Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja


Download 68 Kb.
bet6/9
Sana24.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1052257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)

Darslarning tiplari
Dars strukturasi o‘quvchiIar bilish faoliyatining xarakteri bo‘yicha tasniflanadigan darslaming tipiga bog‘liq bo‘ladi. Ularni o'tkazish usullari, ta’lim metodlari esa o‘quvchilar mustaqil ishining darajasi bo‘yichatasniflanadi. Darsning quyidagi tiplari mavjud: o‘quvchilar yangi bilimlarni o‘zlashtiradigan, faktli materiallar to‘planadigan, kuzatishlar o‘tkaziladigan, jarayon va hodisalar o‘rganiladigan, ularni anglanadigan, tushunchalari shakllantiriladigan, ko‘nikma va malakalar tarkib toptiriladigan darslar, bilimlar umumlashtiriladigan va tizimlashtiriladigan darslar, bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni takrorlash, rnustahkam lash, boshqacha aytganda, kompleks qoMlash darslari, bilim, ko‘nikma va malakalar og‘zaki hamda yozma ravishda sinaladigan nazorat-tekshirish darslari, bir necha didaktik masalalar baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar. Darsning muayyan miqdordagi tiplarini belgilashning turlari, yoMlari bilan uning ancha jiddiy strukturasi ishlab chiqilgan. Masalan, kombinatsiyalashgan darslar quyidagi sxema bo'yicha tashkil qilingan: tashkiliy jihat, o‘quvchilar uy vazifasini qanday bajarganini tekshirish, o‘quvchilardan o‘tilgan mavzu bo‘yicha so‘rash, o‘qituvchining yangi materialni bayon etishi, o‘rganilayotgan materialni mustahkamlash, uyga vazifa berish. 0 ‘qituvchilaming ilg‘or tajribasini tahlil qilish, didaktlar (I.T.Ogorod- nikov, M.I.Maxmutov, V.A.Onishchuk, R.A.Mavlonova va boshqalar)ning tanqidi, darsning strukturasini tushuntirish ta’limning hozirgi talablariga javob bermaydi, degan xulosaga olib keladi. Darsning strukturasi faqat o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsdagi hamkorlik faoliyati tashkil topishining tashqi ko‘rinishini aks ettirib qolmasligi, balki o‘quvchilar bilish faoliyati bilan bog’liq ichki jarayonning mohiyatini ham ifodalashi lozim.
Kamol toptiruvchi ta’lim sharoitida «darsning strukturasi» tushunchasini aniqlashda uni uchta: didaktik, mantiqiy-psixologik va metodik shartlar asosida ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Bunda doimiy komponentlar: oldin o‘zlashtirilgan bilim va harakatlar usullarini faollashtirish hamda qoMlashdan, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat didaktik struktura asos boMadi (М. I. Maxmutov). Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatiari yangi o‘quv materialini va uni amalda qoMlashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalami o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining o‘zaro bogManishidir. T.A.Ilina darsning o‘z strukturasiga barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya’ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi. Darsning birinchi bosqichi - tashkiliy qism. Odatda, bu qismga salomlashish, o‘quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorligini tekshirish, darsda yo‘q o‘quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e’lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi - darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir. Darsning ikkinchi bosqichi - yozma uy vazifasini qo‘yilgan maqsaddan qat’i nazar, turli metodlar bilan tekshirish. Darsning uchinchi bosqichi - o‘quvchilarning bilimlarini og‘zaki tekshirish (yoki ulardan so‘rash).
Darsning to‘rtinchi bosqichi - o‘qituvchining bayon etishi asosida yoki o'quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish. Darsning beshinchi bosqichi - uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo'lsa, uni bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o'qituvchining o'zi doskaga yozishi, o'quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko'chirishi kiradi. Darsning oltinchi bosqichi - yangi materialni mustahkamlash, ya’ni dastlabki yoki yo'lakay - mazkur material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir. Darsning yettinchi bosqichi - uni tugallashdan iborat bo'lib, bu ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat o'qituvchining ko'rsatmasi bo'yicha mustahkamlanadi. Muallif darsning ana shu yettita elementini nazarda tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi:
I. Bilimlarni mustahkamlash darsi.
1. Tashkiliy qism.
2. Yozma topshiriqni (bor bo'lsa) tekshirish.
3. So'rash - mustahkamlash.
4. Uyga vazifa berish.
5. Darsni tugallash.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling