Ta’limda axborot texnologiyalari


Download 1.28 Mb.
bet51/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
topshiriq

Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har qanday SHKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.

Tarmoq topo logiy asi - bu SHKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi zarur.
Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo’lib, har bir SHK tarmog’iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari bo’yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog’langan SHKlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’iicha har ikki tomonga tarqaladi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi katalogda qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling