Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Ks = Hmo : Rmo 
Bu yerda:
Ks — 
moliyaviy oqim samaradorligining
koeffitsiyenti; 
Hmo — davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan 
(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi 
moliyaviy oqim; 
Rmo — rejadagi moliyaviy oqim. 
Moliyaviy 
oqimlar 
moddiy 
resurslarning 
uchrashma 
harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va 
mikrodarajalarida 
(korxonalar, 
firmalar, 
korporatsiyalar 
va 
boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va 
samaradorligi nazorat qilinadi. 
Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini 
(oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar 
deyiladi. 
Aksincha, 
pul 
mablag‘larining 
oqib 
ketishini 
xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. 
Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy 
moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori 
bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi 


114 
pul mablag‘larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning 
bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy 
salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi 
darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining 
manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi 
ular 
rentabelligi 
va 
investitsion 
samaradorligini 
oshirish 
imkoniyatlarini 
xarakterlaydi 
hamda 
moliyaviy 
ahvolini 
mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. 
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi 
bir necha ko‘rsatkichlar mavjud: 
• bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning 
miqdori; 
• inflyatsiya darajasi va dinamikasi; 
• davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); 
• oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. 
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
kompleksi faoliyatining natijasidir. 
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi 
sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy 
joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial 
kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy o‘sishning 
innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida 
samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi 
muammolarni 
(maorif, 
sog‘liqni 
saqlash, 
madaniyat 
va 
boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan 
birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida 
esa, 
mamlakat 
joriy 
va 
istiqboldagi 
salohiyatini 
mustahkamlashning muhim shartidir. 
Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning 
moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir 
tomonlama 
tartibda 
qabul 
qilingan 
xalqaro 
moliya-kredit 
majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning 
o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish 
muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda 
choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. 
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy 
ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa 
127 
Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo‘llanilishini taqozo 
etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
• iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda 
moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan 
ekonometrik modelni yaratish; 
• korrelyatsion-regression tahlil; 
• bevosita ekspertli baholash metodi. 
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning 
vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan 
moliyaviy 
rejalashtirishning 
metodi 
sifatida 
moliyaviy 
dasturlashtirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi: 
• yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini 
belgilash (o‘rnatish); 
• davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish; 
muqobil 
variantning 
tanlanishiga 
muvofiq 
ravishda 
moliyalashtirishni to‘xtatish. 
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga 
(resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning 
masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud 
zaxiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga 
erishilmaganda potensial yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. 
Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va 
choralarni 
muvofiqlashtirishning 
muhim 
metodi 
sifatida 
dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida 
faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan 
asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy 
mohiyati besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish 
bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining 
kutilayotgan ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka 
qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil 
oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan 
birinchi yilning reja ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt 
yillik ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli (orientirovkali) xaraktyerga ega 
hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab 
chiqarish 
maqsadlariga, 
resurslar 
va 
ijrochilar 
bo‘yicha 
balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va 


126 
biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar 
bilan muvofiqlashtirilishi kerak; 
• zaruriy 
investitsiyalarning 
hajmi, 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish bo‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning 
samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash; 
• va boshqalar. 
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari 
davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich 
material hisoblanadi, istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirishning 
axborot (informatsion) asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar 
tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik 
shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning 
obyektiv 
ravishda 
o‘zaro 
bog‘liqligi 
va 
uzoq 
muddatli 
tendensiyalarini, 
shuningdek, 
kelajakda 
bu 
tendensiyalar 
rivojlanishiga 
ta’sir 
ko‘rsatishi 
mumkin 
bo‘lgan 
omillarni 
aniqlashga imkon beradi. 
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur 
etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin 
bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va 
moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy 
bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy 
bashoratlash ikkiga ajratiladi: 
• o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; 
• uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. 
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 
oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi 
taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi 
ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi 
bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish 
manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy 
bashoratlar 
moliyaviy 
tizim 
organlariga 
moliyaviy 
tizimni 
rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga 
oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini 
belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar 
moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir 
vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida 
moliyaviy tizimning barcha subyektlari oldida turgan ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni hal qilishning turli ssenariylari ishlab chiqiladi. 
115 
subyektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z 
vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu 
korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki 
o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir. 
Sog‘lom 
ishlayotgan 
korxonalar 
uchun 
to‘lovga 
qobillik 
koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo‘lishi kerak: 
Pa 
Tqk = --------- 


Mm 
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, 
aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov 
majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini 
balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir 
(balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul 
mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini 
oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining 
harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va 
bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida 
korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. 
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to‘lovga qobilligining 
kengaytirilgan koeffitsiyenti, demakdir. Agar uning chap tomoni 
(daromadlar qismi) o‘ng tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa, 
unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar 
qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga qobil 
emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul 
mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari 
bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob-
kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar 
byudjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar 
byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi. 
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali 
korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha 
omillari 
harakatining 
qiymatdagi 
ifodasidan 
iboratdir. 
Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi – 
korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa 
moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, 


116 
resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa 
jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi. 
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy 
muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli 
davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq 
istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish 
korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi 
va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling