Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja
Download 68 Kb.
|
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)
Darsga qo’yiladigan talablar
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun: a) dars yoshlarni barkamol shaxs ruhidatarbiyalashning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan konkret bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi; b) darsning maqsadi, albatta, o‘quvchilarga tugallangan bilim berishni nazarda tutgan bo‘lishi; d) bir soatlik darsda o‘tishga mo‘ljallangan mavzu dastur materialining bir qismi sifatida ifodalanishi va bu materiallar o‘zaro ichki mantiqiy bog‘lanishga ega bo‘lishi; e) o‘tilishi kerak bo‘lgan materialning xarakteriga ko‘ra qanday dars tipi, o‘qitish metodidan foydalanish nazarda tutilishi; f) sinf o‘quvchilarining faolligini oshirish maqsadida umumsinf va ayrim o‘quvchilar bilan qanday ish olib borish kerakligi belgilangan bo‘lishi kerak. 2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim: a) darsning mazmuni o‘tilayotgan mavzuning mohiyatiga bog‘liq holda o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladigan materiallar bilan boyitilishi; b) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e’tiqodlarining shakllanishiga qaratilgan bo‘lishi; d) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan ilmiy nazariyalar orqali o‘quvchilarning dialektik, materialistik dunyoqarashlarini shakllantirish va o‘quvchilarni barkamol shaxs ruhida tarbiyalashi lozim. 3. Har bir dars, albatta, turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim. Bunda ayniqsa: a) matematika, fizika, kimyo, biologiya, geometriya va boshqa fanlarning ilmiy asoslari, uni turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llashi; b) sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida fanning tutgan o‘rni kabilar nazarda tutilishi lozim. 4. Har bir dars xilma-xil metod, metodik usul va vositalardan keng va unumli foydalangan holda olib borilishi lozim. 5. Darsga ajratilgan har bir soatni tejab, undan samarali foydalanish lozim. 6. Har bir dars 0‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning uchun: a) o‘qituvchi darsga puxta tayyorlanishi; b) shu dars davomida ishlatiladigan ko‘rgazmali o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlashi va ishlatishi; d) sinf jamoasi va har qaysi o‘quvchi bilan munosib muomalada bo’lishi; e) sinf faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni to‘g‘ri belgilashi, ayniqsa, o‘quvchilaming mustaqil fikr yuritishlarini, ularning diqqatini jalb qilish va ma’lum topshiriqlarni kitob bilan ishlash, tajriba o‘tkazish va yozma graflk ishlarni bajarish. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling