Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Soliq elementlari – davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan 
soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni tashkil qilish, 
soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o‘zida aks ettiradi. Soliqlarning 
elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) soliq subyekti (soliq to‘lovchi); 2) 
soliqni o‘zida tashuvchi (namoyon etuvchi); 3) soliq obyekti; 4) soliq 
manbai; 5) soliqqa tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, 
me’yori); 7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtayi 
nazaridan yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari soliqning muhim 
elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: 1) soliq masshtabi; 
2) soliqqa tortish bazasini (asosini, negizini) hisobga olish usuli; 3) soliq 
davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri; 6) soliqni to‘lash 
muddatlari; 7) soliqni to‘lash usuli va tartibi. 
Soliq kvotasi – soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan 
soliqning miqdori, hajmi, o‘lchami.
Soliqqa tortish – qonuniy ravishda o‘rnatilgan soliq undirish (olish) 
tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. 
Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo‘jalik konyunkturasining 
xolatiga ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Soliqqa 
tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag‘larini qayta taqsimlashdir. 
Soliqqa tortishning bir-biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, 
proportsional va regressiv turlari mavjud. 
Soliqqa tortish manbai - soliqlarni to‘lash uchun foydalaniladigan 
rezerv, odatda, soliq to‘lovchining daromadi va kapitali. Eng umumiy 
shaklda soliqqa tortish manbai bo‘lib soliqqa tortish obyektidan qat’iy nazar 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning 
birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot 
hisoblanadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling