Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxasissligi Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich


Download 1.7 Mb.
bet3/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1268119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Intelektual tahlil metodlarini ta\'lim jarayonida qo\'llash

Tadqiqot maqsadi: Ma‘lumotlarni intellaktual tahlil etishning klasterizatsiya usullari va algoritmlarini qiyosiy tahlil qilish, ta‘lim tizimida shakllanadigan ma‘lumotlarni klasterizatsiya usullari orqali intellektual tahlil etishdan iborat. Dissertatsiya ishida tadqiqot maqsadini amalga oshirilishi uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
1. Intellektual tahlil bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
2. Ma‘lumotlarni intellektual tahlilida kalasterizatsiya usullarini tavsiflash va qiyosiy tahlil qilish;
3. Intellektual tahlilning klasterizatsiya usullari uchun dasturiy ta‘minotlarini tadqiq qilish;
4. Klasterizatsiya usulida ma‘lumotlarni intellektual tahlilini amaliy masalalarga taqbiq etish.
Tadqiqot obyekti: Ma‘lumotlarni intelektual tahlil etishning sinflashtirish usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti: Intellektual tahlil etish, statistik tahlil, ma‘lumotlar strukturasi va algoritmlash metodikasi.
Tadqiqotning maqsadi: Intellektual tahlil metodlarini klasterizatsiya usullari, ularning qiyosiy tahlillari va o‘qitish jarayoni uslubiyotini ilmiy-amaliy asoslash imkoniyatini ochib berish.
Muammoni o’rganganlik darajasi. O‘qitish jarayonida ma‘lumotlarning intellektual tahlilini qo‘llash, avtomatlashtirilgan shu sohada o‘qitishni tashkil etish, qolaversa intellektual elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan intellektual o‘qitish tizimlarni tashkil etishining nazariy asoslari hamda ularning amaliy tadbig‘i borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular usullar, algoritmik vositalar ko‘rinishda o‘z aksini topgan. Ushbu ishlar chet elda Grigoriy Piatetskiy, L.Zade, R.A.Fisher, A.A.Barsegyan, V.I.Vasilev, Ayvazyan S.A, N.G.Zagoruyko, I.A.Chulkova, N.Paklin, Jan Jantzen va vatandoshlarimiz – T.F.Bekmuratov,O.J.Bobomurodov, Komarov V.A, M.M.Kamilov, O’.Yuldashev,A.A.Abduqodirov, N.A.Ignatev, A.R.Axatov, O.N.Raximov izlanish natijalari hamda amaliy tadbiq jarayonlarida o‘z aksini topgan. O‘rganib chiqilgan ishlarda, intellektual tahlillar asosida o‘qitishni tashkil etish elementlarining modellari tadqiq qilingan, biroq intellektual tahlillar asosida o‘qitish tizimini bilimlar bazasida ifodalash masalalari yetarlicha o‘rganilmagan. Shu sababli, tadqiqot ishida intellektual o‘qitishni tashkil etishda bilimlar bazasini shakllantirish masalalari, shu orqali tizimning samarali ishini yo‘lga qo‘yish vazifalarini chuqurroq tahlil etish va tadqiq qilishga asos bo‘ldi.
Tadqiqot vazifalari: Tаdqiqоtning mаqsаdidаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgi vаzifаlаr bеlgilаndi:

  • Ma’lumotlarni intelektual tahlil qilish metodikasini o’rganish;

  • Intelektual tahlil metodlarini o’rganish misolida asosiy tushuncha va mavzularini aniqlash va ularni o’qitish uslubiyotini ishlab chiqish;

  • Nazorat va tajriba guruhlarida dasturlash tillarini ta’lim jarayonida (tajriba guruhlarida yangi uslubiyot asosida) o’qitish, vaziyatni kuzatib borish, talabalarning bilim darajalarida ro’y berayotgan o’zgarishlarni aniqlash, olingan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling