda Sirdaryo viloyatininig umumiy ekin maydonlari 260 ming gektar bo’lib, shundan 104,4 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. Qolgan qismida paxta, poliz va sabzavot ekinlari etishtiriladi. 2008 yilda viloyatdagi 104.4 ming gektarga ekilgan donli ekinlardan 217,2 ming tonna hosil olingan (asosan bug’doy), hosildorlik o’rtacha 20.8 tsentner. Dehqonchilikning asosiy tarmog’i –paxtachilik bo’lib, paxta yakkahokimligiga barham berilganidan beri paxta ekin maydonlari anchaga qisqardi. Sirdaryo viloyatining barcha ekin maydonlarining 53.1 foizga paxta ekilmoqda. Poliz va sabzavot mahsulotlarini etishtirish ham muhim qishloq xo’jaligi tarmoqlari bo’lib, viloyat bu jihatdan mintaqalar ichida etakchilardan hisoblanadi. Aynan shu mahsulot turlarining yalpi hosili respublika umumiy ko’rsatkichida 3.7foizni, shundan poliz ekinlari 54.1foiz, qolgani sabzavotlarga to’g’ri keladi. Poliz ekinlari etishtirish bwyicha (63,4 ming tonna) viloyatlar orasida birinchi o’rinni egallaydi. Sirdaryo viloyatida dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish bilan bir vaqtda chorvachilik tarmoqlarining wziga xos jihatlari bor. Jumladan, mazkur tarmoqning yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmidagi ulushi 45.7 foizga teng. Gwsht etishtirish tirik vaznda 25.1 ming tonnani tashkil etgan holda respublikada etishtirilgan gwshtning 3.1foizni, sutning 3.3.foizni beradi. Bundan tashqari pillachilik ham yaxshi yo’lga qwyilgan. 136 Sirdaryo viloyati mamlakatimiz hududiy mehnat taqsimotida qishloq xo’jaligining bazi tarmoqlarini rivojlantirish uchun etarlicha sharoit va imkoniyatlari borligi tufayli kelajakda mintaqalar iqtisodiyotida alohida o’rin egallash zarur. Tashqi iqtisodiy aloqalar va transport. Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi xatti-harakati uning ichki hududlari iqtisodiyotini wstirishda wz ifodasini topadi. 2008 yil Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 112.5 mln. AQSh dollari, shundan eksport hajmi 66.8 va import 45.7 mln. dollarga teng bwldi. Uning aksariyati MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiqqa to’g’ri keldi. Shuningdek, qo’shma korxonalar eksport hajmi 0.1, import hajmi esa 1.8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Sirdaryo viloyati hududidan Toshkentni, mamlakatimiz janubiy va markaziy rayonlarini Farg’ona vodiysi bilan bog’laydigan Toshkent-Sirdaryo-Guliston-Xovos-Farg’ona vodiysi, Toshkent-Sirdaryo-Jizzax-Samarqand-Qarshi-Termiz asosiy temir yo’llari wtadi. Bundan tashqari iqtisodiy rayon ichki aloqalarini taminlashga xizmat qiladi. Sirdaryo-Gagarin-Do’stlik-Paxtakor-Jizzax temir yo’lini, shuningdek, viloyatni Toshkent bilan bog’lovchi temir yo’lning elektrlashtirilganligi alohida kwrsatish joiz. Bir necha gaz quvurlari ham shu erdan wtgan (asosan Sirdaryo GRESidan). Avtomobil transporti juda yaxshi taraqqiy etgan. İqtisodiyotning hududiy tarkibi. Guliston –viloyat sanoat ishlab chiqarishida etaksi mavqega ega va mamuriy markaz hisoblanadi. Aholisi –74 ming kishi, sanoat mahsulotining 23.1 foizi shu shahar zimmasiga to’g’ri keladi. 1896 yilda bu erda Toshkent-Krasnovodsk temir yo’lining qurilishi boshlangan paytda hozirgi Guliston o’rnida kichik Achchiqquduq qishlog’i bor edi. 1905 yilda u Mirzacho’l stantsiyasi deb atala boshladi. Hozirgi paytda Gulistonda bir necha engil va oziq-ovqat sanoat korxonalari twplangan. Bundan tashqari, qurilish materiallari kombinati, tikuvchilik fabrikasi ishlab turibdi. Yangier shahri aholisi 55,2 ming kishi bo’lib, rivojlanish darajasiga ko’ra ikkinchi o’rinda. Mazkur shahar 1956 yili tashkil etilgan. Toshkent-Xovos temir yo’li, Katta O’zbekiston trakti bwyida, janubiy Mirzacho’l kanali yoqasida joylashgan. Bu shaharda qurilish materiallari, paxta tozalash va un sanoatining kelajakda yanada rivojlanishi uchun barcha sharoitlar etarli. Tumanlaridan Sirdaryo, Sayxunobod, Oqoltin sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish bwyicha nisbatan yaxshi rivojlangan. Ayni chog’da bu ko’rsatkichlar Mirzaobod, Mehnatobod va Guliston tumanlarida sust darajada. Sirdaryo viloyati mamlakatimizda xorijiy sarmoyalarni jalb etish va shu asosda qo’shma korxonalar qurish borasida ancha sust rivojlanmoqda. Ammo viloyat tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tegishli imkoniyatlar yaratilgan. Savol va topshiriqlar 1. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini bir iqtisodiy rayon doirasida birlashtirishga nimalar asos bwla oladi? 2. Jizzax viloyati qaysi sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan? 3. Jizzax viloyati iqtisodiyoti Sirdaryo viloyati xo’jalik ixtisoslashuvidan nimalar bilan farq qiladi? 4. Sirdaryo viloyatining milliy va mintaqaviy iqtisodiyotida tutgan o’rni nimalarga bog’liq? 5. İqtisodiy rayon viloyatlari transporti va tashqi iqtisodiy aloqalarini baholang? 137 13-sonli maruza MAVZUSİ: ZARAFSHON IQTISODIY RAYONI Guruh 3b-kurs geografiya O’qitish vaqti: 2 soat Talabalar soni: 14 O’qitish darsining strukturasi Maruza, savol-javob, diskussiya Maruzaning rejasi: 1.İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, chegaralari. 2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3. Aholisi va mehnat resurslari. 4. Xo’jaligi: a). Sanoati b) Qishloq xo’jaligi 5. İchki rayonlari va yirik shaharlari O’quv darsining maqsadi: Zarafshon iqtisodiy rayonining Respublikada tutgan o’rni, maydoni va chegaralari aniqlash, iqtisodiy rayonining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ularga xo’jalik jixatdan baholash, aholisi va mehnat resurslari, Xo’jaligi va ularning joylashishini o’rganish. Pedagogik masalalari: 1. İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini o’rganish. 2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilish. 3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlash 4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif berish O’qitish xarakatining natijasi: 1.1. İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, chegaralari aniqllaydi 1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini taxlil qiladi. 2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilib, diagrammalar tuzishadi 3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlashadi 4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif beradi. O’qitish uslublari Maruza, vizual, tushintirish, suxbatlashish, diskussiya, slaydlar O’qitish ishini tashkillashtirish shakllari Frontal, guruxlarga ajratish O’qitish qurollari Tarqatma materiallar, iqtisodiy xarita, plakat, qalam O’qitish sharoitlari Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar Monitoring va baxolash Tezda sorash, testlar 138 O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talabaning I bosqich. O’qitish jarayoniga kirish (10 min) 1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga qarab o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat tartibini aytib o’tadi. 1.2. Mavzu buyicha Asosiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun Adabiyotlar tizimini beradi Tinglaydi, yozadi Aniqlashtiradi, savollar beradi. II bosqich Asosiy bo’lim (60 min) 2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va xususiyatlari bilan tanishtiradi. 2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali bilmlarini faollashtiradi (ilova) 2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (ilova). Javob beradi, Yozadi Guruxlarda ishlashadi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling