Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

N
а
 = (1/m) x 100% 
Bu yerda: N
а
- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk 
obyektining boshlang‘ich (tiklash) qiymatiga
nisbatan amortizatsiya normasi (foizda); 
- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk shu
obyektining foydali foydalanish 
muddati (oyda). 
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
N
а
 = (2/m) x 100% 
 
 
Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsiyenti. 
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga 
keladigan o‘z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya 
fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar 
ham kiradi: 


246 
• foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa 
tashkilotlarda aksiyador sifatida
ishtirok etishdan olinadigan 
daromadlarni ham qo‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan 
kelib tushuvchi pul mablag‘lari; 
• mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul 
mablag‘lari; 
• XYuSga tegishli bo‘lgan ijara haqi, lizing to‘lovlari, 
dividendlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha foizlar, sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy 
fondlarni sotishdan olingan daromadlar; 
• ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish 
hisobidan erishilgan foyda. 
Ish 
tartibini 
o‘zgartirish 
va 
dastgohlarni 
yuklash 
koeffitsiyentining oshirilishi, intensiv foydalanishning o‘sishi va 
asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o‘zgarishlar, 
kiritilgan quvvatlarning tez o‘zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni 
joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni oshiradi. 
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul 
mablag‘larining manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar; 
• banklarning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS 
tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish, 
yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun 
milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar. 
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi: 
• hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul 
mablag‘lari; 
• taraqqiyotning strategik yo‘nalishini amalga oshiruvchi 
maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko‘rinishidagi byudjet 
mablag‘lari; 
• kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi byudjetdan 
tashqari fondlarning mablag‘lari; 
• hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi 
boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushilmalar; 
• va boshqalar. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning 
tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o‘rinni egallaydi. 
251 
foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘z vaqtida yangilanishi va 
chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan barcha 
manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling