Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja


O’qituvchining o’z darsini tahlil qilishi


Download 68 Kb.
bet8/9
Sana24.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1052257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)

O’qituvchining o’z darsini tahlil qilishi
O’qituvchi o‘z faoliyatini o‘z hamkasblari tahlil qila olganidek, tahlil qila olishi zarur. Busiz kasbda rivojlanishga erishib boimaydi. Xo‘sh, tahlil qilishning o‘zi nimalardan iborat? U qanday prinsiplarga asoslanadi? Bizningcha, pedagogik faoliyatni tahlil qilganda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish, ularning uzviy bog'liqligini chuqur tushunish, o‘qituvchi qo‘ygan masalalar, uni yechish yo‘llari va ko‘zlangan maqsadlar qanchalik uyg‘unlashib ketishini his etish lozim. Bunda: birinchidan, biz hamkasbimiz darsini tashqaridan kuzatishimiz va faoliyatini tahlil qilishimiz; ikkinchidan, o‘zimiz uchun alohida aqamiyatga molik bo’lgan o’z harakatlarimizni tahlil qilishimiz kerak. Bunday tahlil (analiz) yo‘llarini egallash uchun muayyan bosqichdagi ishlarni bajarmoq zarur. Birinchi bosqich - psixologik-pedagogik fanning yangi g’oyalari, pedagogik faoliyatning tuzilishi, uning asosiy tarkibi, uning boshqa predmetlar bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro aloqasi bilan tanishish. Ikkinchi bosqich - tahlil, qayd etish, ro‘yxatga olish, xronometrlash yo‘llarini o‘rganish. Biz ishlab chiqqan Tahlil sxemasi (Analiz sxemasi)da faoliyatni qanday qilib va qanday izchillikda tahlil qilish lozimligi va ular o‘rtasida qanday tarkibiy qismlar va o‘zaro aloqa borligini ko‘rish mumkinligi bayon qilinadi. O’qituvchining o’z pedagogik faoliyatini ketma-ketlik asosida tahlil (analiz) qilish. Pedagogik topshiriqlar:
- Dars (mavzu)ga qanday aniq vazifalar qo‘yilgan:
a) rivojlantiruvchi; b) tarbiyalovchi; d) ta’lim beruvchi.
- Ular qaysi umumiy vazifaning bir qismi bo‘lib hisoblanadi?
- Darsda barcha topshiriqlar bajariladimi?
- Dars davomida vazifalar o;zgaradimi? O’zgargan bo’lsa, nima uchun? Pedagogik vosita va usullar:
- Mazkur sinf va alohida o‘quvchilaming xususiyatiari e’tiborga olindimi:

  1. ularning aqliy va psixik o‘sishi darajasi;

  2. potensial imkoniyatlari;

  3. fanni bilish darajasi;

  4. hissiy holatlar va darsga tayyorgarligi;

  5. qanday hisobga olindi? Agar hisobga olinmagan bo‘lsa, nima uchun?

- Mazkur sinf bilan ishlashga 0‘qituvchining xohishi qanday edi? Darsga tayyorgarlik darajasi-chi?
- Darsga tayyorgarlikda qanday usul va yo‘llardan foydalanildi? Darsda vaqt taqsimoti qanday bo‘ldi? U maqsadga muvofiqmi? Pedagogik masalalarni hal qilish uchun qo'shimcha materialdan foydalanildimi? Qanday maqsadda?
- Mavzuga oid majburiy material qayta qurildimi? Bu ijobiy natijaga olib keldimi? Agar olib kelmagan bo‘lsa, nima uchun? Darsda kutilmagan vaziyatlar yuz berdimi? Qanday? U qanday hal etildi?

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling