Ta'limi vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi asqar n ig ‘m atov


Ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish masalasining ustuvorligi


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/118
Sana25.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1722646
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
ekoturizim-asoslaripdf

Ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish masalasining ustuvorligi. 
Har qanday ekoturistik sayyohlikdan maqsad — ekoturizm orqali 
mahalliy, milliy, mintaqaviy va global miqyosda tabiiy atrof-m uhitni 
muhofaza qilishni tartibga solish yoki yo lga qo'yish. Buning uchun


4 2
EKOTURIZM asoslari
ekoturistik obyektlarning ekologik xavfsizligini inobatga olgan holda 
ekoturistik tadbirlarni o'tkazish qoidasiga rioya etish kerak. Ekoturizm 
tashkillashtirilayotgan joyda kechayotgan barcha hodisa va jarayonlar 
inson hayoti bilan uzviy bog'langan. Shuning uchun ham tabiatni 
muhofaza qilish kishilarning ekologik jihatdan xavfsiz hayot kechi- 
rishlari manbayi hisoblanadi.
Ekoturizmdan tushgan foydaning ekologik maqsadlarga yo lnal- 
tirilganligi. M azkur ekoturistik prinsipga ko'ra ekoturizmdan kela- 
yotgan darom adning bir qismi ekologik maqsadlarga, ya’ni hozirgi 
va kelajak avlodlarning ekologik xavfsiz m uhitini ta ’minlashga 
qaratilishi lozim. Ekologik xavfsiz m uhit organizmlarning normal 
sharoitda ko‘payishi, o ‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va 
qulay tabiiy muhit holati demakdir.
Ekoturizmning tarixiy, madaniy, diniy turizm kabi boshqa turizm 
turlari bilan uzviy bog4anganligi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Xiva, 
Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, Toshkent, Q o‘qon kabi shahar- 
qishloqlarida 4000 dan ziyod tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklar 
va ziyoratgohlar mavjud bo ‘lib, ular millionlab fuqarolar va chet ellik 
turistlarni o ‘ziga jalb qiladi. Birgina Sam arqandning U lug‘bek 
madrasasiga har yili 100 minglab turistlar keladi. Shuning uchun ham 
tarixiy, madaniy, diniy, sport kabi turizm turlari bilan ekoturizmni 
birga olib borish ekoturlarga turistlarni ko'proq jalb qilishga, turistlarda 
0 ‘zbekiston haqida atroflicha tasaw urlar hosil bo'lishiga, kam xarajat 
orqali ko‘proq foyda olishga olib keladi. «Rabat Malik» sayohatchilar 
Assotsiatsiyasi o ‘z ekoturlarining aksariyat qismini tarixiy, madaniy, 
sport, folklor turizmi bilan qo'shib olib boradi. Undan tushgan foy­
daning 30 foizigacha bo'lgan mablag'lar ekologik tadbirlar uchun sarf 
qilinadi.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling