Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxasissligi Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich
Download 1.7 Mb.
|
Intelektual tahlil metodlarini ta\'lim jarayonida qo\'llash
SPSS (inglizcha «Statistical Package for the Social Sciences» — «statistik fanlar uchun statistik paket») — ma‘lumotlarni statistik qayta ishlash kompyuter dasturi bo‘lib, ijtimoiy ilm-fanda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan tijorat dasturlari bozorida peshqadamlaridan biri hisoblanadi. Bu dasturning birinchi versiyasi 1968 yilda Norman Nay, Xedli Xall va Deyl Bentlar (talabalar) tomonidan yaratilgan va Chikago universitetida rivojlantirilgan. 1975 yilda SPSS Inc alohida kompaniya bo‘lib, 1992 yilda Microsoft Windows ostida paketning birinchi versiyasi chiqqan. Xozirgi kunda uning 10 dan ziyod paketlari Mac OS X va Linux OS lari uchun ham yaratilgan.
Misol uchun, bizga tibbiyot muassasasi tomonidan yig‘ilgan o‘smirlar haqidagi ma‘lumotlar 1-ilovadagi 1-jadval ko‘rinishda berilgan bo‘lsin, bu ma‘lumot asosida ularni maktab sinflariga sinflashtirishni SPSS – ijtimoiy fanlar uchun statistik paketida bajarib ko‘ramiz. http://ru.wikipedia.org/wiki/SPSS 7 Jadvaldagi – o‘smirlar yoshini bildiradi, – o‘smirlar jinsi 1 (o‘gil bola) va 0 (qiz bola) bilan berilgan. Jami 861 ta satrni ob‘yekt sifatida qaralganda, berilgan 861 ta ob‘yekt 2 ta belgi bilan berilgan deyiladi. 3.1-rasm. SPSS statistik paketining ma‘lumotlarni taxrirlash oynasi va k-means usulida klasterizatsilash modulini ishga tushirish SPSS paketida bu ma‘lumotlarni fayldan yuklash mumkin (3.1-rasm). Taxrirlash oynasi yoki asosiy oynaning menyusida Analyze/Classify/K-means bo‘limi tanlash orqali yuklangan ma‘lumotlarni k-means algoritmi asosida klasterizatsiyalash mumkin. k-means klassifikatorning parametrlar (3.2-rasm) oynasida natijalarni bayon qilish va asosiy faktorlarni tanlash mumkin. a) b) 3.2-rasm. k-means klasteizatsiya uchun parametrlarni tanlash oynasi: a) –parametr darchasi; b) – Options… - sozlash darchasi. Number of Cluster: taxrir satriga bizga kerakli klasterlar soni kiritiladi, ushbu misolda o‘smirlarni maktab sinflari bo‘yicha klasterlashimiz uchun klasterizatsiya soni 9 deb olindi. Natijada SPSS paketi asosiy oynasida quyidagi natijaviy jadvallar hosil qilindi (3.3-rasm). 1.1-jadval. Natijaviy klasterlar markazlari. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling