Talim vazirligi
O’quv darsining texnologik xaritasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bosqich Yakuniy qism (10 min )
- İqtisodiy rayon tarkibi
- Mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
- Mirzacho’l iqtisodiy rayoni
- Mirzacho’l iqtisodiy rayonining bazi bir makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (2008 y., foiz hisobida) Jizzax viloyati
- Geografik o’rni va tabiiy boyliklari.
- Ko’rsatkichlar Mirzacho’l iqtisodiy rayoni
- Aholisi va mehnat resurslari.
O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talaba I bosqich. O’qitish jarayoniga kirish (10 min) 1.1. Maruza mashg’ulotining vizual tarzda o’tishini malum qiladi. 1.2. Mavzu, uning maqsadi, reja va o’quv mashg’ulotining natijalari, dars jarayonining rejasi, bilan tanishtiradi. Darsni mustahkamlash uchun tarqatma materiallar tarqatiladi. 1.3. Mavzu bo’yicha bilimlarni aniqlashtirish va bilimlarni faollashtirish maqsadida tezkor savol-javob o’tkazadi. (Dars jarayoning 1-bosqichi bu so’rov dars samaradorligini aniqlash uchun ham kerak. 1.4. Darsning tahliliy maruza uslubida bo’lishini e’lon qiladi. Tinglaydi, yozadi Aniqlashtiradi, savollar beradi. II bosqich Asosiy bo’lim (60 min) 2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va xususiyatlari bilan tanishtiradi. 2.2. Asosiy minimum savollari bo’yicha savollarga javob olinadi. 2.3. Mavzuga yakun yasaydi, xulosalar chiqaradi. 2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. Javob beradi, Yozadi Guruxlarda ishlashadi III bosqich Yakuniy qism (10 min ) 3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning diqqatini Asosiy masalalarga jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib beradi. 3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan tanishtiradi. o’zini-o’zi, o’zaro baholaydi, savollar beradi, topshiriqlarini yozadi 126 ilova ilova ilova ilova İqtisodiy rayon respublikadagi elektroenergiyaning 1\6 qismini, oltin, molibden, qo’rg’oshin, rux, metallarining anchasini etkazib beradi. Rayonda Sirdariyo İES, Marjanbuloq oltin qazib oluvchi fabrika, Uchquloch rudani boyitish fabrikasi, Jizzax, Guliston, Yangiyer shah’arlarida katta qurilish materiallari, engil va oziq ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. İqtisodiy rayon tarkibi: Jizzax viloyati. Xududi-21,2 ming kv.km, Ah’olisi-1098,3 ming kishi, Asosiy sanoat tarmoqlari: Kimyo, yengil, oziq-ovqat, un tortish-yorma, Qishloq xo’jaligi- donchilik, paxtachilik, polizchilik, qo’ychilik, go’sht-sut chorvachiligi; Sirdariyo viloyati. Xududi-4,3 ming kv.km, Ah’olisi-703,4 ming kishi, Asosiy sanoat tarmoqlari: Yengil, oziq-ovqat, un tortish-yorma, Qishloq xo’jaligi- donchilik, paxtachilik, bog’dorchilik va uzumchilik, go’sht-sut chorvachiligi; Mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja: 1. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining Respublikada tutgan o’rni, maydoni va chegaralari. 2. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ularga xo’jalik jixatdan bah’o. 3. Ah’olisi va meh’nat resurslari. 4. Xo’jaligi va ularning joylashishi. 5. İchki rayonlari. Bu iqtisodiy rayonni bir necha qishloq xo’jaligi rayoniga bulish mumkin: 1. Mirzacho’lni ilgari sug’orib kelingan rayonlari. Bu rayon paxtachilik, go’sht-sut chorvachilikka ixtisoslashgan. 2. Jizzax qismi g’alla, poliz, chorva, ayniqsa kelajakda paxtaga, sabzavotchilikka ixtisoslashgan. 3. Qizilqum – qo’ychilikka ayniqsa, qorako’lchilikka moslashgan. 4. Janubda tog’li va tog’ oldi rayonar. Chorvachilik ayrim qulay erlarda deh’konchilik bilan shug’ullanadi. 127 ilova Adabiyotlar 1. Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartini va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 2. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 3. Ahmedov E.-O’zbekiston Respublikasi (o’zbek, ingliz tillarida), T., “O’zbekiston”, 1998. 4. Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent 2003. 5. A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) Buxoro 2008 Savollar: 1. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining joylashgan o’rni. 2. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni aholisi. 3. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni mehnat resurslari. 4. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni foydali qazilmalari 5. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining sanoati. 6. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni tarkibiga kiruvchi xududlar. 7. İchki rayonlar. 8. Qishloq xo’jaligi. 9. Xududning iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi yutuqlari. 10. O’zbekiston va jahon miqyosida Mirzacho’lning tutgan o’rni. Mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja: 1. İqtisodiy rayonning geografik o’rni. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 3. Xalq xo’jalik tarmoqlari 4. Shaxarlari. a) sanoati. b) qishloq xujaligi. v) transporti. Sanoat markazlari va shaxarlari. O’zbekistonning Mirzacho’l iqtisodiy rayoni ‘z tarkibiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. Uning maydoni 25,6 ming km 2 bo’lib, respublika hududining 5.7foizni tashkil qiladi. Maydonining kattaligi jihatidan Janubiy iqtisodiy rayondan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. Yangi erlarni o’zlashtirish, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida vujudga kelgan iqtisodiy rayon respublika markazida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismi Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi qo’shni Tojikiston Respublikasi, sharq tomondan Toshkent iqtisodiy rayoni, shimolda Qozog’iston Respublikasi bilan qo’shniligi iqtisodiy jihatdan har tomonlama qulaydir. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining rivojlangan iqtisodiy rayonlar oralig’ida joylashuvi mamlakat hududiy mehnat taqsimotida turli hamkorlik aloqalarini o’rnatishga imkon beradi. Sirdaryo va Zarafshon daryolari orasida tarkib topgan iqtisodiy rayon tekislik, tog’ yonbag’ri va tog’li erlarning qo’shilib ketganligi, tabiiy sharoitning xilma-xilligi turli xil xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirishga sharoit yaratgan. Jumladan, Jizzax viloyatining Baxmal, Ғallaorol rayonlari Turkiston, Molguzar, Gubdin, Qo’ytosh va Qaroqchi tog’lari botig’ida joylashgan 128 bo’lsa, Sirdaryo viloyatining aksariyat hududi tekislik mintaqasiga to’g’ri keladi. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining iqtisodiy geografik o’rni turli iqtisodiy aloqalar qilish uchun ham qulay. Birgina respublikaning taraqqiy etgan viloyat va shaharlarini qolaversa, qo’shni respublikalar bilan bog’lovchi temir yo’l, avtomobil, quvur yo’llarining o’tganligi hamda shu yo’llar orqali xom ashyo, turli xil mahsulotlar ayirboshlashdagi xizmatini ko’rsatib o’tish lozim. Mamlakat mehnat taqsimotida rayon ko’p issiq va uzoq vegetatsiya davrini talab etuvchi ekinlarni (paxta, pilla, g’alla, poliz) etishtirishga hamda bog’dorchilik, chorvachilik, uzumchilik sanoatda, elektroenergetika, qurilish materiallari, engil, oziq-ovqat tarmoqlariga ixtisoslashganligi bilan boshqa iqtisodiy rayonlardan deyarli ajralib turmaydi. Oxirgi yillarda tog’-kon, kimyo, to’qimachilik sanoatlari ham rivojlanmoqda. İqtisodiy rayonni tashkil etuvchi, hududi tuzilishiga ko’ra bir-biriga deyarli o’xshamaydigan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tabiiy sharoiti va foydali qazilmalariga ko’ra qisman farq qiladi. Darhaqiqat, Sirdaryo viloyatida deyarli bironta foydali qazilma konlari uchramasada, Jizzax viloyati bundan mustasno. Jadvalda Mirzacho’l iqtisodiy rayonining ichki tuzilishi va uning mamlakat xo’jaligida tutgan o’rni to’g’risida ayrim malumotlar keltirilgan. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining bazi bir makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (2008 y., foiz hisobida) Jizzax viloyati Jizzax viloyati hududining kattaligiga ko’ra iqtisodiy rayonda salmoqli o’rin egallagan holda mamuriy tuzilishiga ko’ra 12 ta tumandan, 8 ta shahar va 8 ta shaharchadan iborat. Maydoni 20.4 ming km 2 bo’lib, aholisi 1.01.2009 yil malumotiga ko’ra 991 ming kishi yoki Mirzacho’l iqtisodiy rayoni aholisining 60.7foiz ga teng. Ushbu mintaqa mamlakat ichidagi mehnat taqsimotida yirik agrar-sanoat ishlab chiqarish majmuiga egadir. Tog’ va tog’ oldi hududlarda lalmikor dehqonchilik, uzumchilik, bog’dorchilik, sut va sut-go’sht chorvachiligi keng rivojlanganligi bilan ahamiyatli. Geografik o’rni va tabiiy boyliklari. Jizzax viloyati respublikamizning markaziy mintaqasida joylashgan bo’lib, hududining uzunligi sharqdan g’arbga qadar 150 km, janubdan shimolga 175 kmni tashkil etadi. Mintaqaning taraqqiy etgan Toshkent va Samarqand viloyatlari o’rtasida o’rnashganligi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga har tomonlama ko’mak berib kelmoqda. Hududining shimoliy, shimoliy-g’arb va qisman sharqiy tomonlari pasttekisliklardan iborat. Shimol tomondagi pasttekisliklar orasida Aydarko’l va Arnasoy ko’llari joylashgandir. Janubi-sharqda Tojikiston; shimolidan Qozog’iston Respublikasi bilan qo’shnichiligi uning geosiyosiy mavqeini ham belgilab beradi. Jizzax viloyatining er usti tuzilishi xilma-xil, tog’liq, tog’ yonbag’ri va tekisliklarning o’zaro mujassamlashganligi bilan tavsiflanadi. Tog’ va tog’ oldi erlari mintaqaning ancha katta qismini egallagan holda eng baland joyi 3401 metrdir. Chunonchi, Molguzarning balandligi 2620 metr, Qo’ytoshniki 1905 metr va hokazo. Ko’rsatkichlar Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Maydoni 5,7 Aholisi 6,6 Yalpi ichki mahsulot 4.2 Sanoat mahsuloti 2,2 Qishloq xo’jaligi mahsuloti 9.2 Umumiy ekin maydoni 17,4 İnvestitsiyalanishi 3,5 Tashqi savdo aylanmasi 2,0 129 Mintaqa Sirdaryo viloyatidan farq qilgan holda turli foydali qazilmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Baxmal, Zomin, /allaorol, Jizzax, Forish, Zarbdor rayonlarida mineral-xom ashyo zahiralari; oltin, kumush, volfram, qwrg’oshin, rux, marmar, molibden, marmar-volostanit, ohak, granit, korund mavjud. Qo’ytosh volfram, Marjonbuloq oltin konlari, Uchquloch qwrg’oshin-ruh konlari faoliyati ahamiyatlidir. Viloyatdagi topilgan foydali qazilma konlaridan foydalanish, ishlab chiqarishga keng jalb etish deyarli sust darajada. Sababi ushbu boyliklarni wzlashtirish yuqori texnologiyaga asoslangan turli shaklli korxonalarni qurishni zarur qilib qwyadi. Turkiston, Nurota, Molguzar va Qo’ytosh, Pistalitog’, Gubdin tog’ tizmalari wziga xos iqlim hamda tabiat manzarasini vujudga keltiradi. 1976 yilda viloyatning Zomin rayonida 48 ming gektarli Xalq parki tashkil qilindi. Bu park Turkiston tizmasining shimoliy yonbag’rida joylashgan bo’lib, uning yonida Zomin qwriqxonasi ham vujudga keltirilgan. Qwriqxona va Xalq parki 78 ming gektar maydonni egallaydi. Tabiiy iqlim sharoiti keskin mwtadil, yozi issiq va quruq faqatgina Baxmal, Zomin va Forish rayonlarining yozi nisbatan salqinroq Lalmikor dehqonchilik sug’orma dehqonchilik bilan birgalikda olib boriladigan sut va sut-gwsht etishtirishga moslashgan suv tanqisligi sezilib turadigan hududlari xuddi shu rayonlarga to’g’ri keladi. Aholisi va mehnat resurslari. Jizzax viloyatining aholisi 2008 yil yanvar malumotiga ko’ra 991 ming kishini tashkil etgan holda, aksariyat qismi qishloq joylarda yashaydi. Aholining zichligi –1 km 2 ga 48.5 kishi (2006 yil) aholisining soniga ko’ra esa respublikada Xorazm viloyatidan keyin 10 o’rinda turadi. Mintaqada mamlakatning boshqa hududlariga xos aholi o’sishining yuqori holda saqlanib kelayotganligini kuzatish mumkin. Qolaversa, 70-yillardagi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy qayta taqsimlanishini nafaqat Jizzax viloyati aholi sonining wzgarishida, balki, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham katta ahamiyat kasb etgan. O’sha paytda aholining shakllanishida tabiiy ko’payish bilan bir qatorda aholining mexanik harakati ham asosiy manbalardan biridir. Qwriq chwl o’rnida vujudga kelgan Do’stlik, Mirzacho’l, Paxtakor va Zarbdor rayonlari aholisining soni nisbatan kam bo’lsada, tog’ va tog’ oldida joylashgan qadimdan aholi yashab kelayotgan, tabiiy ko’payish darajasi ustun bo’lgan Baxmal, G’allaorol va Jizzax rayonlari demografik salohiyatining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Xuddi shu rayonlarning aholisi 1999- 2009 yillarda 1.4-1.7 martagacha oshgan. Jizzax viloyati aholisining hududiy joylashuvidagi holat respublika o’rtacha ko’rsatkichidan past hisoblanadi. Tog’ va tog’ oldi rayonlarida, yashash uchun noqulayliklarning mavjudligi tufayli ham aholi mintaqada notekis taqsimlangan. Jumladan, Nurota tizma tog’larining shimoliy yon bag’rida joylashgan Forish rayonida 1 km 2 joyga 7.3 kishidan to’g’ri kelsa, Paxtakor rayonida (147,5) aholining zichligi eng yuqoridir. Demografik jarayonlardagi hududiy farqlarning o’rtacha ko’rsatkichiga taqqoslangan holda quyidagicha ajratib kwrsatish maqsadga muvofiq: 1. Tabiiy o’sish surati eng yuqori bo’lgan rayonlar: Baxmal, Zomin, Jizzax. 2. O’rtacha ko’rsatkichga ega rayonlar: Zarbdor, Forish, Yangiobod, Do’stlik. 3. Tabiiy o’sish surati nisbatan kichik bo’lgan rayonlar: Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Mirzacho’l va Jizzax shahri. Aksariyat tabiiy o’sish surati baland bo’lgan rayonlardagi aholining milliy tarkibida (90- 96 foiz) o’zbeklar ko’pchilikni tashkil etadi. Demografik vaziyatning etakchi omili bo’lgan aholi wlimi darajasi tug’ilish singari wziga xos tadrijiy rivojlanish xususiyatlariga ega. Chunonchi, 1982-1983 yillarda wlim 7.5 promillega teng bo’lgan bo’lsa, 2008 yilda esa uning darajasi 4.4 promillega tushganligini qayd etish mumkin. Viloyatning tog’ va tog’ oldi, adir mintaqalarida joylashgan Baxmal, /allaorol, Zomin rayonlarida aholi wlimi mintaqa umumiy ko’rsatkichdan kattaligini etirof etish lozim. (Jadval). Sababi, ushbu hududlardagi aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash past darajada. Natijada turli yuqumli kasalliklarning paydo bwlishi, tug’ilishning ko’pligi, yosh bolalar va 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida wlimning ko’pligi tufayli ham umumiy wlim darajasi yuqori bwlishiga olib keladi. 130 Aholisi tarkibida mahalliy millatlar ko’p sonli bo’lib 85 foizga yaqinini o’zbeklar tashkil etadi. İkkinchi tub aholisi qozoqlar bo’lib, ular asosan Forish, Arnasoy, Mirzacho’l, Zafarobod rayonlarida yashashadi. Mintaqada bundan tashqari qirg’izlar (Do’stlik, Baxmal, Arnasoy), tojik, rus, tatar kabi boshqa millatlar ham istiqomat qiladi. Jizzax viloyati jami aholisining 47.2 foiz (2008 yil) mehnat resurslaridan iborat va ular yiliga 24,2 ming kishiga ko’payib bormoqda. shundan 295,0 minggi iqtisodiy faol aholini 64,3 foizi iqtisodiyotda band hisoblanadi. Rasman rwyxatga olingan ishsizlar soni esa 1,2mingni tashkil qiladi. Oxirgi yillarda barcha mintaqalarda bo’lgani singari aholini ish bilan taminlash muammosi bu erda ham sezila boshladi, Jizzax respublikada urbanizatsiya darajasi past bo’lgan viloyat hisoblanadi. Ammo, bu erda mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari borligini kwrish mumkin. Chunonchi, mavjud qazilma konlari asosida sanoatni rivojlantirish, viloyat ichida mehnat resurslarini qayta taqsimlashni) to’g’ri yo’lga qwyish zamon talabidir. Xwjaligi. Jizzax viloyati xo’jaligi mamlakatimiz aksariyat hududlari kabi agrar-industrial taraqqiyot yo’lidan barayotganligini takidlash zarur. Mirzacho’lda hududiy-ishlab chiqarish majmuida xo’jalik ixtisosi paxtachilik bilan bog’liq tarmoqlarning jadal rivojlanayotganligi bilan asosiy o’rnini egallaydi. Bundan tashqari viloyat tabiiy iqlim sharoiti g’allachilik, lalmikor g’allachilik, bog’dorchilik, pillachilik, meva-sabzavot etishtirish, chorvachilik kabi qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulayliklar yaratgan. Sanoatda rangli metall rudalarini qazib olish, oziq-ovqat sanoati, engil sanoat tarmoqlari alohida muhim ahamiyatga ega. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyati borligi ham hududda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalarni vujudga keltirish bozor infrastrukturasini shakllantirish uchun asos bwladi. Sanoati: Jizzax viloyati yalpi ichki mahsulotining 19,9foiz sanoat hissasiga to’g’ri keladi. Sanoatda akkumulyatorlar, mebel, plastmassa buyumlar, ipak gazlama, trikotaj kiyim- kechaklar, temir-beton buyumlar, turli qurilish materiallari, paxta moyi, un, kiyim-kechak, oziq- ovqat mahsulotlari va hokazo ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 40 ga yaqin korxona faoliyat kwrsatmoqda. Yoqilg’i-energetika majmui Sirdaryo viloyatidan farq qilgan holda umuman rivojlanmagan, kerakli mahsulot va xom ashyo asosan boshqa mintaqalardan keltiriladi. Metallurgiya majmuasiga rangli metallarni yani Qo’ytoshdan 1937 yildan beri volfram – molibden rudalari, Marjonbuloq konlaridan oltin (1980 yil) va Qo’ytoshda volostanit, marmar, granit, ohak, Forish rayonidagi qwrg’oshin, rux qazib olinadigan Uchquloch, Banoz konlaridan rudalar qazib olishga ixtisoslashgandir. Kimyo va mashinasozlik sohasidan kimyo sanoatida irrigatsiya va melioratsiya maqsadlarida ishlatiladigan polietilen quvurlar (Jizzax plastmassa quvurlar zavodi) hamda polietilen plenkalar ishlab chiqarish yo’lga qwyilgan. Aynan polietilen plenkalar ishlab chiqarish jami sanoat mahsulotining 1.1 foiz tashkil qiladi. Mashinasozlik (2.8foiz) sanoatning kech bunyod bo’lgan tarmog’i hisoblanib asosan qishloq xo’jalik mashinalari, qurilish va yo’l texnikasini tamirlashga xizmat qiladigan turlari rivojlangan. Bular asosan Jizzax, Gagarin, Paxtakorda joylashgan bo’lib, Toshkent qishloq xo’jaligi va twqimachilik mashinasozligi zavodlarining filiallari hisoblanadi. Qurilish materiallari sanoati nisbatan yaxshi rivojlangan bo’lib viloyat xalq xo’jaligining qurilish materiallariga bo’lgan talabini qondiradi. Mazkur tarmoqqa tegishli korxonalar Jizzax, Dashtobod, /allaorol shaharlarida yaxshi yo’lga qwyilgan. Deyarli aksariyat rayonlarda g’isht ishlab chiqariladi. 1930 yildan beri Jizzaxda ohak zavodi mahsulot ishlab chiqarib kelmoqda. Shuningdek, irrigatsiya va uy-joy qurilishida keng foydalaniladigan yuqori sifatli silikat ishlab chiqarish ham mavjud. Sanoat tarmoqlarida engil sanoat ham tez rivojlangan bo’lib, uning asosini mahalliy xom ashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tashkil etadi. Jami sanoat mahsulotlari 131 ichida engil sanoat hissasi 45.6 foiz ga teng. Shundan paxta tozalash sanoati etakchi mavqeni egallagan holda Paxtakor, Do’stlik, Mirzacho’l paxta zavodlarini wz ichiga oladi. Paxta tolasi ishlab chiqarish 63.5 ming tonnaga teng, (2008 yil) bo’lib tolasi ajratib olangan texnik chigit yog’-moy kombinatlarini qayta ishlashga jwnatiladi. Bir yilda viloyat bwyicha 2.7 ming tonnaga yaqin moy ishlab chiqariladi. Hamkorlikda tashkil etilgan «Kumush tola» (O’zbekiston- Tojikiston), «Bazalt» (O’zbekiston-Ukraina, «Jibri» (O’zbekiston-Angliya) korxonalari Jizzax shahrida barpo etilgan. Oziq-ovqat sanoati aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Sanoatning bu tarmog’i faqat ichki imkoniyatlar asosida faoliyat yurgizib kelmoqda. Jumladan, Baxmal, G’allaorol, Paxtakor rayonlarida sutni, Jizzax, Arnasoy, Do’stlik va Jizzax shahrida meva hamda sabzavotlarni qayta ishlaydigan va shirinli ichkiliklarni tayyorlovchi korxonalar ishlab turibdi. Viloyatdagi sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining 20ga yaqini oziq-ovqat mahsulotlaridir. Un-non sanoati korxonalari respublika ahamiyatiga ega hisoblanadi. Bunday korxonalar Jizzax, /allaorolda joylashgan. Viloyatning deyarli barcha rayonlarida mahalliy xom ashyodan sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni yo’lga qwyish, aholini ish bilan taminlash asosiy vazifalardan biridir. Hozirga kelib jami 10 ga yaqin chet el firmalari bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar tashkil etilgan va etilmoqda. Bunday hamkorlik aloqalari mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy holatini yuksaltirishga xizmat qiladi, holos. Qishloq xo’jaligi: Jizzax viloyatini er yuzasi tuzilishi va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashuvini etiborga olib, uni bir-biridan keskin farq qiluvchi mintaqaga ajratish mumkin. Birinchi mintaqaga chorvachilik, bog’dorchilik, uzumchilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan Baxmal, /allaorol, Zomin va Forish rayonlari kiradi. Ushbu rayonlar maydoni viloyat umumiy hududining 79.5 foizni egallaydi. İkkinchi mintaqaga jami 20.4 foiz maydonni egallagan Paxtakor, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod kabi qolgan barcha tekislik qismida joylashgan asosan paxtachilik, pillachilik, poliz ekinlari etishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan rayonlari kiradi. Jizzax viloyati respublika umumiy er maydonining 4.6 foizni egallagan holda jami qishloq xo’jalik erlarining ulushi 4.7 foizga tengdir. U bu jihatdan Samarqand viloyatidan (4.8foiz) keyingi oltinchi o’rinda turadi. Sug’oriladigan erlar maydoni 248 ming gektar, haydaladigan erlar 452 ming gektar, yaylov va wtloqlar 13 ming gektarga yaqin, qolgan qismini ko’p yillik ekinlar hamda bwz erlar tashkil etadi. Viloyat dehqonchilikda respublikada etishtirlgan paxtaning 4,8foizga yaqinini, donning 7.4foizni, 1,9foiz kartoshka va hokazolarni etkazib beradi. Ahamiyatlisi shundaki, paxta ekin maydonlari qisqarib don etishtirish kengaymoqda. Jami ekin maydonlarining 26.1foiz iga paxta ekildi. Qishloq xo’jaligida tog’, tog’ oldi adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug’doy, nwxat, poliz ekinlari, bog’dorchilik) va obikor dehqonchilik qilinadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish Baxmal (14.8foiz), /allaorol (10,4foiz), Jizzax (11.3foiz), Zomin (10.7foiz), Paxtakor (8.3foiz) rayonlari etakchi hisoblanadi. Barcha rayonlarning 9 tasida paxta etishtiradi. Viloyat bwyicha 105,3 ming gektarga paxta ekilib 155.5 ming tonnaga yaqin hosil olindi (2000 y.). Paxta ekiladigan maydonlar tobora kamayib bormoqda. Viloyatning Jizzax, Zomin, /allaorol, Baxmal rayonlarida pilla etishtiriladi. Qishloq xo’jaligining shu sohadagi katta imkoniyatlarni hisobga olib O’zbekiston-Tojikiston «Kumush tola» ipak tolasi tayyorlaydigan qo’shma korxona tashkil etilgan. Poliz ekinlari 4.8 ming gektar erga ekilib 47.3 ming tonna (2008y) hosil olindi, bundan tashqari sabzavotchilikda kartoshka (12.4 ming t.) meva va sabzavotlar (10.6 ming t) etishtirish ham yo’lga qwyilgan. Qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan chorvachilik yani qo’ychilik va parrandachilik etakchi hisoblanadi. Ayniqsa, Baxmal, Zomin, Forish va /allaorol rayonlaridagi chorvachilik tarmog’i sut-gwsht va gwsht etishtirishga ixtisoslashgan bo’lsa, Jizzax, /allaorol hamda Zafarobod 132 rayonlari sanoatlashgan parrandachilikka yani parranda gwshti va tuxum etishtirishga mwljallangan. Tog’ va tog’ oldi mintaqasiga kiruvchi rayonlarda gwsht ywnalishidagi chorvachilik jadallik bilan rivojlanmoqda. Yani, bularga qo’ychilik, Baxmal, /allaorol rayonlaridagi chwchqachilik naslchilik fermalarini, yilqichilikda Jizzax tumanidagi ot sporti maktablari uchun ot bilan taminlashga xizmat qiladigan «Ravot» naslchilik xo’jaligini misol qilib keltirish mumkin. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bozor infrastrukturasini barpo etish, aholining ishsiz qolgan qatlamini ish bilan taminlash, oziq-ovqat, qurilish, engil sanoat tarmoqlarida kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling