5. Darsga yakun yasash va baholash:
Bunda darsda erishilgan natijalar tahlil qilinadi. Darsning maqsadini va kutilayotgan natijalarga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birga aniqlash, o’quvchilarning savollariga javob berish, o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash, dars jarayonida o’quvchilarning ishtirokini olingan natijalarini baholash.
6. Uyga vazifa berish: 9-mavzuni o’qish. Mashqlarni bajarish.
1. Quyidagi ko'rsatmalar ketma-ketligi qanday algoritm turiga misol bo'ladi? Algoritmlar natijasini aniqlang:
a) a:=3, x:=2*a+a*a; a=?, x=? b) x:=1, x:=x+11, x:=x*x-4; x=? d) a:=15, b:=a, a:=a-b; a=?, b=?
2. Quyidagi ko'rsatmalar ketma-ketligi qanday algoritm turiga misol bo'ladi? Algoritmlar natijasini aniqlang:
a)
1) a:=3; 2) agar a > 2 bo'lsa, u holda x:=2*a+a*a va 4-bandga o'tilsin; 3) x:=9-a*x; 4) javobi x yozilsin; 5) tugatilsin;
b)
1) x:=1; 2) agar x > 2 bo'lsa, u holda x:=x+11 va 4-bandga o'tilsin; 3) x:=x*x-4; 4) javobi x yozilsin; 5) tugatilsin;
d)
1) a:=15; 2) b:= a; 3) agar a > b bo'lsa, u holda a:=a-b va 5-bandga o'tilsin; 4) a:=a+b; 5) javobi a, b yozilsin; 6) tugatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |