Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
: S
max Bu yerda: K с - smenalik koeffitsiyenti; H к - kun davomida haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar; D у - dastgoh (mashina)larning umumiy soni; H c - bir smenada haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar soni; S max - bir smenada maksimal ishlashi mumkin bo‘lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni; Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti yangidan yaratilgan mahsulotga o‘tkazilishi natijasida ular iste’mol qiymatining kamayishini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi: K э = (A арен : F ичфб ) x 100% Bu yerda: K э - eskirish koeffitsiyenti; A арен - foydalanishda bo‘lgan davr mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlarining renovatsiyasi (qayta tiklanishi)ga 272 iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog‘liq. 12.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish XYuSning barcha moliyaviy resurslari o‘z mablag‘lari hisobidan, moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda kreditorlik qarzlaridan iborat bo‘lgan qarz mablag‘lari ko‘rinishidagi resurslardan tashkil topadi. XYuSning o‘z mablag‘lari quyidagilar manbalar hisobidan shakllanadi: • mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum; • moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar; • investitsion faoliyatdan olingan daromadlar; • boshqa daromadlar. Shuningdek, o‘z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki resurslarni mobilizatsiya qilish, XYuS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar hisobidan shakllanadi. Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug‘urta qoplamalari, xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan moliyaviy resurslar kiradi. Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog‘ozlar, boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar ko‘rinishida kelib tushadi. Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xarajatlari amalga oshiriladi. XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlari bilan o‘zaro aloqalari choraklarga bo‘lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o‘z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. 257 Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, xo‘jalik aloqalarining samarali usullaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar kiradi. To‘lov qobiliyatini mustahkamlash va mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling