780
munosabatlari sohasi. Sug‘urta huquqiy munosabatlari
ishtirokchilari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning shakli.
Sug‘urta bozori assortimenti – sug‘urtalanuvchi murojaat qilishi
mumkin bo‘lgan sug‘urta turli ko‘rinishlarining (turlarining) to‘plami (majmui).
Sug‘urta rezervlari – sug‘urta badallari hisobidan shakllanadigan va
birinchi
navbatda, sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta to‘lovlarini amalga
oshirishga sarf (xarj) qilinadigan maxsus fondlar. Daromadlarga emas, balki
sug‘urtalovchining majburiyatlariga bog‘liq ravishda shakllanadi (tashkil
qilinadi).
Smetali moliyalashtirish – noishlab
chiqarish sohasi korxona va
tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi.
Sotsial ta’minot - qariganda, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini
yuqotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni moddiy
ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul mablag‘larining ijtimoiy
fondini shakllantirish va undan foydalanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
taqsimlash munosabatlari tizimi.
T
Taraqqiyot byudjeti - davlat byudjetining tarkibiy qismi, uning kapital
xarajatlari tarkibida shakllantiriladi va investitsion loyihalarni kreditlashtirish,
investitsiyalashtirish va kafolatli ta’minlash uchun foydalaniladi.
Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar – tegishli byudjetda
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni to‘liq qoplash maqsadida umumdavlat
soliqlaridan quyi byudjetdagi biriktirilgan daromadlarning
ustiga yuqori
byudjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, korxonalardan
olinadigan daromad
(foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kabilar
kiradi. Bu soliqlar bo‘yicha daromadlar quyi byudjetlardagi tushumlarni
tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha
soliqlardan foiz
ajratmalari ko‘rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo‘yicha
ajratmalar bevosita quyi byudjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi
(normativi) esa davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: