Ta'limda tadqiqot usullari reja


Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli


Download 245.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.04.2023
Hajmi245.67 Kb.
#1277981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA\'LIMDA TADQIQOT USULLARI

Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli.O’qitishning induktiv va 
deduktiv metodlari o’quv materiali mazmunining xarakteri va mantig’ini 
yoritish usulidir. Induktiv metodda o’qituvchi avval faktlarni 
tushuntiradi, tajribalarni, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qiladi va 
umumlashtiradi. 
Deduktiv metod - o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta‘riflarni 
aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib 
chiqarish usulidir. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo’llash 
o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishda xususiydan umumiyga yoki 
umumiydan xususiyga o’tishning qaysi birini tanlashni anglatadi. 


O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish usuli. 
O’qitish tizimida barcha ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonining 
samarali bulishi uchun nazorat ta‘lim jarayonining ajralmas qismi bo’lib, 
nazorat qilish tufayli o’qitishdagi o’zaro muloqot, o’qitishning borishini 
jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish, yangi darsga 
aniq vazifalar qo’yish imkonini beradi. Nazorat ham bir qancha turlarga: 
og’zaki, yozma va laboratoriya turlarga bo’linadi.
O’qituvchi yoshlarni o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatishda o’z-o’zini 
to’g’ri baholay bilishga, hayotda o’zi intilishi lozim bo’lgan idealni aniq 
tushungan holda o’zidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni 
ko’ra olish mahoratini shakllantirmog’i lozim. Nazorat va o’z-o’zini 
nazorat qilish uslublarini o’zaro mohirona biriktirish barcha o’quv 
fanlari bo’yicha ta‘lim samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
10.3. Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh 
berish usullari. 
O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga 
bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi 
faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining 
faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari 
undaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga yana bunday ichki undash 
faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning 
o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va 
hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.
O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri - o’qishda 
ma‘lum 
qiyinchilik 
sezayotgan 
o’quvchilarga 
muvaffaqiyatli 
vaziyatlarni yaratishdir. Rag’batlantirish o’quvchi-talabaning ko’nglini 


ko’taradi, unga quvonch keltiradi va uni yanada yaxshiroq o’qishga 
undaydi. Rag’batlantirish yo’llari bu yaxshi baho qo’yish, maxsus 
tanlangan topshiriqlar berish, fotosuratlarini maxsus rag’batlantirish 
oynalariga ilish kabilardir. Muvaffaqiyatga erishish vaziyatini 
o’quvchining oraliq harakatlarini rag’batlantirish, ya‘ni uni yangi zo’r 
berishlarga maxsus undash yo’li bilan ham tashkil qilish mumkin. 
Muvaffaqiyat vaziyatlarni yaratishda u yoki bu topshiriqlarni bajarish 
jarayonida qulay ma‘naviy-ruhiy muhitni ta‘minlash muhim o’rin 
egallaydi.
Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga 
egadir. Masalan, baho bilan rag’batlantirish, maxsus tanlangan 
topshiriqlar berish yo’li bilan o’qishdagi muvaffaqiyat vaziyatini 
yaratish, imtiyozli stipendiyalar tayinlash, tajriba va laboratoriya 
ishlarini tayyorlashda qatnashish, ekranlarni jihozlashlari orqali 
rag’batlantirish; bilimlarni jamoatchilik tomonidan ko’rish yakunlariga 
qarab rag’batlantirish va hokazolar.
O’qishga doir tanbehlar: dars paytidagi og’zaki tanbeh berishlar, 
bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozishlar, xatolarni ko’rsatish, 
koyish va boshqa usullar orqali qo’llaniladi. Koyish hamda jazolashning 
boshqa turlarini qo’llash o’qitish usulida istisno hol, chunki bu usul eng 
so’nggi ilojsiz chora hisoblanadi. Maktabda, shuningdek barcha ta‘lim 
muassasalarida 
o’quvchi-talabalarga 
tan 
jazosi 
berish, 
o’zlashtiraolmagani uchun uni haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon 
iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas. Pedagogik faoliyatda bu kabi 
usullardan foydalanish nojoiz sanaladi. 

Download 245.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling