Ta’limda axborot texnologiyalari


Download 1.28 Mb.
bet70/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
Bog'liq
topshiriq

mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.




Mavzu rejasi:


    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.

    2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish.

    3. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.


Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, AAT larining hayotiylik sikli, AAT larining tasnifi, qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.

    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli



Avtomalashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy sikli Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to’xtatishgacha bo’lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AATning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:

      1. Loyiha oldi bosqichi(rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimlarini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AATga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.

      2. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AATning texnik loyihasini rasmiylashtirish.

      3. Qo’llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo’llanma yo’riqnomalarni yaratish, qo’llanma loyihani rasmiylashtirish.

      4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni o’qitish, AATni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.

      5. Ekspluatatsiya (kuzatib qo’yish, modernizasiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AATning ishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yig’ish, xato va kamchiliklarni to’g’rilash, AATni modernizasiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.

Axborot tizimlarining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o’zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to’plami shakllanadi.


    1. Download 1.28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling