Ta'limot qisqacha bayoni
Download 170.54 Kb.
|
Buddizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bogʻlar
Hayot tarziAnʼanaviy uylarAnʼanaviy uy, hanok (hano) Anʼanaviy dehqon uyi; Xalq qishlogʻi, Seul Koreyslarning anʼanaviy uylari Hanok (hangul :한옥) deb ataladi. Yashash joylari doimiy ravishda anʼanaviy geomantika yordamida tanlanadi. Qadimgi davrlardan beri geomansiya Koreya madaniyati va koreys shamanizmining muhim qismi boʻlgan boʻlsa ham, keyinchalik Koreya tarixining Uch qirollik davrida geomansiya Xitoy tomonidan qayta shakllantirilgan. Uyni iloji boricha koʻproq quyosh nuri olish uchun tepalikka va janubga qaragan holda qurish kerak. Ushbu yoʻnalish orqali uy qurish hali ham zamonaviy Koreyada qoʻllanilib kelinmoqda. Geomansiya, shuningdek, binoning shakliga, uning yoʻnalishiga va uy qurilgan material turiga taʼsir oʻtkazadi. Anʼanaviy koreys uylari ichki hovli (안채, anchae) va tashqi hovlidan (사랑채, sarangchae) iborat boʻladi. Shaxsiy tartib koʻp jihatdan mintaqaga va oilaning yashash tarziga bogʻliq. Aristokratlar ziyofatlar uchun tashqi hovlidan foydalangan boʻlsa, kambagʻal odamlar sarangchada qoramol boqishgan. Oila qanchalik boy boʻlsa, uy shunchalik katta boʻladi. Biroq, qiroldan tashqari har qanday oilaga 99 kandan (kan — anʼanaviy uylarda ishlatiladigan ikkita ustun orasidagi masofa) ortiq yashash joyiga ega boʻlish taqiqlangan. Ichki hovli odatda yashash xonasi, oshxona va yogʻoch polli markaziy zaldan iborat boʻlgan. Ichki hovliga bundanda koʻproq xonalar biriktirilishi mumkin. Kambagʻal dehqonlarning tashqi hovlilari boʻlmagan. Polni isitish (온돌, ondol) Koreyada qadimgi davrlardan beri qoʻllanilgan uslublardan biridir. Asosiy qurilish materiallari — yogʻoch, loy, kafel, tosh va somon hisoblanadi. Yogʻoch va loy oʻtmishda eng keng tarqalgan qurilish ashyosi boʻlganligi sababli, hozirgi kungacha koʻp eski binolar saqlanib qolmagan. BogʻlarHyangwonjeong, Gyeongbokgungdagi bogʻ, Seul Ibodatxona bogʻlari va xususiy bogʻlarning tuzilish tarkibi deyarli bir xil. Sharqiy Osiyodagi koreys bogʻdorchiligiga asosan koreys shamanizmi va koreys xalq dini taʼsir koʻrsatgan. Shamanizm tabiat va uning sirlariga katta eʼtibor qaratadi, tabiatdagi oʻzgarmas tartibning tafsilotlariga ham alohida yondashiladi. Bogʻni sunʼiy elementlar bilan toʻldiradigan yapon va xitoy bogʻlaridan farqli oʻlaroq, anʼanaviy koreys bogʻlari sunʼiylikdan qochishadi, bogʻni „tabiatdan koʻra tabiiyroq“ koʻrinishda yaratishga harakat qilishadi. Lotus hovuzi Koreya bogʻidagi muhim ahamiyatli jorlardan biri hisoblanadi. Agar tabiiy oqim paydo boʻlsa, koʻpincha uning atrofida hovuz suvini tomosha qilishdan zavqlanish imkonini beruvchi vaqtinchalik pavilon bunyod etiladi. Terasli gul yotoqlari anʼanaviy koreys bogʻlarida keng tarqalgan xususiyatlardan biridir. Gyeongju yaqinida joylashgan Poseokjeong yodgorligi Silla davrida qurilgan. Bu anʼanaviy koreys bogʻlarida suvning muhim ahamiyatga ega ekanligi kishi eʼtiborini tortadi. Poseokjeong bogʻida abalon (issiq dengiz molyuskasi) shaklidagi hovuzlar barpo etilgan. Silla shohligining soʻnggi kunlarida shohning mehmonlari hovuz atrofidagi qurilgan ayvonlarda oʻtirganliklari hamda, ziyofat paytida hovuzda sharob koʻzalari suzib yurganligini koʻrganliklari haqida oʻz qoʻlyozmalarida qayd etadilar Download 170.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling