Talim vazirligi
Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va muammolari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy viloyati
- Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati.
- Aholisi va mehnat resurslari.
- Navoiy viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi (sanoat mahsuloti bwyicha, foiz) Tarmoqlar 1991 yil 2008 yil
- 10,5 13,2 Kimyo va neft kimyosi 69,4 59,6 Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 0,8 0,7
- Un-krupa, omuxta em sanoati 2,5 2,4 Boshqa tarmoqlar 0,2 0,6
- Transport va tashqi savdo.
- Joylashgan o’rni va tabiiy boyliklari.
Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va muammolari. Buxoro viloyatida, avvalambor ikki asosiy tabiiy-xo’jalik mintaqalarni ajratish mumkin. Bu ham bo’lsa voha va chwl qismlaridir. Voha iqtisodiy makonining wzagini Olot-/ijduvon hamda qisman Buxoro- Qorovulbozor ywnalishlari shakllantiradi, uning markazi esa Buxoro-Kogon sanoat tuguni (va shahar aglomeratsiyasiga) mos keladi. Ana shu bosh iqtisodiy hududdan chetroqda kichik Gazli va Zafarobod resurs (tog’-kon sanoati) shaharchalari joylashgan. Buxoro viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishda eng avvalo uning elektr energetika va qurilish bazasini mustahkamlash, og’ir sanoat tarmoqlarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish, qishloq joylar infrastrukturasini yaxshilash, ayniqsa aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash (bu holat xususan Jondor, Kogon va Qorako’l tumanlarida kwngildagidek emas), mavjud turistik-rekreatsiya resurslaridan twlaroq foydalanishga ham etibor qaratish lozim. Hududiy jihatdan esa tuman markazlari, xususan /ijduvon, Shofirkon, Vobkent kabi shaharlarning iqtisodiy qudratini mustahkamlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Navoiy viloyati Viloyat respublikamizda shu maqomdagi yangi mamuriy birliklardan bo’lib, u 20 aprel 1982 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga 8 qishloq tumanlari, yani Konimeh, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi va Qiziltepa kiradi. Maydoni 111 ming km 2 yoki O’zbekiston Respublikasi hududining 24.7 foiz, Zarafshon iqtisodiy rayonining 2/3 qismiga teng. Aholisi 791 ming kishi (O’zRga nisbatan 3,2 foiz, iqtisodiy rayonda esa 16.1foiz). Demografik salohiyati jihatidan u Sirdaryo viloyatidan oldinda turadi, holos. Navoiy viloyatining mamlakatimiz milliy iqtisodiyotidagi o’rni ancha katta. U respublika yalpi ichki mahsulotini 5.4 sanoat mahsulotini 11,2 va qishloq xo’jaligini 4.2 foizni beradi. Shuningdek, viloyatda O’zbekiston investitsiya xajmining 6.4 foiziga to’g’ri keladi. Zarafshon iqtisodiy rayoni doirasida qaraydigan bo’lsak, u holda viloyat rayonning 1/5 qismidan ortiqroq yalpi ichki mahsulotini, 45.5foiz sanoat hamda 17.1 foiz qishloq xo’jalik mahsulotlarini taminlaydi; uning zimmasiga investitsiya hajmining deyarli 2/5 qismi tushadi. Viloyatda iqtisodiy rayonning 15 foiz qo’shma korxonalari joylashgan, u mintaqaning taxminan Ѕ savdo oborotini beradi. Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati. Navoiy viloyati mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U katta masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat hududi g’arbda Buxoro, janub va janubi –sharqda Samarqand va qisman Jizzax viloyatlari bilan, shimolda va shimoli-g’arbda Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan tutashgan. Navoiy viloyati wzining orografik xususiyatlari bwyicha respublikaning boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida kichik-kichik qoldiq tog’liklar mavjud. Pasttekisliklar chekka shimol va shimoli-g’arbda (Qizilqum chwllari), botiqlar-Mingbuloq, Molali, Qoratov viloyatining ichki qismida joylashgan. Balandliklar dengiz sathidan 250-300 m. yuqorida, tog’liklarning eng tepa nuqtalari esa 2000 metrga yaqin (Oqtov tizmasida). Nurota, Oqtov, Qoratov tizmalari janub va janubi-sharqda Turkiston va Zarafshon tizmalariga qwshilib ketadi. Mazkur tog’lar turli xil qazilma zahiralarga boy. Bu jihatdan ayniqsa kichik qoldiq tog’larning ahamiyati katta (Bukantov, Tomditov, Qozoqtov, Quljuqtov, Ovminzotov). Viloyat hududi eng avvalo wzining oltin zahiralari bilan ajralib turadi. Bu erda oltin, uran, fosforit, asbest, dala shpati, marmar va boshqa konlar mavjud. Aynan ana shu mineral xom ashyo resurslari viloyat iqtisodiyotini shakllantirish, uning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim rol wynaydi. 146 Biroq, iqlimi nihoyatda quruq va kontinental, yog’in-sochin miqdori juda kam. Bu esa viloyatda qishloq xo’jaligini, xususan, uning dehqonchilik tarmog’ini rivojlantirishga qulay sharoit yaratmaydi. Shu bois, Navoiy viloyati asosan yaylov chorvachiligi, qorako’lchilikka ixtisoslashgan. Viloyatda gidrografik shahobchalar rivojlanmagan; Navoiy shahri yaqinida Zarafshon daryosining suvi juda ozayib qoladi. Janubiy rayonlarda sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Quyumozor, Shwrko’l, Twdako’l suv omborlari qurilgan. Shuningdek, bu erda Amu- Buxoro, O’rtachwl, Konimex kanallari ham mavjud. Nisbatan katta maydonni egallagan Haydarko’lning esa (uning boshlanish qismi qwshni Jizzax viloyatida) qishloq xo’jaligida ahamiyati yo’q Viloyat hududining uzoq masofada shimoldan janubga chwzilganligi, uning wzlashtirilgan hududlari hamda mamuriy-markazini chekka janubda joylashganligi mintaqa ijtimoiy—iqtisodiy rivojlanishini tashkil qilish va boshqarishda biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Ayniqsa, viloyatda ichki transport infrastrukturasi va aholiga xizmat kwrsatish sohalarini rivojlantirish ancha qiyinroq Aholisi va mehnat resurslari. Navoiy viloyatining demografik salohiyati uncha katta emas. Hudud suv zahiralariga tanqisligi tufayli aholi zichligining eng past ko’rsatkichlariga ega (1 km 2 ga 7.1 kishi-O’zbekistonda oxirgi o’rinda). O’rtacha har bir qishloq tumaniga 13.9 ming km 2 dan er to’g’ri keladi (respublikada bu ko’rsatkich 2.7 km 2 ni tashkil qiladi). Birgina Uchquduq tumanining maydoni 46.6 ming km 2 yoki respublika hududining deyarli 1/10 qismiga teng. U bu jihatdan O’zbekistonda Qwng’irot tumanidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shu bilan birga Tomdi tumanining maydoni ham nihoyatda katta-42.5 ming km 2 . Qolgan tumanlar esa ancha kichik (eng kichigi Navoiy tumani – 0,95 ming km 2 ). Qishloq tumanlarining katta ekanligi hududning qishloq xo’jaligi va aholi joylashuvi uchun qulay sharoitga ega emasligidan darak beradi. Darhaqiqat, aholi zichligi bu erda ancha past. Jumladan, u Uchquduq tumanida 1 kishiga ham etmaydi, Tomdida bundan ham kam. Faqat Xatirchi va Navoiy tumanlarida aholi zichroq joylashgan (104 va 74 kishi). Tumanlarning aholi soni 27 mingdan (Tomdi) 143 ming kishigacha (Xatirchi) farq qiladi. Viloyat aholisi o’sish surati 120.0 foiz, o’rtacha yillik ko’payish 1.70%. Bu borada u faqat Sirdaryo viloyatidan ustunroq, holos. Navoiy viloyatida tug’ilish koeffitsienti oxirgi 1999-2008 yillarda 19-20 promillega, wlim 5.0-5.3 ga, tabiiy ko’payish 14-15 promillega teng. Tug’ilishning eng yuqori ko’rsatkichlari Xatirchi va Nurota tumanlariga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda tashqi migratsiyaning aholi sonini o’sishiga tasiri ayrim yillarda salbiy. Masalan, 1998 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1.3 ming kishini tashkil qilgan. Viloyatda 6 shahar va 7 shaharcha mavjud bo’lib, ularning barchasida jami aholining 40,4foiz yashaydi. Ko’rinib turibdiki, umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi bu erda ancha yuqori. Mazkur holat, bir tomondan, hududda chindan ham sanoatning nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, intensiv qishloq xo’jaligi uchun imkoniyat cheklanganligi bilan bog’liq Navoiy shahrining aholisi 141 ming kishi, u mamlakatimizdagi 17 katta shaharlar qatoriga kiradi. Takidlash joizki, Navoiy bunday darajaga boshqa tengqur shaharlarga qaraganda juda tez, qisqa muddatga erishdi. Zarafshonda 54 ming, Uchquduq va Nurotada 26 ming kishidan aholi yashaydi. Qolgan shahar va shaharchalarda esa aholi soni 20 mingdan kam. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 400 ming kishidan ortiqroq, ish bilan band bo’lganlar 320 ming kishi atrofida. Boshqa viloyatlarga qaraganda, bu erda ishsizlar ulushi kattaroq Jami band aholining 19.4 foiz sanoatga, 23.0foiz qishloq xo’jaligiga, 11.1foiz-qurilishga, 12.5foiz- talim, madaniyat, sanat va fanga to’g’ri keladi. Swnggi vaqtlarda yiliga 10 mingdan ko’proq yangi ish o’rinlar yaratilmoqda. Biroq, ishsizlar muammosi mavjud. İqtisodiyot. Viloyat xo’jaligi ko’proq birlamchi sektorning tog’-kon sanoati va yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan. Respublika mehnat taqsimotida rangdor metallurgiya, kimyo, 147 qurilish materiallari, elektr energetika va qorako’lchilik mahsulotlarini etishtirish bilan ajralib turadi. Boshqa viloyatlarda bo’lganidek, bu erda ham bozor islohotlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligining deyarli barcha mahsuloti, sanoat mahsulotining 71 foiz nodavlat korxonalarida yaratiladi. Ushbu ko’rsatkichning nisbatan pastligi viloyat sanoatining ixtisoslashuv xususiyatlariga bog’liq Navoiy viloyatida 20 dan ortiq qo’shma korxonalar mavjud. Ulardan eng kattalari «Qizilqumtsement», «Qizilqum-Rus-Nur», «Elektroximzavod», «Zarafshon-Nyumont» va boshqalar. Ushbu korxonalarning ko’pchiligi viloyatning tashqi savdo oborotida faol qatnashadi. 2008 yilda ham viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishildi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot 1999 yilga nisbatan solishtirma narxda 104.4foizga, sanoat 102,7, qishloq xo’jaligi 104.5, xalq istemol mollarini ishlab chiqarish 116.6, savdo oboroti 103,8, aholiga pullik xizmat kwrsatish 118.5 foizga wsdi. Sanoat. Viloyat sanoatining eng muhim xususiyati shundaki, bu erda wndiruvchi (tog’- kon) sanoati ko’proq rivojlangan. Masalan, agar respublikada ushbu tarmoqqa o’rtacha 14.4 foiz sanoat mahsuloti to’g’ri kelsa, Navoiy viloyatida bu ko’rsatkich 48.7 foizga teng. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsuloti solishtirma narxda 1.4 martaga wsdi. Bu davrda xususan rangdor metallurgiya tezroq rivoj topdi va, ayni paytda sanoat tarmoq tuzilishining takomillashuviga katta etibor berildi. Biroq, shunga qaramasdan Navoiy viloyatida asosan bazaviy sohalar-elektr energetika, qurilish materiallari va tog’-kon sanoati etakchilik qiladi. Shu bilan birga, respublikamizning ko’pchilik viloyatlariga xos ananaviy tarmoqlar –engil va oziq-ovqat sanoatiga bu erda nisbatan sust rivojlangan. Navoiy viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi (sanoat mahsuloti bwyicha, foiz) Tarmoqlar 1991 yil 2008 yil Jami sanoat mahsulotlari 100.0 100.0 Shu jumladan, elektr energetika 4,8 12,2 Rangdor metallurgiya 10,5 13,2 Kimyo va neft kimyosi 69,4 59,6 Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 0,8 0,7 Qurilish materiallari sanoati 3,1 6,0 Engil sanoat 7,2 3,7 Oziq-ovqat sanoati 1,5 1,6 Un-krupa, omuxta em sanoati 2,5 2,4 Boshqa tarmoqlar 0,2 0,6 Keltirilgan jadval malumotlariga ko’ra, 1991-2008 yillardagi elektr energetika, kimyo va neft kimyosining nisbiy ko’rsatkichlari biroz ko’paygan, engil sanoatniki oshgan. Shuningdek, qurilish materiallari sanoatining o’rni ham yanada mustahkamlangan. Hozirgi paytda bu erda elektr energetika, kimyo va neft kimyosi hamda rangdor metallurgiya ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi. Navoiy viloyati mamlakatimizning 37.2 foiz undiruvchi sanoat mahsulotini, 12.3 foiz elektr energetika, 73.7foiz rangdor metallurgiya, 26.4 kimyo va neft kimyosi va 11.3 qurilish materiallari sanoati mahsulotini etishtirib beradi. Jami sanoat korxonalarida band bo’lgan xodimlar 23 ming kishi bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasiga nisbatan 8.0 foizni tashkil etadi. Viloyatda jami sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarning 13.1 foizi mujassamlangan. 148 Viloyatda bir yilda 5.9-6.0 mlrd. kVt/s. elektr energiya, 300 ming tonnadan ziyod mineral wg’itlar, 200 ming tonnadan ko’proq oltingugurt kislotasi, 730 ming tonna azot kislotasi, 1.3 mln.t. tsement, 35 ming tonna paxta tolasi va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, bu erda marmar plitalari, kir yuvuvchi mashinalarni ishlab chiqarish, zargarlik sanoati (yuvelir) ham yo’lga qwyilmoqda. Ayni vaqtda viloyatda ip va ipak gazlama, wsimlik yog’i yoki konserva sanoatlari uncha rivojlanmagan. Takidlash joizki, Navoiy viloyati respublikamiz uchun eng muhim va noyob «strategik» ahamiyatga ega bo’lgan sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Bu erda oltinning asosiy qismi olinadi, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng zarur bo’lgan fosforit kombinati ham ishga tushirildi (2001 y). Viloyat sanoatining hududiy tarkibiga kelsak, bu borada eng avvalo Navoiy va Zarafshon shaharlari ajralib turadi. Jumladan, Navoiy shahriga jami viloyat sanoat mahsulotining 51.0 foizi va Zarafshonga 40.0 foizi to’g’ri keladi. Qolgan hududlar ichida sanoat biroz Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida rivojlangan, Tomdi va Uchquduq qishloq joylarida esa bu tarmoqning mujassamlvshuvi ancha past. Navoiy viloyati tashkil etilishidan oldin O’zbekistondagi mavjud tipik industrial shaharlardan biri edi (Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobodga wxshash). Hozirgi kunda bu erda yirik issiqlik elektr stantsiyasi, azot wg’iti va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, tsement zavodlari, tog’-kon metallurgiya kombinati joylashgan. Undiruvchi sanoat, shuningdek, Uchquduq, /ozg’on, Langar, Muruntov kabi «resurs» shahar va shaharchalarda ham rivojlanib bormoqda. Qiziltepa g’isht, Konimex, Yangiobodda paxta tozalash zavodlari bor. Qishloq xo’jaligi. Yuqorida takidlaganimizdek, Navoiy viloyatida qishloq xo’jaligi, ayniqsa, sug’orma dehqonchilik sust rivojlangan. Jami agrosoha mahsulotining 63.8 foizi chorvachilikka to’g’ri keladi. Viloyat hududining ko’lamiga qaraganda uning iqtisodiy faol qismi, yani ekin maydonlari juda kam. Bu erda barcha ekin maydonlari atigi 100 ming gektardan sal ko’proqni tashkil qiladi, holos. Uning taxminan 40 foizi g’alla, shunga yaqinroq qismi paxta (41 ming gektar) bilan band. Em-xashak etishtirish ekin maydonlarining 10 foizdan ziyodrog’ini, sabzavot etishtirish 25 foizni egallaydi. Bir yilda o’rtacha 125 ming tonna g’alla (asosan bug’doy), 110-150 ming tonna paxta olinadi. Bog’dorchilik va uzumchilik asosan Xatirchi va Nurota tumanlarida yaxshiroq rivojlangan. Yirik shoxli mollar soni 175 ming bosh atrofida, mayda shohlilar, yani qwy va echkilar 1 mln. boshdan ko’proq Bir yilda olingan qorako’l terisi 240 ming dona, pilla 640 tonnaga teng. Qishloq xo’jaligi, mahsulotlarini etishtirishda Xatirchi, Qiziltepa va Navbahor tumanlari oldinda (deyarli 2/3 viloyat agrosanoat mahsuloti). Keyingi o’rinda Navoiy tumani turadi, Tomdi va Uchquduq tumanlarida esa mazkur tarmoq sust rivojlangan. Transport va tashqi savdo. Viloyatda transport tizimi ham uncha yaxshi rivojlanmagan. Uning janubidan xalqaro temir va avtomobil yo’llar wtadi, ana shu yo’llarga perpendikulyar shaklda Navoiy-Uchquduq temir yo’li qurilgan. Hozirgi vaqtda ushbu yo’lning davomi qurilib э ки н м а й д о н и , 2 0 0 8 й и л , га 4 3 % 4 1 % 1 1 % 3 % 2 % \ à ë ë à ï à õ ò à å ì - õ à ø à ê ñ à á ç à â î ò ë à ð á î ø = à ý êè í ë à ð 149 bitirilmoqda. U ishga tushgach Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bevosita temir yo’l orqali, yani Turkmanistonga chiqmasdan bog’lanadi. Natijada Navoiy shahrining (Karmana bilan birga) transport tuguni vazifasi yanada kuchayadi, Zarafshon, Uchquduq, Konimeh shaharlar rivojlanishiga ham qulay imkoniyatlar yaratiladi. 2009 yilda tashqi savdo oboroti 850.2 mln. AQSh dollaridan ziyod; shundan eksport 493.6, import 356.6 mln. dollar atrofida. Tashqi savdo oborotining yarmi, importning asosiy qismi Navoiy shahriga to’g’ri keladi, Zarafshon taxminan 40 foiz savdo oborotini, eksportning yarmidan ko’prog’ini taminlaydi. Qolgan hududlarning ichida Qiziltepa tumanining eksport salohiyati birmuncha rivojlangan. Eksportning Ѕ ortig’i xorijiy mamlakatlar bilan qurilgan korxonalarga to’g’ri keladi, importda esa ularning ulushi 20 foizga yaqin. Eksportda kimyo sanoati mahsulotlari, paxta tolasi, importda esa asosiy o’rinni mashina va asbob-uskunalar egallaydi. Asosiy muammolar. Navoiy viloyati iqtisodiyotining istiqboli sanoatning tarmoq tarkibini takomillashtirish, xususan engil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, agrar sohani mustahkamlash, transport tizimini yaxshilash bilan bog’liq Shuningdek, qishloq infrastrukturasi va sanoatni rivojlantirish, mehnat resurslaridan twlaroq foydalanish Navoiy shahri atrofi ekologiyasini sog’lomlashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash ham (bu muammo ayniqsa Navoiy va Tomdi tumanlarida keskin) muhim ahamiyatga ega. Navoiy viloyati katta hududiy va hozircha twla wrganilmagan mineral xom ashyo zahiralariga ega. Ularni aniqlash va xo’jalik oborotiga kiritish ayni vaqtda ishlab chiqarishning hududiy tarkibini yaxshilashga ham imkoniyat beradi. Mavjud Navoiy va Zarafshon-Uchquduq ichki iqtisodiy rayonlar rivoj topadi, viloyat hududining iqtisodiy samaradorligi yanada oshadi. Samarqand viloyati Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 yilda tashkil topgan. U mamuriy jihatdan 16 qishloq tumanlaridan (Bulung’ur, Gwzalkent, Jomboy, İshtixon, Kattaqwrg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Chelak va Qwshrabot) iborat. Maydoni 16.8 ming km 2 , Zarafshon iqtisodiy rayonining 1/10 qismi, respublikamizning 3.7 foiziga teng. Mamuriy markazi –Samarqand shahri. Viloyatning hududi uncha katta emas. Uning Zarafshon iqtisodiy rayoniga kiritilishi eng avvalo havza omili bilan bog’liq; Zarafshon daryosi qadimdan Samarqand va Buxoro –ikki tarixiy shaharlarni, hozirgi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining qadimgi wzlashtirilmagan qismlarini birlashtirgan. Shu bilan birga u qwshni viloyatlarning tutash rayonlari bilan ham azaldan bog’liq (Jizzax viloyatining /allaorol va Baxmal, Navoiy viloyatining Nurota va Xatirchi, Qashqadaryoning Kitob va Shahrisabz tumanlari). Samarqand viloyati mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida muhim mavqega ega. Bu erda mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari, paxta, uzum, tamaki etishtirish, xalqaro turizm ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi. Joylashgan o’rni va tabiiy boyliklari. Samarqand viloyati qulay geografik o’rinda, respublikamizning markaziy qismida joylashgan. U g’arb va shimoli-g’arbda Navoiy, shimoli- sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo viloyatlari bilan, janubi-sharqda qisqa masofada Tojikiston Respublikasining Leninobod (Panjakent) viloyati bilan chegaradosh. Er usti tuzilishi asosan balandlik, tog’oldi va tog’liklardan tashkil topgan. Nisbatan pastqam joylar Kattaqwrg’on shahridan g’arbroqda hamda chekka janubi -g’arbda bor (Karnab chwli). Viloyatning eng baland nuqtasi-Qarchag’ay tog’i (2136 m.) Nurota tizmasida. Shuningdek, viloyat hududida Oqtov, Qaroqchitov, /abduntov hamda Qashqadaryo bilan chegaradosh joyda Zarafshon tizmasining g’arbiy qismi joylashgan. Samarqand viloyatida oltin, volfram, molibden, qalay, simob, qurilish materiallari xom ashyosi, jumladan, ohaktosh topilgan. Ammo ularning mintaqa iqtisodiyotiga tasiri hozircha uncha katta emas. 150 İqlimi kontinental, namgarchilik qwshni Navoiy viloyatiga qaraganda biroz ko’proq (300- 400 mm). Biroq, gidrografik twr bu erda ham yaxshi rivojlanmagan. Asosiy daryo, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tarixiy-geografik «wqi» Zarafshon bo’lib, u Samarqanddan sal wtgandan swng ikkiga, yani Oqdaryo va Qoradaryoga bwlinadi, viloyat chegarasida esa (Xatirchi tumanida) ular yana qwshiladi. İkki daryo oralig’i Miyonqal deb ataladi. Zarafshonning doimiy, aytarlicha suv zahiralariga ega bo’lgan irmoqlari deyarli yo’q Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent tumaniga qwshni joyda Zarafshon tog’ oraliqlaridan vodiyga chiqish qismidan kanallar boshlanadi. Ulardan eng muhimi Darg’om hisoblanadi, aynan ana shu kanaldan Eski Anhor kanali suv oladi va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sug’oradi. Shuningdek, Kattaqwrg’on, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari, Narpay, Bulung’ur kanallari, Beshariq arig’i dehqonchilik rivoj topgan hududlarni suv bilan taminlaydi. Shu o’rinda takidlash joizki, viloyat iqtisodiyotini shakllanishida mineral resurslarga ko’ra agroiqlimiy sharoitlarning roli katta. Bundan tashqari, bu erda turizm va rekreatsiya resurslari mavjud bo’lib, ularning ahamiyati ham sezilarli darajada yuqori. Demografik vaziyat. Viloyat aholisi 2907.5 ming kishi va u bu jihatdan respublikada birinchi o’rinda turadi. O’tgan asrning swnggi wn yilligida aholi sonining o’rtacha yillik ko’payishi 2.15 foizga teng bwldi. Ammo, butun mamlakatda bo’lganigidek, bu erda ham demografik rivojlanish surati pasayib bormoqda. Viloyatda umumiy tug’ilish koeffitsenti har ming aholiga 23,8, wlim 5,7 va tabiiy ko’payish 18,1 teng. Tug’ilish İshtixon, Qwshrabod tumanlarida yuqoriroq (90 promille), Samarqand shahri va uning aglomeratsiyalariga kiruvchi shaharchalarda esa u juda past. Samarqand shahrining wzida 1999 yilda tug’ilish 14,6, wlim 7,6 promillega barobar bo’lgan. Aholi soning o’sishida migratsiyaning roli katta emas. Aholi zichligi o’rtacha 1 km 2 maydonga 161 kishi, eng katta ko’rsatkich Samarqand qishloq tumani (512), Toyloq (461), Narpay (342) va Pastdorg’omda (340). Ayni vaqtda tog’oldi va chwl mintaqalarining aholisi nihoyatda siyrak. Masalan, Qwshrobod va Nurobod tumanlari viloyat hududining 40 foizini qoplagan holda uning atigi 6,8 foiz aholisini mujassamalashtiradi, holos (zichlik 20-40 kishi) . Mutloq miqdorda eng ko’p aholi soni Samarqand va Urgut tumanlarida, eng kam Gwzalkentda (56 ming kishi). Jami aholidan atigi 27 foizi shahar joylarida yashaydi. Shundan 360 mingdan ko’prog’i Samarqandga to’g’ri keladi. Garchi Samarqanddan aholi miqdori bwyicha Namangan wtib ketgan bo’lsada, u, shubhasiz, O’zbekistonning «ikkinchi» shahri hisoblanadi. Kattaqwrg’on shahrida 66, Urgutda 50 ming aholi bor. Qolgan shaharlarda (hammasi bo’lib viloyatda 11 shahar va 12 shaharcha mavjud) aholi soni ko’p emas. Hududiy jihatdan aksariyat shahar va shaharchalar Samarqand aglomeratsiyasi va Kattaqwrg’on guruhiga kiradi. Viloyatda mehnatga layoqatli aholi 1280 mingdan ko’proq, shundan 72 foizi turli sohalarda band. Mehnat bozorida rasman ishsiz maqomida 2008 yilda 1.8 ming kishi qayd etilgan. Xuddi shu yilda 37,3 ming kishi qishloq xo’jaligidan ortiqcha ishchi kuchi sifatida bwshagan va 52,3 ming kishilik yangi ish o’rinlari yaratilgan. İqtisodiyotda band bo’lganlarning 10,3 foizi sanoatga, 41,6 foizi qishloq xo’jaligiga, 12,7 foizi talim madaniyat va fanga to’g’ri keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling