Ta'limda tadqiqot usullari reja


 2. Ta‘lim usullarining turlari


Download 245.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi245.67 Kb.
#1277981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA\'LIMDA TADQIQOT USULLARI

10. 2. Ta‘lim usullarining turlari. 
Ta‘lim usullarini tasniflashda o’quvchiga dastur materiallarini 
o’rganishning maqsadga muvofiqroq yo’llarini tanlash imkonini 
yaratadi, o’z ishidagi yutuq va kamchiliklarini tushunishda yordam 
beradi, o’qituvchining faoliyatini takomillashtirish uchun qulay sharoit 
vujudga keltiradi. 
Ta‘lim tizimida o’quvchilarga bilim berishning eng qulay 
imkoniyatlarga asoslangan holda o’qitish usullarini quyidagi turlarga 
bo’lib o’rganamiz. 
1. Ta‘limning og’zaki usullari. 
2. Ta‘limning ko’rgazmali usullari. 
3. Ta‘limning amaliy usullari. 
4. Ta‘limning muammoli-izlanish va reproduktiv usuli. 
5. Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli. 
6. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va tanbeh berish 
usullari. 
7. O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish usuli. 


8. Kitob bilan ishlash usuli. 
Ta‘limning og’zaki usullari. O’qitishning og’zaki usullari 
ta‘limda doimo eng ko’p qo’llanib kelinmoqda. Didaktikada o’qitishning 
og’zaki usullari uch turga: o’qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab 
ma‘ruzasiga ajratiladi. Og’zaki bayon qilish usulida ikki faoliyatning, 
ya‘ni bir tomondan o’qituvchining o’quv materiallarini mohirlik bilan 
og’zaki bayon qilib berishi va ikkinchi tomondan, bayon qilinayotgan 
materiallarni o’quvchilar diqqat bilan tinglab, ongli va mustahkam 
o’zlashtirishlari birligiga amal qilinadi. Og’zaki bayon qilishda 
(tushuntirishda) o’qituvchi o’quvchilarning psixologik va yosh 
xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb 
etishi va bilishga doir ishlarni faollashtirish zarur. 
Hikoya. Bu usul maktab ta‘limining hamma bosqichlarida 
qo’llaniladi. Boshlang’ich sinflarda bu juda qisqa va aniq, yuqori 
sinflarda esa katta materiallarni bayon qilishda to’liq hikoyadan 
foydalaniladi. Hikoya yakunlangach, u suhbat va tushuntirishlar bilan 
to’ldiriladi.Hikoyada o’qituvchining nutqi yorqin, aytgan so’zlari 
bolalarga tushunarli bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, hikoya 
qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga oid omil
hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, obrazli tasvirlash 
yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir.
O’quv materiallarini tushuntirish - o’qituvchi tomonidan 
o’tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, ta‘rif, 
qonun va qoidalarni uqtirishdir.

Download 245.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling