Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

M
с
 = (

F : M
р
) x 100% 
Bu yerda: M
с
– moliyaviy samaradorlik; 

F – foydaning o‘sgan qismi; 
M
р
– moliyaviy resurslar. 
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan 
ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb 
etadiki, uning juda ko‘p jihatlari mavjud. 
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va 
xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda 
muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq 
to‘lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning 
maksimallashtirilishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa
foydadan soliq to‘lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab
takror 
ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan 
holda optimallashtirilmog‘i lozim. 
Juda ko‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari 
bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar 
uchun ham bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda summasining o‘sishi 
orqali aksionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini 
amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarish-
ning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish 
hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond 
qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag‘lar 
aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy 
fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv 
metodlaridan foydalanish bilan bog‘liq. 
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllan-
tirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to‘lashga 


248 
va uni jamg‘arishga yo‘naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda 
tutadi. 
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtayi nazaridan 
faqatgina moliyaviy natija emas, balki o‘zining tarkibiga ish haqi 
va uning o‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini 
yaxshilashga qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga 
keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishini qamrab 
oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir. 
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS 
moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy 
moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida 
ishlab 
chiqarishning 
umumiy 
rentabelligi 
ko‘rsatkichidan 
foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni 
bo‘lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling