Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

konvertatsiyasi bu milliy valyutaning xorijiy valyutaga erkin 
ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va xizmatlarni to‘lash qobiliyatidir.
Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga 
bo‘linadi: 
1. Erkin konvertatsiya qilinadigan; 
2. Qisman konvertatsiya qilinadigan; 
3. Konvertatsiya qilinmaydigan. 
Erkin 
konvertatsiya 
qilinadigan 
valyutalarga 
milliy 
iqtisodiyoti mustahkam, iqtisodiy o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan, 
milliy valyutasiga chet ellik hamkorlar ishonadigan, odatda sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
ega 
bo‘ladilar. 
O‘zining 
milliy 
valyutasining erkin konvertatsiyasini ta’minlash maqsadida 
davlatlar ichki bozorda mahsulotlar va xizmatlarning jahon 
bozoridagi narxlarini shakllantirigan va unga ta’sir ko‘rsatmagan 
holda erkin tashqi savdo rejimini tashkil etishlari zarur bo‘ladi. 
Buning uchun esa, mamlakat Markaziy banki valyuta ayirboshlash 
operatsiyalarini tartibga solish, xorijiy valyutani olib kelish va 
chiqib ketish bo‘yicha ma’muriy cheklovlarni joriy etmasdan, 
o‘zida etarlicha oltin-valyuta zaxirasiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Mamlakatlar 
tomonidan 
milliy valyutaning 
boshqa 
xorijiy 
valyutalarga nisbatan to‘liq konvertatsiyasiga rasmiy ravishda 
(ya’ni, amalda esa boshqacha bo‘lgani holda) erishish mamlakat 
uchun katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin.
Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarning ma’lum bir 
qismi zaxira valyutalar hisoblanadi. Zaxira valyutalar boshqa 
mamlakatlar markaziy banklari tomonidan saqlanadigan va 
xalqaro hisob-kitoblar uchun zaxira vositasi hisoblangan 
valyutalardir. Bugungi kunda, zaxira valyutalar sifatida AQSh 
dollari, funt sterling, evro, Yaponiya yenasi, Shveytsariya franki 
qayd etilmoqda.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling