Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida Reja
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli
Download 68 Kb.
|
1-ma\'ruza BTPII (1) (1)
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli
Darsning umumiy shakli o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining shunday turidirki, unda o‘quvchilar hamma uchun umumiy bitta ishni baravar bajaradilar. Olingan natijalar sinf bo'yicha muhokama qilinadi, taqqoslanadi va umumlashtiriladi. Ommaviy ta’lim sharoitida o‘quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli g‘oyat muhimdir. U bolalarda jamoatchilik hissini tarbiyalash, ularni mulohaza yuritishga, 0‘quvchilarning mulohazalaridagi xatolarni topishga o‘rgatish imkonini beradi. To‘g‘ri rahbarlik qilinsa, bolalarning o‘quv imkoniyatlari aniqlansa, sinfda turli muammolarni muhokama etish juda samarali tadbir hisoblanadi. Bu tadbir o‘qituvchidan hamma 0‘quvchilarning fikrlashiga mos ishni topish mahoratini, ularning istaklarini tinglay olishni talab qiladi. Darsning umumiy shaklida ko‘zlangan maqsadlar bo‘yicha va, ayniqsa, o'quvchilarda dalillar bilan muhokama yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ajoyib natijalarga erishish mumkin. Agar bolaning o'quv imkoniyatlari to'g'ri baholansa, darsni tashkil qilishning umumiy shakli o'quvchilarga yakka tartibda yondashishdan keng foydalanish imkonini ham beradi. O'qituvchi ulardan o'z imkoniyatlariga bog'Iiq holda turli darajadagi umumlashmalami so'raydi. Shu tariqa o'quvchilarning tinglashlari ham, o'z bilimlari va fikrlarini o‘rtoqlari bilan taqqoslashi, tezda to'Idirishi, undagi xatolarni topish ko‘nikmalarini shakllantirishi juda muhimdir. Umuman olganda, sinfga ham reproduktiv, ham ijodiy topshiriqlar berish mumkin. Darsda ishning yakka tartibdagi va umumiy shakilari birlashtirilsa, har ikkalasining afzalliklaridan kengroq foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Yangi materialni o'rganish va uni mustahkamlashda darsni tashkil qilishning umumiy shakli eng samaralidir, olingan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo'llashni esa yakka tartibdagi ishlardan kengroq foydalanib tashkil etish yaxshidir. Laboratoriya ishlari umumiy yo'sinda tashkil qilinadi. Lekin bunda ham har bir o'quvchini maqsadga muvofiq kamol toptirish imkoniyatlarini izlash kerak. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling