Ta'limot qisqacha bayoni
Download 170.54 Kb.
|
Buddizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa
KeramikaGoryeo sulolasiga mansub seladon tutatqisi Goryeo davrida yashil nefritdan yasalgan seladon buyumlari mashhurlikka erishdi. XII asrda turli xil ranglarda yanada murakkab bezaklarni yaratishga imkon beruvchi murakkab inlaying usullari ixtiro qilindi. „Koreya sanʼati“ asarida Evelin MakKun shunday deydi: „XII asrda sopol buyumlar ishlab chiqarish eng yuqori darajaga yetdi. Chorak asrda bir vaqtning oʻzida bir nechta yangi uslublar paydo boʻldi, ulardan biri boʻlmish keramika buyumlar ishlab chiqarish sanoatini — koreys ixtirosi deya atash mumkin.“ Ikkinchi jahon urushidan keyin Angliyaning Viktoriya va Albert muzeyi xodimi William Bowyer Honey shunday deb yozgan edi: „Eng yaxshi koreys buyumlari nafaqat original, balki ular hozirgacha qilingan eng yaxshilari hamdur, shuningdek, bu kulolchilik buyumlari turli tashqi taʼsirlarga uchramagan edi. Ularda kulolchilikka xos boʻlgan barcha fazilatlar mujassam. Bu koreys kulollari, hatto xitoyliklar ham erisha olmagan choʻqqilarga yetishganligini bildiradi.“ Oq chinni XV asrda juda tez mashhur boʻldi va tez orada seladon idishlarini ortda qoldirdi. Oq chinnilar odatda boʻyalgan yoki mis bilan bezatilgan koʻrinishda yasalgan. XVI asrda Imjin urushlari paytida koreys kulollari Yaponiyaga olib kelindi va u yerda ular yapon kulolchiligiga katta taʼsir koʻrsatdilar. Bugungi kunda koʻplab yapon kulolchilik oilalari oʻzlarining sanʼati hamda ajdodlarini Koreya yarim orolini bosib olishga urinishlari paytida qoʻlga olgan ushbu koreys kulollariga borib taqalishini aytadilar Choson davrida (XVII asr oxiri) koʻk-oq chinnilar mashhurlikka erishdi. Mazkur chinnilar oq chinni ustida och koʻk rangga boʻyash orqali tayyorlanadi. MusiqaPungmul Xalq musiqasi va saroy musiqasi oʻrtasida janrlar farqi mavjud. Koreys xalq musiqasi xilma-xil va murakkab, biroq xalq musiqasining barcha shakllari ritmlar to‘plamini (koreyscha 장단, Jangdan deb ataladi) va erkin belgilangan melodik rejimlar to‘plamini oʻzida namoyon etadi. Koreys xalq musiqasi — bu bir xonanda va bir barabanchi tomonidan ijro etiladigan Pansori (판소리) deb nomlanuvchi qoʻshiqdir. Baʼzan raqqosalar va baxshilar ham boʻlishi mumkin. Ular YuNESKOning „Dunyo xotirasi“ kitobida nomoddiy madaniy meroslar qatoriga kiritilgan, shuningdek, baraban chalib, raqsga tushiladigan va qoʻshiq kuylash orqali ijro etiladigan qoʻshiq turi Pungmul (풍물) ham shu roʻyxatdan joy olgan. Samul Nori — Pungmul va Sanjo (산조) asosida yaratilgan koreys anʼanaviy musiqasi hisoblanadi. U tezkor templarda pauzasiz ijro etiladi. Yana bir musiqa turi Nongak (농악) esa „dehqon musiqasi“ degan maʼnoni anglatadi. Koreys saroy musiqasining kuylanishini 1392-yilda Choson sulolasi davrida kuzatish mumkin. Koreys saroy musiqalariga A-ak, Dang-ak va Hyang-ak lar kiradi. Koreys qadimiy musiqalari hali ham koʻp ijro etiladi va kuylanadi. Download 170.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling