Darsning umumiy bahosi (Baholash)
- 0’qituvchi bolalar bilan ishlashdan qoniqish hosil qildimi?
- 0’quvchilar qanday ishlashdi? Ijodiy muhit vujudga keltirildimi?
-Ayrim o‘quvchilarda va butun sinfda qanday qiyinchilik va muammolar paydo bo‘ldi? Rejalashtirilgan masalalardan nima amalga oshirildi? Nima amalga oshirilmadi? Nima uchun?
- Pedagogik topshiriqlarni bajarish vositalarini to‘g‘ri (noto‘g‘ri) tanlashda muvaffaqiyatsiz (omadsiz)lik sabab bo‘ldimi? Ular qanday vositalar edi? Yoki boshqa sabablar bormi? Kelgusida ushbu dars tajribasini hisobga olsa boladimi? Oddiy 0‘qituvchi va ustoz o‘qituvchining biror masalaga yondashuvlaridagi farqqa e’tibor qiling-a! Masalan, qarshimizda ikki parallel sinf turibdi, ularning nazariy tayyorgarligi ham, emotsional yetukligi ham deyarli bir xil o‘quvchilardir. Albatta, ikkala sinfda ham ayni bir vazifani bir xil vositalar yordamida bajarish mumkin. Afsuski, ko‘p o‘qituvchilar xuddi shunday qiladi. Biroq ustoz-o‘qituvchi boshqacha yo‘l tutadi. Bir sinfda u voqealaming tashqi ta’siriga urg‘u beradi, boshqa sinfda jarayonlar kechishi mantiqiga e’tibor qiladi. Birida dars vaqtini shunday taqsimlaydiki, yangi materialni tushuntirish davomida mavzuning asosiy o‘rinlariga diqqatni alohida qaratib, uni bir necha marta takrorlaydi, ikkinchisida esa dars oxirida qisqacha bayon etadi, xolos. Shu tarzda bir masalani ikki xil ko‘rinishda hal qiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Ta’lim olish jarayonida qanday komponentlardan foydalaniladi?
2. Darsning tashkiliy shakllarini ochib bering.
3. Dars tizimi, strukturasi, elementlari va tiplarini so‘zlab bering.
4. Laboratoriya mashg‘ulotlarida dars tizimi, uning tiplari va turlariga oid munozara uyushtiring.
5. Maktab o ‘qituvchisining darsga tayyorlanishini o ‘rganib, u haqda konspekt yozib keling.
6. Ta’limni tashkil etish shakllari nimalardan iborat?
7. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlarini ayting?
8. Darsning turlari va tiplari haqida ma’lumot bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |