Ta’limda axborot texnologiyalari


Elektron o'quv kursining modeli. EO'Kni yaratishda gipermatn texnologiyasining imko- niyatlari


Download 1.28 Mb.
bet111/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
topshiriq

3.Elektron o'quv kursining modeli. EO'Kni yaratishda gipermatn texnologiyasining imko- niyatlari.

Ta’lim serverini mazmunan to’ldirish uchun turli elektron o’quv materiallari tayyorlashda ko’rinadi. Bu ishda asosiy rol, albatta pedagoglarga tegishli, lekin o’quvchilar uchun ham keng faoliyat maydoni ochiladi. Bu, masalan, obzorli materiallarni ichiga oluvchi Web-sahifalarni tayyorlash, u yoki bu fan bo’yicha eng qimmatli axborot manbalari (Internet havolalari) ro’yxatlari bo’lgan annotasiyalangan kataloglar, modellashtiruvchi dasturlarda ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo’lishi mumkin. Gipermatnli texnologiyadan foydalanish, ham pedagoglar, ham o’quvchilar uchun axborot bilan ishlash imkoniyatini doimo yaxshilab borgan holda, butun tizimni oson o’zgartirish va kengaytirish imkonini beradi.


Gipermatnli texnologiyadan foydalanish o’z-o’zidan barcha ishlanmalarni yagona standart doirasiga kiritadi, lekin O’AT dasturiy ta’minoti kompleks ishlashi uchun, odatda, yagona axborot makoni shakllanishini ta’minlaydigan va o’zida, o’quvchilar, o’quv yurti pedagoglari va ma’muriyati operativ foydalana oladigan, muammoga yo’naltirilgan axborot muhitini ifodalaydigan standart dastur – qobiq tuziladi yoki jalb qilinadi. Bunday qobiqlarni (VLE, Net- maktab va boshqalar) joriy qilish pedagoglarning bevosita ishtirokida olib borilmoqda. Pedagoglar tajriba foydalanish bosqichidayoq, o’z takliflarini ishlab chiquvchilarga bergan holda, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun ularning imkoniyatlarini o’rganadilar. Biroq, afsuski, bunday dasturiy ta’minot uchun yagona standart hozircha ishlab chiqilmagan. Masofadan va ochiq o’qitish dasturlarini amalga oshiradigan o’quv yurtlari va markazlari (mamlakatimizdagi va chet eldagi), axborot muhitini saqlab turish uchun faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o’zlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishmoqda.

Nazorat savollari




  1. Masofadan o’qitish nima?

  2. Masofadan o’qitishning afzalliklari nimalardan iborat?

  3. Elektron darsliklarni o’quv jarayonida qo’llash afzalliklarini aytib bering.

  4. Qanday turdagi elektron darsliklarni bilasiz?

  5. Elektron darsliklarni qanday mezonlar asosida qiyosiy tahlil qilish mumkin?

1. O’quv materiallarini taqdim etishning qanday shakllari mavjud?


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling