Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#594
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

III bosqich 
Yakuniy qism 
(10 min ) 
 
3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, 
Talabalarning diqqatini Asosiy masalalarga 
jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan 
ishlarning axamiatini ochib beradi.  
3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv 
maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va 
uning baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari 
bilan tanishtiradi. 
o’zini-o’zi, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
 
 
savollar beradi, 
 
 
topshiriqlarini yozadi 
 
 
1-ilova 
Mavzu: Zarafshon iqtisodiy rayoni
Reja: 
1.  İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, 
chegaralari. 
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 
3. Aholisi va mehnat resurslari. 
4. Xo’jaligi: 
a). Sanoati 
b) Qishloq xo’jaligi 
5. İchki rayonlari va yirik shaharlari 

 
139
2-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-ilova  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-ilova 
 
Adabiyotlar 
1.  Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997. 
2.  Karimov I.A. O’zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996. 
3.  Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004. 
4.  Akramov Z.M. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o’quv dasturi. 
T., 1992. 
5.  Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug'ati. - T.:  
O'qituvchi, 1990.  
6.  Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy 
jo'g’rofiyasi. -T.:  O'qituvchi, 1994. 
7.  Axmedov E.A. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002. 
8.  Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O'qituvchi, 1996. 
İqtisodiy rayon xaqida malumot 
o
 
Maydoni - 168,1 ming kv.km. 
o
 
Aholisi – 5 489,7 ming kishi (2009 y) 
o
 
Aholi zichligi – 32,6 kishi 
o
 
Tarkibi -  Buxoro viloyati, Samarqand viloyati, Navoiy viloyati 
İqtisodiy rayon tarkibi: 
  Buxoro viloyati. Xududi - 40,3 ming kv.km, Aholisi-1588,8 ming kishi, 
Asosiy sanoat tarmoqlari: Yoqilg’i (neftni qayta ishlash), yengil, oziq-ovqat, 
Qishloq xo’jaligi- donchilik, paxtachilik, qorako’lchilik, ipakchilik; 
  Samarqand viloyati. Xududi - 16,8 ming kv.km, Aholisi-3061,6 ming kishi, 
Asosiy sanoat tarmoqlari: Mashinasozlik va metalni qayta ishlash, Yengil, 
oziq-ovqat; Qishloq xo’jaligi- donchilik, paxtachilik, bog’dorchilik va 
uzumchilik, go’sht-sut chorvachiligi, qorako’lchilik, ipakchilik; 
  Navoiy viloyati. Xududi – 111,0 ming kv.km, Aholisi-839,3 ming kishi, 
Asosiy sanoat tarmoqlari: Qora metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, 
yengil; Qishloq xo’jaligi - donchilik, paxtachilik, qorako’lchilik, qo’ychilik; 
Geografik o’rni birmuncha qulay, chunki uning xududidan janubiy va 
shimoliy-g’arbiy tomonlardagi xorijiy mamlakatlarga olib boruvchi temir yo’llar 
o’tgan. 
İqtisodiy rayon hududida rangli va nodir metallar (volfram, oltin, uran), 
qurilish materiallari (marmar, granit, ohaktosh), grafit. Mineral resurslardan tabiiy 
gaz, oltin, fosforit, nodir metallarga boy.  

 
140
9.  Vahobov H. Tillaboyeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. – T.: O'qituvchi, 2001. 
10. Soliyev A.S., Axmedov E.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot.  -T.: Universitet, 
2003. 
11. Soliyev A., Qarshiboyeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari. – T.: 
1999.   
12.  To’xliyev N. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti. –Toshkent, 1998. 
13. Tuxliev N., Taksanov A. Natsionalnaya ekonomicheskaya model Uzbekistana. - T.: 
2000. 
14. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T., 1992. 
15. O’zbekiston Respublikasi ma`muriy-hududiy bo’linishi. T., 1996. 
16. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12-jild, -Toshkent, 2006. 
 
Savollar 
 
          1. Zarafshon iqtisodiy rayoni joylashgan o’rni, relefi. 
 
2. Rayonning respublikada tutgan o’rni. 
 3. 
İchki rayonlari. 
 
4. Buxoroning tarixiy obidalari. 
 
5. Buxoro ilm shaxri sifatida. 
 
6. Navoiy xududi, aholisi. 
 
7. Navoiy kimyo sanoati. 
 
8. Samarqand viloyati mashinasozlik tarmog’i haqida gapirib bering 
          9. Tamakichilikka ixtisoslashgan xududlarni aniqlang. 
 10. 
İktisodiy rayonning kishlok xujaligi. 
 
11. Dexkonchilik va chorvachilik (korakulchilik) xakida gapiring 
 
Mavzu:  Zarafshon iqtisodiy rayoni 
Reja: 
1. İktisodiy rayonning geografik urni. 
2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 
3. Xalk xujalik tarmoklari 
4. Shaxarlari. 
a) sanoati. 
b) kishlok xujaligi. 
v) transporti. 
Sanoat markazlari va shaxarlari. 
 
İqtisodiy rayon Zarafshon daryosining o’rta va quyi qismini, qadimda uning tasirida 
vujudga kelgan xo’jalikning hududiy tizimini wz ichiga oladi. U hozirgi kunda Buxoro, Navoiy 
va Samarqand viloyatlaridan tashkil topgan. Taxminan, xuddi shunday ko’lamda mazkur rayon 
60-70 yillarda ham ajratilgan edi. 
Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km
2
 bo’lib, u mamlakat hududining 37.4 foizni 
tashkil qiladi. Bu jihatdan Zarafshon iqtisodiy rayoni O’zbekistonda faqat Quyi Amudaryo 
rayonidan biroz kichikroq, holos. Aholisi 4872 ming yoki respublika umumiy aholisining deyarli 
1/5 qismiga barobar. 
Malumki, swnggi yillarda mutaxassislar tomonidan bu erda Buxoro-Navoiy (Qizilqum) va 
Samarqand iqtisodiy rayonlari ajratilib kelinar edi. Xuddi shu tarkibda bu mintaqa hozir ham 
o’rta umumtalim maktablarida wqitilib kelinmoqda. Bazi bir ilmiy adabiyotlarda esa Samarqand 
viloyati hatto qwshni Qashqadaryo bilan birgalikda kwrilmoqda.  
Xwsh, Zarafshon iqtisodiy rayonini aynan shu tarkibda ajratilishiga nimalar asos bo’lib 
xizmat qiladi? Bu xususda quyidagilarni kwrsatish mumkin: 
♦  sug’orish manbai, yani Zarafshon daryosining umumiyligi; 
♦  qazilma boyliklarining, ayniqsa rangdor metallurgiyaga tegishli konlarning mavjudligi; 

 
141
♦  mamlakatimizning ikki qadimiy shaharlarining (Samarqand va Buxoro) joylashganligi; 
♦  geografik o’rnining umumiyligi, rayonning O’zbekiston hududining markazida 
joylashganligi va h.k. 
Twg’ri, hozirgi kunda Buxoro vohasi ko’proq Amudaryo suvlari bilan sug’oriladi. Biroq, 
bu hududning,  aniqrog’i Movarounnahrning tarixida Zarafshon daryosining ahamiyati katta 
bo’lgan; Buxoro uning quyi, Samarqand esa daryoning yuqori qismida joylashgan, ular wlkaning 
boy wtmishida navbatma-navbat etakchilik qilishgan, poytaxt rolini bajarib kelingan. 
Navoiy viloyati boshqalarga qaraganda kechroq tashkil etilgan bo’lib, u qwshni –Buxoro 
hamda Samarqand viloyatlarini bog’lab turadi. Ayni vaqtda takidlash joizki, hech qanday 
iqtisodiy rayonning chegarasi qatiy bwlmaganidek, bu erda ham shu hol kuzatiladi. Masalan, 
Samarqand qadimdan Qashqadaryoning Shahrisabz mintaqasi hamda Jizzax viloyatining g’arbiy 
qismi (/allaorol, Baxmal tumanlari) bilan bog’liq, Buxoroning neftni qayta ishlash korxonasi-
Qorovulbozor zavodi Qashqadaryo resurslari asosida qurilgan. Qolaversa, Samarqand-Buxoro-
Qarshi «uchburchagi» O’zbekiston iqtisodiy makonida yaqqol kwzga tashlanib turadi. 
Ammo, shularga qaramasdan ushbu rayon aynan uch viloyat tarkibida ajratilgani maqulroq 
Sababi-kelajakda Qashqadaryoning qwshni Surxon vodiysi bilan iqtisodiy aloqalari kuchayib 
boradi va ular birgalikda yagona Janubiy iqtisodiy rayonni tashkil qilishlari mumkin.  
Zarafshon iqtisodiy rayoni mamlakatimizda kwzga ko’rinarli mavqega ega. Ushbu rayon 
O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 18-20, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 22-23 
foizini beradi. Mamlakat ichki mehnat taqsimotida rayon hosil qiluvchi tarmoqlar sifatida 
paxtachilik, qorako’lchilik, rangdor metallurgiya, xalqaro turizm va boshqalar xizmat qiladi. 
Shuningdek, bu hududda pilla etishtirish, uzumchilik, kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, 
twqimachilik sanoatlari ham rivojlanib bormoqda. Rayonni g’arbdan sharqqa tomon kesib 
wtuvchi xalqaro temir va avtomobil yo’llar, sug’orish inshootlari uning iqtisodiyotini 
shakllanishida katta ahamiyatga ega.  
Buxoro viloyati 
 
Viloyat 15 yanvar 1938 yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga hozirgi kunda 11 qishloq 
tumanlari –Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, 
Qorako’l va /ijduvon tumanlari kiradi. Maydoni 40.3 ming km
2
 yoki iqtisodiy rayon hududining 
24.0, respublika maydonining 9.0 foizga teng. Aholisi, 2008 yilning dastlabki malumotlariga 
qaraganda, 1525.9 ming kishi. Mamuriy markazi- Buxoro shahri.  
Buxoro viloyati mintaqa va milliy iqtisodiyotda asosan qorako’lchilik, neftni qayta ishlash, 
twqimachilik sanoat tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga bu erda oziq-ovqat sanoati, 
paxta etishtirish, xalqaro turizm ham rivojlanib bormoqda. 
Geografik o’rni va tabiiy resurslari. Buxoro viloyati O’zbekiston Respublikasining 
g’arbiy qismida joylashgan, uning qwshni Turkmaniston davlati bilan chegarasi qisman 
Amudaryo bwylab wtadi. Viloyat shimolda, qisqa masofada Xorazm viloyati va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan, shimol va shimoli-sharqda keng miqyosda Navoiy va 
janubda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. 
Er usti tuzilishining taxminan yarmidan ko’prog’i tekislik-Qizilqum chwllaridan iborat. 
Balandlik va tog’liklar asosan viloyatning shimoli-sharqi va sharqida joylashgan. Eng baland 
nuqtasi dengiz sathidan 800 metrga yaqin bo’lib, u Qwljuk tog’ining viloyat hududidagi qismiga 
to’g’ri keladi.  
Viloyatning er maydoni katta, biroq suv resurslarining etishmasligi sababli ushbu omilning 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishidagi roli biroz cheklangan.  
Yaqin wtmishda bu erda sobiq İttifoqda dong’i ketgan Gazli tabiiy gaz koni mavjud edi. 
Hozirgi vaqtda ham Buxoro viloyatida mazkur yoqilg’i turining zahiralari bor (Jarqoq, Uchqir, 
Dengizko’l va boshqa konlar). Gazli, O’rtabuloq va Jarqoq konlarida qisman neft zahiralari ham 
bor. 
Yoqilg’i resurslaridan tashqari viloyat hududida qurilish materiallari xom ashyosi mwl. 
Jumladan, Kogon va Qorovulbozor atrofida ohaktosh va gips, Tasqozg’onda grafit, Jonkeldida 

 
142
mineral bwyoq konlari mavjud. Shuningdek, janubda g’isht va kulolchilik uchun tegishli xom 
ashyo, /ijduvon tumanining chekka shimoli-sharqida rangdor metallar koni (Zafarobod) 
joylashgan. Umuman, viloyatda aniqlangan qazilma boyliklar ko’proq yoqilg’i va qurilish 
sanoatini rivojlantirishda ahamiyatlidir.  
İqlimi kontinental va chwl mintaqasiga xos. Yanvar oyining o’rtacha harorati -2 daraja, 
iyul oyida issiqlik bazan 40 darajadan ham oshib ketadi. Yog’in-sochin miqdori juda kam; 
Gazlidan shimolroqda u 100 mm ga ham etmaydi, Buxoro vohasida yiliga taxminan 150-200 
mm atrofida yog’in-sochin yog’adi.  
Ko’rinib turibdiki, Buxoro viloyatining iqlimi asosan yaylov chorvachiligi uchun qulayroq, 
sug’orma dehqonchilik uchun esa bu erda sharoit uncha yaxshi emas. Zarafshon daryosi viloyat 
hududining g’arbiy qismiga, etib kelmaydi xolos, sug’orish uchun esa suv ko’proq Amudaryodan 
olinadi. Aynan shu maqsadda Amu-Qorako’l, Amu-Buxoro, Yomonjar kanallari qurilgan. 
Qwshni Navoiy viloyatida joylashgan Quyumozor suv omborlaridan shu nomli kanal boshlanadi 
va u Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarining bir qismini sug’oradi. Bulardan tashqari Zarafshon
Xayrobod, Shofirkon kabi kanallar, Shwrkul sum omborlari ham mavjud.  
Viloyatda juda ko’p kolektorlar (zovurlar) hamda  oqova ko’llar (qora ko’llar) joylashgan. 
Ularga misol qilib Shimoliy, Og’itma, Parsonko’l zovurlari, Dengizko’l, Solyonnoe, 
Oyoqog’itma, Shwrxon, Qorakir ko’llarini keltirish mumkin.  
1993 yilda qurilgan Damxwja-Buxoro suv quvuri viloyat markazini ichimlik suvi bilan  
taminlashda katta ahamiyatga  ega bwldi. Biroq, shunga qaramasdan, bu erda suv muammosi 
keskin. Yuzaga kelgan holat  nafaqat qishloq xo’jaligiga, balki aholining salomatligiga ham katta 
tasir kwrsatadi. 
Demografik vaziyat. Aholi soni 1437 ming kishi, u 1989 yilga nisbatan (1136 ming) 
deyarli 1,3 martaga yoki 300 ming kishiga ko’paygan. Tug’ilish bu erda har ming aholiga 20 
kishi  wlim ko’rsatkichi 4,6 kishiga to’g’ri keladi. Demak, tabiiy ko’payish 15,0-15,5 promille, 
yoki 1,5 foizga barobar.  
Tug’ilish koeffitsenti  faqat Buxoro shahrida pastroq (13,1 promille), qishloq tumanlari 
doirasida esa u katta farq  qilmaydi (20-24 promille). Aholi migratsiyasi shahar va qishloq 
joylarida manfiy natijaga ega. Masalan, 1997 yilda migratsiya qoldig’i shaharlarda minus 2,0 
ming, 1998 yilda esa 1,9 ming kishiga teng bo’lgan, qishloqlarda  mazkur ko’rsatkich 800-900 
kishini (minus) tashkil qiladi.  
Aholi viloyat hududida nihoyatda notekis joylashgan. O’rtacha zichlik 1 km

maydonga 36 
kishiga teng holda  u bevosita  Buxoro-Qroako’l vohasida ancha yuqori ko’rsatkichga ega. 
Viloyatning katta chwl qismida esa  aholi zichligi juda past. Tumanlar doirasida ushbu 
ko’rsatkich  Peshkuda wn kishiga etmasa, u Vobkentda 350 kishini tashkil qiladi.  
Viloyatda 11 shahar va 2 shaharcha mavjud bo’lib, ularda jami aholining 31,1 foizi 
yashaydi. Buxoro (Buxoroi Sharif) aholi soniga ko’ra respublikamizda Toshkent, Namangan, 
Samarqand va Andijondan swng  beshinchi o’rinda turadi; bu erda 240 ming kishidan  ziyodroq 
aholi istiqomat qiladi.  
Buxoro viloyatining ikkinchi shahri Kogon (53 ming kishi); undan keyingi pog’onani esa  
qwhna /ijduvon egallaydi. Qolgan shaharlarda aholi soni 20 ming kishidan kamroq Viloyat 
shaharchalar soni bwyicha O’zbekistonda eng oxirgi o’rinda-bu erda atigi Zafarobod va Jondor 
shaharchalari mavjud bo’lib, ularning har birida 6-8 ming kishidan aholi yashaydi, holos. 
Mehnat resurslari 752 ming kishi, shundan 600 ming kishiga yaqini xo’jalikning turli 
shakllarida band. Boshqa hududlarda wxshash bu erda ham ishchi kuchidan samrali foydalanish 
muammosi mavjud. Birgina 2000 yilda  qishloq xo’jaligidan 7,5 ming ortiqcha ishchi  kuchi 
bwshagan.  
Xwjaligining umumiy tarifi. Viloyat iqtisodiyoti agrar-industrial ywnalishga ega. 
Mustaqillik yillarida Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bwyicha 
respublikamizda eng oldingi o’rinlarda. Masalan, ana shu yillarda bu erda sanoat mahsuloti 3 
martadan ziyodroq ko’paydi. (solishtirma narxda). Agar Buxoro viloyati sanoatining  rivojlanish 
indeksi 1991 yilda 0,50, yani o’rtacha respublika ko’rsatkichidan 2 marta past bo’lgan bo’lsa, 

 
143
hozirgi kunda u 1,25 ni tashkil qiladi; mazkur makroiqtisodiyot tarmog’ining  rivojlanishi 
bwyicha  viloyat O’zbekistonda 9 o’rindan 6 o’ringa chiqib oldi.  
Jumladan, 2009 yil natijalari ham Buxoro viloyati uchun ijobiy: yalpi ichki mahsulot 1999 
yilga nisbatan 104,5 foizga, sanoat 102,9 xalq istemol mollari 105,9, qishloq xo’jaligi mahsuloti 
107,2, qurilish 105,5, chakana savdo oboroti 110,0, kapital mablag’ sarflash 109,1 foizga wsgan. 
Bular, albatta, respublikada ancha yuqori ko’rsatkich hisoblanadi.  
Mamlakatimizning  neft mustaqilligini  taminlashda  Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta 
ishlash zavodining ahamiyati katta bwldi. Ushbu korxona asosan Frantsiya bilan hamkorlikda  
qurilib, buning uchun taxminan  500 mln AQSh dollari sarflandi. Hozirgi vaqtda  viloyatda, 
bundan tashqari 50 ga yaqin qo’shma korxonalar barpo etilgan. Ular  jumlasiga AQSh bilan 
qurilgan «Qorako’lteks», «Romsib»-Romitanda  Rossiya bilan qurilgan QK, qayta 
jihozlanayotgan «Buxoroteks», ishga tushirilgan «Buxoro-Koskom» uyali telefon aloqasi, 
«Urug’chilik kompaniyasi», Romitandagi «Transfrukt», Vobkentdagi «Mideteks», «Mramor», 
«Buxoroyo’lgranit» kabilar kiradi. Qwshma korxonalarni qurishda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar, 
shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya 
qatnashgan. Yaqin 5 yilda bu erda  yana 30 dan ortiq QK qurilib  ishga tushiriladi, buning 
natijasida  viloyatning eksport salohiyati yanada oshadi, minglab yangi ish o’rinlari yaratiladi.  
Sanoat. Buxoro viloyati O’zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining 3,8 foizini beradi. 
Mazkur tarmoqda iqtisodiy faol aholining 9 foizi band. Jami sanoat korxonalari 65 ta, sanoat 
xodimlarining soni 33 ming kishi. Viloyatda xususan yoqilg’i va engil sanoat yaxshi rivojlangan; 
bu erda mamlakat yoqilg’i sanoati mahsulotining 18.7 va engil sanoatning 12.5 foiz yaratiladi. 
Demak, ushbu sanoat tarmoqlarining mujassamlashuv ko’rsatkichlari, yuqoridagilarga mos holda 
deyarli 3.0 va 2.0 ni tashkil qiladi. Jami sanoat mahsulotining 62 foizi davlat tasarrufida 
bwlmagan korxonalarga to’g’ri keladi.  
Hozirgi vaqtda viloyat sanoat mahsulotining 1/3dan ko’prog’i yoqilg’i, 44.3 foizini engil 
sanoat tashkil qiladi. Ayni chog’da bu erda elektr energetika va mashinasozlik kabi og’ir sanoat 
tarmoqlari yaxshi rivojlanmagan (jadvalga qarang).  
Jadval  
Buxoro viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi  
(mahsulot qiymati bwyicha, jamiga nisbatan foizda) 
 
Sanoat tarmoqlari 
1999 yil 
2008 yil 
Yoqilg’i sanoati 
37,3 
34,3 
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 
2,2 
0,8 
Qurilish materiallari sanoati  
0,4 
1,0 
Engil sanoat 
42,0 
44,3 
Oziq-ovqat sanoati  
6,7 
3,8 
Un-krupa, omuxta em sanoati 
5,7 
4,9 
Qolgan sanoat tarmoqlari 
5,7 
8,9 
Buxoro viloyati sanoati mahsulotlarining asosan yonilg’i (benzin, kerosin, dizel yonilg’isi) 
va ohak, gips, paxta tolasi, ip gazlama va boshqalarni ishlab chiqaradi. Jumladan, 2008 yilda bu 
erda 28.2 ming tonna wsimlik yog’i, 124 ming tonna paxta tolasi, 107 mln. m
2
 ip gazlama, 0.8 
mlrd. m
3
 tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. 
İp gazlama korxonalari asosan Buxoro va Qorako’lda, wsimlik yog’i Kogonda, yonilg’i 
turlari Qorovulbozorda, paxta tolasi Vobkent, Shofirkon, /ijduvon, Qorako’l, Olotda, konserva 
zavodi Vobkentda, qurilish materiallari korxonalari Kogonda, qorako’l terisi zavodi Buxoroda 
joylashgan. Shuningdek, Buxoro, /ijduvon kabi shaharlarda mahalliy sanoat va milliy 
hunarmandchilik yaxshi rivojlangan (zardwzilik, misgarlik, zargarlik va h.k.). 
Sanoat ishlab chiqarishining hududiy tarkibi bir xil emas; bu borada Buxoro va Kogon 
shaharlaridan tashqari Qorovulbozor tumani keskin ajralib turadi. Masalan, 2008 yil yakunlari 
bwyicha, Buxoro shahri viloyat sanoat mahsulotining 34.8foizni, Kogon -5–3 va Qorovulbozor 
tumani 34.5 foizni etishtirib beradi. Ana shu hududiy birliklar zimmasiga Buxoro viloyati 

 
144
sanoatining yaqin 3/5 qismi to’g’ri keladi. Qolgan hududlar ichida sanoat ishlab chiqarishi 
/ijduvon, Qorako’l tumanlarida birmuncha rivojlangan, Olot, Buxoro tumanlarining sanoat 
salohiyati esa ancha past. 
Agroiqtisodiyot.  Viloyat qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli xususiyatga ega. Jami 
mahsulotning 55.4 foiz dehqonchilikka, qolgan qismi esa chorvachilikka to’g’ri keladi. Biroq, 
agroiqlimiy sharoitlardan, xususan suv bilan taminlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda bu 
erda er maydonining iqtisodiy salohiyati yuqori emas; intensiv sug’orma dehqonchiligi asosan 
hududi kichik bo’lgan janubda, Buxoro-Qorako’l vohasida rivojlangan, holos. Viloyatning 
qolgan katta chwl qismini esa ekstensiv qishloq xo’jaligi –chorvachilik egallaydi. 
 
Jami ekin maydoni 240 ming gektarga yaqin. Shundan 81 ming gektari  g’alla ekinlari 
bilan, 129 ming gektari paxta, 16 ming ga em-xashak, 7 ming gektari  sabzavot etishtirish bilan 
band (1-chizma). Bir yilda bu erda o’rtacha 330-350 ming tonna g’alla, 350-400 ming tonnadan 
ziyod paxta, 150 ming tonna turli sabzavot etishtiriladi; g’allaning hosildorligi gektariga 40.3 
tsentnerni, paxtaniki 27.3 tsentnerni tashkil qiladi. 
Albatta, boshqa viloyatlarga qaraganda, bu erda bog’dorchilik va uzumchilik nisbatan sust 
rivojlangan. Ayni vaqtda Buxoro viloyati qorako’lchilik bwyicha respublikada etakchi o’rinda 
turadi. Bir yilda viloyatda 180-190 ming dona qorako’l terisi tayyorlanadi. Shuningdek, 
pillachilik ham rivojlanib bormoqda (2000-2200 tonna). 
Yirik shoxli mollar soni 430 ming bosh atrofida, mayda shohli mollar-qwy va echkilar esa 
810 ming bosh. Chorvachilik viloyatning shimoliy va g’arbiy qismida keng tarqalgan. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish bwyicha Buxoro, Vobkent, Jondor va /ijduvon 
tumanlari ajralib turadi. Ushbu hududlar zimmasiga jami qishloq xo’jalik mahsulotining 30,4 
foiz to’g’ri keladi. Biroq, Kogon va xususan, Qorovulbozor tumanlarining agroiqlimiy salohiyati 
juda past. 
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Viloyatda transport tizimining ko’pgina turlari 
mavjud. Ammo, ular bilan hududning asosan janubiy qismi yaxshiroq taminlangan, holos. Bir 
yilda jami transport turlari bwyicha 373 mln. tonna yuk tashiladi, ushning 96foiz avtomobil 
transportiga to’g’ri keladi.  
Viloyat hududida Chorjwy-Navoiy hamda Buxoro-Qarshi temir yo’llari, shu bilan birga 
xalqaro va mamlakat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil (shu jumladan, Katta O’zbek traktining 
Buxoro-Gazli-Xorazm viloyati qismi) va quvur transporti mavjud; Qorako’lda juda katta elektr 
podstantsiyasi qurilgan. 
Yillik tashqi savdo oboroti 334.7 mln. AQSh dollariga teng. 2009 yilda eksport hajmi 
202,5 import 132.2 mln dollarni tashkil etadi. Eksportning 60-62 foizini paxta tolasi, importning 
ko’pchilik qismi esa mashina va asbob-uskunalarga to’g’ri keladi. Eksportda uzoq xorij 
mamlakatlarining ulushi Hamdwstlik davlatlariga qaraganda yaqin 2 marta ko’p.  
Buxoro viloyatining iqtisodiy rivojlanishida xalqaro turizmning ahamiyati ham oshib 
bormoqda. 2009 yilda bu erda 85.4 ming sayyohlarga xizmat  kwrsatilgan, shundan 35 ming 
э кин м айд он и, 2 008  й ил , га
35 %
5 3%
7%
3%
2 %
\à ë ëà
ï à õò à
åì - õà ø à ê
ñ à áç à âîò ë à ð
á îø = à  ý êè í ëà ð

 
145
kishi xorijiy sayyohlar. «O’zbekturizm» Milliy kompaniyasining Buxoro bwlimidan tushgan 
daromad bir yilda 730 mln swmni tashkil qiladi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling