Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


  13.3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 


296 
13.3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing 
 strategiyasining moliyaviy jihatlari 
Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 
yilga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan istiqboli oldindan oqilona 
tarzda aniqlangan bo‘lsa, baho strategiyasini mustahkam egallash 
mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan 
tovarlarning emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab 
chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg‘or o‘zgarishlar ta’siri ostida 
yaratilishi lozim bo‘lgan yangi barcha buyumlar bahosining 
dinamikasini ham ko‘proq yoki ozroq aniqlikda ko‘rish imkoniyati 
murakkabligicha qolaveradi. Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan yuqori 
sur’atlarda taraqqiy etgan mamlakatlarning barchasida erkin 
baholar, odatda, davlat tomonidan tartibga solinadigan baholar 
bilan oqilona uyg‘unlashgan holda ishlatiladi. 
XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari 
raqobat sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodiyotining asosiy 
bo‘g‘iniga bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida ustuvor ravishda 
shakllanishini va u uchun, asosan, topshirilgan (berilgan) miqdor 
ekanligini nazarda tutadi. XYuSning bozor muhiti bozor tashqi 
omillari va shart-sharoitlari hamda bozordan tashqari xo‘jalik 
aloqalar majmuidan iborat bo‘lib, ular iqtisodiyot asosiy bo‘g‘ini 
faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi va 
tadbirkorlik 
muhitidagi 
xatti-harakati 
taktikasining 
amalga 
oshirilishini ko‘zda tutadi. 
Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat 
muhitini 
tahlil 
qila 
borib, 
XYuSning 
tegishli 
xizmatlari 
mahsulotlarni yetkazib berish va ularni sotish baholarini o‘rganishi 
(1), soliqlar va boshqa to‘lovlarni inobatga olgan holda XYuSning 
ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol yetkazib berish shartlari 
va XYuSni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlashga baho 
berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat samara-
dorligini aniqlashi (3) kerak. 
Ana shu yuqoridagi uch yo‘nalishlar XYuS faoliyat 
ko‘rsatishining mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS 
faoliyatining umumiy sharoitlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining 
umumiy sharoitlarini makromuhit deb e’tirof etish qabul qilingan 
bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi omillarni qamrab oladi: 
• inflyatsion omillar, shu jumladan inflyatsion kutilishlar; 
297 
• ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar (mehnat, shu 
sohadagi beqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham 
qo‘shib hisoblaganda); 
• davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va 
pul-kredit siyosati; 
• baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida 
ko‘riladigan choralar; 
• XYuSning bozorda faoliyat ko‘rsatishini qonuniy ta’-
minlashga qaratilgan o‘zgarishlar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt, mulkdorning bozor vakili yoki 
uning vakolatchisi sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o‘z xatti-
harakatini tanlash erkinligi bozor baholarini shakllantirishning 
zaruriy shartlari hisoblanadi. O‘zaro manfaatli, xususan, og‘zaki 
bitimlar, shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari ko‘rinishidagi 
shartnomalar 
vositasida 
amalga 
oshiriladigan 
xo‘jalik 
subyektlarining tijorat munosabatlari ham shunga kiradi. Bu yerda 
yo‘qotmalar, zararlar va qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar 
(foydalar)ni 
qoplash 
kafolatini 
beruvchi 
shartnoma-bitim 
munosabatlari, boshqa xo‘jalik munozaralariga ta’sir ko‘rsatish va 
ularni himoya qilish muhim rolynaydi. Raqobat muhitining 
mavjudligi va monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli 
sharoit 
sifatida 
maydonga 
chiqib, 
ular 
xo‘jalik 
yuritish 
subyektlarini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari 
bilan ta’minlaydi. Bularning qatoriga muvozanat baholar evaziga 
talab va taklif nisbatlarining tenglashuvi oqibatida vujudga 
keladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak. 
Bozor iqtisodiyotida baholarni shakllantirish jarayoni, boshqa 
holatlardan tashqari, yana bahoni o‘rnatish xususida kim qaror 
qabul qilganligiga va uni kim tayyorlaganligiga ham bog‘liq. 
Shuning uchun ham baholar qay hollarda direktorlar kengashi, 
hissadorlik jamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori, uning 
o‘rinbosarlari va qay hollarda esa ta’minot bo‘limining boshlig‘i, 
uning joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda 
muhimdir. Shuningdek, bahoni asoslash bilan shug‘ullanadigan 
ma’muriyat xizmatlari va bo‘linmalarining aniq funksiyalarini 
belgilash ham kerak. Bu faoliyat XYuS markaziy xizmatlari 
tomonidan qat’iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshirilmog‘i 
lozim.


320 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling