Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 92 mustaqil ta’limning tashkil etilishi va uning istiqbollari aliyev Qaxramon Yusupovich


Download 36.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.1 Kb.
#1611111
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil-ta-limning-tashkil-etilishi-va-uning-istiqbollari



Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
92 
MUSTAQIL TA’LIMNING TASHKIL ETILISHI VA UNING 
ISTIQBOLLARI 
 
Aliyev Qaxramon Yusupovich 
Mahammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali magistri 
P.M.Jalolova 
TATU Qarshi filiali p.f.PhD, dotsent 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264458
Ta’lim tizimida AKT imkoniyatlaridan keng foydalanish bugungi kunning 
asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik 
jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini 
belgilab beruvchi omillardan biridir. O‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular 
bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish kabi talablar qo‘yiladi. Qo‘yilgan talablar 
bo‘yicha axborot texnologiyalarining multimediya vositalari asosida dars jarayonini 
tashkil qilish pedagog-o‘qituvchilarning ish faoliyatini osonlashtirib, o‘quv jarayonini 
boshqarish, uning samaradorligini yanada ko‘tarishga erishiladi. Ma’ruzani 
kompyuter yordamida taqdimot shaklida namoyish etish, seminar darsida 
talabalarning javob berishi, kuzatuvchi taqdimotlar, talabalar nashri darsda maxsus 
dasturiy vositadan foydalanish talabalarning o‘qish jarayoniga qiziqishini orttiradi va 
ta’lim sifatini oshirishga olib keladi. 
Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va 
uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan 
biridir. Interfaol usullardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish ham o‘ziga 
nisbatan talabchanlikni oshiruvchi, faolligini ta’minlovchi, bevosita o‘zini vaziyatni 
faol ishtirokchisi sifatida erkin idrok qilishiga va voqeaga real ko‘z bilan qarashga 
o‘rgatadi. Bunda esa ta’limni multimedia ko‘rinishida tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Yangi O‘zbekiston — maktab 
ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli 
islohotlarni amalga oshiramiz. 
Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya 
berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar 
bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz. 
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan 
insonlar etib voyaga yetkazamiz,-deb ta’kidlab o‘tdilar. 



Download 36.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling