Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Yuqori baholar strategiyasi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog‘ini ajratib olish”) 
dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha 
yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini 
ko‘zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan yangi tovarlarga 
tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi
tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining 
yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o‘xshash boshqa 
sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga “yorib kirish” 
strategiyasi 
ham 
mavjud. 
Bunday 
strategiya 
talabni 
rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish 
katta hajmda va talab yuqori elastik bo‘lgan bozorlarda samarali 
bo‘lib, unda sotib oluvchilar baholarning pasayishiga keskin 
munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. Bunda XYuS ishlab 
chiqarish hisobidan baholarning past darajasini ushlab turadi. 
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, 
ularning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning 
o‘rtacha darajasiga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni 
qo‘llash evaziga amalga oshiriladi. 
Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholarni taklif 
qilishdan XYuS manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilar bilan 
ishlashga qaratilgan. 
Elastik baholar strategiyasi baholarning iste’molchilar sotib 
olish qobiliyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishini anglatadi.
Barqaror, standart, o‘zgarmaydigan baholar strategiyasi 
nisbatan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda 
realizatsiya qilinishini nazarda tutadi. 
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi 
tovarni, masalan, 1000 so‘mda emas, balki 999,9 so‘mda sotib 
oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni 
o‘rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining 
isboti sifatida e’tirof etadi. 
293 
maqsad qilib qo‘ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan 
pastroq bo‘lgan bahoni so‘raydi. 
Bahoni o‘rnatish (aniqlash) jarayonida faqat iqtisodiy 
holatlarni emas, balki psixologik omillarni ham inobatga olmoq 
lozim. Bu o‘rinda baholarni shakllantirish borasidagi davlatning 
tartibga keltiruvchi rolini, daromadlardan olinadigan soliqlar va 
yana ko‘p omillarni ham unutmaslik kerak. Shuningdek, baholarni 
shakllantirishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida 
baholarning kamida quyidagi uch yo‘nalishi rivojlanadi: 
• markazlashtirilgan yo‘nalish (mahsulotlar muhim turlarining 
cheklangan doirasiga mo‘ljallangan); 
• ulgurji-shartnomaviy yo‘nalish (ishlab chiqarishga mo‘l-
jallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi XYuSlar 
o‘rtasida); 
• ishlab chiqaruvchilar va savdoga o‘rtasidagi yo‘nalish (xalq 
iste’moli, noiste’mol tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga 
mo‘ljallangan). 
Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va 
shuningdek, o‘z savdo tarmog‘i mahsulotlari uchun alohida 
xo‘jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda o‘rnatish hollari 
ham mavjud. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling