Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

9.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish 
samaradorligini baholash 
XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilish 
samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliyaviy 
samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichini 
olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha: 
R = (Cf : O‘k) x 100 
Bu yerda: R — sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining 
rentabelligi; 
Sf — sof foyda yoki netto-foyda; 
O‘k — o‘z kapitali. 
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib 
hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga 
bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchi omillarni tahlil qilish uchun 
amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida 
qo‘llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning 
ko‘rinishi quyidagicha: 
R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),
Bu yerda: R - sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining 
rentabelligi; 
Sf – sof foyda yoki netto-foyda; 
O‘k – o‘z kapitali; 
T – tushum; 
A – aktivlar. 
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof 
foydaga ko‘ra o‘z kapitalining rentabellik koeffitsiyentini ko‘rsatsa, 
(Sf : T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu 
nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) 
o‘rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda 
sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida 
olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya 
hajmidagi nisbatiga bog‘liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo‘jalik 


216 
faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning 
aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri 
keluvchi bir so‘mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi 
aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko‘p 
aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. (A : O‘k) 
nisbati esa bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning 
umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri 
keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi 
shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy 
faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo‘shimcha 
manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu 
narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon 
beradi. 
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro 
bog‘liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab 
berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar 
XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, 
ularning 
aylanish 
tezligi, 
sotish 
hajmi 
va 
sotilayotgan 
mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 
barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 
Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biznes-rejani ishlab 
chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion 
biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. 
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash 
uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu koeffitsiyent XYuSga tegishli bo‘lgan tushumning 
barcha aktivlarning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling