Hh tovushi va Hh harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish
Katta H harfi unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi. Uning pastki va ustki tugunchaklari bir xil bo’lishi lozim. Bosh H harfini bir necha qator yozib mashq qilish.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozishni mashq qilish.
IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi: Chiroyli yoz, yozsang xat
Chunki bu ham zo’r san’at.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.
Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi
VI. Uyga vazifa: Uy daftaridagi topshiriqlarni bajarish.
6 Mavzu: Kichik sh harfini yozish.
Sana ___________________
Maqsad: DTS talablari asosida dars o’tish.Yozuv ko’nikmalarini shakllantirish.
Ta’limiy: O’quvchilarga kichik sh harflarini yozish ko’nikmasini o’rgatish.
FK1 kichik o, bosh O, kichik n, bosh N, kichik a, bosh A , kichik i, bosh I, kichik m, bosh M, kichik t, bosh T, kichik l, bosh L, kichik b, bosh B, kichik k, bosh K, kichik r, bosh R, kichik o‘, bosh O‘, kichik d, bosh D, kichik u, bosh U, kichik y, bosh Y, kichik e, bosh E, kichik g, bosh G, kichik ng, kichik s, bosh S, kichik h, bosh H, kichik sh, harfini va ular ishtirok so‘zlarni to‘g‘ri va aniq yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |