Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja


Download 68 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1052257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)


Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars - ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida
Reja:

        1. Maktabda o’quvchilarni tashkil qilishning asosiy shakli

        2. Darsga qo’yiladigan talablar

        1. O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli

        1. Ta’limni tashkil etishning guruhiy shakli

        2. Dars tizimi strukturasi elementlari va tiplari

        3. Darslarning tiplari

        4. Darsning umumiy bahosi (Baholash)

Hozirgi paytda o‘quv ishlarini tashkil etishning quyidagi shakllari qo'llanadi: dars, ekskursiya, o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta’limi shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari o‘quv ishlarining shakllari (predmet to‘garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar). Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy va guruhiy shakllari qabul qilingan. Biz darslardagi va uydagi yakka tartibdagi ishlar deganda o'quvchilarning o'zlari uchun maxsus tanlangan va har birining imkoniyatlariga mos topshiriqni bajarishlarini tushunamiz. Shunga ko‘ra o'qituvchi o'quvchining o'ziga xos imkoniyatlarini aniqlab, unga faqat tayyor namuna bo'yicha emas, balki mustaqil holda ishlashni ham talab qiladigan topshiriqlar sistemasini tanlaydi. Bunday ish tasodifiy emas, balki muntazam, puxta o'ylangan bo'lishi va bunda o'quvchining xususiyatlari hamda imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. O'quvchi imkoniyatlarining ikki tomoni nazarda tutilishi zarur. O'quv imkoniyatlarining ichki tomoniga fikrlash va eslab qolishdan iborat o'qish qobiliyati: o'quvchi ilgarigi ta’limda olgan maxsus bilimlar, shuningdek, o'quv mehnatiga doir ko'nikma va malakalarning, ma’lum darajada ish qobiliyati va mas’uliyatning, o'qish sabablari majmuyining mavjudligi kiradi. O'quvchi imkoniyatlarining tashqi tomoni unga maktabda xilma- xil ta’sir ko'rsatishdan va uning oila muhitida oladigan taassurotlaridan iboratdiir. Yakka tartibdagi ta’lim har bir o'quvchiga yetarli darajada chuqur va puxta bilimlar berish uchun, har bir o'quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini va zaruratga qarab o'zining bilimlarini mustaqil holda to'ldirib borish ko'nikmalariga ega bo'lishini ta’minlash uchun kerak. Yakka tartibdagi ishlarni darsning hamma bosqichlarida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlardan bilimlarni mustahkamlash, takrorlash va turli mashqlami uyushtirishda foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o'rganishda ham g'oyat samaralidir. O'quvchilar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo'sinda tuzish mumkin:


- dastlab mustaqil ishlarni o'tkazish hamda o'quvchi yashaydigan va o'qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o'rganish;
- o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish; - har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda bilim olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, o‘quvchini o‘z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga o‘rgatish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling