Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja


Ta’limni tashkil etishning guruhiy shakli


Download 68 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1052257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)

Ta’limni tashkil etishning guruhiy shakli
So'nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda, ta’limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda. Guruhiy shaklning asosiy belgilari: - mazkur darsda muayyan o'quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo'linadi; - har bir guruh muayyan topshiriq oladi va uni birgalashib, o'z boshlig'i yoki o'qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi; - topshiriq guruhning har bir a’zosi qo'shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan yo'sinda bajariladi; - guruhning tarkibi doimiy bo'lmaydi, uni tanlashda guruhdagi har bir a’zoning o'quv imkoniyatlari jamoa uchun naqadar foydali amalga oshadigan bo'lishi nazarda tutiladi. Maxsus tanlangan guruhlarda o'quv va ishlab chiqarish topshiriqlari ma’lum yo'riqnoma - reja bo'yicha bajariladi. Turli predmetlarda va hatto, bitta predmet bo'yicha darslarda guruhlarning rahbarlari va tarkibi har xil bo'lishi mumkin. Darsning guruhiy shakli guruhdagi ishning tashkil etilishiga bog'liq. Birinchi galda, guruhning tarkibini to'g'ri tanlash zarur. U, albatta, kichik jamoa bo'lishi lozim, shundagina barcha a’zolar bir-birlarining yutuqlarini boyitadilar va kamchiliklarini to'ldiradilar. Guruhda o'zaro salbiy munosabatdagi bolalar bo'lmasligi kerak. Ba’zan ma’lum topshiriq guruhning moyilligi va qobiliyatlariga qarab qismlarga ajratiladi. A’zolarning har biri ishning o'ziga tekkan qismini yakka tartibda bajaradi. Keyin har bir o'quvchi bajargan ishning natijalari muhokama qilinadi va jamlanadi. Darsning guruhiy shakli, ayniqsa, qandaydir amaliy masalalarni hal qilishda yoki kursning qandaydir xususiy masalasini chuqur o'rganishda samarali bo'ladi. Darsning umumiy yoki yakka tartibdagi shaklida o'qituvchi bitta darsda hamma o'quvchilarga yordam berishga qiynaladi. U bir-ikki o'quvchi bilan ishlayotganida o‘zlarida savollar tug‘ilgan o‘quvchilar navbat kutib turadilar. Guruhda esa o‘quvchilarga juda tez yordam berish mumkin. Tajribadan ko‘rinadiki, bunda guruhdagi kuchli va bo‘sh o‘quvchigayordam beradigan o‘quvchi bo‘sh o‘quvchiga nisbatan kam manfaatdor bo‘lmaydi, binobarin, u o‘z o‘rtog‘iga tushuntirishda uning bilimlari yuksak darajada faollashadi va mustahkamlanadi. Guruhlar har qanday muammolarni hal qilishda ham g‘oyat samaralidir. Bir tomondan, ijodiy ish haqiqatni izlash jarayonini individuallashtiradi, chunki har bir o‘quvchi yechimni mustaqil holda topishga intiladi. Ikkinchi tomondan, fikr almashish, taxminlarni birgalikda tekshirish tabiiy, jamoaviy xususiyat kasb etadi. Sinfni guruhlarga bo‘lishda qiyinchiliklar tug‘ilishi tabiiy. Ayrimlar sinfni o‘quvchilaming qobiliyatlariga hamda aqliy kamolot darajasiga qarab guruhlarga ajratishni tavsiya etadilar. Bunday qilish xatodir, binobarin, qobiliyatli va qobiliyatsiz o‘quvchilarni bir-biridan uzoqlashtirish mumkin emas, aksincha, guruhlarda kuchsiz o‘quvchilarga kuchli o‘quvchilarning tashkiliy ravishda yordam berishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ekskursiyalami o‘tkazish majburiy bo‘lib, bu ish u yoki bu predmetni o‘rganishga ajratilgan vaqt hisobiga amalga oshiriladi. Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari kabi o‘quv ekskursiyalari ham didaktik prinsiplami (ilmiylik, o‘qishni hayot bilan bog‘lanishini, ko‘rsatmalilik va hokazolami) amalga oshiradi, borliqni, hodisalar va jarayonlarni, o‘zaro bogiiqlik hamda o‘zaro aloqalarni o‘rganishda, ilmiy dunyoqarashni, bilish va jamoatchilik qiziqishlarini, shaxsning sifatlarini shakllantirishda, o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash va kasblarga yo‘naltirishda yordam beradi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling