Soliq to‘lovchilarni hisobga olish (qayddan o‘tkazish) - ularni
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq
to‘lovchining Davlat reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq
to‘lovchilar majburiy ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tishi
shart. Bunda bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to‘lovchilar tomonidan
ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tganligini tasdiqlovchi
ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so‘nggina ularga hisob-kitob va
boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan muddat ichida ularga
(soliq to‘lovchilarga) xabar berishi kerak. Ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan
holda bank va boshqa kredit tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda
ma’muriy jazoga tortiladilar.
Soliq asosi, negizi (bazasi) – umumiy holda belgilangan soliqqa
tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to‘lovchilar va soliqqa
tortish obyektlarining yig‘indisi.
Soliq og‘irligi (yuki, “zulmi”) - davlat va jamiyat hayotida
soliqlarning rolini xarakterlab (ko‘rsatib) beradigan eng umumlashgan
ko‘rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda soliq
ajratmalarining salmog‘ini (hissasini) ko‘rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining
amalga oshirilayotgan modelidan kelib chiqadigan o‘lcham. Soliq
yig‘imlarining jami milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan
aniqlanadi.
Soliq imtiyozi - soliq to‘lovchi soliq majburiyatlari hajmining to‘liq yoki
qisman qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi.
Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali
amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o‘zgarishida,
781
Uning summasi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
To‘g‘ri (bevosita) soliqlar – daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs
to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish
va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |